Telegram Web Link
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚BuxDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Sh. Yavmutov sirtqi ta’lim talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Buxoro davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Sh. Yavmutov G‘ijduvon tumani Soktare mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi o‘quv binoda tahsil olayotgan sirtqi ta’lim yo‘nalishlari talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida birinchi prorektor talabalarga mamlakatimizda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ayniqsa, sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan yoshlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

D.Sh. Yavmutov talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlarida muntazam ishtirok etishlari, odob-axloq me’yorlariga hamda universitet ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘quv binosida faoliyat yuritayotgan turli to‘garaklar, “Besh tashabbus” doirasidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, dars jarayonlarini samarali tashkil etish yuzasidan takliflarini bildirishdi.

Mazkur uchrashuv sirtqi ta’lim talabalari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning o‘qish va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga xizmat qildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚Bugun 25-oktabr kuni erta tongdan Jismoniy tarbiya va sport fakultetida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marafonda fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlar hamda fakultet koordinatori ishtirok etishdi. Marafonda 5000 qadam yurish va ertalabki badan tarbiya mashgʻulotlari bajarildi.

#BuxDU #5000_QADAM_YURISH_MARAFONI

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🟦🟦🟦

☄️📚Buxoro shahrida SAMBO bo'yicha faxriylar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlandi.

Baxslarda 400 nafarga yakin faxriy sportchilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdilar va quvonarlisi shundaki Buxoro davlar universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti nafaqadagi o'qituvchilar ham ishtirok etishmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 BuxDU talabalari “Milliy libos — millat ko‘zgusi” ko‘rgazmasida!

🚛 Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti tyutori G.Q. Rashidova rahbarligida 5-2 IJI-25 guruh talabalari “Milliy libos — millat ko‘zgusi” shiori ostida o‘tkazilgan Milliy liboslar ko‘rgazmasida faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida talabalar o‘zbek xalqining boy milliy merosi, an’analari va urf-odatlarini aks ettiruvchi liboslar namoyishi bilan ishtirokchilar e’tiborini qozondi. Ushbu ko‘rgazma yoshlarning milliy o‘zligiga hurmat, madaniy qadriyatlarga e’tibor va milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚Universitetimizda "O'qituvchi talaba nigohida" mavzusida o‘tkazilayotgan ijtimoiy so'rovnoma natijalari e'lon qilinib borilmoqda.

Navbatdagi ijtimoiy so'rovnoma qahramonlari Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti talabalari orasida o'tkazilgan ijtimoiy so'rovnomalardan tanlab olindi.

Ushbu fakultet talaba yoshlarining tanlovi asosida fakultetdagi eng faol va namunali fan o'qituvchilari deb eng ko'p ovoz to'plagan "Kimyo va neft-gaz texnologiyalari" kafedrasi professori Nazarov Sayfulla Ibodulloyevich hamda kafedra dotsenti Avezov Xasan Tilloyevich tanlab olindi.

Ustozlarga rektorimiz tomonidan tasdiqlangan tashakkurnomalar topshirildi. Ustozlarning kelgusi faoliyatlarida omad tilab, barcha yosh pedagog o'qituvchilarimizga ham shunday g'olibliklarni tilab qolamiz.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2👏1
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 BuxDUda “Ijarada kitobxon talaba” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuvlar davom etmoqda.

🚛Buxoro davlat universitetida “Ijarada kitobxon talaba” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Differensial tenglamalar” kafedrasi mudiri U.D. Durdiyev hamda dotsent N.H. Mamatova ijarada yashovchi talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, BuxDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi L.Xaydarova, Tarix va yuridik fakulteti xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Yusupova hamda fakultet tyutorlari tomonidan ijara xonadonda istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoiti ham o‘rganildi.

Tashrif davomida ijara xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, elektr va gazdan foydalanish xavfsizligi, shuningdek, ijara shartnomalarining rasmiylashtirilganligi tekshirildi. Qizlar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar muhokama qilindi. “Ijarada kitobxon talaba” chellenji doirasida ishtirokchilarga badiiy va ilmiy adabiyotlar taqdim etildi. Mazkur loyiha yoshlarni muntazam kitob mutolaasiga jalb etish, ijodiy fikrlash va intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.


👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
2025/10/27 14:39:27
Back to Top
HTML Embed Code: