Telegram Web Link
Katta maqsad bor, Lekin
bir qadam qo'ygandan keyin muammolar oldida oʻzimizni juda kichik his qilamiz.

Shuning uchun
Eng samarali usul bu katta maqsadni aniq va kichik qadamlarga boʻlishdir.

@botirziyatov
MakeLogo.ai loyihasi $65 000 ga sotildi.

Loyiha asoschisi Nico ning aytishicha:
- Loyiha 3 oy oldin ishga tushirilgan.
- 0 byudjet bilan boshlangan.

2022 yil dekabr, 20:40. Manga birdaniga bir fikr keldi. Agar AI yordamida logotiplar yaratish uchun ilova yaratsam nima boʻladi?

ikkita jumboqni tasdiqlashim kerak edi:
- Logotiplarni avtomatlashtirilgan tarzda yasasam boʻladimi?
- Odamlar buning uchun pul toʻlaydilarmi?

Men 48 soat ichida MVP tayyorlashga qaror qildim. Uni tayyorlaganimda deyarli hech qanday funksiyasi yoʻq edi. shunchaki kerakli forma va gaplar bor edi, kimdir ariza tashlasa unga elektron pochtadan logotip tayyorlab yuboriladi.

Men buni sotish mumkinligini tasdiqladim.

Endi uni toʻliq versiyasini ishlab chiqish boshlandi va 11-dekabrda ishga tushirildi.

Qayerda imkon qilsam barcha joyda tarqatdim, twitter, reddit, ...

Shu kungacha esa u 80 000 dollar daromad oldi.

Va loyiha sotilishidan oldin ham uni bazi funksiyalari toʻliq avtomatlashmagan edi.

@botirziyatov
Zaif odam ning bir sifat belgisi:

"Men xohlayman, lekin qila olmayman, chunki menda imkoniyat yoʻq!"

@botirziyatov
2024-yil: Man Nimani O’rganayapman?

Investitsiya — Siz Ham Boshlashingiz Mumkin!

Man Nvidia, Adobe kabi yetakchi kompaniyalarning aksiyalarini sotib olishga qiziqish bildirib kelganman va bu yoʻnalishda ilk qadamlarimni qoʻydim.
Shu bilan birga, moliya sohasida chuqur bilimlarni egallash yoʻlida qadam tashladim.

Javlon Ota - bilan tanishib qoldim, ular yillar davomida shu sohadalar.
Hozirda ularni "HALOL INVESTITSIYA" kurslarida o’qiyapman.

Agar kimdir shu sohaga qiziqayotgan bo’lsa tavsiya qilaman.
obunachilarim uchun 10% li chegirma narxini berdilar.
Juda ko’p yangi narsalarni o’rganasiz 👇
https://forms.amocrm.ru/rtvwdwd

@botirziyatov
Durov ning natijalaridan Ilon Mask hayratda.

Pavel Durov ning amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusidan.

~ 1 milliard ga yaqin foydalanuvchi
- Telegram marketing, reklama uchun umuman mablagʻ sarflamagan
- bor yoʻgʻi 30 nafar toʻliq vaqtli xodimlar
- Bir dona direktor, product manager
- HR yoʻq, u odamlarni www.contest.com orqali yollaydi.

@botirziyatov
autoshorts.ai loyihasining oʻsish tarixini 5 ta rasmda joylashtirildi.

Bu bir odam tomonidan qiligan biznes.

beta-versiyasi 30-yanvarda chiqdi. Mana uch oydan koʻproq vaqt oʻtdi va oyiga $6000 daromad oladi.

@botirziyatov
Bazida Sotuvchilarni firibgar ga oʻxshatib yuborar edim...

Mohir sotuvchining gaplaridan:

- Agar siz sotmoqchi boʻlsangiz, katta va'dalar berishdan qoʻrqmang...

- Odamlar KATTA va'dalarga ishonishni ISTAYDI va kichik va'dalarga e'tibor bermaydilar.

@botirziyatov
Figma uchun imloni xatolarni tekshiruvchi SpellCheck plaginining daromadi oyiga $380 ga yetdi.

Startup shunday boʻlsinki:
- odamlarni muammolarini hal qilsin.

@botirziyatov
GitLab sun'iy intellektli dasturlash yordamchisi Duo Chatni chiqaradi.

GitLab ma'lumotlariga koʻra, Dasturchilarning ishlarini osonlashtirib, ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Duo Chat hozirda GitLab Premium va Ultimate mijozlari uchun mavjud va
bitta foydalanuvchi uchun oylik obuna toʻlovi 19 AQSh dollarini tashkil etadi.

@botirziyatov
Oʻz loyihasini boshlash bilan kashf etiladigan bilimlar

»» Qiymat belgilash - Loyihangizni asosiy afzalliklarini aniqlash.

»» Landing page yaratish -Loyihangiz uchun jalb qiluvchi sahifa tayyorlash.

»» Kalit soʻzlar boʻyicha izlanish qilish -Loyihangiz uchun eng muhim kalit soʻzlarni aniqlash.

»» Google'da kontentingizni roʻyxatdan oʻtkazish - Sahifangiz qidiruv natijalarida paydo boʻlishini ta'minlash.

»» Ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochish va oʻsishni oʻrganish - Oʻzingizning auditoriyangizni qurish uchun ijtimoiy media platformalaridan foydalanish.

»» Boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish - Tarmoqingizni kengaytirish va boshqalar bilan tajriba almashish.

»» Pullik reklamalarni sinab koʻrish - Turli xil reklama usullarini sinab, qaysi biri sizning biznesingiz uchun eng samarali ekanligini aniqlash.

@botirziyatov
« Man kattaroq narsalarga loyiqman » deb oʻzini ishontirdi u, 9 dan 6 gacha ishining ruhsiz mexanizmlariga qarshi turib.

@botirziyatov
Loyiha qilganda SEO ga e'tiborni kuchaytirish kerak.

Misol kalit soʻzlarni tahlil qilish .

Uning uchun quydagi vositalarni ishlatish mumkin.

4 ta pullik vositalar:
- Moz
- Ahrefs
- Semrush
- app.neilpatel.com

2 ta bepul vosita:
- Keyword Surfer
- Google Keyword Planner

@botirziyatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilon Mask :
Dunyoda koʻplab salbiy narsalar bor, butun dunyoda hal qilinishi kerak boʻlgan koʻplab muammolar mavjud. Koʻplab umidsizlikka olib keladigan voqealar bor, lekin hayot faqat muammolarni birma-bir hal qilib oʻtishdan iborat boʻlishi kerak emas.

Hayotda sizni ilhomlantiradigan, sizni baxtli qiladigan, ertalab uygʻonganingizda sizni xursand qiladigan va oʻzingizni insoniyatning bir qismi sifatida faxrlanadigan narsalar boʻlishi kerak. Ana shuning uchun biz bu ishni qilmoqdamiz.

Ilk rus raketa olimi Tsiolkovskiy ismli odam bor edi, u ajoyib bir gap aytgan: "Yer insoniyatning beshigi hisoblanadi, lekin siz abadiy beshikda qololmaysiz."

Endi bizga yulduzlararo madaniyatga aylanish vaqti keldi, inson tafakkurining chegaralarini va miqyosini kengaytirish uchun yulduzlararo olamga oʻtish kerak. Menimcha, bu juda qiziqarli, bu menga hayotdan zavqlanish hissini beradi. Umid qilamanki, siz ham shunday his qilasiz.

@botirziyatov
Mars haqidagi veb-sayt qilish haqida fikri kelib qoldi.

Mars haqida qiziq kontentlar, u yerga qanday borish mumkin,
u yerda nimalar qilish mumkin )

misol domen nomini xmars.life

@botirziyatov
Figma uchun bir nechta plaginlar qilib sotgan va ulardan pul ishlayotgan dasturchining gapi:

Mahsulotni ishlab chiqishning birinchi bosqichlarida ortiqcha optimallashtirish hojati yoʻq. Rostini aytsam, man hali ham hozirgi versiyadan qoniqmayman, optimallashtirish va yaxshilash kerak boʻlgan koʻplab fikrlar bor.

Man bir narsani tushundim:
mahsulotning eng mukammal versiyasi hech qachon boʻlmaydi, bularning barchasi savdo-sotiq natijasidir.

@botirziyatov
Sun'iy intellekt startaplarining koʻpi (90%) uzoq muddatli qiymatga ega boʻlmay qolyapdi.
chunki Sun'iy intellektning yangi versiyasida shunday funksiyalar ham mavjud boʻlib qolyapdi

@botirziyatov
Ishonch bilan yashash uchun moliyaviy erkinlikka chiqish kerak, buning uchun kichik boʻlsa ham biznesingiz boʻlishi kerak.

@botirziyatov
#startup

Google Sheets darsliklarini "oddiy" veb-sayt yordamida sotish.

loyiha nomi : bettersheets.co

Bir kishilik Biznes
Biznesini SEO orqali rivojlantirgan

3 yil ichida 200 ming dollar daromad oldi:
✓ premium kurslar
✓ Udemy kurslari
✓ Reklama

@botirziyatov
Tadbirkorlar alohida zot emas – ular asosan boy bolalaridir

Internetda 2017 - yilda chiqgan maqola ekan

U yerda qiziq bir komment keltirilgan:

Bu jamiyat oʻyin maydonchasiga oʻxshaydi.

* Boy bolalarning choʻntaklarida juda koʻp oʻyin tangalari bor. Ularda imkoniyat koʻp.
Ular oʻzlarini yaxshi his qilmaguncha qayta-qayta urinib koʻrishlari mumkin.

* Oʻrta sinf bollarning choʻntagida faqat bitta tanga bor.
Agar sizda faqat bitta tanga boʻlsa, albatta, siz juda ehtiyot boʻlishingiz kerak.

* Kambagʻal bolalar oʻynamaydi, chunki ular u yerda ishlash bilan band.

@botirziyatov
Chet eldagi ijara biznesiga yana bir yangi buyum qoʻshilbdi.

Starlink (sun'iy yo'ldosh antenna) sotib olib, uni ijaraga berish. Lager yoki dam olishga boradigan odamlar koʻpincha uni ijaraga olib ishlatar ekan.

Bittasi shunday yozgan: 20 kunga kuniga 30 dollarga ijaraga beraman.

@botirziyatov
2025/07/07 22:53:20
Back to Top
HTML Embed Code: