Telegram Web Link
Sharqda Rossiya ishtirokida tinch va hamkor tashkilot degan tushuncha mavjud emas. Rossiya ishtirok etadigan hech qanday tashkilot hech qachon tinch va hamkor tashkilot bo’la olmaydi.

Masalan Rossiya ishtirokidagi eng yirik xalqaro tashkilotlarni tahlil qilib chiqaylik. Birinchidan, Shanxay hamkorlik tashkiloti haqida gapirsak. Bu tashkilotga a’zo davlatlar chegaralar, iqlim o’zgarishi, savdo va harbiy masalalarda o’zaro mojarolar ichida turibdi. Masalan, ShHTning Samarqand sammiti arafasida Qirg’iziston va Tojikiston bir birining hududiga bostirib kirgan bo’lsa, joriy yilda yangi a’zolar Hindiston va Pokiston o’zaro urush holatiga kirishdi.

Ikkinchidan, Mustaqil davlatlar hamdo’stligi tashkilotiga a’zo bo’lgan ikki davlat Rossiya va Ukraina (hozir a’zolikdan chiqqan) o’zaro urush holatida. Armaniston va Ozarbayjon MDHning Astana sammiti arafasida bir biriga urush e’lon qilgandi. Shuningdek, Ozarbayjon va Rossiya munosabatlari inqirozli davrni boshidan kechiryapti.

Uchinchidan, BRICS tashkilotiga a’zo Qozog’iston va Rossiyaning munosabatlari kundan kunga yomonlashib bormoqda. Masalan, Rossiya televideniyesi tinimsiz shimoliy Qozog’iston hududlari “rus yerlari” ekanligi to’g’risida axborot chiqarib, diplomatik munosabatlarni buzmoqda.

To’rtinchidan, KXSHT harbiy bloki va “bojxona ittifoqi”ga a’zo davlatlar o’rtasida ham qurolli to’qnashuvlar tez-tez bo’lib turadi. Yuqorida sanaganimiz Qirg’iziston-Tojikiston mojarolari O’zbekiston aralashuvi bilangina yakunlandi.

Siz biror marta Yevropa ittifoqi mamlakatlarining bir birining hududiga bostirib kirish u yoqda tursin, hududiy davo qilishi haqida eshitganmisiz? Men yaqin 30 yil ichida bunday mojaro bo’lganini eshitmaganman. Faqatgina NATOga a’zo davlatlar Gretsiya va Turkiyaning hududiy davolari mavjud, lekin MDH, BRICS, ShHT, KXSHT, BI kabi har bir tashkiloti kompleks muammolarga to’la emas.
2025/07/01 07:29:21
Back to Top
HTML Embed Code: