Mualliflik huquqiga rioya qilinglar
Kecha oilaviy sayrga chiqqandik. Toshkentning bahorgi go’zalligidan bahra olib keldik. Shaharda daraxtlar Sherzodiy tili bilan aytganda “Ajib” gullabdi. Dam olish kunlarida sayr-u sayohat qilib, ko’ngillarni yozib turing. Ha aytgancha, qirg’izistonlik kinoijodkorlarning “Jannat onalar oyog’i ostida” filmi namoyishi ham bo’lyapti. Bir yigit onasini hajga piyoda olib borgani haqidagi film ekan.
Bugun Rustam Sagdiyev bilan ham shu mavzuda qisqagina suhbat qurgandik. O’zbek ijodkorlariga ham mualliflik huquqini ta’minlab berishsa, 1 yil ichida MDHda shovshuv bo’ladigan kino-seriallar ishlay olishadi. Bunga misol “Salom social”ning “Maktab” seriali, Rustam Sagdiyevning “Baron” filmini keltirish mumkin.
Mualliflik huquqini himoya qilish ijodkorni qog’oz ko’tarib sudma sud yurishi degani emas. Mualliflik huquqini ishga tushiruvchi mexanizmlar avtomat tarzda ishlashi zarur. Mana sovet davrida ishlagan-ku! Velosipedni qayta kashf qilmay, o’sha tizimni qaytarib qo’ysak ham juda ko’p yutuqlarga erishamiz.
👉 Oddiy yo'lovchi

Olmoniya tajribasida bir qancha qonun hujjatlari bilan mualliflik huquqi himoya qilinadi. Ulardan eng asosiylari “Act of authors right” hamda “Telekommunikatsiyalar to’g’risida”gi qonun hujjati.
Birinchi qonunga ko’ra mualliflik va turdosh huquqlar to’g’risidagi barcha masalalarga oydinlik kiritilgan bo’lib, unda qonunning to’g’ridan to’g’ri ishlash mexanizmi yaratilgan. Bugungi kunda Germaniyada mualliflik huquqini birgalikda boshqaruvchi bir nechta yirik kompaniyalar mavjud. Bular xalqaro qonun hujjatlariga ko’ra mualliflarning huquqlarini butun dunyo bo’ylab himoya qiladi. Yani boshqaruv kompaniyalari mualliflik huquqi buzilishi holatlarini aniqlaydi, sudga murojaatnoma kiritadi va barcha jarayonlarda muallif nomidan ishtirok etadi. Shartnomaga ko’ra, undirilgan summadan ma’lum bir miqdorda haq oladi.
Olmonlarning telekommunikatsiya to’g’risidagi qonunga ko’ra internet provayderlar, telekommunikatsiya tarmoqlari, hosting va serverlar internetda mualliflik huquqidan noqonuniy foydalanishni aniqlash majburiyatini oladi. Nafaqat aniqlaydi, balki kim qaysi manzildan qaroqchilik qilgani to’g’risida davlatni ogohlantiradi. Olmonlarda manashu mexanizm “inson omilisiz” doimiy tarzda ishlaydi.
Turkiyada mualliflik huquqini himoya qilish masalasiga ham jiddiy qarashadi. Barcha savdo-ko’ngilochar maskanlar, umumiy ovqatlanish shohobchalari hamda mehmonxonalarda ovoz detektorlari mavjud bo’lib, noqonuniy tarzda foydalanilgan musiqalar avtomatik tarzda aniqlanadi. Yuqoridagi subyektlar boshqaruv kampaniyalaridan qo’shiq va musiqalarni sotib olib ijro etishadi yoki undan foydalanadi.
Shuningdek nashriyotlar va boshqa ijodkorlarning huquqlari ham yuqoridagi ko’rinishda himoya qilinadi. Biz yuqorida muhokama qilgan masala, intellektual mulk huquqi tushunchasining bir qismi xolos. Qonunchiligimizga ko’ra, bizda ham shunday bo’lishi kerak, ammo “oyog’i yo’q odamning yurishi”ni tasavvur qilib ko’ravering.
Bunda men xalqni aybdor deb bilmayman. Hech qachon bunday bo’lmagan. Xalqimiz har doim mualliflik huquqini hurmat qilgan. Masalan, X asrda yozilgan “Qutadg’u bilig” asarining muallifi Yusuf Hoj Xojib ekanligini hozir ham bilamiz-ku. Yani xalqimiz muallifning nomulkiy huquqlarini har doim hurmat qilib kelgan. Bu yerdagi muammo “qonun ustuvor, jazo muqarar” emasligida.
Mualliflik huquqini himoya qilishda “ijodkor o’zi ariza bersin” desangiz, bu konstitutsiyaning 53-moddasiga zid. Yani bu moddada “intellektual mulk huquqi davlat muhofazasidadir” deb aniq yozib qo’yilibdi. Konstitutsiya esa har qanday qonun hujjatidan ustun va to’g’ridan to’g’ri amal qilishi belgilab qo’yilgan.

ODDIY YO'LOVCHI
Olmoniya tajribasida bir qancha qonun hujjatlari bilan mualliflik huquqi himoya qilinadi. Ulardan eng asosiylari “Act of authors right” hamda “Telekommunikatsiyalar to’g’risida”gi qonun hujjati. Birinchi qonunga ko’ra mualliflik va turdosh huquqlar to’g’risidagi…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olmoniyada qaroqchilarni aniqlash mexanizmi. Akvamen filmini noqnuniy ko’rgani uchun bir necha kun ichida katta miqdorda jarima xati kelyapti. Buni yuqorida keltirgan telekommunikatsiyalar to’g’risidagi qonunga ko’ra internet provayderlar aniqlayapti.
O’zbekistonda mustaqillik davridan buyon 15 ta mualliflik huquqi masalalari bo’yicha sud hukmi tayinlangan xolos. Shulardan adashmasam, 9 tasi yarash bitmi bilan yakunlangan. 2023-yilda intellektual mulkka oid 200 dan ziyod ish ko’rilgan, ammo bu 37 mlnlik kontingent uchun juda kam.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla telekanalida “Mualliflik huquqi” to’g’risidagi fikrlarimni bayon qildim. Xalqning bir vakili sifatida xalq aybdor emasligini himoya qildim. Bizning hududlarda xalq hech qachon huquqbuzar bo’lmagan. Xalqni ayblash oson. Ijro mexanizmlarini yaxshi yo’lga qo’ymay turib, jazo mexanizmlari ishlamay turib, davlat funksional vazifasini bajarmay turib hech kim xalqni aybdor qilmasin.
Fikrlaringizni qoldirarsiz
👉 Oddiy yo'lovchi
Fikrlaringizni qoldirarsiz
👉 Oddiy yo'lovchi
Forwarded from FOKSBRIJ - back to school university 🗂
mazaxchini o'ldirish.jpg
508.4 KB
https://www.tg-me.com/interaktivdarslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Makiavelli manipulyatsiya va fitna ustasi bo'lgan. Shu sababli Makiavvellining bilishingiz zarur bo'lgan 13 taktikasi haqida gaplashib o'tsak.
- Makiavelli insonlarni manfaatlar harakatga keltiradi deb hisoblagan. Kishilarning manfaatlarini o'z foydasiga ishlatgan.
- Etikaga zid bo'lsada, o'z manfaatlari uchun mos bo'lgan ishlarni qildi. Bu bahsli mavzu bo'lsada, Makiavelli uchun kuchli qurol vazifasini o'tadi.
- Makiavelli qo'rquv sevgi hissiyotidan kuchliroq degan xulosaga keldi. Dushmanlarini boshqarish va sirli hodisalarga duch keltirish uchun yolg'on ko'p ishlatdi.
- Makiavelli o'zgaruvchan sharoitga tez moslashardi. Moslashuvchanlik raqiblaridan o'zib ketdi va pozitsiyasini mustahkamladi.
- Dushmanlarini zayiflatish uchun bir biriga qarshi qo'ydi. Bu strategiya raqobatni rivojlantirish orqali o'z hokimiyatini kuchaytirishga yordam berdi.
- Raqiblari zayiflashganda imkoniyatlardan foydalandi. Kerakli vaqtda hujum qilib, muhim ustunlikka erishdi.
- Hokimiyatni egallash urushning yarmi ekanligini tushundi. Shu sababli strategik ittifoqlar tuzib, kelishuvlarga erishib hokimiyatini saqlab qolishga e'tibor qaratdi.
- Makiavelli imkoniyatlardan to'g'ri fursatda foydalanish ilmini egalladi. Fursatni poylash unga omad va kuch-qudrat keltirdi.
- Idrok kuchiga ishondi. Makiavelli kuchli imij yaratib, voqealar haqidagi xabarlarni o'zgartirib xalqni manipulyatsiya qila oldi.
- Ta'sir o'tkazish va hukm qilish uchun hissiyotlardan foydalandi. Orzular va qo'rquvlardan foydalanib odamlarni o'z foydasiga ishlatdi.

👍1
Dunyodagi eng katta azoblardan biri sohani tushunmaydigan odam bilan o'sha soha bo'yicha kelishish.
Bunday holatda "ho'p" desang o'z zararingga ishlaydi, "ho'p" demasang o'zining fikrini maqullashga intiladi. Bunaqa holatlarda men ham to'nimni teskari kiyib, oxirigacha kurashib, yengib chiqish uchun harakat qilaman.
Sohani mutaxassisi bo'lsangiz, biror loyihada mavjud kamchiliklarni to'g'rilash uchun intilayotgan bo'lsangiz, kichik xatoliklar ertaga katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi aniq bilsangiz, kurashing! Boshingiz ketsa ham, molingiz ketsa ham kurashing! To'xtamang. Mana shu prinspsiz, ishlar yurmaydi. Orqaga ketadi.
Sohani tushunmaydigan odam, tor doirada fikrlaydi. U mavjud risklar va krizis vaziyatlarni ko'rmaydi, boshidan o'tkazmagan. Uning yoshi ham tajribasi ham bu jarayonda bir tiyinga qimmat resurs. Chunki u sizning mutaxassisligingiz bo'yicha "baloni o'qi"ni ham bilmaydi. Uning yoshini hurmat qilish, lavozimi yoki tajribasini hurmat qilish, ma'lum bir sohani inqirozli vaziyatga tushirishi mumkin.
"Gap kelganda otangni ham ayama" maqoli shunday vaziyatlar uchun aytilgan, oltinga teng so'z.

Bugun 22-aprel Vladimir Ilich Lenin tug’ilgan kun ekan. Shu munosabati bilan Leninning “Inqilobiy vaziyat nazariyasi” traktati haqida biroz mushohada qilsak.
Inqilobiy vaziyat nazariyasiga ko’ra, mamlakatlar bir ijtimoiy-siyosiy tizimdan ikkinchi bir siyosiy-ijtimoiy tizimga keskin o’tishi uchun quyidagi 3 ta asosiy holat sodir bo’lishi kerak:
1. Amaldagi hokimiyat boshqaruv qobiliyatini yo’qotishi zarur. Bunda davlat o’z hokimiyatini saqlab turish imkoniyatlaridan mahrum bo’lgan hamda davlat organlarini va fuqarolarni boshqarish imkoniyatini yo’qotgan bo’ladi.
2. Xalq eskicha yashashni rad etishi zarur. Xalqning ehtiyojlari va musibatlari haddan ortiq o’sib ketganidan keyin, ular endilikda eskicha yashashni xohlamay qoladi.
3. Omma faolligining keskin tarzda oshishi. Mana shu bosqichda ommaning faolligi oshib, siyosiy liderlar yuzaga kela boshlaydi.
Yuqoridagi fikrlar inqilobiy vaziyatning yuzaga kelishi xususida V.I.Leninning fikrlari bo’lib, amalda menimcha o’z isbotini topgan. Lenin kommunistik davlatning asoschisi sanaladi. Uning g’oyaviy qarashlari Karl Marks, Fridrix Engelsning sotsialistik nazariyalari asosida shakllangan.

Mamlakatlar rivojlanishida eng asosiy lokomotiv bu harbiy sanoat hisoblanadi. Har qanday buyuk kashfiyot eng avvalo harbiy maqsadlar uchun yaratiladi. Masalan, insonning kosmosga parvozi ham yadro qurollarini yer orbitasiga olib chiqish orqali, raqibning havo hujumidan mudofaa tizimlarini ishdan chiqarish edi.
Bugun biz foydalanayotgan internet tarmog’i ham ma’lumotlarni Pentagondan ilmiy tadqiqot institutlari hamda maxfiy laborotoriyalarga uzatish maqsadida ixtiro qilingan.
Bugungi kunda ommalashgan kriptovalyuta hamda blokcheyn texnologiyalar ham harbiy sanoatning moliyaviy richaglaridir. Bunda pul mablag’larini noqonuniy qurol-yarog’, narkotik, odam savdosi, odam tana a’zolari savdosi, noqonuniy pullarni maxfiy aylantirish singari vazifalar uchun yaratildi.
Sun’iy idrok texnologiyalari ham harbiy sanoatning gultojidir. Aholi soni ortib borishi, axborot uzatishning tezligi o’sishi va internetning senzurasizligi fuqarolarni doimiy kuzatuvga olish hamda nazoratni kuchaytirish talabini yuzaga chiqardi. Shu sababli ham biz bugun to’laqonli sun’iy idrokning ommaga taqdim etilishi mumkin bo’lgan 1-10% qismini ko’rib hayratlanib turibmiz.
Mamlakatlarda har qanday kashfiyot yoki ixtiro amalga oshirilsa, eng avvalo u mudofaa maqsadlarida ishlatilishi zarur. Harbiy maqsadlarda ishlatilmaydigan ixtironi davlat moliyalashtirishdan manfaatdor emas.

Turkiston uchun kurash I kitob.pdf
58.5 MB
Turkiston uchun kurash (II kitob) - Ahad Andijoniy
Ushbu kitob Ahad Andijoniyning Academiya Edu platformasidagi sahifasidan olindi. Muallif asarni erkin foydalanish uchun ochiq manbalarga joylashtirgan.
Ushbu II kitob O'zbekistonda "Sharq" nashriyoti tomonidan nashrga tayyorlangan.
Sotuvda mavjud emas.

Turkiston uchun kurash II kitob.pdf
32.1 MB
Turkiston uchun kurash (I kitob) - Ahad Andijoniy
Ushbu kitob Ahad Andijoniyning Academiya Edu platformasidagi sahifasidan olindi. Muallif asarni erkin foydalanish uchun ochiq manbalarga joylashtirgan.
Ushbu I kitob O'zbekistonda "Sharq" nashriyoti tomonidan tayyorlangan.
Sotuvda mavjud!

Mustafo Cho'qayning vafoti to'g'risida 2 xil qarash mavjud. Chunki turkiston muxtoriyati qonga botirilganidan keyin Turkistonda siyosiy vaziyat o'zgarib, Markaziy Osiyoda siyosiy liderlarning hayoti xavf ostida qoldi. Qatag'on va qirg'inlar natijasida turkistonliklar muhojirlikka chiqib ketishdi. Siyosiy liderlarning bazilari Turkiya, Pokiston, Afg'oniston, Erondan qo'nim topgan bo'lsa, ayrimlarilari Yevropa mamlakatlariga ketishdi. Jahonda sodir bo'layotgan siyosiy inqirozlar va jahon urushi vaziyatni yana ham taranglashtirdi.
Fransiyada qo'nim topgan Mustafo Cho'qay ham 1941-yil nemis fashistlari tomonidan Germaniyaga olib ketilgan. Fashistlarning SSSRga hujumi sababli Germaniyada Sharq vazirligi tuzilib, natsistlarning Sharqdagi harakatlariga rahbarlik qilish vazifasi yuklatilgan edi.
SSSRga hujumning dastlabki oylarida 3 millionga yaqin askar asir olinib, ular orasidan yahudiylar ajratib olish mushkullik tug'dirdi. Chunki yahudiylar ham, musulmonlar ham sunnat qilingan. Nemis askarli esa yahudiylarni mana shu sunnat qilinganligiga qarab ajrata olishgan xolos. Shu sababli turkistonlik musulmon askarlarni ham yahudiy hisoblab otib tashlash odatiy hol bo'lib qolgan vaqtda, Sharq vazirligi asirlardan foydalanish masalasini ko'rib chiqdi.
Mana shunday holatda Sharqdan kelgan siyosiy liderlarni to'plab, ularga harbiy asirlarni saralash masalasi yuklatildi. Mustafo Cho'qayga fashistlar tomonidan harbiy asirlar saqlanadigan lagerlarga borib, turkistonliklarning ro'yxatini shakllantirish vazifasi yuklatildi.
Mustafo Cho'qay ro'yxatni shakllantirish maqsadida 1941-yil 27-noyabr sanasida Tschenstochau qamog'iga borgan. Qamoqxona rasmiylari asirlar orasida tif kasalligi tarqalgani to'g'risida ogohlantirishiga qaramay, Mustafo Cho'qay asirlar bilan gaplashib, turkistonliklar ro'yxatini shakllantirgan. 1941-yil 6-dekabr sanasida kasallik yuqish ehtimoli sabab Mustafo Cho'qay karantinga olingan. 21-dekabr kuni Berlinga jo'nab ketishgan. Yo'lda tif kasaliga chalingani ma'lum bo'lib, istmalab qolgan. Istma 40 darajadan pastga tushmagan. 27-dekabr kuni ahvol biroz yaxshilangan, ammo 18:20 da esa joni uzilgan.
O'sha vaqtda Fitratning yordami bilan Berlindagi Ziroaat maktabiga o'qishga jo'natilgan Vali Qayumxon Mustafo Cho'qayga hamrohlik qilgan. Vali Qayumxon Mustafo Cho'qayni Berlinda dafn etgan.
Sovet razvedkasining "Temir qo'l" maxfiy shtrixli josusi Oyqorlining sovet davrida tarqatgan ma'lumotiga ko'ra, Mustafo Cho'qayni Vali Qayumxon zaharlab o'ldirgan. Ammo Oyqorlining ushbu ma'lumoti haqiqatga mos kelmaydi.

Tariximizning eng qora sahifalaridan biri bu fashistlar armiyasi safida sovetlarga qarshi kurashgan "Turkiston legioni" sanaladi.
Ushbu legionni nega "qora sahifa" deb atayapman, sababi legion milliy tariximiz sahifalaridan o'chirib yuborilgan. Ikkinchidan, legionga nisbatan hech bir ilmiy doiralarda aniq bir qarash mavjud emas. Olimlar va tadqioqtchilar legion masalasida murosaga kelisha olmagan. Yani legion vatanga xiyonat qilib, nemislar safida sovetlarga qarshi urushgan xoinlar to'dasimi? Yoki Turkiston ozodligi uchun kurashgan qahramon jangchilarmi?
Har qanday o'quvchida shu kabi savollar tug'ilishi tabiiy hol. Chunki Turkiston legioni harbiy jihatdan puxta tashkillashtirilgan, propoganda jihatidan fashistlar g'oyasini yaxshi o'zlashtirgan. Legion boshqaruvi nemis afitserlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Turkistonning kelajakdagi qurilish rejasi fashistik diktatura singari bo'lishi rejalashtirilgan.
Ammo Turkiston leginoni safida xizmat qilga askarlar Markaziy osiyolik yigitlar bo'lishgani, askarlar asosan patrul ishlari bilan shug'illangani, legionning bosh g'oyasi Turkiston mustaqilligi bo'lganligi, legionga rahbarlik jadidlarning germaniya o'qishga jo'natgan talabalari ekanligini hamda legion yuz minglab turkistonlik asirlarning hayotini saqlab qolganini inobatga olsak vaziyatga qarash o'zgarishi mumkin.
Shaxsan menda ham Turkiston legioni masalasida ikkilanish mavjud. Legion turkistonliklarning hayotini saqlab qoldi, ularga boshpana, oziq-ovqat va ta'lim berdi. Ammo legion fashizmga xizmat qildi.
Hozirgi kunda televideniyeda, rasmiy tadbirlarda aytilayotgan "Go'zal Turkiston" marshi legionning marshi bo'lgan. Vali Qayumxon Cho'lponning "Go'zal Farg'ona" she'rini o'zgartirib marsh bastalatgan. Bizda bu marsh Turkiston muxtoriyati madhiyasi sifatida targ'ib qilinmoqda. Umuman olganda qo'shiqni legionga bog'lamasdan kuylasa, naqadar go'zal qo'shiq.

“Stajirovka” yoki “amaliyot” tashkil qilishdan asosiy maqsad qanday bo’ladi?
Yirik kompaniyalar, davlat boshqaruv organlarining amaliyot tashkil qilishdan asosiy maqsadi, odatda o’z kadrlar zahirasini shakllantirish bo’ladi. Bundan tashqari amaliyotchilarga turli topshiriqlar berib, kompaniya yoki boshqaruv organining kuchsizlangan qismini yaxshilash maqsad qilingan bo’lishi mumkin.
Bunda amaliyotchi topshiriqlarni qanday bajarayotgani, sohani tushunishi hamda jamoaning yukini yengil qila olishi kompaniya tomonidan o’rganiladi. Agar amaliyotchi topshiriqlarni uddalay olsa, uni ishga taklif qilib, kompaniya yoki boshqaruv organining kuchsiz tomonini kadrlar bilan to’ldirish mumkin.
“Amaliyot” o’tash strategiyasi aslida mana shu maqsadlarda joriy qilingan. Shu sababli ham ko’pgina xorijiy kompaniyalar amaliyotchilarga haq to’laydi. O’zimizda hali birorta amaliyotchiga haq to’lashganini eshitganim yo’q. Balki haq to’lashar men bilmasman.

Mayning shivalab turgan mayin yomg’irlari ostida Chimyonning go’zal va bepayon tog’-u toshlari go’zalligini ko’rish mumkin. Samoga tutashib ketgan tog’lar uchini momiq bulutlar silab turibdi. Bir tomonda qushlarning chug’ur-chug’uriga cho’pon yetaklagan qo’y-qo’zilarning barashi jo’r bo’lib ajib manzara hosil qiladi.
👉 Oddiy yo'lovchi
👉 Oddiy yo'lovchi
1931-yil 21-iyunda SSSR Oliy Sudi nomidan Sa'dulla Rashidovich Qosimov otuvga hukm qilingan. Sud jarayoni Samarqandda 3 oy davom etgan. Hukm "Qizil O'zbekiston" gazetasida e'lon qilingach Samarqandda maktab o'quvchilari (!) ko'chalarga chiqib "Qosimovni otish hukmi to'xtatilsin" deya qichqirib yig'lashgan.
Sa'dulla Qosimov millatparvar oydin inson edi. U Munavvarqorining eng yaqin shogirdlaridan biri bo'lib, Germaniyada tahsil olgan talabalarga ko'mak berib kelgan. Vatanni va millatni sevgan chin inson bo'lgan.
Bugun mana shu inson sudda oqlanibdi. Millat oydinlarining sudda oqlanishi shovinistlarga 9-may "sovg'asi" bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Haqiqat egiladi, bukiladi. Ammo sinmaydi. Haqiqat dengiz tubida ming yil yotsa ham bir kun suzib chiqadi. O'sha adolat tiklangan kun bugun ekan.