Urashima tuneli haqida anime
Odatda anime ko’rmayman, bugun hayotim davomida ikkinchi marta anime ko’rishim. “Urushima tuneli” deb nomlangan animeni ko’rdim. (Bundan 4 yil oldin birinchi marta anime ko’rganim haqida bu yerda yozganman).
Animeda o’rta maktab o’quvchilari tasvirlanadi. Tokiodan uzoqroq provinsiyada yashovchi o’quvchilar tasodifan barcha orzu istaklarni amalga oshiradi, ammo uning o’rniga inson umrini oladigan “Urushima tuneli”ni topib olishadi. Qiziqqon qahramonlar butun hayoti davomida o’zining kamchiligi deb hisoblab kelgan orzusini amalga oshirish uchun tunelga kirishadi. Tunelda o’tkazilgan 1 soat vaqt, tashqaridagi 1 yilga teng bo’ladi.
Bu anime yapon falsafasining nozik jihatlarini ochib bergan. Inson xato, kamchiliklari va bazan erishilmagan yoki hech qachon erisha olmaydigan orzu-umidlari bilan to’laqonli shaxs bo’lib shakllanishi yoritib berilgan. Tunel xuddi orzularga bo’lgan cheksiz ishtiyoq bilan yugurgilab ketayotgan hayotga o’xahaydi. Orzularga erishganimizda esa, umr tugab qoladi. Aslida biz kutgan baxt va quvonch shundoqqina, ko’zimiz ko’rib, qalbimiz his qilmagan narsalarda ekanligi umr so’ngida ma’lum bo’lib qoladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Atom bombasining portlash jarayoni va uning natijasida paydo bo‘ladigan “qo‘ziqorin” shaklidagi bulut ko‘plab fizik va kimyoviy jarayonlarga bog‘liq. Quyida bu hodisani qisqacha izohlab o’tsam:
1. Portlashning boshlanishi
Atom bombasi ichida uran yoki plutoniy yadrolari bir joyga juda zich qilib jamlanadi. Ularni bir joyga siqib, portlatganda yadrolar bo‘linib, juda ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu energiya:
- Issiqlik (harorat)
- Yorug‘lik (porlash)
- Kuchli zarba to‘lqini (portlash to‘lqini)
- Radiatsiya (zarralar va nurlar) ko‘rinishida ajraladi.
2. Qo‘ziqorin shakli qanday hosil bo‘ladi?
Portlashda ajralgan energiya atrofdagi havo va tuproqni birdaniga qizdirib yuboradi. Bu havo juda tez qizib, kengayadi va yuqoriga — osmonga qarab harakat qiladi. O‘ta qizigan havo (gaz) tez yuqoriga otilib chiqadi va yonidagi sovuq havoni ham o‘z ortidan tortib, birga ko‘taradi. Natijada:
Markazda: Qattiq qizigan va kengaygan gazlar yuqoriga tez ko‘tariladi.
Yuqoriga chiqqanda: Issiq gazlar soviy boshlaydi va yon tomonlarga yoyiladi.
Pastki qismida: Sovuq havo esa pastdan yuqoriga oqib kiradi va markazni to‘ldiradi.
Shuning uchun, portlash buluti avval yuqoriga o‘q kabi ko‘tariladi, so‘ng tepada yoyilib, qo‘ziqorin (mushroom) shaklini oladi. Pastki qismidagi “poya”, tepada esa “shapka” paydo bo‘ladi.
3. To‘lqin qanday tarqaladi?
Portlash markazidan kuchli zarba to‘lqini (shock wave) ham tarqaladi. Bu — juda tez harakat qiladigan, bosimi yuqori havo to‘lqini. U atrofdagi narsalarni qulatadi, oynalarni sindiradi, binolarni yiqitadi. Bu to‘lqin eng kuchli shikastlarni yetkazadi.
4. Nega osmonga ko‘tarilib ketadi?
Issiq gazlar har doim yuqoriga intiladi, chunki ular sovuq gazga qaraganda yengil bo‘ladi. Portlashda juda ko‘p issiq gaz va chang hosil bo‘lib, ular tez yuqoriga ko‘tariladi. Bu jarayon “konveksiya oqimi” deb ataladi.
5. Yadro portlashining qisqacha bosqichlari
1.Portlash – yadrolarning bo‘linishi va energiya ajralishi.
2.Issiq gazlarning kengayishi – qizigan havo yuqoriga otiladi.
3.Qo‘ziqorin shakli – yuqoriga ko‘tarilgan bulut va uning yoyilishi.
4.Zarba to‘lqini – portlashdan tarqaluvchi kuchli havo bosimi.
5.Radiatsiya va cho‘kindi – portlashdan so‘ng radioaktiv chang va zarralar yerga qaytadi (fallout).

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Katta g’oyalar asoschilarning garajida tug’ilgan