Telegram Web Link
ODDIY YO'LOVCHI
Eron va Isroil urushidagi eng so’ngi voqealarni mana bu kanalda berib boryapman. Ishonchli va tekshirilgan xabarlar, turli manbalar orqali tekshirib, tahlil qilib keyin joylashtirilmoqda. Mening xabarlarim amerikalik yahudiy jurnalist Mario Nawfaldan ham oldinroq…
“Graf Monte Kristo” asarini o’ynavoramizmi tanlov qilib. “Ochiq siyosat” kanaliga eng ko’p obunachi yig’gan ishtirokchiga kitob yetkaziladi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lganlar izohlarda ismi yoki niki keltirib “link” deb yozib qoldirsin. Maxsus havola orqali obunachi to’playsiz. Kelasi hafta yakshanba kuni g’olibni aniqlaymiz.
Avaz Oxun aytganidek, endi to’yga borsam to’yonaga kaptar olib boraman. Zora shu kaptar qaytib kelsa 😂
Dollar. O’zbekiston. Oltin.

O’zbekistonning oltin eksport qilish hajmi 2020-yildan to 2025-yilning birinchi yarim yilligigacha bo’lgan davrda quyidagicha bo’lgan:

- 2020-yilda pandemiya sharoitida bozor kon’yunkturasi va valyuta tushumini ta’minlash maqsadida 5,8 mlrd dollarlik oltin sotilgan. (1$=10 450 so’m Markaziy bank - dekabr oyi holatiga)

- 2021–yilda 4,10 mlrd dollarlik oltin sotilgan. (1$=10 837 so’m Markaziy bank - dekabr oyi holatiga)

- 2022-yilda Markaziy bankning zaxiralarni jamg‘arish siyosati bois 4,11 mlrd dollarlik oltin sotilgan. (1$=11 225 so’m Markaziy bank - dekabr oyi holatiga)

- 2023-yilda oltin narxi rekord darajada ko’tarilgani va aktiv sotuv tufayli 8,15 mlrd dollarlik oltin sotilgan. (1$=12 352 so’m Markaziy bank - dekabr oyi holatiga)

- 2024-yilning 11 oyi davomida 6,62 mlrd dollarlik oltin sotilgan. (1$=12 920 so’m Markaziy bank - dekabr oyi holatiga)

- 2025-yilda bozorda oltin narxi ko’tarildi. Shu sababli joriy yilning birinchi yarim yilligining o’zida 7 mlrd dollar atrofida oltin sotilganligi tahmin qilinmoqda. (1$=12 496 so’m Markaziy bank - iyun oyi holatiga)

Agar oltin sotish tendensiyasi shu ko’rsatgichda davom etsa, O’zbekistonda 1 AQSH dollari 2023-yil dekabr holatiga (1$= 12 352 so’m) qaytishi mumkin. Dollar kursining tushib ketishiga jahon bozoridagi inqirozli holatlar, ayniqsa Hormuz bo’g’ozi va Suvaysh kanali orqali amalga oshiriladigan savdo-sotiq ishlarining sustlashgani ham ta’sir qilmoqda.
Tarixga nazar

Kecha mustaqilik deklaratsiyasi imzolangan kun edi. 1990-yil 20-iyun kuni rasman O’zbekiston mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilgan. Yani shu kundan e’tiboran biz SSSR tarkibidan chiqqanmiz.

Hujjatning to’liq matni bilan lex.uz saytining mana bu sahifasi orqali tanishishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Meni doim hayratlantiradigan narsa shu: “Nega hindlar yahudiylarga bunchalik darajada yaqin bo’lishni istaydi?”
Agar biror kun katta muvaffaqiyatga erishib ketsam, litseyda yotoqxonada birga turgan xonadoshlarimning men haqimda yozadigan xotiralari haqida o’qish qiziq bo’lsa kerak. Ayniqsa, universitetdagi kursdoshlarimning xotiralari qiziqroq bo’lsa kerak. Sinfdoshlarda-ku, har bir qilmishimizning videolari ham bor.

Kursdoshlardan iltimos qilardimki, har oy oxirida “Poytaxt” restoranida ko’rsatgan tomoshalarimizni eslashmasa 🤣🤣🤣
Dunyodagi eng qiyin ishlardan biri rahbarlik. Bir loyihamizni davlat ro’yxatidan o’tkazib 3 oydan beri soliqlar to’lab kelyapmiz. Start olib ish boshlab ketishi uchun hali ozroq vaqt kerak. AQSHlik hamkorlarimiz, loyihamizning birinchi etapida O’zbekistonga kelib, ishlarimizga ozroq yordam berib ketishadi. Shu 3 oylik vaqt ichida juda ko’p stress orttirdim. Chunki butun kelajagimni shu ishga bog’lab qo’ygandim. Davlat ishida ishlash orqali ancha-muncha stress orttirdim, kelajagimni siyosiy masalalarda ko’rmaganim sababli sekin-asta bu sohadan chiqib ketmoqchi edim. Ammo, ishlarimni iziga tushirib yurgizib yuborish uchun juda ko’p mehnat qilishim kerak ekan.

Loyihamizning asosiy qismlaridan birini yaqin insonlarimdan biriga topshirdim. Muhlat 30-may edi. Kechikdi. Keyin muhlatni 10-iyunga ko’chirdik. Noma’lum sabablarga ko’ra 20-iyunda ham bitmadi. Men hamma hamkorlarimga, sheriklarimga ish tugallangani haqida xabar berib qo’ygandim. Sharmanda bo’ldim. Ish tamomlanmadi. Qattiq stress esa hali ham meni tashlab ketmadi. Ertalabdan kechagacha shu ish bilan mashg’ulman, ammo belgilangan muddatlardan kech qolyapman. Aslida 2024-yil yanvaridan buyon loyihani ishga tushirish haqida gapirib kelaman. Birinchi marta imkon bo’lganda mana shunday holatga tushishim, kelajak haqidagi o’ylarimni jiddiy savol ostiga olib qo’ydi. “Men haqiqatdan ham rahbar sifatida ishlay olamanmi o’zi?”, - degan fikr o’ylantirib qo’ydi.

Bitta xodim bajaradigan ishni 2 ta xodim yollab bajarishga to’g’ri kelyapti. Ammo yaqin do’stimning “vadalari”ga ishonib vaqtdan yutqazganim va bu vaqtdan yutqazish ortiqcha 30-40 mln so’mlik zarar keltirgani, oylikdan oylikka yashayotgan men uchun og’ir bo’ldi. Mehmonxona va aviabiletlar, shartnoma muddatlarining kechikkani uchun to’langan tovon pullarini hisoblamaganda, zararga kirgan 30-40 mln so’m pul hali start olmagan loyiha uchun juda qimmatlik qiladi.

Endi hech qachon yaqinlarim bilan ishlamayman. Yo ish yoki munosabatlarni tanlash kerak bo’lgan vaziyatga tushmayman. Sizlardan ham bajara olmaydigan ishlaringiz uchun vada bermasliklaringizni iltimos qilib so’rab qolar edim.
Oxirgi 3 yilda odamlarning ko’z yoshi-yu, yolg’onlariga ishonishim menga 30 ming dollar zarar keltirdi. Pul mayli, uning ortidan keladigan stressning chegarasi yo’q. Vaqti soati bilan hammasini qaytaraman )
Nega 21 asrda yashasak ham 20 asr singari ish kunlari yoki ish soatini qisqartirish bo’yicha biror tayinli ish qilmayapmiz deb o’ylab o’tirgandim. Polshada ish kunlarini haftasiga 4 kun qilib qisqartirishibdi.
Asilmedia ancha tezku, Kalmar o’yini-3 ni tarjima qilibdi
Korzinkaning texnologik ishlar bo’yicha direktori Konstantin Nachayev bilan suhbatlashdik. U kishi bilan meni Stenford universiteti professori tanishtirgan edi. Stenfordda o’qitgan ekanlar. Biz tayyorlayotgan loyihaga Korzinka ham yordam berish arafasida turibdi.

Anuv brat aytganidek: “Shu ougust-sentyabrlarga dovur yaxshi bo’p ketadi. Nima qip turinglar, yaxshi bo’latta endi” deb turibman. Sentabrga borib loyihalarni ishga tushirib olsak endi hayot go’zallashib, o’tlar yashilroq, quyosh charog’onroq bo’larmidi. Ougust oylarida Mirzohid keladi, og’ir kavaleriyamiz. Ofis ochamiz keyin.
Yevropada afrikadan kelgan qochoqlar ancha tartibsizliklarga sabab bo’lmoqda. Ayniqsa Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya mamlakatlarida afrikalik qochqinlar tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni ortgan. Italiyaning “Radio Jenova” millatchi OAVsi deyarli kuni qochoqlar tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar, ommaviy tartibsizliklar, pichoqbozlik, jinsiy tajovvuzlarning videolarini e’lon qiladi. Bu millatchi radioning materiallarini ko’rib, hamma ayb qochoqlarda ekanda degan fikr o’tdi miyyamda.

Aslida esa voqealarning ildizi chuqurroqqa, o’tgan asrning 50-60 yillariga borib taqaladi. II jahon urushi yakunlanganidan so’ng Yevropa mamlakatlari Osiyo va Afrikadagi o’z mustamlakalariga mustaqillik berishga majbur bo’lishdi. Uzoq yillar davomida bu hududlarda ziyoli va ilg’or shaxslarni qatag’on qilib kelishganligi tufayli, mustamlaka hududlaridagi davlat boshqaruv ishlari uquvsiz va layoqatsiz shaxslarga qolib ketdi. Oradan 70-80 yil o’tib mustamlaka hududlaridagi noto’g’ri boshqaruv o’z mevasini bera boshladi. Natijada anashu “mevalar” o’zining “bog’boni” yoki “dehqoni” bo’lmish Yevropaga eksport qilina boshlanadi.

Bugun qaysidiri rivojlangan mamlakatda migrantlar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar soni oshib borayotgan bo’lsa, bu o’sha mamlakatning noto’g’ri siyosatining natijalaridir. O’zbek xalqida bir naql bor:

“O’zing pishirgan oshni aylanib ham, o’rgilib ham o’zing ichasan”.
Yarim tunda kelib qolgan fikr: “Xitoy elektromobillarining arzonligiga asosiy sabab: Xitoy mashina sotib biznes qilmaydi, Xitoy batareyka sotib biznes qiladi”
Uzunligi 1 metrga yaqin, muqovasi haqiqiy teridan ishlangan Italiya nashriyoti uchun Turkiyada chop etilgan Dante Alegeriyning “Ilohiy komediya” asarini o’z qo’lim bilan ushlab ko’rdim. Kam nusxada chiqarilgan ekan, maxsus mehmonlar uchun.

Turkiyaning “Mega basim” bosmaxonasiga borib, gaplashib, muzokaralar o’tkazib keldim. Juda chiroyli va sifatli kitoblar chiqarishar ekan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz fath deysiz; biz yetimlar deymiz, nola deymiz, yoqib yuborilgan qishloqlarning kulida o’ynayotgan yalang‘och bolalar deymiz.

Siz xarita chizasiz; biz esa qabr joyini izlaymiz. Siz “g‘alaba” deysiz — biz tuprog‘imizga ko‘milgan hayotlar deymiz.
2025/06/30 18:49:17
Back to Top
HTML Embed Code: