Telegram Web Link
Dasturchilar e'tiborsiz qolganmi? bepul SEO vositalari saytining million dollarlik daromadlari

SmallSEOTools — bu bepul SEO vositalarini taklif qiluvchi veb-sayt.

SmallSEOTools 2010-yilda London, Angliyada joylashgan tajribali veb-tadbirkor Tausif Akram tomonidan asos solingan.

SmallSEOTools asosan ikki kanal orqali daromad oladi:

Google Adsense: Google Adsense orqali reklamalar orqali
Premium A'zolik: Asosiy SEO vositalari bepul boʻlsa-da, Bazi funksiyalar pullik.

Datanyze ma'lumotlariga koʻra, yillik taxminiy daromadi 1,3 million dollarni tashkil etadi.

Ushbu veb-saytga oyiga 15,5 million odam kiradi:
- 50% dan ortigʻi toʻgʻridan-toʻgʻri saytga kiradi. Bu sayt kuchli obroʻga ega ekanligini koʻrsatadi.
- qolgani esa Qidiruv tizimlari orqali

Texnologik stek:
Backend: Java
Frontend: jQuery

@botirziyatov
Salom texnologiya ishqibozlari!👋 Bugun bizning stolimizda xushbichim flagman - Xiaomi 14 Ultra bor.📱 Bu smartfon texnologiya olamidagi haqiqiy monstr! 😍

Kamera: Leica yordamida sizning suratlaringiz barchani hayratda qoldiradi. Kechasi, kunduzi, harakatda - sifat har doim yuqori darajada.
Ekran: 6,8 dyuymli AMOLED displey 2K rezolyutsiya bilan - har bir detal jonlanadi.
Ishlash: Snapdragon 8 Gen 3 va 16 GB operativ xotira — hech qanday kechikishlarsiz, shunchaki yuqori tezlik.
Batareya: 5000 mA/soat, 120 Vt tez zaryadlashni qo'llab-quvvatlaydi - 37 daqiqada to'liq zaryad.
Dizayn: Shisha va eko terining nozikuug‘unligi. Bu smartfon nafaqat qudratli, balki zamonaviy hamdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yilda eng koʻp oʻchirilgan ilova Instagram

Bu google bergan natija.
Oxirigi paytlarda koʻp koʻraman, boʻldi oʻchirib tashadim deyishadi va 1-2 oydan keyin yana qayta oʻrnatib olishadi.

Shuning uchun ikkinchi qidiruvni ham berdim, "most installed app in 2023" Bunda ham instagram chiqdi.

@botirziyatov
Notion foydalanuvchilari 100 milliondan oʻtdi!

100 million foydalanuvchiga erishish uchun Notion-ga 8 yil kerak boʻldi.

Quyida 100 million foydalanuvchiga yetishgan 10 ta loyihaning vaqti:

- Telefon 75 yil
- Mobil telefon 16 yil
- Twitter 5 yil
- Duolingo 4 yil
- WhatsApp 3,5 yil
- Instagram 2,5 yil
- Apple Store 2 yil
- Tiktok 9 oy
- ChatGPT 2 oy

@botirziyatov
Restoranlar uchun raqamli menyu yaratish loyihasi.

Oshxonalar uchun raqamli menyular, QR kodli menyular va chop etilgan menyularni osongina yaratish, sozlash va boshqarish imkonini beradigan micro saas lar ommalashib bormoqda.

Oʻzbekistonda bunday loyihani faqat bittasini koʻrdim.

Chet elda:
🟡iMenuPro loyihasi 10 mingdan ortiq restoranlar va bizneslar bilan ishlaydi.

🟡MustHaveMenus loyihasi ham yanada soddaroq yechimlarni taklif qiladi va ushbu platforma 1,3 million dollar investitsiya olgan.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Man orqada qolib ketdimi ? yoki hozirgi kunda loyihalar shunday qurilyapdimi ?

Bir loyiha koʻrdim, uni qilish uchun deyarli kod yozilmagan, faqat tayyor yechimlar bilan birgalikda tuzilgan.

misol:

Ma'lumotlar bazasi: supabase
Foydalanuvchi autentifikatsiyasi:logto_io
Trigger vazifalari bajaruvchi: trigger.dev
Elektron pochta xizmati: resend
Saqlash xizmati uchun: cloudflare

Bundan chiqdi, hamma ishni tezroq qilish uchun tayyor yechimlarga pul toʻlab ishlatib koʻrmoqda.
Agar loyiha uchsa keyin qolgani bir gap boʻlar.

Biz shu hech narsaga integratsiya qilishni xohlamaymiz, ertaga u ishlamay qolsachi degan fikrlar boʻladi.

@botirziyatov
6-avgust, Seshanba kuni

«Cloud yordamida oddiy FinTech-xizmatlarini 80% ga qanday qisqartirish mumkin: Alif Tech tajribasi» vebinari bo'lib o'tadi.

Fintech loyihalari uchun IT-infratuzilmasini tanlash mavzusiga bag‘ishlangan @Servercorenews bepul vebinariga taklif qilamiz. Alif Tech kompaniyasining bo‘lib-bo‘lib to‘lash xizmati rahbari, mehmon ma‘ruzachi Iskandar Rahimov IT-infratuzilmasini Servercore bulutiga ko‘chirish tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Dasturda:

- Markaziy Osiyoda FinTech sanoatining rivojlanish xususiyatlari.
- IT-infratuzilmasi biznes ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qanday yordam beradi.
- FinTech kompaniyalari uchun bulutli infratuzilma bo‘yicha maslahatlar.
- Alif Tech kompaniyasining keysi: qanday qilib kompaniya Servercore bulutiga ko‘chib o‘tdi va raqamli xizmatlarning downtime-ni 80 %-ga qisqartirdi.

Yangi ishtirokchilar test xizmatlari uchun my.servercore.com panelida 1 500 000 so‘m oladi.

Havola orqali vebinarda ro‘yxatdan o‘ting
Kerakli statistika.

Aholi soni: 37 million
Internet foydalanuvchilari: 31 million
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari: 8,7 million
Mobil aloqa abonentlari soni: 34 million
Muomaladagi bank kartalari: 50 million

Global biznes xizmatlari forumidan

@botirziyatov
Internetdan:

Ko‘p yillar davomida har doim kuchliroq va yorqinroq bo‘lishga intilganman, lekin pul topishni birinchi o‘ringa qo‘ymaganman, shuning uchun ham ko‘p pul topolmadim.

@botirziyatov
Postman 2023-yil da katta so‘rovnoma o‘tkazdi

Bu so‘rovnomada API laridan daromad olganlar haqida gap ketgan.

So‘rovnomada qantashganlarning 43% o‘zlarining API lari orqali katta daromad topgani aytgan.

2023-yilda Moliya Xizmatlari sohasida talab kuchaygan:
FinTech ilovalari va moliyaviy xizmatlar uchun APIlar keng tarqalgan. Masalan, to‘lovlar, kredit hisoboti, investitsiyalar va kriptovalyutalar bilan bog‘liq APIlar katta qiziqish uyg‘otgan.

@botirziyatov
Saytlar, ilovalar va shunga o‘xshash dasturlarning eng muhim muammolari texnik bo‘lmagan muammolardir.
Ko‘pincha, dasturiy ta'minotning muvaffaqiyati biznes va odamlar bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga qaratilgan bo‘ladi.

@botirziyatov
29-iyul kuni AQShning Denver shahrida bo‘lib o‘tgan grafika konferensiyasida Nvidia asoschisi Huang Renxun va Meta asoschisi Mark Zukerberg o‘rtasida suhbat o‘tkazildi.

Suhbat boshida hammasi odatdagidek edi: Huang Renxun Nvidia GPU'larining kuchli xususiyatlarini maqtadi

Mark Zukerberg esa AI chatbot'larining kelajagi haqidagi qarashlarini bildirdi.

Ammo suhbat so‘ngida kutilmagan voqea sodir bo‘ldi: ular ust bosh kiyimlarini bir biri bilan almashtirdi.

Kiyim almashtirishdan tashqari, ular ko‘plab qiziqarli mavzularni muhokama qilishdi, Zukerbergning Gavayidagi fermasida sigir boqishi haqida aytdi.

Huang Renxun esa, Zukerbergning pomidorni kesish odati haqidagi qiziqarli hikoyani ham bo‘lishdi.

@botirziyatov
Yangi loyihani boshlaganda, uni SEO da tezroq mashhur qilishning eng samarali yo‘llaridan biri bu uning nomini tanilgan brend nomlariga yaqinlashtirishdir.
Bu bilan tezroq auditoriyani jalb qilish va qidiruv tizimlarida yuqori o‘rinlarni egallash mumkin deb aytishganidi.

Masalan, yaqinda bir yigit o‘zining yangi loyihasi uchun "Screencanva" nomini tanladi. Bu loyiha ekran yozib olishga mo‘ljallangan bo‘lib, nomi va brendi allaqachon mashhur "Canva" brendidan olingan.

@botirziyatov
Forwarded from Elshod Adamov
Na gaaap hamkasb ?
Frontend dasturlash kursning 2-bo'limi "Javascript dasturlash tili" bo'limiga qabul boshlandi. 😑

Darslar 0 dan boshlab 25 ta dars ichida javascript dasturlash tilida har hil murakkabga ega ilovalarni dasturlay oladigan darajaga olib chiqiladi.

🤔 Bo'lim mavzulari
🤫 Bo'lim loyihalari

Bo’lim:
- Darslar soni 25 ta.
- Haftada 5 kun 2 soatdan 16:00 - 18:00 gacha
- O’qish formati gibrid (online/offline)
- Har bir dars topshiriq va testlardan iborat bo'ladi
- Portfolio uchun qiziqarli loyihalarni dasturlaysiz
- Har bir dars yozilib boriladi
- Darsdan tashqari coworking imkoniyati.

Kurs bo’limi narxi: 1.5 mln so’m
Darslar boshlanish sanasi: 12-avgust

Darslarga yozilish uchun @elshod 🥸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Autsorsing bilan ishlovchi bir dasturchi asab tizimi bilan bog‘liq kasallikka uchrab vafot etgani xabarni uni sherigi yozdi.
U tunu-kun tinmasdan ishlagani haqida yozgan. (Bu xitoy tomonda)

va u shunday deydi:
Hammamiz salomatligimizga ko'proq e'tibor beraylik.

Mani ham esimga tushib ketdi xotiralar, uyqusiz tunlar tinmasdan zakaz ishlar bilan shug‘illanganim. va qanchadir vaqtdan keyin davolanish uchun shu pullarni sarflaganim.

@botirziyatov
Katta maqsadga ega erishish uchun ovchi yo‘lga tushadi va kichik quyonlarni quvlamaydi.

U mayda-chuyda narsalarni qidirish bilan shug‘ullanmaydi, balki katta narsalarni ushlaydi, kichik narsalarni qo‘yib yuboradi va asosiy ziddiyatni topib, hal qiladi.

@botirziyatov
2018-yilda, Duolingo ilovasining o‘sishi sezilarli darajada sekinlashdi.
Ushbu davrda ilova yuz millionlab foydalanuvchilarga ega bo‘lsa-da, o‘sish darajasi tarixiy past nuqtalardan biriga tushib qoldi,
bu esa ilovaning o‘sish tarixida eng sekin davr sifatida qayd etildi.

Ular turli tajribalar o‘tkazishni boshlaydi.
Duolingo tahlilchilari yangi foydalanuvchilarni jalb qilishdan ko‘ra, mavjud foydalanuvchilarni saqlab qolishning yanada muhimroq ekanligini aniqladilar.
Ushbu strategiya uch yil davomida amalga oshirilganda, kunlik faol foydalanuvchilar (DAU) sonini 75% ga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

To‘rt yil ichida foydalanuvchilar soni 4,5 barobar oshdi va bu o‘sish 2021 yilda Duolingo'nin IPO ga chiqishiga olib keldi.

Xulosa: eski foydalanuvchilarni saqlab qolish yangi kelganlarni ushlab turishdan ko‘ra muhimroq.


@botirziyatov
Dasturchining sarguzashtlari:

1. Zo‘r g‘oya keldi!
2. Uch-to‘rt oy tinmay ishlab chiqdim.
3. Reklama qilish qiyin ekan, boshqa narsa o‘ylab ko‘raman

@botirziyatov
2025/07/06 19:36:50
Back to Top
HTML Embed Code: