Telegram Web Link
Startaplar uchun eng katta xavf – bu muvaffaqiyatsizlik emas, balki sinab ko‘rishga jur'at qilolmaslik.

@botirziyatov
Forwarded from Elzodxon Sharofaddinov (Elzodxon Sharofaddinov)
Assalomu alaykum, barchaga!!

🚀 AIsha Space platformasining yangi imkoniyati bilan tanishishingizni istar edim. Endilikda, AIsha yordamida istalgan majlis, uchrashuv yoki intervyularni avtomatik ravishda protokollash va ulardan muhim xulosalar olish imkoniyati yaratdik.

✍️Ish faoliyatingizda majlislarni qayd etish, bayonnomalar tuzish va ularni tahlil qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo'lsangiz, AIsha Protokol aynan siz uchun mukammal yechim bo'ladi. Bu tizim orqali:
- Majlislarni to'liq qayd etish
- Muhim qarorlarni ajratib olish
- Vazifalarni belgilash
- Xulosalar shakllantirish kabi ishlarni samarali amalga oshirishingiz mumkin

Hozirda tizim test rejimida ishlamoqda. Agar ushbu yechimni birinchilardan bo'lib sinab ko'rishni istasangiz, @aishauzbekistan_admin bilan bog'lanishingiz mumkin.

Hamkorlik uchun ochiqmiz!

@elzodxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Texnik bilim boʻlgani yaxshi, lekin uni oʻzi kamlik qiladi

😅 Internetda bir dasturchi tadbirkorlik yoʻlidagi dardini toʻkibdi:

Startapim ustida deyarli bir yildan beri ishlayapman. Bu ishni qilish uchun oʻz ishimdan ketdim.

Mahsulotni qurdim, mijozlar bilan gaplashdim, venchur kapitalistlar bilan uchrashdim, lekin 10 oy oldingi holatimdan hech nimaga erishmadim. Hozirgacha bir tiyin ham topmadim.

Atrofimdagi barcha doʻstlarim katta maoshda tinchgina yashashyapti, mashinalar, uylar olishyapti, uylanib turmush qurishyapti. Men esa hamma narsani toʻxtatib, faqat shu ish bilan shugʻullanyapman. Va keyin nima qilishim kerakligini bilmayman.

Texnik mutaxassis boʻlganim uchun oʻzimni oldingi ishda amalga oshira olmagan qiziqarli texnologik ishlarni qilaman deb oʻylagandim. Ammo amalda oʻzimni texnik xodimdan koʻra koʻproq sotuvchi sifatida his qilyapman.

Xullas, dardimni toʻkdim. Umid qilamanki, vaqt oʻtishi bilan hammasi yaxshi boʻladi.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Servercore korxonasidan IT-palov

2025-yilda bulutli infratuzilmani samarali boshqarishning 4 ta asosiy yondashuvi haqida batafsil bilishni xohlaysizmi?

Unda sizni kechki ovqatga taklif qilamiz, u yerda biz Servercore bulutli platformasi haqida gapirib beramiz va Alif Tech’dagi mijozlarimiz o‘zlarining mahalliy bulut bilan ishlash tajribasi bilan bo‘lishishadi.

Netvorking davomida IT-palov ishtirokchilari professional mavzular bo‘yicha muloqot qilishlari, tajriba almashishlari va yangi tanishlar orttirishlari mumkin.

🗓 Sana: 27-noyabr (chorshanba).
📍 Joylashuv: Toshkent shahrida (aniq manzil ro‘yxatdan o‘tgandan keyin ma’lum bo‘ladi)
🏃 Narxi: Bepul.
🎤 Format: Oflayn.

Ko'proq ma'lumot olish uchun havola orqali o'tib, ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.
starterstory.com sayt asoschisi shunday yozadi:

Hammasi Nyu-Yorkdagi bir kafeda boshlandi. Toʻliq stavkali ishimdan charchagan, hayotdan koʻproq narsani xohlagan paytlarimda ushbu loyihaga qoʻl urdim.

Starter Story – bu media kompaniya. Forbes kabi, faqat endi rivojlanmoqda.
Bu loyihani noldan boshlab koʻtardim, saytni esa Ruby on Rails yordamida qildim va hozirda har oyda 1 million kishi undan foydalanadi.

Jamoa yigʻdim, va biz yozayotgan kontentni millionlab odamlar koʻrdi.

Albatta, koʻp narsalarni sinab koʻrdim, lekin hammasi ham ish bermadi.
Lekin shu vaqtda nimada kuchli ekanligimni tushundim va oʻsha yoʻnalishda ishlashni boshladim.

Bu qaror hayotimni oʻzgartirdi.

Hozirda ushbu loyiha oyiga 220 000 dollar topadi.

@botirziyatov
🚀O'zbekistonning eng katta AyTi tadbirlarini qarshi oling!

🎉 Microsoft Community Conf 2024
📅 30-Noyabr, 2024 | 📍Al-Xorazmiy Maktabi, Toshkent
Dunyoning yetakchi kampaniyasi Microsoftning yangiliklaridan bohabar bo’lish, 15’dan ortiq xalqaro spikerlar, va 10’dan ziyod workshoplar 1,500’dan yuqori qatnashuvchilar bilan birgalikda!

🔗 Ro’yxatdan o’tish uchun: mdcuzbekistan.com

🎉 GDG DevFest 2024
📅 7-Dekabr 2024 | 📍Alisher Navoiy Kinoteatri, Toshkent
Yetakchi kampaniyalardan biri Google’ning eng so’ngi texnologiyalari, yangiliklari haqida bilib oling, 30’dan oshiq spikerlar, 15’dan ziyod workshoplar va 5,000’dan ko’proq qatnashuvchilar!

🔗 Ro’yxatdan o’tish uchun: gdg.community.dev

O’zbekistonning texnologiya olamini yuksaltirayotgan bu eventlarni o’tkazib yubormang!

#TechInUzbekistan #MDCConf2024 #GDGDevFest2024 #Innovation

@mdcuzbekistan
Dunning-Kruger effekti

Kam mahoratga ega odamlar o‘zlarining qobiliyatlarini haddan tashqari yuqori baholashga moyil. Boshqacha aytganda, ular nima bilmasliklarini bilmaydilar, shuning uchun o‘zlarini ortiqcha ishonch bilan taqdim etishadi.

Aksincha, yuqori malakali, ko‘p bilimli kishilar o‘zlarining bilimlarini va mahoratlarini pastroq baholashga moyil, chunki ular o‘z sohalaridagi keng bilim va tajribaga ega bo‘lganligi sababli, o‘zlarining cheklovlari va qanchalik ko'p narsani bilmayotganliklarini yaxshiroq tushunadilar.

@botirziyatov
Ko'pchilik loyihalarga AI ni integratsiya qilib API sidan foydalanishni boshlagan.

Githubda aisuite ochiq kodli loyiha bor,

https://github.com/andrewyng/aisuite

u orqali katta modellarga bir xil usulda murojaat qilish imkonini beradi.

Modelni almashtirish uchun faqat bitta satrni o‘zgartirish kifoya,
turli API-lar bilan murakkab ishlash shart emas.

aisuite loyihasi qisqa vaqt ichida 1600+ yulduzga ega bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda aisuite 11 ta model platformasini qo‘llab-quvvatlaydi:

1. Anthropic
2. AWS
3. Azure
4. Fireworks
5. Google
6. Groq
7. HuggingFace
8. Mistral
9. Ollama
10. OpenAI
11. Together AI

@botirziyatov
Bu qanaqa dizayn, juda noqulay ekan
Foydalanish juda qiyin.

Kim bunaqa past sifatli narsaga pul to‘laydi?!

iya bu oyiga o‘n ming dollar daromad topadi?!

Boshqalarning mahsulotlarini ko‘rib,ularning kamchiliklarini topamiz.
Lekin shunaqa bo‘lsayam, ular o‘z mahsulotlarini sota olishadi.

Demak, asosiy masala mukammallikda emas.

@botirziyatov
Botir Ziyatov
Sebastyan ismli mobil dasturchi 18 oy da 3 ta mobil ilova chiqardi: ✓ liftbearapp ✓ HabitKit ✓ WinDiaryApp Bu 3 ta ilova ham bir biriga oʻxshash. misol: WinDiaryApp - Hayotdagi gʻalaba va yutuqlaringizni yozib boruvchi ilova. Hozirda bu dasturchi 3 ta…
1 yil oldin Sebastyan ismli mobil dasturchini qilgan ishlari va ulardan ~5000 dollar daromad topishi haqida yozgan edim.

Oʻtgan oy shu yigitning daromadi ~16 ming dollarga yetdi va 10 ming obunachiga ega boʻldi.

- Sizchi bir yilda qanday oʻzgarish qildingiz:
- Oyligimni biroz koʻtarib, Strong Middle boʻldim

@botirziyatov
Advent Of Code 🌲 boshlanishiga ham bir kun qoldi.

Bu yilgi Advent Of Code musobaqasida ishtirok etib, Vohidjon e'lon qilgan leaderboardda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan dasturchilar uchun mendan ham sovg‘alar bor!

2. Mechanical Keyboard from Keychron

3. Clean Code - A handbook of Agile Software Craftsmanship by Robert C. Martin

Advent Of Code challengelari haqida ba'tafsil bu yerda o'qishingiz mumkin.

Bu musoboqalarda yilda bir marta qatnashib turush bir ishda davomiy ishlayotganlar uchun skillarni yana charxlashga, katta kompaniyalarga ishga tayyorlanayotganlarga esa o'rgangan bilimlarini boshqalar bilan taqqoslashga imkon beradi.

Va albatta, top o'rin egallaganlar bilan bu yil ham suhbat quramiz. Oldingi yil bora olmagan edim.

Let's solve challenges together and have fun!

Toptal platformasida freelancerlik bilan shug'ullanadigan dasturchi Farrukh, telegram kanalida freelancerlik hamda dasturlashga doir ma'lumotlar berib bormoqdalar.

Dekabr oyida boladigan Advent Of Code musoboqasi uchun sovg'alar ham qo'yishibdi. Competetive coding bo'yicha bilimlaringizni sinab ko'ring!


@farrukh_atabekov
ChatGPT ikki yoshda

OpenAI rasmiy Twitter sahifasi ikki yil oldingi postni qayta ulashdi va “Xo‘sh, sinab ko‘rdingizmi?”.

O'sha paytdan boshlab AI butun internet tarmog'ida eng ko'p tilga olingan so'zga aylandi.

Hozirgi kunga kelib, ChatGPT ning haftalik faol foydalanuvchilari soni 250 million kishini tashkil etmoqda.

ChatGPT ishga tushganidan beri, dunyoning oltita yirik texnologiya kompaniyalarining umumiy bozor qiymati 8 trillion AQSh dollaridan oshiq o'sdi.
Ayniqsa, NVIDIA kompaniyasining bozor qiymati sezilarli darajada oshdi.
S&P 500 texnologik indeksi 30% ga o‘sgan.

OpenAI 2025 yilda yangi “AI agent”ini ishga tushirib, 1 milliard foydalanuvchiga yetishni maqsad qilgan.

@botirziyatov
Bugun Toshkentda Yandex Cup'24 xalqaro dasturlash chempionatining finali bo‘lib o‘tmoqda.

18 ta mamlakatdan kelgan 120 finalchi 1,95 milliard so‘m mukofot jamg‘armasi uchun kurashadi.

Bugun shu yerda mehmondaman

@botirziyatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yandex Cup'24 ning final bosqichiga chiqgan o'zbek dasturchilaridan biri Akobir ni uchratib qoldim.

https://www.tg-me.com/akobirabduganiev
Internetda savol berildi.

Nega startapingizni boshlamadingiz?

Javoblar:

* Hayotim davomida boshqalar uchun ishlab, “kambagʻal” boʻlib qolishimni tushunib, oʻz biznes gʻoyalarimni amalga oshirishga harakat qilishim kerak deb hisoblasamda....
Lekin, mening farzanlarim bor va kundalik xarajatlarim hozirgi ishimni tark etish uchun juda qimmat...

* Startap bilan bogʻliq barcha stresslar, xavf-xatarlar va uyqusiz tunlar uchun 10-10000 baravar koʻp topsa ham u bunga arzimaydi.

* Chunki startaplar xavfli tanlovlardir va men xavfsiz hayot xohlayman.

@botirziyatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥Infinix HOT 50 Pro+
Zamonaviy ultra ingichka dizayni (6,8 mm) bilan hayratga soluvchi smartfon.


Qurilma 120 Hz chastotali AMOLED-displey bilan jihozlangan bo‘lib, video va o‘yinlarda tasvir ravonligini ta’minlaydi. Qurilmaning yuragi — Helio G100, kuchli protsessor, samaradorlikni yangi darajaga ko‘taradi. TÜV Fluency sertifikati esa qurilmaning 5 yil davomida barqaror ishlashini kafolatlaydi.

💥O'zingiz uchun Infinix HOT 50 Pro+ modelini bugunoq kashf eting!

📲Batafsil ma'lumot va xarid qilish uchun havolaga o'ting.
Agar siz dasturchi bo‘lsangiz va startup qurayotgan bo‘lsangiz,
siz uchun eng muhim ish kod yozish emas.
yoningizga texnik mutaxassis bo‘lmagan, boshqa sohadagi, bozorni tushuna oladigan sherikni topish.

@botirziyatov
Botir Ziyatov
Devin chiroyli demomi yoki dasturchilarning oʻrnini bosa oladigan aqlli agentmi? Bu haqida Youtube ga kichik video tayyorladim.👇 https://youtu.be/8nLc6OY91mM Cognition AI tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi birinchi sunʼiy intellekt dasturchisi. Buni…
Cognition AI tomonidan ishlab chiqilgan sunʼiy intellekt muhandisi Devin rasman taqdim etildi.

Faqat uning narxi oyiga 500 dollar 🥲

Ilgari dasturchilarni to'liq almashtira olishi haqida aytishgan edi, hozirda asosan kichik vazifalarni bajarish uchun eng mos kelishini aytishmoqda.
https://app.devin.ai/

Internetda bazi odamlar shunday yozgan:

unga junior dasturchi bajaradigan vazifalarni bemalol topshirishim mumkin .
Vazifani topshirasiz, boshqa ishlaringiz bilan shug‘ullanasiz, va u bu ishni mustaqil ravishda bajarib qo‘yadi.
Xuddi soatiga 8 dollarga ishlaydigan junior dasturchi kabi!

@botirziyatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ha ajdodlarimiz yaxshi savdogar biznesmen bo'lishgan.

Yotoqxonadan chiqqan millionerlar kinosidan qisqa lavha

@botirziyatov
2025/07/04 19:49:22
Back to Top
HTML Embed Code: