Telegram Web Link
Бухоро Университети.pdf
863.2 KB
🎓 “Buxoro universiteti” gazetasining yangi soni tayyor!

📖 Bu safargi sonimizda sizni qiziqarli maqolalar, tahliliy fikrlar va ijodiy ishlar kutmoqda:

Yangi O’zbekiston shijoati
💫 Eko madaniyat va yoshlar
🕊 Karyera qanday quriladi
📜 Talabalar ijodidan she’rlar


📬 Siz ham o‘z ijodingizni keng o‘quvchilar bilan bo‘lishmoqchimisiz?
Unda maqolangizni @buxdunews kanaliga yoki @zuhro0792 akkauntiga yuboring.
Ehtimol, aynan sizning ishingiz keyingi sonimizda chop etilar!

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦 #buxoro_mtrk

☄️📚 Buxoro davlat universitetida 21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏422
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 BuxDU rektori Obidjon Xamidov “Kelajak soati” doirasida ma’rifat darsi o‘tkazdi

🚛 Bugun Buxoro davlat universitetida “Kelajak soati” doirasida “21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” mavzusida ma’rifat darsi o‘tkazildi. Tadbirda universitet rektori, professor Obidjon Xamidov ma’ruza qilib, ona tilimizning tarixiy ahamiyati, milliy o‘zligimiz va tafakkurimizni ifodalovchi bebaho boylik sifatidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

🔺 Dars davomida talabalar tomonidan ona tiliga bag‘ishlangan she’rlar ijro etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, yoshlar qalbida ona tilimizga bo‘lgan mehr va faxr tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

#BuxDU #DavlatTiliKuni #KelajakSoati

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍52👍21👏1🎉1
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚Buxoro davlat universitetida “Ilm-fan va innovatsiyalar kuni” doirasida navbatdagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun Buxoro davlat universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida faoliyat olib borayotgan 1-, 2-, 3-bosqich doktorantlar va tayanch doktorantlar ishtirokida “Ilm-fan va innovatsiyalar kuni” doirasidagi navbatdagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni BuxDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori t.f.d., professor Kamoliddin Samiyev ochib berdi.

Seminar davomida i.f.d., professor Otabek Qahhorov “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim faoliyati samaradorligi to‘g‘risida” mavzusida ma’ruza qilib, doktorantlik faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, f.f.f.d. (PhD), dotsent Marhabo Xudoyqulova “Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi — daraja.ilmiy.uz orqali choraklik hisobotlarni rasmiylashtirish va topshirish tartib-qoidalari” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar hisobot topshirish bosqichlari, shaxsiy kabinet orqali tizimga kirish, choraklik ma’lumotlarni kiritish va rahbar tomonidan elektron tasdiqlash jarayonlari bilan batafsil tanishdilar.

Seminar yakunida qatnashchilar hisobot topshirish jarayonlarida uchraydigan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, tizim imkoniyatlarini yanada samarali qo‘llash bo‘yicha takliflar almashdilar.

📈 Ushbu o‘quv seminar doktorantlar va tayanch doktorantlarning ilmiy faoliyatini takomillashtirish, elektron tizimdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

#Ilmfankuni #Innovatsiyalar #BuxDU #Doktorantlar #Seminar #IlmiyFaoliyat #DarajaIlmiyUz #BuxoroDavlatUniversiteti

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6👍21
2025/10/24 19:43:59
Back to Top
HTML Embed Code: