Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” — fidoyilik, sadoqat va g‘urur uyg‘unlashgan bayram!

Tantanali bayram tadbirida yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida mardona xizmat qilayotgan, o‘z burchini sharaf deb bilgan ichki ishlar xodimlari e’tirof etildi.

Kadrlar ortida — faxr, ehtirom va Vatanga muhabbat aks etgan onlar!

Bayramingiz muborak, aziz, yurt posbonlari!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚BuxDU talabalari “Invitro bog‘bon“ innovatsion agrokompleksi faoliyati bilan tanishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 135-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-357 qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-kurs Iqtisodiyot (tarmoqlar bo‘yicha) hamda Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiyalar fakulteti 4-kurs Agrokimyo va Tuproqshunoslik yo‘nalishi talabalari Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Invitro bog‘bon“ innovatsion agrokompleksiga tashrif buyurishdi.

Tashrifga Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. (PhD) O.H.Raximov hamda Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi T.T.Avezov rahbarlik qildilar. Talabalar Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan innovatsion “Invitro bog‘bon” agrokompleks laboratoriyasi bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida mazkur korxona direktori Haydarov Ilyos va bosh mutaxassis Bozorov Elboy talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.


👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Buxoro davlat universiteti — Registrator ofisi faoliyati haqida...

☄️Siz hali BuxDU Registrator ofisida qanday xizmatlar ko‘rsatilishini bilmaysizmi? Unda ushbu video aynan siz uchun!

Endi siz ushbu 👇
buxdu_registrator_ofisi xizmatlari dan onlayn tarzda @BDUxabarnomabot orqali ham tez va qulay foydalanishingiz mumkin.

📌Bot 24/7 rejimda ishlaydi — istalgan paytda murojaat qilishingiz mumkin.

📹 Videoni tomosha qiling va do'stlaringizga ulashing!

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida “Smuzi Quiz” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Buxoro davlat universiteti G‘ijduvon tumani Soktare MFY dagi o'quv binosida sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Smuzi Quiz” nomli fakultetlararo intellektual o‘yin tashkil etildi. Ushbu o‘yin talabalarning bilim salohiyatini, mantiqiy fikrlash qobiliyatini hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda turli fakultet jamoalari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar turli mavzularda savol-javoblar, topishmoqlar va mantiqiy masalalar orqali o‘zaro bellashdilar. O‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇 1-o‘rin — Buxgalteriya jamoasi
🥈 2-o‘rin — Menejment jamoasi
🥉 3-o‘rin — Marketing jamoasi

G‘olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar va faxriy sertifikatlar topshirildi. Tadbir ishtirokchilarda yuqori kayfiyat, sog‘lom raqobat va bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Mazkur intellektual o‘yin filial talabalari o‘rtasida o‘zaro do‘stlikni mustahkamlash, shuningdek, ta’lim jarayonini interaktiv usullar bilan boyitish yo‘lida muhim tashabbus bo‘ldi.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏1🎉1
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚Buxoro davlat universiteti talabalari huquqiy ongni mustahkamlash yo‘lida: ro‘yxatga olish jarayonlari tahlil qilindi

Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida tyutorlar tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” haqidagi qarori yuzasidan navbatdagi ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

💠Uchrashuvlar davomida tyutorlar talabalarga mazkur qarorning mazmun-mohiyati, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati hamda uning amalga oshirilish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Uchrashuvda shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida qo‘llaniladigan savolnoma shakllari, ularning tuzilishi va to‘ldirish tartibi bilan tanishtirildi.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
2025/10/27 14:05:03
Back to Top
HTML Embed Code: