Telegram Web Link
Botir Ziyatov
Anthropic yangi avlod gibrid mulohaza qilish modeli Claude 3.7 Sonnet'ni taqdim etdi. Anthropic aytishicha, bu ularning eng aqlli AI modeli bo'lib, murakkab masalalarni chuqur o'ylab yechish va oddiy savollarga tez javob berish imkoniyatiga ega yagona "gibrid"…
Anthropic kompaniyasi yangi Claude Code dasturlash yordamchisini cheklangan test rejimida e'lon qildi.

Bu dastur oddiy AI yordamchilardan farqli joyi, dasturchi bilan faol hamkorlikda ishlaydi.
U mustaqil ravishda
- kod qidirib o‘qiy oladi,
- fayllarni o‘zgartira oladi,
- dasturlarni tekshirish uchun testlar yozib ishga tushiradi,
- tayyor kodni GitHub'ga yuklay oladi
- terminal buyruqlarini bajaradi.

Ilgari Anthropic o‘z texnologiyasini Cursor ga o‘xshash boshqa dasturga berar edi.
Endi esa o‘zi mustaqil ravishda dasturchilar uchun maxsus dastur chiqarmoqda.

@botirziyatov
Moliyaviy erkinlik yo‘li aslida uzoq emasligini ko‘pchilik aytadi.

Gap o‘sha yo‘lni topishda aslida,
bitta yo‘lda uzoq yursangiz ham, yugursangiz ham agar yo‘nalish o‘zgarmasa foydasi yo‘q.
24 soat dam olmasdan yurmaysizmi farqi yo‘q.

shunga nazarimda boshni ko‘tarib vaqti vaqti bilan qayerga qarab ketayotganimizni ko‘rishimiz kerak, yo‘l belgilariga e'tiborli bo‘laylik.

@botirziyatov
#startup #meme

Barcha loyihalarni parallel qilaman.

12 ta loyihasi boʻlgan startap asoschisi marketing bilan shugʻullanish oʻrniga 13-chi loyihasini boshlamoqchi

@botirziyatov
ScreenshotOne loyihasi hozirda oyiga 14 000$ daromad topadi.

Loyiha asosichisi bilan bo'lgan Podkast da qiziq ma'lumotlar berilgan.
https://youtu.be/kvVIIL8WTN8

🟢Loyiha asoschisi - Dmytro Krasun, 10 yillik tajribaga ega dasturchi.
2021-yil ishidan ketadi, boshqa ish qidirish oʻrniga, u tavakkal qilishga - oʻzining SaaS mahsulotini ishlab chiqishga qaror qiladi.

🟢Dmytro, u texnik narsa qilishni xohlaydi, uning fikricha interfeys dizaynlar qilish juda murakkab.
Shuning uchun u oʻzining backend tajribasidan foydalanib API-asosidagi mahsulot ishlab chiqishga qaror qiladi.

Turli Gʻoyalarni oʻylab-oʻylab, dasturchilar uchun saytlarning skrinshotlarini avtomatik tarzda olishni oson yoʻlini ishlab chiqishga qarror qiladi.

❗️Bu sohada raqobatchilar koʻpgina boʻlgan, u buni yomon emas, aksincha bozor borligining tasdigʻi deb bildi.
U 2022-yil mayda ScreenshotOne'ni ishga tushirdi, u asosan loyihani tezlik va ishonchlilikka e'tibor qaratdi.

Birinchi toʻlovchi mijozlari 3 oydan keyin paydo boʻldi va 2022-yil noyabrga kelib, u oyiga $111 ishlab topa boshladi.

❗️U aynan qaysi muammoni hal qildi:
Dasturchilar saytdagi hamma ma'lumotlarni reklama, banner, cookie bannerlari hammasini olishni xohlaydi. bu barchasini olib berdi.

❗️U Loyihani qanday qilib odamlarga yetkazdi:
- Twitter'da blog yozishdan, odamlarga loyihani tanishitirib borishdan boshladi.
- Keyinchalik esa SEO ga katta e'tibor berdi

Vaqt oʻtishi bilan, ScreenshotOne 100+ toʻlovchilari bor, foyda keltiradigan SaaS'ga aylandi, uning API'sidan foydalanib oyiga 550,000+ skrinshot yaratadigan kompaniyalar bor.

✏️Demak:
- Raqobatchilar boʻlsa talab borligini koʻrsatadi – Mavjud raqiblardan qoʻrqish oʻrniga, u buni bozor imkoniyati deb bilish
- $100 MRR oddiy va kam tuyuladi, lekin loyiha bozorga moslashgacha, daromad ham kattalasha boshlaydi.
- Yakka tartibda ham daromadli loyihalar ishlab chiqish mumkin.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Loyihani boshlashda, bir oz soddalik juda kerak.

Agar men bu yo'l qanchalik qiyin bo'lishini oldindan bilganimda, ehtimol hech qachon boshlamasdim.

Lekin kelajakdagi qiyinchiliklardan bexabar bo'lganim uchun, shunchaki o'zimni ishga tashladim va yo'l-yo'lakay o'rganib bordim.

-- Gints Zilbalodis, Latviyalik rejissyor, uning "Flow" multfilmi bu yil Oskar mukofotining eng yaxshi animatsion film yo'nalishida g'alaba qozondi.

@botirziyatov
Sun'iy intellekt bilan gaplashish.

Agar siz har bir soʻrovning oxirida "don't make any mistakes" deb qoʻysangiz.
AI har safar yaxshi javob berishga xarakat qiladi

@botirziyatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💵 Dasturchilar qonli pulni yaxshi koʻradi.

Dasturchilarga pul qiziq emas, ularga topshiriqlarni yechish qiziq

Dasturchilar dofaminni topshiriq bajarilsa ushanda oladi.

qiziq suhbat boʻlibdi.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Odamlarning fikricha, agar hozir koʻp ishlamasa, kelajakda och qolishlari mumkin.

Dam olganda, oʻzlari gunoh qilgandek yoki nimanidir notoʻg'ri qilgandek his qilishadi.
Chunki miyaga shunday qoʻrquv singib ketgan:
"Ishlamasang, ovqat ham yoʻq, pul ham yoʻq".

Mana shu holatda odamlar tinch dam ololmaydi, doim biror narsa qilishni oʻylaydi.
Bu aslida, odamlarni charchatadi va siqiltiradi.

@botirziyatov
1 daqiqalik Micro SaaS yangiliklari:

AIdeaFlow Podcast - Bu har qanday matnni bir nechta tillarda sun'iy intellekt yordamida podkastlariga aylantirish uchun vosita.
Daromadi oyiga ~$3 700

Blitzit - foydalanuvchilarga vazifalarni tartibga solish va ish jarayonini kuzatib borish imkonini beruvchi ilova.
Daromadi oyiga ~$92 000

Editorninja - Bu kontent tahrirlash xizmati.
Daromadi oyiga ~$29 000

Chatbotsplace - Bu ChatGPT, Claude va boshqa chatbotlarni bir joyda ishlatish va rasm yaratish imkonini beradigan platforma.
Daromadi oyiga ~$3 000

@botirziyatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
10-aprel kuni Toshkentda Yandex Uzbekistan tomonidan ikkinchi Dev Meetup o‘tkaziladi, unda dasturchilar amaliy tajriba bilan o‘rtoqlashib, dolzarb texnik yechimlarni muhokama qiladilar.

Uchta asosiy mavzu: Yandex Pro arxitekturasining qayta qurilishi, C++ shablonlarining userverda qo‘llanilishi va product engineer uchun asosiy ko‘nikmalar muhokama qilinadi. Agar bilimlaringizni oshirib, hamkasblaringiz bilan tajriba almashishni va mutaxassislar bilan suhbatlashishni xohlasangiz, ushbu mitapni o‘tkazib yubormang!

📲Ro‘yxatdan o‘tish uchun shu yerga bosing.
«Agar qilgan loyihangiz $ daromad keltirmasa, bu sevimli mashgʻulot...»

Gʻoyangiz qanchalik yaxshiligini, undan keladigan birinchi summani topmaguningizcha bila olmaysiz.

👉 @botirziyatov
endi endi sun'iy intellekt bilan qilingan loyihalardagi kamchiliklar koʻrina boshlayapdi.

Bu xababrda shunday deydi:

Mening Firebase xarajatim oyiga 50$ kamroq edi.
so'nggi 2 kun ichida xarajatim $121,000 koʻtarilib ketdi.

Bunga sabab, yangi tajriba sifatida tarjima xizmatidan foydalangan edim va
koddagi xato tufayli bu funksiya millionlab marta ishga tushib ketgan

ps:
Agar AI bilan biror loyiha qilayotgan boʻlsangiz, kodlarni yaxshilab tekshirib chiqing.

@botirziyatov
Oyiga ~100 000$ topadigan tadbirkor dasturchi Damon Chen shunday deydi:

🔵Mustaqil dasturchilik (indie hacking) hayotni yaxshi oʻtkazishning eng zoʻr yoʻli ekan.

🔵Bizda "mana, pensiyaga chiqdim, pulim bor, lekin qiladigan ishim yoʻq" degan chegara yoʻq.

🔵 Indie hacker boʻlish faqat pul orqasidan quvish emas.

Oilamizni boqish uchun yetarli pul ishlab topamiz, ba'zan biznesimizni yaxshi narxga sotib ham yuboramiz.
Bu million dollar boʻlishi shart emas, lekin bir necha yil bemalol yashashimiz uchun yetadi.

🔵Hech qachon "hayotda maqsadim yoʻq" deb oʻylamaymiz. Har doim biror narsa ustida ishlash imkoniyati bor, va u paydo boʻlganda, ishtiyoq bilan ishga kirishamiz.

🔵Bizda pensiya tushunchasi yoʻq - 20 yoshli yigitdek hayotimizni davom ettiraveramiz.

Bu zoʻr-ku!

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Man koʻrgan eng zoʻr dasturchilar - bu dam olish kunlarida bir necha soat vaqtini mavjud dasturlarni oʻzi qaytadan yozishga ajratadigan odamlar.

Yangilik va rivojlanishga erishish yoʻli ham xuddi shu. Agar san tizimning qanday ishlashini tushunmasang, uni yaxshilash yoʻllarini topa olmaysan.

«AI dasturchilarni ahmoq qilmoqda» maqolasidan

@botirziyatov
Internetda savol berildi:

g‘oya paydo bo‘ladi, katta orzu qilaman,
bir necha haftalar davomida mehnat qilib, "ishga tushiraman".
ishga tushirish deganda - shunchaki serverga joylashtirib, hech qanday reklama qilmasdan ishga tushirishni nazarda tutdim.

keyin zerikib, uni reklama qilishga bo‘lgan motivatsiyamni yo‘qotaman.
Keyin yangi g‘oyalarni izlay boshlayman.

Bu faqat mendami, yoki boshqalar ham shunga o‘xshash narsalarga duch keladimi?

@botirziyatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Million Dollarlik Bosh sahifa

Aleks Tew 21 yoshida veb-saytda piksel sotish orqali
4 oy ichida $1 million+ ishlab topgan.

Bu statik web sahifa boʻlgan.

Kontseptsiya juda oddiy edi:
kamida $100 evaziga reklama beruvchi 100 pikselli blokni (10 x 10 grid) sotib olishi va oʻzi tanlagan rasm yoki logotipni link bilan namoyish qilishi mumkin edi.

Bu saytni qilish uchun 2 kun vaqt ketgan va domen uchun 50$ pul sarflagan.

@botirziyatov
🌅Assalomu alaykum!

🎉 RAMAZON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN AZIZLAR

◈━━◈━━◈

@botirziyatov
Kompaniyaga ishga kirayotganda intervyu oladigan mutaxassislar oʻzidan aqilli odamni topishga xarakt qiladi.

Lekin ular uni topa olmaydi, chunki ulardan aqllisi yoʻq

@botirziyatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Eslatib oʻtamiz, Yandex Uzbekistan Dev Meetup #2 tadbiri 10-aprel kuni boʻlib oʻtadi! Hali roʻyxatdan oʻtishga ulgurmaganlar uchun shoshilishni maslahat beramiz!

Yandex mutaxassislari backend-dasturlash bo‘yicha amaliy holatlarni tahlil qiladilar.

Unda nimalar muhokama qilinadi:
Yandex Pro mahsulotlari qanday kengaytiriladi?
Nega C++ + userver = mukammal tandem
Yaxshi product engineer nimalarni bilishi kerak?

Tadbir foydali va qiziqarli bo‘ladi!

📲Batafsil ma’lumot uchun havolaga o‘ting.
Shoshilmang.
Tadbirkorlik sprint emas; bu marafon.

Tadbirkorlik tez yugurib g‘alaba qozinadigan qisqa poyga emas; bu marafon.

Mahsulot ishlab chiqishga shoshilmang, Orqaga qadam tashlang, o‘ylang, rejalashtiring va o‘rganing.

Kuniga 16 soat kod yozish sizga foyda keltirmaydi - odamlar istamagan narsani ishlab chiqishingiz mumkin.

Avval bozorni tushunib, keyin ishlab chiqgan ma'qul.

@botirziyatov
2025/07/04 06:14:39
Back to Top
HTML Embed Code: