Bugun, 2025-yil 21-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti bosh binosining 310-auditoriyasida Patris Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlar Do‘stligi Universiteti (RUDN) tomonidan tashkil etilgan RUDN MATH OLYMP — Xalqaro talabalar matematika Olimpiadasining saralash bosqichi o‘z ishini boshladi.
Mazkur olimpiada 2025-yil 26–30-noyabr kunlari Moskva shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi saralash bosqichida Buxoro davlat universitetining 1–4-kurs bakalavriat talabalari faol ishtirok etmoqdalar.
Saralash bosqichida 50 nafardan ortiq talaba ishtirok etmoqda. Ular quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi iqtidorli yoshlar hisoblanadi: Matematika yo‘nalishi talabalari – nazariy va amaliy masalalarni tahlil qilish ko‘nikmalari bilan ajralib turuvchi yoshlar; Fizika yo‘nalishi vakillari – tabiiy jarayonlarning matematik modellari orqali ilmiy izlanish olib boruvchi talabalar; Muhandislik yo‘nalishlari talabalari – texnik tafakkur va hisoblash texnologiyalarini mukammal o‘zlashtirgan yosh mutaxassislar; Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari – matematik tahlil asosida iqtisodiy jarayonlarni o‘rganayotgan ishtirokchilar; Axborot texnologiyalari yo‘nalishi talabalari – algoritmik fikrlash va dasturlash ko‘nikmalariga ega yoshlar.
Olimpiada savollari rus va ingliz tillarida taqdim etilib, ishtirokchilar o‘z bilimini xalqaro mezonlar asosida sinovdan o‘tkazmoqdalar. Jarayon davomida talabalarning mantiqiy fikrlash, matematik tahlil va muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashish qobiliyatlari sinovdan o‘tmoqda.
Tadbir yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilmoqda. Saralash bosqichi yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro bosqichda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.
Mazkur olimpiada Buxoro davlat universiteti talabalari uchun ilmiy salohiyatni rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar safini kengaytirish hamda O‘zbekiston yoshlarining xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatlarini namoyon etish uchun muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
Forwarded from BUXORO IIB | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Sevimli” telekanali “Zamon” informatsion dasturi:
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
BUXORO XALQARO VOLEYBOL MUSOBAQASIGA MEZBONLIK QILMOQDA
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
❤2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#Chellenj
☄️ 📚 ✅ 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Ona tili — bu millatning ruhi, yuragi va g‘ururidir. U bizni birlashtiradi, o‘tgan ajdodlar bilan bog‘laydi va kelajak sari yetaklaydi.
🎥 BuxDU Yoshlar akademiyasi liderlari tomonidan chellenj
⭐️ BuxDU Yoshlar akademiyasi – kelajak liderlari maktabi!
👶 👧 🧒 👦 👩 🧑 👨 👩🦱 🧑🦱 👨🦱 👩🦰 🧑🦰
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt 🌐 Youtube
#Chellenj
Ona tili — bu millatning ruhi, yuragi va g‘ururidir. U bizni birlashtiradi, o‘tgan ajdodlar bilan bog‘laydi va kelajak sari yetaklaydi.
🎥 BuxDU Yoshlar akademiyasi liderlari tomonidan chellenj
⭐️ BuxDU Yoshlar akademiyasi – kelajak liderlari maktabi!
Bizni kuzatishda davom eting:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2❤1⚡1😍1
#Ona_tilim_faxrim
☄️ 📚 ✅ Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Til — millat g‘ururi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Biologiya kafedrasi ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’uli Z.X. Bafayeva tashabbusi bilan tadbir fakultetning 1-bosqich magistrlari hamkorligida yuqori ruhda o‘tkazildi. Unda talabalar o‘z ijodiy chiqishlarini namoyish etib, she’rlar o‘qishdi, kuy va raqslar ijro etishdi, sahna ko‘rinishlari orqali esa ona tilimizning betakror go‘zalligi va qadriyatimizdagi o‘rnini ifoda etishdi. Shuningdek, tadbir davomida o‘zbek tili tarixi, buyuk adiblarimizning til haqidagi fikrlari hamda milliy g‘ururimizga bag‘ishlangan viktorina savollari orqali talabalar bilimini sinovdan o‘tkazishdi.
🇺🇿 Tadbir yoshlar qalbida ona tiliga hurmat, faxr va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
👶 👧 🧒 👦 👩 🧑 👨 👩🦱 🧑🦱 👨🦱 👩🦰 🧑🦰
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt 🌐 Youtube
Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Biologiya kafedrasi ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’uli Z.X. Bafayeva tashabbusi bilan tadbir fakultetning 1-bosqich magistrlari hamkorligida yuqori ruhda o‘tkazildi. Unda talabalar o‘z ijodiy chiqishlarini namoyish etib, she’rlar o‘qishdi, kuy va raqslar ijro etishdi, sahna ko‘rinishlari orqali esa ona tilimizning betakror go‘zalligi va qadriyatimizdagi o‘rnini ifoda etishdi. Shuningdek, tadbir davomida o‘zbek tili tarixi, buyuk adiblarimizning til haqidagi fikrlari hamda milliy g‘ururimizga bag‘ishlangan viktorina savollari orqali talabalar bilimini sinovdan o‘tkazishdi.
🇺🇿 Tadbir yoshlar qalbida ona tiliga hurmat, faxr va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🎉1
Forwarded from Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
#startap_seminar_trening
📘 Buxoro davlat universitetining bakalavr, magistr hamda doktorantlari diqqatiga!
👕 Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi tashabbusi bilan "Startup business club SBC" biznes klubi a'zolari hamda barcha talabalar uchun "Startaplarni prototipga aylantirish va sinovdan o'tkazish" va bir qancha startap loyihalarga oid mavzularda seminar-treninglar dasturiga start berildi!
🎓 Seminar-trening mentorlari:
🎥 Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish departamenti boshlig'i Otabek Qahhorov;
🎥 Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi bosh mutaxassisi Oybek Sayfulloyev;
🎥 U-Enter innovatsion markazi direktor o'rinbosari Ilhomjon Aliyev;
🎥 Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi yetakchi mutaxassisi Nigora Davronova.
SBC klubiga a'zo bo'lish hamda seminar-treningda ishtirok etish uchun quyidagi havoladan ro'yxatdan o'ting va ma'lumotlaringizni qoldiring
💡 Klubimizga a'zo bo'lish havolasi💡
🙂 Seminar-trening Buxoro davlat universiteti 1-bino, 2-etaj kichik faollar zalida 24-oktyabr kuni soat 10:00 da boshlanadi.
👶 👧 🧒 👦 👩 🧑 👨 👩🦱 🧑🦱 👨🦱 👩🦰 🧑🦰
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt 🌐 Youtube
SBC klubiga a'zo bo'lish hamda seminar-treningda ishtirok etish uchun quyidagi havoladan ro'yxatdan o'ting va ma'lumotlaringizni qoldiring
Bizni kuzatishda davom eting:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2👏2⚡1😍1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Endi yoshlar uchun o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish va orzularini ro‘yobga chiqarish yanada oson. Ziyolilar platformasi sizga professional rezyume yaratish, grantlar va stipendiyalar haqidagi eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lib turish, shuningdek, O‘zbekistonning eng faol va iqtidorli TOP-100 talabalar qatoridan o‘rin olish imkonini beradi.
Bu yerda siz nafaqat o‘qish va rivojlanish, balki kelajakdagi muvaffaqiyatli karyerangiz uchun mustahkam poydevor yaratasiz. Platformaning kadrlar zaxirasiga kirib, nufuzli tashkilotlarda ish topish imkoniga ega bo‘lasiz. Shuningdek, Ziyolilar orqali mamlakat bo‘ylab tashkil etilayotgan turli tadbir va loyihalardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib, ularning faol ishtirokchisiga aylanasiz.
Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kelajagingizni yaratishni boshlang:
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM