Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonda nashr qilinayotgan kitoblarning sifati to’g’risida ikki og’iz so’z. Turkiyada chiqarish nashriyotga qo’shimcha harajatlar yuklaydi. Qo’shimcha harajatlar esa kitob tannarxiga ta’sir qilib o’quvchi gardaniga tushadi. Siz nima deysiz masalan, kitob Turkiyada chiqarilsa va narxi 50-60 ming so’m bo’lib, o’zimizda chiqarilganidan 15-20 ming so’m qimmatroq bo’lsa, olaverasizmi? Yoki kamroq o’qisam ham arzonroq bo’lsin deysizmi?
Menimcha kitob bir marta o’qiladigan narsa emas, balki shaxsiy kutubxonani to’ldiradigan kolleksiya hamdir.

👍5❤1
Ertaga video tayyor bo’lsa, e’lon qiladigan yangiligim bor. Ishlar 90% ga yakunlandi. Bu yog’i ham oson bo’lsin!
❤2❤🔥1🔥1💋1
Akira Kurosavaning “Rashomon” filmi xususida
Akira Kurasavaning “Rashomon” (1950) filmi nafaqat yapon, balki jahon kino tarixida iz qoldirgan asar. Film o‘zining innovatsion vizual uslubi va hikoya tuzilishi, inson tabiatiga, haqiqat va yolg‘on mohiyatiga oid chuqur falsafiy qarashlarni ilgari surishi bilan ham ahamiyatli hisoblanadi.
“Rashomon” filmi Ryūnosuke Akutagavaning ikki hikoyasi – “Yanaq” (“Yabu no naka”) va “Rashomon” motivlari asosida suratga olingan. Syujet o‘rmondagi qotillik va zo‘rlash hodisasi atrofidagi to‘rt xil nuqtai nazarni yoritishga harakat qiladi. Bular jinoyatchi (Tajomaru), jabrlanuvchi ayol (Masako), o‘ldirilgan samurayning ruhi va voqea guvohining hikoyasi.
Kurasava ilk bor kinematografiyada “subyektiv kamera” uslubini qo‘llab, bir voqeani turli shaxslarning idroki va talqini orqali ko‘rsatdi. Bu yondashuv G‘arb kinosida “Rashomon effekti” deb nomlanadigan termin paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Film markazida “Haqiqat nimadan iborat?” savoli turadi. Har bir guvoh hodisani o‘z manfaatlari, his-tuyg‘ulari va niyatlari asosida so‘zlaydi. Bu bir tomondan haqiqat nisbiy, har kimga ko‘ra har xil ekani, hech bir inson so‘zida mutlaq haqiqat yo‘qligi haqidagi zamonaviy falsafiy g‘oyani ochib beradi.
Kurasava inson ongining tuban va noaniq tomonlarini, insonning o‘z manfaatini himoya qilish uchun ongli yoki ongsiz ravishda haqiqatni o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu, Sigmund Freudning “o‘zini oqlash mexanizmlari” haqidagi psixoanalitik qarashlari bilan hamohangdir.
Fridrix Nitsshening “Haqqoniylikga intilish va yolg‘on orqasidagi iroda” konsepsiyasi Rashomon ruhiga yaqin. Filmda har bir subyekt voqeani o‘z irodasini oqlash yoki o‘zini muqaddas qilib ko‘rsatish uchun o‘zgartiradi.
Kurasava “Rashomon”da yorug‘lik va soya kontrastidan keng foydalanadi. O‘rmonga tushayotgan quyosh nurlari, doimiy harakatdagi kamera tasvirlari orqali inson ongining beqarorligini, haqiqatning noaniqligini vizual tasvirlaydi. Yorug‘lik va soya — haqiqat va yolg‘on, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi chegaraning noaniqligi ramzi sifatida ishlatilgan.
Film Rashomon darvozasi ostida boshlanadi va shu yerda tugaydu. Bu joy — umidsizlik va beqarorlik, axloqiy tanazzul ramzi hisoblanadi.
Inson haqiqatni qabul qila olish uchun juda ojizlik qiladi. Shu sababli xatto o’ziga ham yolg’on gapiradi.

❤1👍1