Telegram Web Link
Yarim kechasi soat 2:30
- Nima qilyapsiz? Uxlayapsizmi?
- Yo'q kartoshka ekayotgandim, polyadaman.
- Qishda kartoshka ekilmaydi-ku.
- Qishda kartoshka ekilmasligiga yetgan aqling, soat 2:30 da odamlar uyida uxlayotgan bo'lishiga yetmadimi?

tut-tut-tut-tut
😁24👍3
Patria o Muerte, Venceremos 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

(Vatan va yo sharafli o’lim)
🔥5👍2🙈2❤‍🔥11
Dostoevskiyning “Jinoyat va jazo” asaridan tagiga chizib o’qiladigan jumlalar:

- Qiziq, odamlar hammadan ko’proq nimadan qo’rqadilar? Bir yangi ishga jazm qilishdan, bir yangi so’z aytishdan hammadan ko’ra ko’proq qo’rqadilar…

- Biroq yigitning yuragi g’azabdan shunchalar qotib tosh bo’lib ketgan ediki, aslida oriyati kuchli, nomusli bo’lishiga qaramasdan ko’chada o’z kiyimlaridan or qilmay qo’ygandi.

- Uy ichidan gard qidirib topish amri mahol edi. “Zahar va qari beva xotinlarning uylari mana shunday toza bo’ladi”.

- Kambag’allik ayb emas, bu haq gap. Men ichkilikbozlik ham ezgulikdan emasligini bilaman, bu haminqadar. Biroq yo’qchilik, marhamatli afandim, yo’qchilik bu - illat, ha. Siz kambag’alchilikda hali o’zingizning tug’ma olijanob fazilatlaringizni saqlab qolgan bo’lasiz, yo’qchilikda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola bilmaydi. Yo’qchilikda odamni odamzod to’dalari ichidan tayoq emas, supurgi bilan haydab chiqadilar, yana ham sharmandaroq bo’lsin desalar kerak-da.

- Boradigan boshqa yeringiz bo’lmasa, boshqa odamingiz bo’lmasa-chi! Axir, har bir odamning bora oladigan biron joyi bo’lishi kerakdir-ku. Binobarin, shunday paytlar bo’ladiki, biron yerga bormasdan sira ilojingiz qolmaydi!

- Hechqisi yo’q, ha! Odamlar meni imlab ko’rsatadigan bo’lib qolishgan, lekin men e’tibor bermay qo’yganman, zotan, endi hammasi hammaga oshkor bo’lib bo’lgan, hamma sirlar ko’chaga chiqib ketgan; bularga nafrat bilan emas, taqdirim shu ekan deb qarayapman.

- Axir, har bir tirik jonga kimdir rahm ko’zi bilan qarashi, unga achinadiganlar bo’lishi kerak-ku!

- Ablah odamzod hamma narsaga ko’nikib ketadi!

- Umuman, biron odamni bilmoqchi bo’lsang, xato qilib qo’ymaslik, oldindan noto’g’ri xulosaga kelmaslik uchun uning ko’ngliga sekin qo’l solib ko’rish kerak, bo’lmasa xatoni keyinchalik tuzatish va o’rniga qo’yish juda qiyin bo’ladi.
👍4🔥32❤‍🔥1
Hech qachon “hech qachon” dema!
😁6🔥3👍1
“Jinoyat va Jazo” asarida Roskolnikov mayxonalarning birida Marmeladov ismli qahramon bilan uchrashadi. Bu qahramon umrini ichkilikbozlikka tikib, butun hayotini izdan chiqargan obraz. Ichkilik ta’sirida Roskolnikovga o’z hayotini aytib beradi. Ayoli vafot etgach 1 ta farzandi bilan beva qolgan. Yolg’izlikdan charchab Katerina ismli ayolga uylangan. Katerina zodagon oilaning qashshoq qizi. Ikki farzandi bilan beva qolgan.

Marmeladov ichkilik ta’sirida xotini Katerina sil kasaliga uchraganini. Ijara uy egasi esa xotinini ayovsiz do’pposlaganini aytib beradi. “Men shu vaqtda ichib mast bo’lib yotgandim”, - deydi Marmeladov.

Katerinaning kaltaklanishiga sabab emas, Marmeladovning qizi Sonichka. Sonichka 15-16 yoshlar atrofidagi xushbichim qiz. Ijara uy egasi so’rab kelavergach Katerina uni 30 rublga bir kechaga olib ketishlariga rozi bo’ladi. Oila shu qadar nochor ediki, Katerina o’z o’gay qizini fohishalikka undaydi. Sonichka o’sha kechasi uyiga qaytib kelgach, qo’lidagi 30 rublni stol ustiga qo’yib, burchakda yotgan ko’k kattagina ro’molni ustiga tashlaydida o’ranib yotib oladi. Yig’idan yelkalari silkinib ketardi. Katerina qizining yoniga borib, uni quchadi. Shundan so’ng birgalikda yig’lashadi. Shu alfozda ular uxlab qoladi.

Marmeladov esa buning barchasini ko’rgan, o’sha vaqtda esa ichib xonaning narigi burchagida yotgan edi. Uy egalari Sonichkani fohishalikda ayblab kun bermay qo’yishadi (vaholanki, Sonichkani sotib olganlar ham uy egalari edi). Shundan so’ng Katerina uy egalari bilan janjallashib, o’lgudek kaltak yeydi. Sonichkani esa haydab yuborishadi.

Daxshat.
🔥8🙈3👍2😁1
Bizda bu hayot borkan, sigaretdan o’lmaymiz zotan
🔥9
Ha mantig’ingga yantog’im. Bularni niyati nima? Hamma joyda tarixni chuqalash boshlangan shekilli. Va tarixni o’z yo’rig’iga ko’ra malakalamoqda. Ko’chada bularga qo’shilib ketadigan “terroristlar” qancha?
Qizil bilan belgilangan qizlar Assadlar oilasidan. Qora ko’zoynak taqqani Bashar Assadning opasini qizi. Yonidagi qiz xolavachchasi. Ko’k bilan belgilanganlarning biri doktor Shorsh Hasan avtonom Kurdiston parlamenti a’zosi. Yonidagi avtonom Kurdistonda NNTda faoliyat yuritadi. Bir yil oldin bir stol atrofida o’tirishgandi.

Endi ko’k bilan belgilanganlar qizil bilan belgilanganlarga qarshi. Umuman Yaqin Sharqda kim kimga qarshi bilib bo’lmaydi. Kaminani topinglar.

Qayerlarga bordim? Nimalarni ko’rdim? Kimlar bilan bo’ldim? Hayronman o’zim ham.
👍10
Yaqinda tahlilchilar AQSH va Yevropa Ittifoqi dunyodagi barcha avtoritar tuzumlarga “urush e’lon qilgani”ni yozib chiqishgan edi (Karnegin markazi xabari). Mana shu xabardan keyin dunyoning turli nuqtalarida avtoritar tuzumlarga qarshi kurashlar boshlanib ketdi. Shulardan biri Suriya va Gruziyadagi voqealarni ko’rib turibmiz.

Suriyadagi voqealar to’g’risida tahlilchilar turlicha yondashuvlarni ilgari surishmoqda. Shulardan haqiqatga yaqinlarini va oxirgi voqealarning sodir bo’lish xronologiyasiga ko’ra quyidagicha taqdim etish mumkin:

1. Yevropa va Amerikada Yaqin Sharq va Afrikadan kelayotgan qochqinlar oqimi oshib ketdi. Noqonuniy migratsiya g’arb svilizatsiyasining eng og’riqli nuqtalaridan biri bo’lib, mamlakatlardagi ichki siyosatga kuchli ta’sir o’tkazayotgandi. Qochqinlarning Yevropa qonunchiligini mensimasligi, ommaviy namoyishlar, bosqinchilik va talonchilik, mayda bezorilik va jinoyatlar soni ortishi g’arb mamlakatlaridagi hukmron doiralarining imijiga salbiy ta’sir o’tkazgan. Shu sababli eng ko’p qochqin eksport qilgan mamlakatda tinchlik o’rnatish zarurati yuzaga kelgan. Buning dalili o’laroq Turkiyadan Suriyaga qaytayotgan yuz minglab suriyaliklarni, shuningdek suriyaliklarga boshpana berish dasturini yopgan Germaniya, Shvedsiya, Norvegiya kabilarni keltirish mumkin.

2. Suriyada yangi hokimiyat o’rnatilishiga yana bir muhim sabablardan biri Yevropadagi energetika inqirozi deyish mumkin. 2022-yilda boshlangan urush sababli Rossiya neft va gaziga Yevropada talab har qachongidan ham oshib ketdi. Rossiya bu energiya manbalaridan g’arb mamlakatlarini siyosiy shantaj qilishda foydalanib keldi. Shu davrga qadar Saudiya yarim orolidagi katta neft va gaz zahiralaridan Yevropaga quvr tortib ketish loyihalari bo’lgan, ammo bunga dastlab Falastindagi urush, keyin esa Assad hokimiyati qarshilik ko’rsatgan. Qatar va BAAning cheksiz gaz va neftini Yevropaga Suriya va Turkiya orqali tortib ketish loyihalari mavjud bo’lib, loyiha amalga oshsa Yevropa Rossiya gazi va neftiga qaramlikdan qutiladi. Bugungi kunda Suriyaning o’zidagi gaz va neft zahiralar ham cheksiz bo’lib, Rossiya iqtisodiyotini zayiflashtirish uchun yetarlidir.

3. Isroilning siyosiy va harbiy ambitsiyalari g’arblik hamkorlari tomonidan, ayniqsa AQSHning yangi prezidenti Donald Tramp tomonidan yuqorida darajada qo’llab-quvvatlashga erishgach, endilikda Isroil G’azo sektorini to’liq anneksiya qilmoqchi. Shuningdek Isroil Falastin davlatining taqdirini belgilab bo’lgan. Isroilning terror va bosqinchilik siyosati 2025-yil yanvaridan yangi bosqichga ko’tarilishi munosabati oldidan g’arbliklar Yaqin Sharqda Livan va Falastinni to’liq ihotalab qo’yish maqsadida Suriyada yangi hokimiyat o’rnatishdi. Agar Isroil G’azoni to’liq xaritadan o’chirib tashlab, Livanga harbiy yurish boshlaydigan bo’lsa Eronning mojaroga to’g’ridan to’g’ri aralashish ehtimoli bor. Shu sababli Eron qurolli kuchlari Livanga yetib kelmasligi uchun Suriyada yangi davlat va harbiy kuchlarni suniy tarzda vujudga keltirishdi. Agar Eron Livanga o’tishni xohlasa ham Suriyadagi yangi hokimiyat bunga yo’l qo’ymaydi.

Yaqin Sharq shunday katta siyosiy o’yinlar markazi bo’lib, u yerda insoniylik tilsiz qolgan. Yaqin Sharqda kim hokimiyatga kelishidan qat’iy nazar: “Oq it qora it baribir it”.


Suriyadagi voqealarni ko’rib, shunday xulosaga keldimki, katta davlatlar xohlasa har qanday hokimiyatni ag’dara olishar ekan. Demakki qayerdadir hali ham urush davom etayotgan ekan, bilingki u yerda qurol-yarog’ savdosi bilan shug’ullanayotganlar biznes qilyapti xolos.
👍6🔥3🙈1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir qiz bor, o’lkaning butun go’zallik rezervini bir o’zi egallab olgan 🖤
🔥6👍2❤‍🔥1
YARRIY.1 - OY PARI (KARAOKE, LYRICS, TEXT)
FOREVERUZ
Radio to'lqinlarimizda "Oy pari" taronasi bilan seshanba tongini boshlaymiz, azizlar
🔥31🙉1
Qochishning imkoni yo’q. Yuragim qinidan chiqib ketgudek bir holda xonaga kirdim. Ijaraga olingan katta yotoqxona ichida onadan yangi tug’ilgandek yalang’och va himoyasiz holda uxlab yotgan beg’ubor qizni ko’rdim. U yuzini eshik tomon burib, yonboshlab yotardi, shiftdan tushayotgan nurlar yuzining har bir mayda detallarigacha yoritib, hech narsani yashirishga yo’l qo’ymayotgandi. Yotoqning burchagiga o’tirdim-da, barcha hislarimni yig’ishtirib uni tomosha qilishga kirishdim. Tanasi bug’doyrang va issiq edi. Uni shunday nafislik va go’zallikla bezatishgandiki, kindigi ostidan endigina chiqa boshlagan tuklarini ham unutishmagandi. Sochlarini jingalalak qilib turmaklashgan, qo’l va oyoq barmoqlariga tabiiy rangdagi lak surtishgan, ammo bug’doyrang terisi quruq va qarovsiz ko’rinardi. Ko’kraklari kichik hali bolalarniki singari, ammo go’yo pishib yetilgan maxfiy bir kuchni ichida yashirayotgandek tuyuldi menga. Uning eng go’zal a’zosi esa shubhasiz uzun, sezgir barmoqlari kabi nozik va uzun oyoqlari edi; go’yo bu oyoqlar faqat yumshoq qadamlar tashlash uchun yaratilgandek. Xonada ventilyator bo’lishiga qaramay, butun tanasi terga botib yaltirab turardi, tun ilgarilashi bilan issiqlik yanada alangalatayotgandi. Ikki yanog’i qizil bo’yoq bilan bo’yalgan, yuziga beo’xshov upa surilgan, yasama kipriklari-yu jigarrang lab bo’yog’i ostida qolgan chehrasining aslida qanday bo’lganini bilib bo’lmasdi.

Gabriel Garsiya Markes "Mening mahzun fohishalarim" romanidan parcha
🙈2👍1
🤡 : Alkash
😈 : Alkagolning tanaga ta’sirini o’z ustida tadqiqot qilib ko’rayotgan degustator-olim
😁12
Forwarded from Hayot akademiyasi
Odamlarni o’zgartirishga urunmang. Ularni boricha rad eting.


Nikolo Makiavelli
😁13🔥3👍1
Bu qaysi romanning tasviri? Qani topinglarchi.
😁8🔥31
Bag‘i endi munaqa bo‘gannan keyin, munga qarab tag‘in o‘sha qandaydir bo‘latta endi hayot. Baribir endi yaxshi bo‘lamiz, baribir. Yaxshi bo‘b ketsak kerak endi.
🔥9😁6
Tunov kuni o'qib qolgandim, sizlarga ham ulashay dedim. Muallifi yodimdan chiqibdi, mazur tutasiz.

Bizda odat tusiga aylangan bir voqea bor edi bir vaqtlar. Ko'cha ko'yda oilaviy yurganda ayoli eridan 1-2 qadam orqada yurishi kerak, erkak kishi jamoat joylarida farzandini erkalatmasligi kerak degan bir norasmiy qoida bor edi. Shu odat qayerdan kelib qolgan ekan degan savol menda ham bo'lardi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri yoshi kattaroq otaxondan shuni so'rab ko'rgan ekan.

Otaxonning javobi shunday bo'lib: "Urushdan keyin ko'cha-ko'yda beva va yetimlar ko'payib ketdi. Bozorga biror tadbirga borsak, shu bevalarni ko'ngli og'rimasin, erini sog'inib qiynalmasin deb yoshi kattalar "er-xotin ko'chada yurganda ayolingiz 1-2 qadam orqaroqda yursin" deb nasihat qilishdi. "Farzandlaringizni jamoat oldida erkalatmang, yetimlar ko'rib ota-onasini eslab ranjimasin", - deyishdi. Shu shu odat bo'lib qoldi. Keyinchalik yoshlar ham shu buyruqqa bo'ysunishdi", - deb aytgan ekan.

Go'zal odat bo'lgan ekan. Tinchlik bo'lsin!
🔥13❤‍🔥6👍4💋2
Urushning ilk qurbonlari erkaklar

Ijtimoiy mavzular haqida gapirilganda eng birinchi planda albatta ayollar va bolalar bo’lishiga o’rganib qoldik. Deylik, Ukraina jabhasida ham, G’azo jabhasida ham yangiliklar ayollar va bolalar atrofida aylanadi. Ukrainada falon mingta bola o’libdi, Eronda falon millionlab ayollar huquqlari toptalibdi, G’azoda falonta ayol shifokor o’ldirilibdi.

Biroz shoshmasangiz va vaziyatni olisroq rakursdan olib qarasangiz, urush va ijtimoiy huquqsizlikning eng katta qurbonlari erkaklar ekanligini ko’rasiz. 2022-yil fevralida boshlangan Rossiya-Ukraina urushida jami har ikki tomondan 1 milliondan oshiq erkak qurbon bo’ldi. G’azo qatliomida sionistlarning birinchi va asosiy nishoni erkaklar hisoblanadi. Qachon ko’chada ayol BOMJni ko’rganingizni eslolmaysiz, ammo erkak BOMJlar har qadamda uchraydi.

Og’ir mehnatlar ostida ishlayotgan erkaklar soni qancha? Assad qamoqxonalaridan minglab odamlar ozod qilindi. Topingchi shu qamoqxonalarda nohaq ayblovlar bilan mislsiz azoblarga tortilganlarning 90% kimlar ekan? Erkaklar.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining 2021-yilgi ma’lumotiga ko’ra Greenlandiyada o’z joniga qasd qilganlarning 86,96% ni erkaklar tashkil etgan. O’zbekistonda bu ko’rsatgich erkaklarda 12.29% ni, ayollarda 5.65 %. Jahon miqyosida o’z joniga qasd qilish foizlari erkaklarda 75%, ayollarda 25% ni tashkil etadi.

Eng past ko’rsatgich Falastinda ekan. Nega bilasizmi? Chunki o’z joniga qasd qilishga ulgurmay o’ldirib yuborishyapti falastinlik erkaklarni.

Xullas, butun dunyo erkaklari birlashingiz! 😁
🔥9👍3
Har qanday sun’iy idrok o’z o’rnini bilishi kerak. Shu sababli, o’z o’rnini ko’rsatib qo’yish maqsadida “Shaxiy ko’rsatmalar” qismiga buyruq kiritib qo’ydim. Endi buni hech qachon unutmaydi!
😁9🔥3
Ўзбек феъл-атворининг хусусиятлари тўғрисида Аҳмад Заки Валидий Тўғон араб тарихчиларига (Ибн Батута, Ибн Арабшоҳ, Ибн Фадуллоҳ ал Умарий) таянган ҳолда қуйидагича маълумот беради:

Қипчоқ уруғига мансуб ўзбек ва қипчоқлар* ҳаёти, ахлоқи ва танловига кўра туркий қавмлар ичида энг улуғворларидир. Ўзбек туркларининг тили барча туркий халқлар ичида энг бой, энг доносидир. Эркак ва аёллари гўзал, умумий жиҳатдан аристократик феъл-атворга эга бўлиб ёлғон ва разилликка таслим бўлмаган халқдир.

Эски ва янги қипчоқ турклари (ўзбеклар) то зарурият бўлмагунига қадар деҳқончилик билан шуғулланмаган, чунки бу ишни аристократларга хос машғулот деб билишмаган. Энг оғир иқтисодий шароитларда ҳам бошқа маданий халқларга қиз бермаган, қизлари бошқа халқларга хизмат қилишини истамаган. Чунки ўзларини бек ёки ҳарбий ҳисоблашган.

Ўзбек феъл-атвори Жўжи улусидан келиб шундай хусусиятланади: ҳимматли, ор ва номус учун жонини берадиган, идеал ҳаётни жамият ва давлат бошқарувида деб биладиган, бошқарувга моил, оғир дамларга бардош берадиган, ҳаёт қийинчиликларига тафаккур кўзи билан қарайдиган, олис ва машаққатли сафарларга қувонч билан борадиган, аёллари ҳам айни шу феъл-атвордаги эркакларни севадиган, асилзода аёллар ва оналарнинг халқ ичида юксак обрў эътиборга сазоворлиги ўзбекка хос.

Совуққонлик ва шошқалоқликни ёқтирмайди; ҳушёрлик, жасорат ва ҳукмдорликни севади. Араб шеърларида айтилганидек урушларда ўзбеклар ҳаддан ташқари ваҳший, тинчлик замонида эса керагидан ортиқ сокин халқ. Асирларни ўлдирмайди, қул бозорида сотади. Софлик ва тўғриликка эга, душманларини ҳам сийлайдиган даражада ортиқча самимий. Шахслар ва уруғлар ўртасидаги адоватни ҳеч қачон унутмайди, адоват наслдан-наслга кўчиб юради. Иқтисодий оғир аҳволга тушса ўз фарзандларини ёки бошқа бировнинг фарзандларини ўғирлаб сотадиган даражада моддиятчи.

Булар XIV асрдан бошлаб халқимизни таниган араб сайёҳларининг ўзбекларга берган таърифи экан. Яхши ва ёмон хислатларни санаб ўтибди.
❤‍🔥4🔥2👍1
2025/07/08 21:49:36
Back to Top
HTML Embed Code: