Hayotda tik qolish uchun kurash qanday bo’ladi?
Shu savol doimiy o’ylantirib kelgani va shu 28 yillik hayotim davomida doimiy himoyasiz kurashlar markazida bir o’zim qolib ketganim uchun kichik tajribamni o’rtoqlashmoqchiman. Balki kimgadir foydasi tegib qolar.
Men hali litseyda o’qirdim, 16-17 yosh vaqtim. O’qish va yashash harajatlari ortib ketgan, pul esa deyarli yo’q edi. Shu sababli shanba-yakshanba ba’zan haftaning o’rtasida o’qishdan qolib mardikor bozorga kunlik ishga chiqardim. Bir kunda 20-30 ming so’m pul topsam yetardi, odatda og’ir ishlar emas o’t o’rish, qayernidir tozalash, qurilish maydonlaridan chiqindilarni terish kabi ishlarga chiqardim. Chorshanba kuni ertalab darsga bormay, qadrdon mardikor bozorga Kaftarxona tomonga ketdim. Bozorga bir eski moskvich kelib to’xtadi, ishchilar borib ish so’rashar va qaytib ketishardi. Men ham qiziqib mashina oldiga bordim:
- Aka, ish bormi, - dedim.
- Ha, bor og’ir ish emas, lekin qila olasanmi? - dedi.
- Nima ish ekan, aka, - dedim, o’g’ir ish emas degandan so’ng ko’nglim yorishdi-da.
- Bir lagan qo’to* bor yeyish kerak, - dedi. (Qo’pollik uchun uzr, lekin so’zma so’z aytmasa tushuntirish qiyin).
- Rahmat aka, osh bo’lsin!, - deb burilib ketdim.
Shunchalik xo’rlandimki, yig’lab yuboray deb turibman. Kimga ham dardimni aytaman, baribir himoya qiladigan hech kim yo’q. Keyin kimdir keldi, hovlisidagi yantoqlarni chopiq qilib, tozalash kerak ekan. 15 ming so’mga rozi bo’lib ketdim. Tushlikdan keyin qo’shnisi chiqib, u ham 15 ming so’mga hovlisini supurtirdi. Tozalab kechga yaqin piyoda, yarimta nonni yeb aeroport tomondan Frunzedagi yotoqxonagacha piyoda ketdim.
Bu gapni nega aytyapman. Ba’zan insonlar noqulay vaziyatlarga tushadi, xo’rlanadi, haqoratlanadi, aldanadi, haqqi yeyiladi, lekin shunday vaziyatda ularga qo’shilib ketmaslik kerak. Shunchaki, vaziyatga qarash va qabul qilish zarur. Gandichilik qilish kerak demayman, lekin insonlar hamisha bir birini aldashi mumkinligini, tabiiy raqobat muhitida hamma narsaga qaramay insoniylikni va hokisorlikni saqlab qolish kerakligini aytmoqchiman.
Har bir nohaqlikka qarshi kurashaverish inson uchun og’ir, ba’zan kurashmasdan, shunchaki ko’nikish zarur. Sizning ambitsiyalaringiz va g’ururingiz insonlar tomonidan ezozlanmaydi. G’urur va ambitsiyalar har kuni har kim tomonidan xo’rlanadi, zo’rlanadi. Hayot qonuni shunday. Bunga chidab, o’z yo’lidan ketgan odam to’g’ri odam. Kurashish uchun vaqt soat bor. O’sha vaqt kelmaguncha, hech narsa o’zgarmaydi.
Konfutsiyning bir gapi bor: “Daryo bo’yida o’tirib, uzoq kutsang. Dushmaningni o’ligi o’zi oqib keladi”. Kutish mana shu, borib raqibni o’ldirish emas.
Buyuk qashqadaryolik mutafakkir aytganidek: “Suv kabi bo’l do’stim. Chaynakka solsa chaynak, piyalag’a solsa piyala bo’l. Suv kabi bo’l”.

ODDIY YO'LOVCHI
To’g’ri aytibmanmi 😁
Keti yonyapti bularni 😂 trollarni troll qilish maza 😂😂😂 hozir amerika va Zelinskiyni gapiradi. Ikkovini ham so’kaman, miyyasida zamikaniya bo’ladi
Urashima tuneli haqida anime
Odatda anime ko’rmayman, bugun hayotim davomida ikkinchi marta anime ko’rishim. “Urushima tuneli” deb nomlangan animeni ko’rdim. (Bundan 4 yil oldin birinchi marta anime ko’rganim haqida bu yerda yozganman).
Animeda o’rta maktab o’quvchilari tasvirlanadi. Tokiodan uzoqroq provinsiyada yashovchi o’quvchilar tasodifan barcha orzu istaklarni amalga oshiradi, ammo uning o’rniga inson umrini oladigan “Urushima tuneli”ni topib olishadi. Qiziqqon qahramonlar butun hayoti davomida o’zining kamchiligi deb hisoblab kelgan orzusini amalga oshirish uchun tunelga kirishadi. Tunelda o’tkazilgan 1 soat vaqt, tashqaridagi 1 yilga teng bo’ladi.
Bu anime yapon falsafasining nozik jihatlarini ochib bergan. Inson xato, kamchiliklari va bazan erishilmagan yoki hech qachon erisha olmaydigan orzu-umidlari bilan to’laqonli shaxs bo’lib shakllanishi yoritib berilgan. Tunel xuddi orzularga bo’lgan cheksiz ishtiyoq bilan yugurgilab ketayotgan hayotga o’xahaydi. Orzularga erishganimizda esa, umr tugab qoladi. Aslida biz kutgan baxt va quvonch shundoqqina, ko’zimiz ko’rib, qalbimiz his qilmagan narsalarda ekanligi umr so’ngida ma’lum bo’lib qoladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Atom bombasining portlash jarayoni va uning natijasida paydo bo‘ladigan “qo‘ziqorin” shaklidagi bulut ko‘plab fizik va kimyoviy jarayonlarga bog‘liq. Quyida bu hodisani qisqacha izohlab o’tsam:
1. Portlashning boshlanishi
Atom bombasi ichida uran yoki plutoniy yadrolari bir joyga juda zich qilib jamlanadi. Ularni bir joyga siqib, portlatganda yadrolar bo‘linib, juda ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu energiya:
- Issiqlik (harorat)
- Yorug‘lik (porlash)
- Kuchli zarba to‘lqini (portlash to‘lqini)
- Radiatsiya (zarralar va nurlar) ko‘rinishida ajraladi.
2. Qo‘ziqorin shakli qanday hosil bo‘ladi?
Portlashda ajralgan energiya atrofdagi havo va tuproqni birdaniga qizdirib yuboradi. Bu havo juda tez qizib, kengayadi va yuqoriga — osmonga qarab harakat qiladi. O‘ta qizigan havo (gaz) tez yuqoriga otilib chiqadi va yonidagi sovuq havoni ham o‘z ortidan tortib, birga ko‘taradi. Natijada:
Markazda: Qattiq qizigan va kengaygan gazlar yuqoriga tez ko‘tariladi.
Yuqoriga chiqqanda: Issiq gazlar soviy boshlaydi va yon tomonlarga yoyiladi.
Pastki qismida: Sovuq havo esa pastdan yuqoriga oqib kiradi va markazni to‘ldiradi.
Shuning uchun, portlash buluti avval yuqoriga o‘q kabi ko‘tariladi, so‘ng tepada yoyilib, qo‘ziqorin (mushroom) shaklini oladi. Pastki qismidagi “poya”, tepada esa “shapka” paydo bo‘ladi.
3. To‘lqin qanday tarqaladi?
Portlash markazidan kuchli zarba to‘lqini (shock wave) ham tarqaladi. Bu — juda tez harakat qiladigan, bosimi yuqori havo to‘lqini. U atrofdagi narsalarni qulatadi, oynalarni sindiradi, binolarni yiqitadi. Bu to‘lqin eng kuchli shikastlarni yetkazadi.
4. Nega osmonga ko‘tarilib ketadi?
Issiq gazlar har doim yuqoriga intiladi, chunki ular sovuq gazga qaraganda yengil bo‘ladi. Portlashda juda ko‘p issiq gaz va chang hosil bo‘lib, ular tez yuqoriga ko‘tariladi. Bu jarayon “konveksiya oqimi” deb ataladi.
5. Yadro portlashining qisqacha bosqichlari
1.Portlash – yadrolarning bo‘linishi va energiya ajralishi.
2.Issiq gazlarning kengayishi – qizigan havo yuqoriga otiladi.
3.Qo‘ziqorin shakli – yuqoriga ko‘tarilgan bulut va uning yoyilishi.
4.Zarba to‘lqini – portlashdan tarqaluvchi kuchli havo bosimi.
5.Radiatsiya va cho‘kindi – portlashdan so‘ng radioaktiv chang va zarralar yerga qaytadi (fallout).

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Katta g’oyalar asoschilarning garajida tug’ilgan
“The Book of Enoch” - “Idris (a.s) kitobi” Yaqin Sharq hududidan topilgan eng qadimga yozma manbaalardan biri hisoblanadi. Rim katolik cherkovi ushbu kitobni taqiqlangan diniy manbaalar ro’yxatiga kiritgan. Menimcha asl nusxasi Vatikandagi kutubxonada saqlansa kerak.
Oxirgi kunlarda g’arbda mana shu “Idris kitobi” mashxurlashib ketdi. Men ham odatda bu kitob haqida kechasi eslab qolaman. Kitob Nuh (a.s)dan oldingi davrni tasvirlaydi. Ayrim hikoyalar Qur’onda keltirilgan rivoyatlar bilan bir xil. Ammo tasvirlash usuli boshqa boshqa bo’lganligi sababli, diniy manbaa sifatida qabul qilish qiyin. Qur’on, Tavrot, Injil, Zabur kabi muqaddas kitoblarda Idris payg’ambarga kitob tushirilganligi haqida ma’lumot yo’q.
Kitobdagi ayrim qismlar hayratlanarli, ulardan biri gigantlar haqida bo’lib, gigantlar inson va iblis chatishmasidan hosil bo’lgan insonga o’xshash mavjud hisoblanadi. Bundan tashqari yerga quvilgan farishtalar yer yuzidagi hayvonlardan bir qismini to’plab, ularning genetikasini o’zgartirishadi va yangi hayvonlar yasashadi. Yerga quvilgan shayton va uning sheriklari insonga barcha yovuzliklarni o’rgatadi. Ularning qing’irliklarini tugatish uchun 4 farishta yerga tushadi va katta armiya to’plab ularga qarshi kurashadi. Kurash Yaqin Sharqdagi Yefret daryosi bo’yida bo’ladi.
Xullas, kitob juda antiqa bo’lib, qadimgi yunon va rim afsonalaridan ham qiziqroq (agar uni real vqoeylikka bog’lab o’qiy olsangiz). Ozroq tasavvur va fantaziya ertaklarni miyyangizda jonlantirishi mumkin.
Enok kitobi haqida bu yerda ham yozgan edim.

Kitob o’qiyapsizlarmi? Unga mana bunday baho qo’yish kerak, axir.
Kitoblarga baho qo’yishni Samandar shu qizdan o’rgansa bo’lmaydimi?
Kitoblarga baho qo’yishni Samandar shu qizdan o’rgansa bo’lmaydimi?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu shedevr o’rtoqlar 😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM