Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda Xalqaro multimodal transport forumi o‘tkaziladi

2025-yil 12-noyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro multimodal transport forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir transport sohasi yetakchilari, ekspertlar va biznes vakillarini birlashtirib, logistika, raqamlashtirish va barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlanadi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/toshkentda-xalqaro-multimodal-transport-forumi-otkaziladi
Shavkat Mirziyoyev Bryusselga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi

2025-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi rahbariyati taklifiga binoan Bryussel shahriga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Tashrifning asosiy maqsadi – siyosiy muloqotni mustahkamlash va O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashdir.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/shavkat-mirziyoyev-bryusselga-rasmiy-tashrif-bilan-jonab-ketdi
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryusselga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga keldi. Bryussel xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yevropa Ittifoqining rasmiy vakillari, shu jumladan, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays kutib oldi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/shavkat-mirziyoyev-rasmiy-tashrif-bilan-bryusselga-keldi
👍1
Bahrayn-2025: O‘zbekiston yengil atletikasida 4 ta medal qo‘lga kiritdi

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari navbatdagi muvaffaqiyatlarga erishdi. Yengil atletika musobaqalarida hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/bahrayn-2025-ozbekiston-yengil-atletikasida-4-ta-medal-qolga-kiritdi
Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” g‘oliblarini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri g‘oliblarini tabriklab, bu loyiha qisqa vaqt ichida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lganini ta’kidladi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/saida-mirziyoyeva-zakovat-gambit-goliblarini-tabrikladi
O‘zbekiston va Yevropa hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

Bryusselda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yirik Yevropa kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvda Yevropa biznesini O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi bosqichdagi loyihalariga faol jalb etishga chaqirdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-va-yevropa-hamkorligi-yangi-bosqichga-chiqmoqda
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Yevropa ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi.

Bright Uzbekistan
O‘zbekiston va YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy bitim imzolandi

Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi tarixiy bitim imzolandi. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev, Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta hamda Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirok etdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-va-yei-ortasida-kengaytirilgan-sheriklik-va-hamkorlik-togrisida-tarixiy-bitim-imzolandi
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy bitim imzolandi.

Bright Uzbekistan
2025/10/24 15:09:55
Back to Top
HTML Embed Code: