Telegram Web Link
🎥 🟦🟦🟦

⚡️📚 Buxoro davlat universiteti Kengashining 2025/2026 o'quv yili 3-sonli yig'ilishi.

💠Yig'ilishni Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov ochib berdi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi hamda “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni to‘g‘risida to'xtalib o'tdi.

🔵Kengash davomida universitet rahbariyati hamda departament xodimlari kun tartibidagi masalalar yuzasidan so'zga chiqishdi.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 “Kelajakka qadam” markazi xodimlari tomonidan Iqtisodiyot va turizm fakultetida targ‘ibot ishlari olib borildi.

👍💸 Bugun Buxoro viloyati “Kelajakka qadam” markazi xodimlari Buxoro davlat universitetining Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori mazmun-mohiyati hamda “O‘zmilliybank” AJ tomonidan bitiruvchilarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida batafsil tushuntirishlar berdilar.

🟢 Uchrashuv davomida qaror asosidagi imkoniyatlar, kreditlarni olish tartibi va shartlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
🟡 Talabalarga mazkur jarayonda “Kelajakka qadam” markazi xodimlari tomonidan to‘liq amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
🔵 Shuningdek, tadbir davomida Bandlik va karyera bo‘limida BuxDU talabalari uchun tashkil etilgan ingliz tili kurslari haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Ushbu kurslar talabalar til ko‘nikmalarini rivojlantirish, bandlik imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik ko‘rishlariga xizmat qiladi.
🔴 Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


📌 Hurmatli bitiruvchi talabalar, ushbu imkoniyat bo’yicha qo’shimcha ma’lumot olish uchun Bandlik va karyera bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚BuxDUda “Kelajak soati” rukni ostidagi “Ma’rifat darsi” davom etmoqda

Buxoro davlat universitetida talabalarning siyosiy madaniyati, ijtimoiy faolligi va ma’naviy tafakkurini yuksaltirish maqsadida “Kelajak soati” rukni ostidagi “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi “Ma’rifat darsi” “O‘zbekiston va jahon” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Darsni Jismoniy tarbiya va sport fakulteti Sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti Q.Q.Qobiljonov olib bordi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar globallashuv jarayonlari, jahon hamjamiyatidagi O‘zbekistonning o‘rni, milliy manfaatlar va xalqaro hamkorlik siyosati haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro minbarlardagi chiqishlari, mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda yoshlarning bu jarayonlardagi faolligi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.

Dars davomida talabalar o'zbek tilining siyosiy-ijtimoiy ahamiyati, davlat rahbari tomonidan ayni mavzuga oid amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, qonunchilikda tilga berilayotgan e'tibor haqida  ma’lumotga ega bo'ldilar.

Mazkur “Ma’rifat darsi” orqali talabalarda yangi bilim, mafkuraviy immunitet va milliy g‘urur hissi yanada mustahkamlandi.


👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚Buxoro davlat universiteti talabalari bolalarga ulkan quvonch ulashishdi.

"Kitobxonlar davrasi" klubining "Volontyor kitobxonlar" yo'nalishi faol a'zolarining ishtiroki bilan shahrimizdagi 27-sonli maktab-internatida tahsil olayotgan o'quvchilarga bolalar adabiyoti, ertaklar, rangli qalam va bo'yoqli kitobchalardan iborat sovg'alar topshirildi.

Bolajonlarning ko'zidagi quvonch va yuzlaridagi mamnunlik hissi ko'ngilli kitobxonlarimizni bunday savobli amallarni yanada ko'paytirishga undadi desak yanglishmaymiz...


⭐️Shuningdek, volontyorlik tadbirimizda bizga yaqindan yordam berganliklari uchun Buxoro davlat universiteti axborot resurs markazi direktori A. Qilichev, Klub va to'garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektor bosh mutaxassisi N. Axmedova, Tarix va yuridik fakulteti tyutorlari T. Aslonova va M. Ro'ziyev ustozlarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚"TALABALAR MUZEYDA!" tanlovi Sparkle jamoasi ishtirokida!

Tarix va madaniyatimizni yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida o‘tkazilayotgan “Talabalar Muzeyda” onlayn video tanlovida Buxoro davlat universiteti talabalarining Sparkle jamoasi ishtirok etmoqda.

🏛Muzey: Sitorayi Mohi Xosa muzeyi
📍 Joylashuvi: Buxoro shahri

🎬Videoda siz: Muzeyga bo‘lgan tashrif, Tarixiy eksponatlar bilan tanishuv jarayoni, Ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan qiziqishi va taassurotlarni ko‘rishingiz mumkin! 💫

Jamoa a’zolari:
Sayfulloyeva Umida (sardor)
Fathiddinova Saidabegim
Ergasheva Sevinch
Nuritdinova Gulnoza


👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakultetiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Ilhomjon Bekmirzayev tashrif buyurdi.

📶Tashrif davomida professor fakultetdagi o‘quv jarayoni, ta’lim muhiti va ilmiy imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, yoshlarning ilmiy izlanishlarida keng fikrlash, dunyoqarashni kengaytirish, islomshunoslik va manbashunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

⚙️Shuningdek, Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔵Ushbu tashrif kelgusida ikki taʼlim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 Buxoro davlat universitetida malakali pedagog kadrlar lavozimlariga vakant ish o'rinlari bo'yicha talabgorlar bilan suhbat bo'lib o'tdi.

🚛 Buxoro davlat universitetida suhbat komissiyasi tomonidan navbatdagi suhbat jarayoni o‘tkazildi. Jarayon davomida talabgorlarning bugungi kunda yurtimizda, xususan, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy-ma’rifiy sohalardagi yangiliklardan xabardorligi, kasbiy ko‘nikma va ish yuritish mahorati, xorijiy tilda so‘zlasha olish salohiyati sinovdan o‘tkazildi.

#BuxDU #BuxDU95yilligi

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
2025/10/28 12:27:12
Back to Top
HTML Embed Code: