Buxoro davlat universiteti kafedralarida bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish hamda maqsadli ko‘rsatkichlarda belgilangan rejalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” xodimlari hamda Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish departamenti hamkorligida “Patent – axborot qidiruviga oid tavsiyalar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi:
patent axborot qidiruvining asosiy tushunchalari va bosqichlari;
ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga oid patent ma’lumotlarini qidirish usullari;
Google Patents, Espacenet, WIPO, Rospatent kabi xalqaro patent bazalaridan samarali foydalanish yo‘llari;
patent qidiruvi natijalarini tahlil qilish va ilmiy tadqiqotlarda qo‘llash imkoniyatlari;
intellektual mulkni himoya qilishda patent axborotining o‘rni va ahamiyati.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” rahbari Sagdullaev Bahodir Tohirovich, Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish xizmati boshlig‘i Karamanov Shuxrat Sardor o‘g‘li hamda Ish faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish xizmati bosh maslahatchisi Shamshetov Jiyenbay Karamaddinovich ishtirok etdilar.
Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ–4965-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “Intellektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar korxonasi bilan universitet o‘rtasida tuzilgan hamkorlik bitimining 2.1.5-bandiga muvofiq amalga oshirildi. Ushbu band asosida markaz rahbar-xodimlari tomonidan yil davomida ikki marotaba professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar uchun seminar-treninglar o‘tkazib kelinmoqda.
Bu kabi tadbirlar nafaqat intellektual mulk sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni oshirish, balki fuqarolar, ayniqsa yosh tadqiqotchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ixtiro va foydali modellarga talabnomalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, mualliflarning huquqlarini himoya qilish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Universitetning 2025-yil uchun ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq, 12 ta patent hamda 350 ta axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dastur va elektron bazalar uchun guvohnomalar olish rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar:
jami 7 ta patent va ixtirolar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan 4 tasi Geliofizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika kafedrasiga, 3 tasi Kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasiga to‘g‘ri keladi;
qo‘shimcha ravishda 4 ta patent uchun talabnomalar topshirilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron bazalar uchun 192 ta guvohnoma olingan.
Shuningdek, Geliofizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika kafedrasi dotsenti, t.f.f.d. (PhD) Nazarova Nargiza Mustaqimovna “Intellektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan 2025-yilda tashkil etilgan xalqaro o‘quv kurslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir Buxoro davlat universitetining ilmiy salohiyatini yuksaltirish, intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va innovatsion faoliyatni yanada samarali yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Obidjon Xamidov | Buxoro davlat universiteti rektori
Eron Islom Respublikasining Imom Xomeyniy nomidagi Xalqaro universiteti prezidenti, professor Hamid Taheri hamda prorektor Masoud Alborzi Verki Buxoro davlat universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar.
Mehmonlarni Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov samimiy kutib oldi. Uchrashuv davomida universitet rahbariyati hamda Imom Xomeyniy nomidagi Xalqaro universiteti rahbariyati o‘rtasida muloqot tashkil etildi.
Suhbat jarayonida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim, ilm-fan va akademik almashinuv yo‘nalishlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ikki tomonlama ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4
Erkaklar o‘rtasida
BuxDU hamda SamDPI (Samarqand davlat pedagogika instituti) jamoalari o‘zaro bahs olib bordilar.
Uchrashuv yuqori tempda, keskin raqobat ruhida o‘tdi.
Natija:
BuxDU 3:1 SamDPI
jamoamiz g‘alaba bilan turnirni muvaffaqiyatli davom ettirmoqda!
Bizni kuzatishda davom eting:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🎉3👏1