Davolanish va ziyorat turizmi uchun qulay maskan: "Omonxona" davolash maskani

Boysun tumani Inkobod mahallasida joylashgan “Omonxona” qishlog‘i Surxondaryo viloyati Boysun tumanining tog‘li hududida joylashgan bo‘lib, viloyat markazidan 158 km, tuman markazidan esa 16 km uzoqlikda joylashgan. Uning atrofi bir-biri bilan yelka tirashgan tog‘, qir-adirliklar bilan o‘ralgan. Tabiati so‘lim, tog‘dan esib turadigan shabada kishi qalbiga orom baxsh etadi.

“Omonxona” qishlog‘iga Ollohning nazari tushgan maskan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, u yerdagi keksa kishilarning naql qilishlaricha, shifobaxsh buloq suvini doimiy ravishda iste’mol qilish natijasida qishloqdagi o‘troq aholi hozirgacha o‘tkir yuqumli kasalliklarga chalinmagan va qishloq aholisi sariq yoki oshqozon ichak kasalligi bilan ham xastalanmasdan hayot kechirib kelishmoqda. Qolaversa, sariq kasalligiga chalingan, yoxud jigar serrozi hayotiga chang solgan kishilar “Omonxona” shifobaxsh buloq suvidan najot izlab, hatto viloyatning uzoq manzillardan yo‘l yurib, ushbu qadimiy, ayni paytda yasharib, yashnab borayotgan ko‘rkam qishloq tomon oshiqishadi.

Sanatoriyda asosan buloqning maʼdanli suvli muolajalari amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu sanatoriyda qoʻshimcha ravishda massaj, diagnostika, UZI, elektroterapiya, fitoterapiya singari oʻnlab davolash xizmatlari ham yoʻlga qoʻyilgan.

Bundan tashqari, qishloqda Kamari Aziz hamda Hazrati Sulton Balogardon ziyoratgohlarining mavjudligi ham ushbu hududning ziyorat turizmi yo‘nalishidagi salohiyatini oshirmoqda.

👉 Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 76-saylov okrugi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Boysun tuman filialida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi "Yoqilg‘i - energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-sonli qarorining mohiyati, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning mohiyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosari, davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Boysun tuman filiali xodimlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tumandagi Chilonzor mahallasida aholi o‘rtasida ushbu qaror va Qonun mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Surxondaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

🔷 Boysun tuman hokimining yordamchisi

🔷 Dahnaijom mahallasi хotin-qizlar faoli


❗️Arizalar 31.05.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

🔷 Agentlikning Surxondaryo viloyati filiali — 76-223-51-42

🔷 Murojaat uchun bot@vacancy_argos_bot

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝 🇷🇺 Samarali O‘zbekiston-Rossiya sammiti yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifi doirasida qator qo‘shma tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

26-may kuni davlat rahbarlari birgalikda "Yangi O‘zbekiston" majmuasiga tashrif buyurdi, Rossiya rahbari Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

27-may kuni tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ular davomida Prezidentlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qildilar, delegatsiyalar a’zolarining asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha hisobotlarini tingladilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolandi, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar almashildi.

Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Vladimir Putin G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, "Matonat madhiyasi" monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi va O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi muzey bilan tanishdi.

O‘sha kuni Prezidentlar raisligida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, unda hududlararo muloqotni yanada mustahkamlash va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Toshkent xalqaro aeroportida Prezident Vladimir Putinni Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbarlari samimiy xayrlashdilar.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston-Rossiya sammiti: samarali muzokaralar va oʻzaro manfaatli kelishuvlar

👉 Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/29 03:30:10
Back to Top
HTML Embed Code: