Ҳар бир нарсанинг ибтидоси борки, унинг интиҳоси ҳам бўлади.
Канал фаолиятига 17 майда 5 йил бўлади. Шу давр мобайнида қанчадан қанча яхши инсонлар билан канал орқали танишдик, дўстлашдик, уруш-жанжаллар ҳам бўлди. Шу давр мобайнида нималар қилган бўлсам барчасига ўзингиз гувоҳ бўлиб турдингиз. Ўрганганларим, ўқиганларим, билганларим, кузатганларим ҳақида ёзиб бордим.
Баъзан яхши кунларни, баъзан ёмон кунларни хотирладик. Китоблар улашдик, муносабатлар ўрнатдик. Мени қўллаб-қувватлаб келганингиз учун миннатдорман. Ва бугун англаб етдимки, манзилимиз шу ергача етиб келибди. Энди поезд релсларини алмаштиришимиз, бошқа-бошқа манзиллар томон юришимиз зарур.
Журналист учун ўз ахборот майдонидан воз кечиш катта оғриқ ва шу билан бирга катта жасорат талаб этади. Мен бугун ўзгаришларни амалга оширмоқчиман. Кулранг ҳаёт саҳифаларини ёпмоқчиман.
Ториқ ибн Зиёд 711 йил Испанияни босиб олиш учун Гибралтар бўғозини кечиб ўтди. Кемалар соҳилга келгач, уларни ёқиб юбориб: “Қаршимизда душманлар, ортга чекинишга эса ҳаққимиз йўқ”, - деди. Базан кемаларни ёқиб юбориш одатим бор. Шу вақтга қадар ҳам “бир нечта кемаларни ёқиб юбордим”.
Балки бирор кун янги кемада сафарга отланган вақтда сиз азизлар билан яна бир бор кўришиб қолармиз. Барчангизга раҳмат. Канал ўз фаолиятини тугатди. Канал билан боғлиқ инсонлар билан ҳам алоқалар узилса, хафа бўлманг. Шунчаки, мен янгитдан бошлашим керак бўлган масалалар бор. Бунда эса чалғитувчи омилларни йўқ қилишим керак.
Сизга керакли китоблар бўлса юклаб олишингиз мумкин.

Hurmatli do’stlar, modomiki jurnalist ekanman. Bo’lib ham “siyosiy-huquqiy” jurnalist ekanman, albatta siyosat haqida yozish kerak. Shu sababli, asosiy e’tiborni shu yo’nalishga qaratishga va tahlil qilishga bel bog’ladim.
Quyidagi kanal orqali jahonda sodir bo’layotgan muhim voqealar tahlili, siyosiy sharhlar berib boraman. Kanalga obuna bo’lish uchun havol:
https://www.tg-me.com/ochiqsiyosat
Uzoq o’ylab, o’z hayotimni biroz tartibga keltirib, bu kanalimizda ham avvalgidek balki ma’lumotlar berib borarman degan fikrdaman. Har holda 1,500 dan ortiq obunachilarim hali hanuz kanalni tark etishmagan ekan, demak sadoqatli auditoriyaga ega bo’libman.
“Oddiy yo’lovchi” kanali qachondan faoliyatini boshlashi noma’lum. Ungacha esa siyosat haqida gaplashamiz.
Obuna bo’ling:

1. Shaxsiy ma’lumotnoma (CV emas ma’lumotnoma)
2. Ish tajribasi to‘g‘risida qisqacha axborot
3. Qilgan tarjimalaridan namuna (tarjimonlar uchun)
4. Qilgan tahrirlaridan namuna (muharrirlar uchun)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kecha internetda bir videoga ko'zim tushib qoldi. Unda o'zbekistonlik migrantlar Krosnodarda avtobusda yo'l haqqini to'lamay yurishganini video qilishibdi. Videoda bir rus yigiti "nega yo'l haqqini to'lamading" deb yigitlarga tanbeh bermoqda. Albatta, yo'lkira to'lamasdan yurish kamida jinoyat. Toshkentda ham shunday avtobuslarda yo'lovchilarning aksariyat qismi yo'lkira to'lamay jamoat transportidan foydalanib yurishibdi.
Ammo rus yigitining "avtobusdan tekin foydalanyapsan" deya tanbeh bergani kulguli tuyildi. Bo'lib ham kechagina butun respublikamiz boyliklarini tekindan tekinga olib ketganlar "pul to'lab avtobusdan foydalan" deyotgani juda ham ajablanarli. 150 yil davomida mamlakat boyliklarini imperiya maqsadlari uchun tekinga olib ketishdi-ku.

Pasternak va inqilob
«Doktor Jivago» romanining yana bir muhim mavzusi — ziyolilar dunyosi bilan proletariat o‘rtasidagi qarama-qarshilikdir. Asar qahramoni Yuriy, uning birinchi rafiqasi Tonya, do‘stlari Gordon va Dudorov roman boshida o‘zlarini xavfsiz, begona bo‘lmagan muhitda his qiladigan tor doirada yashaydilar. Bu muhit ularga ta’lim, ziyoli insonlar bilan muloqot qilish imkonini beradi, nikohda va kasbda hamkorlik uchun zarur sharoit yaratadi. Biroq Pasternak nuqtayi nazaridan bunday yopiqlik xavflidir. U insonni hayotni uning butun haqiqatlari, ziddiyatlari va fojialari bilan ko‘ra olish qobiliyatidan mahrum qiladi. Shuning uchun shoir inqilobni – tinch, beparvo hayot kechirayotgan kishilarning osoyishta olamini vayron qiluvchi tabiiy hodisa sifatida qabul qiladi, bu vayronagarchilik esa atrofdagi xalqning azob-uqubatlarini sezmaganlar dunyosiga qarshi qaratilgan adolatli va qonuniy hodisadir.
Bir kuni Annа Axmatovadan so‘rashgan: Pasternak ham, masalan, «O‘n ikki» singari, inqilob haqida doston yoza olarmidi? U, albatta, yozgan bo‘lardi, degan, lekin bu doston inqilobiy voqealarni shamolda tebranayotgan daraxtlarning uchlarida tasvirlagan bo‘lardi, deb javob bergan. Haqiqatan ham, bu Pasternakning metaforik poetikasiga juda mos bo‘lardi. Chunki u hayotning asosiy jarayonlari — tabiiy, tarixiy va ruhiy — o‘zaro qarindosh va uzviy bog‘langan deb hisoblagan. Shuning uchun uning romanida inqilob faqat jamiyatda emas, balki tabiatda va inson qalbida ham yuz beradi. Shu tariqa Lara Jivago hayotidagi inqilobga aylanadi. Yuriy Tonya oldida sodiq er bo‘lib qolishga intiladi, ammo hayotning o‘zi uni doimiy ravishda Lara tomon undaydi. His-tuyg‘ular Jivagodan ustun keladi — u esa ularga bo‘ysunishdan boshqa chora topolmaydi.
Pasternak uchun inqilobni boshqarish shunchalik imkonsizki, xuddi shaxsiy tuyg‘ularni «kerak» yoki «to‘g‘ri» degan doiraga solish ham imkonsizdir. Inqilob — bu qarshi turib bo‘lmaydigan kuch. Shu sababli Jivago bu kuchga qarshilik qilmay, o‘z hayotiy vazifasini yakunlash imkoniga ega bo‘ladi. Antipov esa bu kuchdan foydalanishga urinish orqali o‘zini halokatga olib boradi va hayotdan ayriladi.

📖 Dostoyevskiy va "Oydin tunlar": orzular va haqiqat orasidagi iztirob
1848-yilda yozilgan “Oydin tunlar” qissasi Fyodor Dostoyevskiyning lirik va tasavvurga boy asarlaridan biri sanaladi. Yozuvchi bu asarni Peterburg inqilobiy doiralarida yurib, Petrashevskiy to‘garagida faol qatnashayotgan paytda yaratgan. Qissa hayotiy orzular, yolg‘izlik va insoniy ichki kurashni tasvirlash orqali Dostoyevskiy uslubining shakllanishida muhim bosqich bo‘ldi.
Asar ilk bor “Otetchestvenniye zapiski” jurnalida bosilganidan so‘ng, Dostoyevskiy hibsga olinadi. U Vissarion Belinskiyning Gogolga qarshi maktubini ovoz chiqarib o‘qiganlikda ayblanib, avval o‘lim jazosiga mahkum qilindi, keyin esa jazo Sibirga surgun bilan almashtiril. Yozuvchi 1859-yilda Peterburgga qaytishga muvaffaq bo‘ladi va aynan shu yerda “Oydin tunlar”ni qayta ishladi. Asarni kamroq romantik, chuqurroq psixologik tusda qayta tahrir qildi.
Qissada Peterburg nafaqat manzara, balki metafora sifatida ham ishlatiladi: oydin tunlar, orzularga boy shahar, yolg‘izlik va umidlar — bularning barchasi bosh qahramonning ichki holati bilan uyg‘unlashadi. Dostoyevskiy bu asarda “peterburglik orzumand” tipini yaratadi — bu obraz keyinchalik uning boshqa romanlarida ham davom ettiriladi.
“Oydin tunlar”da Dostoyevskiy insonning taqdir oldidagi zaifligi, lekin ma’naviy sodiqligini aks ettiradi. Bosh qahramon voqealarga faol ta’sir qila olmaydi, biroq o‘z ichki erkinligini, tuyg‘ulariga sodiqligini asrab qoladi. Bu Dostoyevskiy falsafasining markaziy g‘oyalaridan biri: inson tashqi bosimga qaramay, o‘z mohiyatiga xiyonat qilmasligi kerak.
Bugun ham “Oydin tunlar” o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan: undagi yolg‘izlik, intilish, umid va alam motivlari har bir zamonaviy o‘quvchiga tanish. Bu qissa bizni orzular va haqiqat o‘rtasidagi nozik chegarani ko‘ra bilishga, yurak tovushiga quloq tutishga undaydi.

Salvador Dali “krutoy”ligini isbotlash uchun shahar ko’chalarida chumolixo’r yetaklab yurgan ekan. Bir universitetda ma’ruza o’tishga akvalangchilar kiyimida kelgan. Nafas yetishmay qolib yiqilgan-u, skafandrini bazo’r yechib olib hayotga qaytarishgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ancha bo’lgandi ingliz tili darslarini o’tmay qo’yganimizga!
Bulardan o'zi sog'lom odam chiqmaydi. Mag'lubiyati aniqligini bilib, butun bo'y bastini ko'rsatyapti. Qaysidir turk siyosatchisining gapi bor edi: "Arablar uchun yig'lagan millionlab turkni ko'rdim, lekin turk uchun yig'lagan birorta arabni ko'rmadim". Bular hech qachon bizga do'st bo'lmagan bo'lmaydi ham. O'z qondoshi, qardoshi falastinlik arablarni shu ahvolda tashlab qo'yganlardan yana nima kutish mumkin.
BAA tarkibida Fransiya, Serbiya va tunislik futbolchilar O'zbekistonga qarshi debyut qilishi mumkin
****
2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida 5 iyun kuni bo'lib o'tadigan BAA – O'zbekiston uchrashuvi oldidan Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK) O'zbekiston terma jamoasi istiqomat qilayotan mehmonxonaga doping-oficerini yubordi. Malumotlarga ko'ra, terma jamoa tarkibidan to'rt nafar futbolchidan doping nazorati uchun namuna olishi kerak.
***
Haaa, azizlar! Qo'lidan kelgan barcha ishni qilishyapti. Arablarga bo'lgan muhabbatingiz nimadan bilmayman, ravvinni o'ldirishadimi, bir biri bilan pichoqlashadimi, buning futbolga aloqasi yo'q. O'tgan hafta ham Dubayga, Abu Dabiga erkin kirib chiqib yurishgan. Bu shunchaki jamoa ruhiyatiga siyosiy va eng iflos bosimlardan biri.

Masalan, Rossiyada Ukraina foydasi uchun o'zbek assasinlari Rossiya armiyasi generalini o'z uyi yonida portlatib ketgan. Rossiya esa faqat shubhalanganlarini tergov qilgan. Byurokratik to'siqlar esa avvaldan bor edi.
Twitterda dod-voy solib keldim. Kimning twitteri bo’lsa tarqatishga yordam berib yuboring. Zora nolalarimiz biror tuzukroq davlatning, tuzukroq tashkilotiga yoki OAVsiga yetib borsa.
BAAdan yana yangilik:
Abu Dabidagi AFC rasmiy jurnalistlari UAEFAdan bilet olishgan. Bilet quyidagi shart asosida berilgan:
- O’zbekiston Terma jamoasi libosini kiymaslik;
- O’zbekiston bayrog’ini ko’tarmaslik;
- O’zbekistonga muxlislik qilmaslik.
Kecha kechasi bilan BAAni “duo” qilib chiqqandim bugun kechasi bilan ham “duo” qilib chiqaman shekilli.
Ertangi o’yinda terma jamoamiz yutqazsa BAA jahon chempionatiga chiqadi, biz pleyoffda qolamiz. Chunki:
- Hakamlar arablar, VAR bo’yicha tayinlangan O’zbekistonlik mutaxassis diskvalifikatsiya qilingan.
- Doping tekshiruvi o’yindan keyin ma’lum qilinadi. Agar doping aniqlansa, natijadan qatiy nazar o’yin avtomatik tarzda BAA foydasiga yoziladi.
- BAA jahon chempionatiga chiqishi uchun biz Qatarga ham yengilishimiz kerak. Buning uchun BAA qo’lidan kelgan hamma ishni qiladi.
- Eng avvalo Shomurodov, Masharipov, Sayfullayev, Sergeyev, Husanov, Fayzulloyevlarga o’yin davomida qizil kartochka berishi yoki jarohat oldirishi mumkin.
- Asosiy tarkibdagi grand o’yinchilarimizni shu o’yinda “to’kib tashlashsa” Qatar yuta olishi mumkin.
Ravvinning o’ldirilishi-yu, Dubaydagi pichoqbozlik bu shunchaki bahona. Dubayga O’zbekiston fuqarolarining kirib-chiqishi erkin amalga oshirilyapti, ammo Abu Dabi va unga yaqin Sharjada yuzlab hamyurtlarimiz “uzbek problem” sababli, shunchaki ushlab o’tirilibdi, pasportlari olib qo’yilgan.

DIQQAT TANLOV!
Hurmatli do'stlar quyidagi havola orqali o'tib "Markaziy saylov komissiyasi"ga ovoz bersangiz. Tanlovning keyingi bosqichiga o'tishimiz kerak. Oldindan rahmat.
https://www.tg-me.com/Rasmiy_xabarlar_Official/52189
Eng ko'p ovoz yig'ishga yordam bergan kishiga Asaxiy Books tomonidan nashr etilgan, Aleksandr Dyumaning "Graf Monte-Kristo" asari to'plamini sovg'a qilaman. (Isbotlash uchun skrinshot jo'natasiz)

Қачондан буён санъат ва адабиёт динга қарши қўйиладиган бўлди? Буларга қолса " Фарҳод ва Ширин" достони ҳам ислом динига қарши. Чунки Фарҳод номусулмон арман юртига бориб мусулмон бўлмаган Ширинга ошиқ бўляпти ва тоғ тошларини қўпориб ислом динига мансуб бўлмаган арман халқига сув олиб келмоқчи.
Деярли барча ривожланган мусулмон мамлакатларида қадимги Юнон, Грек, Рим адабиёти таржима қилиниб, ўқувчиларга ҳавола қилинади. Туркияда Фрейд асарлари таржима қилинганини биламан. Фрейд динни "коллективный невроз", деб атаган.
Санъатда, адабиётда, фалсафада, психологиятда, умуман, илмнинг ҳеч қайси турида миллат, ирқ, дин деган чегара бўлмайди.
Ёзувчи Х. Дўстмуҳаммад" Сизиф"номли роман ёзган. Сизиф ким? Қадимги грек мифологияси персонажи. У маъбудларни алдаб нарги дунёдан қайтиб келади. Шу боис у жазога тортилади. Энди Сизиф ҳақида роман ёзган Х. Дўстмуҳаммад диндан чиққан ҳисобланадими?
Ч. Айтматов "Касандро тамғаси" ни ёзган. Касандро ким? Келажакни олдиндан айтиб берадиган қадимги грек мифалогияси маъбуди. Ч. Айтматов диндан чиққан ҳисобланадими? Фаробий грек файласуфи Арасту асарларига шарх ёзган. Фаробий диндан чиққан ҳисобланадими? Харазм Маъмун академиясида хиндларнинг қадимги муқаддас китоблари ўрганилган, уларга шарх ёзилган. Маъмун академиясига кофирлар йиғилганмиди?
Бизда ўта бетоқат, оғзи шалоқ мутаассиб диндорлар қаердан пайдо бўляпти? Мутаассиблик ич-ичидан Худога ишонмасликдир. Мутаассиб, сўконғич диндорлар Ислом динини одамларга ёмон кўрсатиб қўяди. Улар динга атеистлардан баттар зарар келтиради.
Алишер Навоий:
Мени ишқдин ман этар сода шайх,
Демай сода шайхким, айтгил лода шайх,-
деб ғазал ёзган. Ҳўш, нима деймиз?
Навоий диндан чиққанми?
Эдитор Эдитор танқид дўстона бўлса, шахс хақоратланмаса, танқид қилгувчи мавзудан етарли хабардор бўлса, симимий бўлса, қабул қиламан ва, ҳатто, хурсанд бўламан, аммо аксинча бўлса, блоклайман.
Энди дин масаласида. Мен 1999-йилги қатағонлар нима сабабдан юз берганини биламан. Ўшанда минглаб ёш йигитларнинг умри хазон бўлганди, минглаб оилаларга бахтсизлик келганди.
Энди асосий гап. Ўша йиллари сўкинадиган, хақорат ва таҳдид қиладиган, кўчалардаям ўзгалага танбеҳ берадиган, давлат сиёсатини пачакилайдиган диний жамолар кўпайганди, оқибатда кенг кўламли қатағон бошланди. Шу қатағон яна бошланмасин дейман. Дин ва сиёсат ҳақида гапирганда эҳтиросга берилмаслик, ўзгалар позитсиясини хақорат қилмаслик керак. Диний эҳтирослар авжига чиқаверса, яна битта катта қатағон бошланмаслигига кафолат йўқ. Бир томонимиз Россия, бир томонимиз Хитой, улар бу ерда диний эҳтирослар авж олишидан манфаатдор эмас. Менинг ўзим мактабда дин дарслари ўтиши тарафдориман, аммо геополитикани, сиёсатни эсдан чиқармаслик керак.
Яна қатоғон бошланиб, минглаб ёш йигитлар қурбон бўлиши тарафдори эмасман.
Бағрикенг бўлайлик, ўшанда ютамиз.
Ҳар сўзни ўйлаб гапирайлик, оқибати ёмон бўлмасин.
Раҳимжон Раҳмат

Fayzimizni bersin. PSGning finaldagi yo’lidan boraylik. Tahmin yozib ketingchi.
BAA - UZB 0:5
BAA - UZB 0:5