Telegram Web Link
Uzunligi 1 metrga yaqin, muqovasi haqiqiy teridan ishlangan Italiya nashriyoti uchun Turkiyada chop etilgan Dante Alegeriyning “Ilohiy komediya” asarini o’z qo’lim bilan ushlab ko’rdim. Kam nusxada chiqarilgan ekan, maxsus mehmonlar uchun.

Turkiyaning “Mega basim” bosmaxonasiga borib, gaplashib, muzokaralar o’tkazib keldim. Juda chiroyli va sifatli kitoblar chiqarishar ekan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz fath deysiz; biz yetimlar deymiz, nola deymiz, yoqib yuborilgan qishloqlarning kulida o’ynayotgan yalang‘och bolalar deymiz.

Siz xarita chizasiz; biz esa qabr joyini izlaymiz. Siz “g‘alaba” deysiz — biz tuprog‘imizga ko‘milgan hayotlar deymiz.
Sharqda Rossiya ishtirokida tinch va hamkor tashkilot degan tushuncha mavjud emas. Rossiya ishtirok etadigan hech qanday tashkilot hech qachon tinch va hamkor tashkilot bo’la olmaydi.

Masalan Rossiya ishtirokidagi eng yirik xalqaro tashkilotlarni tahlil qilib chiqaylik. Birinchidan, Shanxay hamkorlik tashkiloti haqida gapirsak. Bu tashkilotga a’zo davlatlar chegaralar, iqlim o’zgarishi, savdo va harbiy masalalarda o’zaro mojarolar ichida turibdi. Masalan, ShHTning Samarqand sammiti arafasida Qirg’iziston va Tojikiston bir birining hududiga bostirib kirgan bo’lsa, joriy yilda yangi a’zolar Hindiston va Pokiston o’zaro urush holatiga kirishdi.

Ikkinchidan, Mustaqil davlatlar hamdo’stligi tashkilotiga a’zo bo’lgan ikki davlat Rossiya va Ukraina (hozir a’zolikdan chiqqan) o’zaro urush holatida. Armaniston va Ozarbayjon MDHning Astana sammiti arafasida bir biriga urush e’lon qilgandi. Shuningdek, Ozarbayjon va Rossiya munosabatlari inqirozli davrni boshidan kechiryapti.

Uchinchidan, BRICS tashkilotiga a’zo Qozog’iston va Rossiyaning munosabatlari kundan kunga yomonlashib bormoqda. Masalan, Rossiya televideniyesi tinimsiz shimoliy Qozog’iston hududlari “rus yerlari” ekanligi to’g’risida axborot chiqarib, diplomatik munosabatlarni buzmoqda.

To’rtinchidan, KXSHT harbiy bloki va “bojxona ittifoqi”ga a’zo davlatlar o’rtasida ham qurolli to’qnashuvlar tez-tez bo’lib turadi. Yuqorida sanaganimiz Qirg’iziston-Tojikiston mojarolari O’zbekiston aralashuvi bilangina yakunlandi.

Siz biror marta Yevropa ittifoqi mamlakatlarining bir birining hududiga bostirib kirish u yoqda tursin, hududiy davo qilishi haqida eshitganmisiz? Men yaqin 30 yil ichida bunday mojaro bo’lganini eshitmaganman. Faqatgina NATOga a’zo davlatlar Gretsiya va Turkiyaning hududiy davolari mavjud, lekin MDH, BRICS, ShHT, KXSHT, BI kabi har bir tashkiloti kompleks muammolarga to’la emas.
Ahad Qayum okamgila “Qashqirlar Makoni: xo’rlangan mafia” serialini olishga kirishvottila. Pala, Memati, Abdulhay okamgila bilan bir six shoshlik ustida suhbatlashibdila
ODDIY YO'LOVCHI
Video
Ozarbayjonda rossiyalik migrantlar jinoyatchilikda gumonlanib qo’lga olinibdi. Buni ko’rib biram maza qildim
Yaqinda Rossiyada melisa bizning vatandoshlarni urib, “chorniy jopi, churki” deb haqoratlab, ishlayotgan joyidan, ijara uyidan tepib xo’rlab olib chiqib qamashgandi. Hali ham qardoshlar ayabdi bu jinoyatchilarni.
To’g’ri aytibmanmi 😁
Hayotda tik qolish uchun kurash qanday bo’ladi?

Shu savol doimiy o’ylantirib kelgani va shu 28 yillik hayotim davomida doimiy himoyasiz kurashlar markazida bir o’zim qolib ketganim uchun kichik tajribamni o’rtoqlashmoqchiman. Balki kimgadir foydasi tegib qolar.

Men hali litseyda o’qirdim, 16-17 yosh vaqtim. O’qish va yashash harajatlari ortib ketgan, pul esa deyarli yo’q edi. Shu sababli shanba-yakshanba ba’zan haftaning o’rtasida o’qishdan qolib mardikor bozorga kunlik ishga chiqardim. Bir kunda 20-30 ming so’m pul topsam yetardi, odatda og’ir ishlar emas o’t o’rish, qayernidir tozalash, qurilish maydonlaridan chiqindilarni terish kabi ishlarga chiqardim. Chorshanba kuni ertalab darsga bormay, qadrdon mardikor bozorga Kaftarxona tomonga ketdim. Bozorga bir eski moskvich kelib to’xtadi, ishchilar borib ish so’rashar va qaytib ketishardi. Men ham qiziqib mashina oldiga bordim:

- Aka, ish bormi, - dedim.
- Ha, bor og’ir ish emas, lekin qila olasanmi? - dedi.
- Nima ish ekan, aka, - dedim, o’g’ir ish emas degandan so’ng ko’nglim yorishdi-da.
- Bir lagan qo’to* bor yeyish kerak, - dedi. (Qo’pollik uchun uzr, lekin so’zma so’z aytmasa tushuntirish qiyin).
- Rahmat aka, osh bo’lsin!, - deb burilib ketdim.

Shunchalik xo’rlandimki, yig’lab yuboray deb turibman. Kimga ham dardimni aytaman, baribir himoya qiladigan hech kim yo’q. Keyin kimdir keldi, hovlisidagi yantoqlarni chopiq qilib, tozalash kerak ekan. 15 ming so’mga rozi bo’lib ketdim. Tushlikdan keyin qo’shnisi chiqib, u ham 15 ming so’mga hovlisini supurtirdi. Tozalab kechga yaqin piyoda, yarimta nonni yeb aeroport tomondan Frunzedagi yotoqxonagacha piyoda ketdim.

Bu gapni nega aytyapman. Ba’zan insonlar noqulay vaziyatlarga tushadi, xo’rlanadi, haqoratlanadi, aldanadi, haqqi yeyiladi, lekin shunday vaziyatda ularga qo’shilib ketmaslik kerak. Shunchaki, vaziyatga qarash va qabul qilish zarur. Gandichilik qilish kerak demayman, lekin insonlar hamisha bir birini aldashi mumkinligini, tabiiy raqobat muhitida hamma narsaga qaramay insoniylikni va hokisorlikni saqlab qolish kerakligini aytmoqchiman.

Har bir nohaqlikka qarshi kurashaverish inson uchun og’ir, ba’zan kurashmasdan, shunchaki ko’nikish zarur. Sizning ambitsiyalaringiz va g’ururingiz insonlar tomonidan ezozlanmaydi. G’urur va ambitsiyalar har kuni har kim tomonidan xo’rlanadi, zo’rlanadi. Hayot qonuni shunday. Bunga chidab, o’z yo’lidan ketgan odam to’g’ri odam. Kurashish uchun vaqt soat bor. O’sha vaqt kelmaguncha, hech narsa o’zgarmaydi.

Konfutsiyning bir gapi bor: “Daryo bo’yida o’tirib, uzoq kutsang. Dushmaningni o’ligi o’zi oqib keladi”. Kutish mana shu, borib raqibni o’ldirish emas.

Buyuk qashqadaryolik mutafakkir aytganidek: “Suv kabi bo’l do’stim. Chaynakka solsa chaynak, piyalag’a solsa piyala bo’l. Suv kabi bo’l”.
ODDIY YO'LOVCHI
To’g’ri aytibmanmi 😁
Keti yonyapti bularni 😂 trollarni troll qilish maza 😂😂😂 hozir amerika va Zelinskiyni gapiradi. Ikkovini ham so’kaman, miyyasida zamikaniya bo’ladi
Urashima tuneli haqida anime

Odatda anime ko’rmayman, bugun hayotim davomida ikkinchi marta anime ko’rishim. “Urushima tuneli” deb nomlangan animeni ko’rdim. (Bundan 4 yil oldin birinchi marta anime ko’rganim haqida bu yerda yozganman).

Animeda o’rta maktab o’quvchilari tasvirlanadi. Tokiodan uzoqroq provinsiyada yashovchi o’quvchilar tasodifan barcha orzu istaklarni amalga oshiradi, ammo uning o’rniga inson umrini oladigan “Urushima tuneli”ni topib olishadi. Qiziqqon qahramonlar butun hayoti davomida o’zining kamchiligi deb hisoblab kelgan orzusini amalga oshirish uchun tunelga kirishadi. Tunelda o’tkazilgan 1 soat vaqt, tashqaridagi 1 yilga teng bo’ladi.

Bu anime yapon falsafasining nozik jihatlarini ochib bergan. Inson xato, kamchiliklari va bazan erishilmagan yoki hech qachon erisha olmaydigan orzu-umidlari bilan to’laqonli shaxs bo’lib shakllanishi yoritib berilgan. Tunel xuddi orzularga bo’lgan cheksiz ishtiyoq bilan yugurgilab ketayotgan hayotga o’xahaydi. Orzularga erishganimizda esa, umr tugab qoladi. Aslida biz kutgan baxt va quvonch shundoqqina, ko’zimiz ko’rib, qalbimiz his qilmagan narsalarda ekanligi umr so’ngida ma’lum bo’lib qoladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Atom bombasining portlash jarayoni va uning natijasida paydo bo‘ladigan “qo‘ziqorin” shaklidagi bulut ko‘plab fizik va kimyoviy jarayonlarga bog‘liq. Quyida bu hodisani qisqacha izohlab o’tsam:

1. Portlashning boshlanishi

Atom bombasi ichida uran yoki plutoniy yadrolari bir joyga juda zich qilib jamlanadi. Ularni bir joyga siqib, portlatganda yadrolar bo‘linib, juda ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu energiya:
- Issiqlik (harorat)
- Yorug‘lik (porlash)
- Kuchli zarba to‘lqini (portlash to‘lqini)
- Radiatsiya (zarralar va nurlar) ko‘rinishida ajraladi.

2. Qo‘ziqorin shakli qanday hosil bo‘ladi?

Portlashda ajralgan energiya atrofdagi havo va tuproqni birdaniga qizdirib yuboradi. Bu havo juda tez qizib, kengayadi va yuqoriga — osmonga qarab harakat qiladi. O‘ta qizigan havo (gaz) tez yuqoriga otilib chiqadi va yonidagi sovuq havoni ham o‘z ortidan tortib, birga ko‘taradi. Natijada:

Markazda: Qattiq qizigan va kengaygan gazlar yuqoriga tez ko‘tariladi.
Yuqoriga chiqqanda: Issiq gazlar soviy boshlaydi va yon tomonlarga yoyiladi.
Pastki qismida: Sovuq havo esa pastdan yuqoriga oqib kiradi va markazni to‘ldiradi.

Shuning uchun, portlash buluti avval yuqoriga o‘q kabi ko‘tariladi, so‘ng tepada yoyilib, qo‘ziqorin (mushroom) shaklini oladi. Pastki qismidagi “poya”, tepada esa “shapka” paydo bo‘ladi.

3. To‘lqin qanday tarqaladi?

Portlash markazidan kuchli zarba to‘lqini (shock wave) ham tarqaladi. Bu — juda tez harakat qiladigan, bosimi yuqori havo to‘lqini. U atrofdagi narsalarni qulatadi, oynalarni sindiradi, binolarni yiqitadi. Bu to‘lqin eng kuchli shikastlarni yetkazadi.

4. Nega osmonga ko‘tarilib ketadi?

Issiq gazlar har doim yuqoriga intiladi, chunki ular sovuq gazga qaraganda yengil bo‘ladi. Portlashda juda ko‘p issiq gaz va chang hosil bo‘lib, ular tez yuqoriga ko‘tariladi. Bu jarayon “konveksiya oqimi” deb ataladi.

5. Yadro portlashining qisqacha bosqichlari

1.Portlash – yadrolarning bo‘linishi va energiya ajralishi.
2.Issiq gazlarning kengayishi – qizigan havo yuqoriga otiladi.
3.Qo‘ziqorin shakli – yuqoriga ko‘tarilgan bulut va uning yoyilishi.
4.Zarba to‘lqini – portlashdan tarqaluvchi kuchli havo bosimi.
5.Radiatsiya va cho‘kindi – portlashdan so‘ng radioaktiv chang va zarralar yerga qaytadi (fallout).
Tugadi mana 😅
“Bo’ldi hozir uxlayman shu oxirgisi tugatib olay” deb soatga qarsam 4 bo’lib qo’yayapti. Bugun uyqusizlikning 3-kuni.
2025/07/04 23:08:48
Back to Top
HTML Embed Code: