Telegram Web Link
🟦🟦🟦

☄️📚Bugun "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Chor Bakr memoriy majmuasi bo'ldi.

Bugun erta tongda BuxDU professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalar an'anaviy tashkil etib kelinayotgan "Ziyorat Velomarafoni" doirasida Chor Bakr memoriy majmuasida bo'lishdi.


Xayrli kunda tashkil etilgan ushbu velomarafon bahamjihatlik, birdamlik, sog'lik yo'lida qilinayotgan ezgu ish sifatida har hafta o'z safini kengaytirmoqda.

#BuxDU #BuxDU95yilligi

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚 BuxDU olimlari xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdi

🔹 Navoiy davlat kon-texnologiya universitetida bo‘lib o‘tgan VIII Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya — “Markaziy Osiyo strategik universitetariumi”da Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani N.S. Ibragimov boshchiligidagi fakultet professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Konferensiya doirasida Rossiyaning M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa davlatlarning yetakchi olimlari mintaqaviy strategik rivojlanish, barqaror iqtisodiy o‘sish va sanoat strategiyasi yo‘nalishlarida ilmiy fikr almashdilar. Tadbirda Buxoro davlat universiteti vakillarining ishtiroki mintaqaviy iqtisodiy strategiyalarni shakllantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlashga qaratilgan xalqaro ilmiy hamkorlikning amaliy ifodasi bo‘ldi.


🔸 Ushbu anjuman doirasida BuxDU olimlari boshqa ishtirokchilar bilan ham kelgusidagi ilmiy loyihalar, konferensiyalar va qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish borasida fikr almashdilar.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan Samarqand shahriga tashrif yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялось открытие 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО.

На этом поездка в Самарканд завершилась, глава государства вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #marosim #UNESCO #43sessiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli, jadal islohotlarga yuksak ishonchning yorqin ifodasi – YUNESKOning Samarqand sessiyasi barqaror rivojlanish bo‘yicha global hamkorlikni kuchaytirish borasida ulkan amaliy qadam bo‘ladi.

Самаркандская сессия ЮНЕСКО – проявление высокого доверия к осуществляемым в Новом Узбекистане динамичным масштабным реформам – станет важным практическим шагом в усилении глобального партнерства в области устойчивого развития.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 BuxDUda “Kelajak soatlari” rukni ostida ma’rifat darslari davom etmoqda

🔄 Buxoro davlat universiteti Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi mudiri Suxrob Abdullayev tomonidan talaba-yoshlar uchun “Kelajak soatlari” rukni ostida “O‘zbekiston va jahon” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi.

Dars davomida Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning xalqaro maydondagi ahamiyati hamda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzini yuksaltirish borasidagi sa’y-harakatlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo va Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash, “Xavfsiz mintaqa” g‘oyasining dolzarbligi kabi masalalar ham “Kelajak soatlari” platformasida muhokama qilindi.


💬 Ma’rifat darsi interfaol ruhda o‘tib, talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ularning faolligi va fikriy salohiyati o‘qituvchi tomonidan e’tirof etildi.

#KelajakSoatlari #BuxDU

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 BuxDUda iqtidorli talaba-qizlar bellashuvi

🔻 Buxoro davlat universitetida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyatlarini namoyon etish maqsadida tadbir bo'lib o'tdi. Xotin-qizlar maslahat kengashi va Yoshlar ittifoqi BT hamkorligida talabalar turar joyida “O‘z kelajaging uchun o‘zing mas’ulsan” shiori ostida ko‘rik-tanlov tashkil etildi.

Unda Iqtisodiyot va turizm fakultetining eng zukko va iqtidorli qizlari 3 ta shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar:
🔺 Tanishtiruv: "O‘zbek ayoli siymosi" mavzusida chiqish;
🔺 Pazandachilik: O'zbek milliy taomlarini tayyorlash mahorati;
🔺 Erkin mavzu: Ijodiy qobiliyatlarini namoyish etish.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv yakunida hay'at a'zolari tomonidan munosib baholangan g‘oliblar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#BuxDU #TalabaQizlar #Tanlov #IqtisodiyotVaTurizmFakulteti #XotinQizlar

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 BuxDU va “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

🔻 Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti dekani, p.f.d., professor H.O. Jo‘rayev, “Geliofizika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektronika” kafedrasi mudiri, t.f.f.d. (PhD), dotsent J.R. Qodirovlar “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ texnik direktori Z.R. Rustamov bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2025-yil 16-yanvardagi 4-son qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Elektronika va asbobsozlik” ta’lim yo‘nalishida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi, unga ko‘ra “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ bazasida kafedra filiali tashkil etilishi, shuningdek, o‘quv rejada belgilangan fanlarning amaliy qismlari tashkilot xodimlari tomonidan korxona sharoitida o‘tilishi belgilab olindi.


🔹 Ushbu hamkorlik nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki talabalarni ishlab chiqarish muhitida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
2025/10/31 08:08:49
Back to Top
HTML Embed Code: