Telegram Web Link
🎥

☄️📚XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASINING SARALASH BOSQICHI

Bugun, 2025-yil 21-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti bosh binosining 310-auditoriyasida Patris Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlar Do‘stligi Universiteti (RUDN) tomonidan tashkil etilgan RUDN MATH OLYMP — Xalqaro talabalar matematika Olimpiadasining saralash bosqichi o‘z ishini boshladi.

Mazkur olimpiada 2025-yil 26–30-noyabr kunlari Moskva shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi saralash bosqichida Buxoro davlat universitetining 1–4-kurs bakalavriat talabalari faol ishtirok etmoqdalar.

Saralash bosqichida 50 nafardan ortiq talaba ishtirok etmoqda. Ular quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi iqtidorli yoshlar hisoblanadi: Matematika yo‘nalishi talabalari – nazariy va amaliy masalalarni tahlil qilish ko‘nikmalari bilan ajralib turuvchi yoshlar; Fizika yo‘nalishi vakillari – tabiiy jarayonlarning matematik modellari orqali ilmiy izlanish olib boruvchi talabalar; Muhandislik yo‘nalishlari talabalari – texnik tafakkur va hisoblash texnologiyalarini mukammal o‘zlashtirgan yosh mutaxassislar; Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari – matematik tahlil asosida iqtisodiy jarayonlarni o‘rganayotgan ishtirokchilar; Axborot texnologiyalari yo‘nalishi talabalari – algoritmik fikrlash va dasturlash ko‘nikmalariga ega yoshlar.

Olimpiada savollari rus va ingliz tillarida taqdim etilib, ishtirokchilar o‘z bilimini xalqaro mezonlar asosida sinovdan o‘tkazmoqdalar. Jarayon davomida talabalarning mantiqiy fikrlash, matematik tahlil va muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashish qobiliyatlari sinovdan o‘tmoqda.

Tadbir yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilmoqda. Saralash bosqichi yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro bosqichda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.

Mazkur olimpiada Buxoro davlat universiteti talabalari uchun ilmiy salohiyatni rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar safini kengaytirish hamda O‘zbekiston yoshlarining xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatlarini namoyon etish uchun muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qilmoqda.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Sevimli” telekanali “Zamon” informatsion dasturi:
BUXORO XALQARO VOLEYBOL MUSOBAQASIGA MEZBONLIK QILMOQDA

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#Chellenj

☄️📚21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Ona tili — bu millatning ruhi, yuragi va g‘ururidir. U bizni birlashtiradi, o‘tgan ajdodlar bilan bog‘laydi va kelajak sari yetaklaydi.

🎥 BuxDU Yoshlar akademiyasi liderlari tomonidan chellenj

⭐️ BuxDU Yoshlar akademiyasi – kelajak liderlari maktabi!

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1😍1
#Ona_tilim_faxrim

☄️📚 Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Til — millat g‘ururi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Biologiya kafedrasi ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’uli Z.X. Bafayeva tashabbusi bilan tadbir fakultetning 1-bosqich magistrlari hamkorligida yuqori ruhda o‘tkazildi. Unda talabalar o‘z ijodiy chiqishlarini namoyish etib, she’rlar o‘qishdi, kuy va raqslar ijro etishdi, sahna ko‘rinishlari orqali esa ona tilimizning betakror go‘zalligi va qadriyatimizdagi o‘rnini ifoda etishdi. Shuningdek, tadbir davomida o‘zbek tili tarixi, buyuk adiblarimizning til haqidagi fikrlari hamda milliy g‘ururimizga bag‘ishlangan viktorina savollari orqali talabalar bilimini sinovdan o‘tkazishdi.

🇺🇿 Tadbir yoshlar qalbida ona tiliga hurmat, faxr va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

☄️📚Buxoro davlat universiteti jamoasi ayniqsa, talaba-yoshlar ishtirokida 21-oktabr – “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana" munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ommaviy chellenjlar davom etmoqda.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 🟦🟦

🖥🖥🖥 Yangi Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi to'g'risida

🔹Obidjon Xamidov-O'zLiDeP viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/21 11:06:48
Back to Top
HTML Embed Code: