Buyuk mutafakkir ar-Roziy o’zining “Tibbi ruhoniy” risolasida muhabbat haqida alohida to’xtalib o’tgan. Abu Bakr ar-Roziyning aytishicha muhabbat dunyodagi bedavo dardlardan biri sanalar ekan. Ushbu risolada ar-Roziy ishqni 2 turli “ilohiy va insoniy”ga ajratgan. Muhabbatni ta’riflar ekan uni 700 ming (yetti yuz ming) darajali deya ta’kidlagan. Ilohiy va insoniy ishqning bir biridan farqlarini va uning darajalarini, kasallik belgilariga qarab ajratgan. Ilohiy ishq darajasi qanchalik ortib borsa insonga bu muhabbatning foydali tomonlari shunchalik oshib boradi degan.
Insoniy ishqni bedavo kasallik deya ta’riflagan alloma bu muhabbatning 7 darajasi borligini aytgan. Birinchi daraja muvofiqati’ tab - ko’ngilga to’g’ri kelish, ko’ngilga yoqish darjasidir. Bunda ikki inson bir birining ko’ngliga ma’zur tushadi va muhabbatning eng quyi bosqichidir. Keyingisi nafs (tana, tan, jism) bosqichi, bunda oshiq o’sha inson bilan suhbat qurishni istaydi, uning yonida bo’lishni hohlaydi. Uchinchisi vuud - bog’lanib qolish bosqichi. To’rtinchisi muhabbat deya ta’kidlangan. Keyingisi valah - hayratlanish bosqichi. Oltinchi bosqich - havo bosqichi. Bu osmon va yer o’rtasidagi bo’shliq singari insonning bo’shliqqa yuz tutish bosqichi. Bunda inson majnun (telba) bo’lib boradi. Yettinchi daraja ishq darajasidir. Ishq so’zi muhabbat so’zining orttirma nisbatdagi shakli. Bu xuddi saxovat haddidan oshib ketganda isrof bo’lganidek bir holat. Ishq so’zi “ashaqa” (chirmovuq o’t, pechak o’t) so’zidan olingan. Bu darajada muhabbat insonni chirmovuq o’tday o’rab olib, tahlikaga soladi. Yemoq-ichmoqdan to’sadi. Bu darajadagi ishq insonni tahlikaga solib foydali narsalardan to’sadi. Ishq oshiqni boshqalar suhbatidan mosuvo etadi, hayotidan ma’noni sug’irib oladi, kasal yoki devona qilib halok etadi.
Mutafakkir ar-Roziy insoniy ishqning davosi 3 ta:
“ ⁃ Og’ir ko’tarish (sport bilan shug’ullanish bo’lsa kerak)
⁃ Ro’za tutish
⁃ Uzoq va mashaqqatli safarga chiqish”, - deya ta’kidlagan.
Alisher Navoiy “Layli va Majnun” asarida ar-Roziyning fikrlariga qarama-qarshi fikr yuritgan. Majnun obrazi orqali ar-Roziy aytgan barcha davolarni sinab ko’rgan, ammo ishq ortsa ortganki kamaymagan.
👣 @burxonov_lite - oddiy yo’lovchi

Nega Ukrainadagi urush hech qachon tugamaydi?
Ukraina va Rossiya o’rtasidagi urush tomonlarning biri yutgan taqdirda ham davom etaveradi bu hech qachon tugamaydi. Rossiya Ukrainani bosib olganidan so’ng 2 ta yirik muammoga duch keladi:
1. Qurollangan va ishsiz 100 minglab yoshlar
2. Urush, stress va ijtimoiy tengsizlik sabab yuzaga kelgan demografik inqiroz.
Har qanday davlat uchun eng katta xavf xatarlardan biri bu harbiy ta’lim, tarbiya ko’rgan, endi avvalgidek yashashni xohlamaydigan ishsiz yoshlar. Urushlar va ulardagi mag’lubiyatlar Rossiya boshiga turli kulfatlarni solgan. Moskvada yongan olovning tutini butun ittifoq shaharlarini ko’r qilgan. Masalan 1905-yildagi rus-yapon urushidagi mag’lubiyat siyosiy maydondagi kuchlar balansini butkul o’zgartirdi. 1917-yilgi I jahon urushidagi mag’lubiyat esa imperiyani qulatdi. 1988-yilgi Afg’onistondagi mag’lubiyat SSSR parchalanishidagi asosiy burilish nuqta vazifasini bajardi.
Harbiylar va ishsizlik “quroli”dan tashqi razvedka har doim unumli foydalanib kelgan. Bugungi kunda Iroq va Afg’onistonda to’la-to’kis huquqiy davlatlar o’rnatilmayotganligi ham shundan. Rossiyada bugungi kunga kelib ishsizlik darajasi yuqori. Bunga asosiy sabablardan biri sifatida xalqaro sanksiyalarni ko’rsatish mumkin.
Davlatchilik mana shunday potensial xavf oldida turgan bir vaqtda qaysi siyosiy elita urushni to’xtatadi? Hech qaysi. Ukraina hududlarini yo’qotishi mumkin, ammo bu Rossiya uchun urush yakunlandi degani emas. Rossiya potensial xavf-xatarlarning oldini olish uchun Kaspiy orqali Markaziy Osiyo mamlakatlariga kirib kelishi ehtimoldan holi emas.
Rossiya bir vaqtning o’zida bir nechta frontda urush qila oladigan qudratga ega. Ayniqsa uning raqiblari bizga o’xshash taraqqiy etmagan mamlakatlar bo’lsa. Rossiya bizdan uzoqda deb sevinmang Rossiya O’zbekistonga shunchalik yaqinki, Toshkent va Xorazm o’rtasidagi masofa ham bunchalik yaqin bo’la olmaydi.
Kaspiydan Nukusgacha 1000 km atrofida. Toshkentdan Xorazmgacha esa 1100 km ekanligini bilamiz.

Bizi biz yapan şey evetlerimiz ve hayirlarımızdır.
Bizni biz qilgan narsa “ha”larimiz va “yo’q”larimizdir
Fatma Bayram

Yana video o'yinlar haqida gaplashsak
Simulyatsion o'yinlar yaxshi, miyyani tinchlantiradi, stressni ozaytiradi, g'azabni kamaytiradi. Ammo strategik o'yinlar insonning bilim darajasini oshirishga xizmat qiladi. Tavakkal qilish, resurslarni boshqarish, harbiy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, tarix real misollar yordamida qayta yaratish, siyosiy jarayonlarga ta'sir qiluvchi voqealarni tahlil qilish, biror bir vazifasini bajarish, loyihalarni amalga oshirish va davlat boshqaruvini o'rganish imkoniyatini beradi.
Yuqoridagilarni shakllantirishga yordam beradigan o'yinlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Hearts of Nations V, Victoria III, Ara: History Untold va h.k
Strategik o'yinlarda 3 ta asosiy qoida bor:
1. Resurslarni to'g'ri boshqarish. Resurslarni to'g'ri boshqarish orqali, qanday kashfiyotlarni qilish mumkinligi, mamlakt iqtisodiyotini ko'tarish, maxsulot ishlab chiqarishda zarur bo'ladigan birlamchi va ikkilamchi resurslarni to'g'ri taqsimlash.
2. Mamlakatni to'g'ri boshqarish. Ko'proq boylik va qudratga ega bo'lish uchun ko'proq hududlarni egallash zarur. Shuningdek mavjud shahar va qalalarning rivojlanishi uchun infratuzilma yaratish kerak bo'ladi. Bu o'z navbatida aholi kayfiyatini muntazam o'rganish, ehtiyojlarni to'g'ri baholash, imkoniyatlarni oshirish orqali har qanday vaziyatni mamlakat foydasi uchun imkoniyat sifatida ko'ra olish qobiliyatlarini talab qiladi.
3. Harbiy qudratni oshirish. O'yinlarning asosiy maqsadi mavjud xaritada mutlaq gegemonlikka erishishga qaratilgan. Buning uchun o'yinchi albatta harbiy udratni oshirib borishi zarur. Masalan, harbiy texnologiyalarni qo'llash va yangilab borish uchun o'yinchiga svilizatsiyaning ilmiy salohiyatini oshirish vazifasi qo'yiladi. Raqiblarga tez-tez urush e'lon qilish orqali qo'shni mamlakatlarni bosib olish yoki xaritadan o'chirib yuborish zarur. Atrofingizda kuchli qo'shnilar bo'lsa, o'yin murakkablashib imkoniyatlar kamayib ketadi. Shu sababli tosh davridan boshlab qo'shni mamlakatlarni bosib olishga harakat qilish kerak.

Dunyodagi eng katta baxt: OneFit reklamalaridagi qizlarning instagram profilini topish
Amerikalik bola:
- Bobo sun’iy intellekt bizga xizmat qiladi. Bizga isyon qilmaydi. Bizga qarshi bo’lolmaydi. Hukumat shunday dedi.
Amerikalik bobo:
- Ular negrlar haqida ham shunday deyishgandi.

Muxolifat bilan terrorchining farqi nimada?
Muxolifat hokimiyatni siyosiy yo’l bilan egallashga harakat qiladi. Bu siyosiy yo’l namoyishlar, saylovlar, debatlar va hokimiyatning tinch yo’l bilan almashishi hisoblanadi.
Terrorchi hech qachon muxolif sifatida ko’rilmaydi. Terrorchi hokimiyatni harbiy yo’l bilan, qurolli to’qnashuvlar, urushlar va turli xil qo’rqitish usullari bilan egallashga urinadi.
Suriyada bir vaqtlar terrorchi sifatida ko’rilgan kuchlar, bugun siyosiy muxolifat sifatida malakalanmoqda. Qurollangan terroristik guruhlar AQSH, Turkiya, Isroil tomonidan moliyalashtirilayotgani sababli bu guruhlar “qarshilik harakati, muxolifat” degan yolg’on nomlar bilan atalmoqda.
Bir vaqtlar mana shunga o’xshash terroristik harakatlar Eron va Rossiya tomonidan moliyalashtirilganida ISHID, terrorchi, qo’poruvchi deya nomlangan edi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu ko’chalarda beg’am, shahar shovqiniga beparvo holda odamlarning o’tib-qaytishi-yu, teskari yurayotgan avtobuslarning yo’lini tomosha qilib, Tbilisining tor ko’chalarida Nodar Dumbadzening asari qahramonlarini izlab yurgan edim.
Har qiyofada bir taqdir. Har qadamda bir olam. Bu Shota Rustaveli avenyusiga tutashadigan ichki yo’llardagi manzara. Sal nariroqda Gruziya parlamenti undan nariroqda esa Mustaqillik maydoni bor. Avenyu oxiridan chapga qarab yursangiz gruzin madaniyatining o’chog’i bo’lmish pastqam binoli mahallalar chiqib keladi. Xatto hayvonlar ham erkin, hech narsadan qo’rqmay sayr qilib yuradigan ko’chalar.
Dunyo nimadir bo’ldi-yu, o’zgarib qoldi. Tinchlik uchun urushlar va nizolarni inkor qiling.
Har qiyofada bir taqdir. Har qadamda bir olam. Bu Shota Rustaveli avenyusiga tutashadigan ichki yo’llardagi manzara. Sal nariroqda Gruziya parlamenti undan nariroqda esa Mustaqillik maydoni bor. Avenyu oxiridan chapga qarab yursangiz gruzin madaniyatining o’chog’i bo’lmish pastqam binoli mahallalar chiqib keladi. Xatto hayvonlar ham erkin, hech narsadan qo’rqmay sayr qilib yuradigan ko’chalar.
Dunyo nimadir bo’ldi-yu, o’zgarib qoldi. Tinchlik uchun urushlar va nizolarni inkor qiling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kim Uzum marketdan “Shoxruxxon” zakaz qilgandi? Byaqa chiqsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yashash yaxshi. Olinglar shu uy sotuvda ekan.
Havas qilib yashasangiz yetarsiz murodga.

Forwarded from ODDIY YO'LOVCHI (Равшан Бурхонов)
Jiyanlarim uyga kelishim bilan gap qotib qolishdi:
- Uyda tinimsiz bola huquqlari buzilyotganmish. Darsdan keyin ham bolalar 4-5 soat majburiy dars qilishga jalb qilinayotgan ekan. 1 yoshga to’lmaganlarining aytishicha, beshikka belab qo’yib uxlatish konslagerlarda qo’llaniladigan uslub ekan. Chaqaloqlar o’z qo’llarini erkin kerish huquqidan mosuvo bo’layotganidan norozi. Yana ular “Nan” kashasini ikki hissa oshirishni talab qilmoqda. Zamonaviy dunyoda kasha yetishmasligi eng dolzarb muamlardan biri ekanligi takidlanmoqda. To’lgan pampers va so’rg’ichlar bilan qurollangan kichkintoylar yotoqxonani ishg’ol qilishdi.
Vaziyatni yumshatish maqsadida keskin choralar ko’rildi. Tezkor surishtiruv natijasida ertalab ikkita ikkita tuxum yeyishdan bosh tortganlar, ikkita ikkita shapaloq yeyotgani ma’lum bo’ldi. Mutasaddilarga tegishli ko’rsatmalar berildi. Bola huquqlari tiklanishi kafolatlanadi.

ODDIY YO'LOVCHI
Jiyanlarim uyga kelishim bilan gap qotib qolishdi: - Uyda tinimsiz bola huquqlari buzilyotganmish. Darsdan keyin ham bolalar 4-5 soat majburiy dars qilishga jalb qilinayotgan ekan. 1 yoshga to’lmaganlarining aytishicha, beshikka belab qo’yib uxlatish konslagerlarda…
Murojaatchilarimiz ham katta bo’lib qolishdi. 3 yil o’tibdi 😅
Mashxur psixologik 5 ta qonun:
Morfiy qonuni - nimadan ko’p qo’rqsangiz, uning sodir bo’lishi shuncha tezlashadi.
Kidlin qonuni - Agar muammoni aniq va barcha dalillari bilan yozsangiz, muammoning teng yarmini yechgan hisoblanasiz.
Gilbert qonuni - vazifaga kirishayotganda, uni bajarishning eng yaxshi yo’llarini qidirib topish o’z mas’uliyatingizga bog’liq.
Vilson qonuni - agar aql va bilimni ustun qo’ysangiz, pul o’z-o’zidan oqib kela boshlaydi.
Falkland qonuni - agar biror narsada qaror qabul qilish shart bo’lmasa, qaror qabul qilmang.

Dostoevskiyning “O’zbekiston” nashriyoti tomonidan chop etilgan asarlarini sotib oldim. Nashriyotning o’zidan sotib olish yaxshi, narxlar juda arzon. Shu to’rtalasi 150 ming so’m bo’ldi. Qattiq muqovada. Dostoevskiyning jami 7 ta asarini to’pladim. Hammasini o’qiyman yaqinda mehnat ta’tiliga chiqsam.
Aflotun aytadiki “Agar san’atkor qobiliyatli bo’lmasa, mamlakat hech qanday zarar ko’rmaydi. Agar muallim o’z ishiga sadoqat bilan yondoshmasa, mamlakat bir to’da johillar va kazzoblar mamlakatiga aylanib qoladi”.
Jallod Giovanni Battistaning ro’dabosi va boltasi muzeyda saqlanar ekan. Jallod 17 yoshidan boshlab shu kasb bilan shug’illangan. Professional faoliyati davomida 514 kishini qatl etgan. O’zi esa 90 yoshida vafot etgan.
Uning laqabi Mastro Titta bo’lib “adolat ustozi” degan ma’noni bildirgan. 85 yoshida nafaqaga chiqqan. Farzand ko’rmagan. Oilasi bilan Santa Maria ibodatxonasiga tegishli uyda yashagan. Tirikchiligi umri davomida rangli soyabonlar sotish bilan o’tgan. U hech qachon yashash joyini tark etmagan. Ibodatxona hududidan chiqishi bilan odamlar tomosha uchun to’planib ketishgan.
Uning hayoti Charlz Dikkensning “Italiya tasvirlari” asarida keltirib o’tilgan. Uning gilyotinasi, boltasi va liboslari hozirgi kunda Rimdagi kriminologiya muzeyida saqlanmoqda.
Tarixda qanday daxshatli odamlar yashagan-a. 514 ta odamni qatl etib 90 yoshgacha yashagan. Mana bu yerda Roskolnikov bitta kampirni 600 bet o’ldirolmay halak.

Yarim kechasi soat 2:30
- Nima qilyapsiz? Uxlayapsizmi?
- Yo'q kartoshka ekayotgandim, polyadaman.
- Qishda kartoshka ekilmaydi-ku.
- Qishda kartoshka ekilmasligiga yetgan aqling, soat 2:30 da odamlar uyida uxlayotgan bo'lishiga yetmadimi?
tut-tut-tut-tut