Telegram Web Link
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 “Vatan ostonasi” badiiy film namoyishi — Buxoro davlat universitetida!

Universitetda talabalar maʼnaviyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida “Vatan ostonasi” milliy madaniyat va qadriyatlarni aks ettiruvchi badiiy film namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir universitet kalendarlik rejasi doirasida tashkil etilib, 380 dan ortiq talaba hamda ma’naviyat ishlari bo‘yicha masʼullar va ustozlar ishtirok etdi.
Filmda o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, urf-odatlari, oila va Vatanga sadoqat kabi qadriyatlar badiiy ifoda etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#sport #besh_tashabbus

📢 Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari o'rtasida "BESH TASHABBUS" hamda "YANGI O'ZBEKISTON OLIMPIYA CHO'QQILARI" musobaqalarining o'g'il bolalar o'rtasida STRITBOL sport turi bo'yicha musobaqalarga start berildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
🟦🟦🟦

☄️📚 “Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqichi Buxoro davlat universitetida o‘tkazilmoqda

🚛 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 14-oktabrdagi 380-sonli buyrug‘iga muvofiq, mamlakat bo‘ylab talaba va o‘quvchilar o‘rtasida “Til bilimdonlari” respublika tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovning maqsadi — yoshlar orasida ona tiliga muhabbatni yuksaltirish, til madaniyatini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish va ijodiy fikrlashni rag‘batlantirishdan iboratdir. Tanlovning onlayn saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar orasidan har bir hududdan 20 nafargacha yoshlar hududiy bosqichda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.


🔸 Bugun Buxoro davlat universitetida tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir uchun universitetda barcha zarur sharoitlar, shu jumladan, videokonferensiya tizimi orqali test sinovlarini o‘tkazish imkoniyatlari yaratildi. Ishtirokchilar test topshiriqlari orqali o‘z bilim va iste’dodlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar. Tadbir universitetning klub va toʻgaraklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektori ko‘magida yuqori saviyada tashkil etildi.

#BuxDU #TilBilimdonlari #DavlatTili #YoshlarFaolligi #KorrupsiyasizKelajak

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚Ilmiy hamkorlik sari yangi qadam — BuxDU Xitoy bilan tajriba almashmoqda

“Global va milliy iqtisodiyot trendlari: Oʻzbekiston–2030 strategiyasi” IV Xalqaro forumi doirasida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Xitoyning Nanking audit universiteti vakillari — Akademik tadqiqotlar ofisi boshlig‘i Chen Yunyao hamda Ijtimoiy audit maktabi professori Wang Hui bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, shuningdek, BuxDU Buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi mudiri Sunnatov Yusuf ham ishtirok etdi.

🔵Suhbat davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-tadqiqot faoliyati, davlat moliyaviy nazorati va auditi bo‘yicha tajriba almashish, talabalar almashinuvi, shuningdek professor-o‘qituvchilarning Nanking audit universitetida malaka oshirishi masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar qo‘shma onlayn seminarlar tashkil etish, grant dasturlari va xalqaro loyihalarda birgalikda ishtirok etish, innovatsion ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda iqtisodiy tadqiqotlar yo‘nalishida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish borasida kelishuvga erishdilar.

Ushbu uchrashuv BuxDUning xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish, shuningdek, “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi maqsadlariga muvofiq ilm-fan va ta’lim integratsiyasini chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
2025/10/24 15:35:03
Back to Top
HTML Embed Code: