Telegram Web Link
Buxoro viloysti IIB xodimlarining turmush tarzi, oilaviy holati, ijtimoiy-maishiy sharoiti va mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida “Xodimbay” tizimi asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Ushbu tadbirlar doirasida mutasaddi rahbariyat va masʼullar tomonidan xodimlarning yashash manziliga borilib, ularning kundalik turmush sharoiti, oila aʼzolarining holati, farzandlari taʼlimi, sog‘lig‘i va boshqa muhim ijtimoiy masalalar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, xodimlar va ularning oila aʼzolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning faoliyati samaradorligini oshirish, ularga moddiy va maʼnaviy ko‘mak berish, shu orqali xizmat intizomi va jamoada ijobiy muhitni shakllantirishdan iborat.

🇺🇿 Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati xodimlarining jismoniy va jangovar shayligini oshirishga qaratilgan beshinchi o‘quv yig’ini davom etmoqda
———

Бухоро вилояти Ички ишлар бошқармаси Жамоат хавфсизлиги хизмати ходимларининг жисмоний ва жанговар шайлигини оширишга қаратилган бешинчи ўқув йиғини давом этмоқда

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik

2025 yilning 10 iyun kuni Buxoro shahar S.Bahorziy mahallasida yashovchi shaxs viloyat IIB ga murojaat qilib, o‘zi bilan bir manzilda yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan jiyani Sh.M. joriy yilning 9 iyun kuni taxminan soat 20:00 larda yashash uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganligini bildirgan. Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida bedarak yo‘qolganlikda gumon qilingan ushbu shaxs Toshkent–Buxoro yo‘nalishidagi temir yo‘l poyezdi orqali Kogon shahriga qaytib kelgan paytida aniqlanib, surishtiruv ishlarini olib borish uchun tergov organiga topshirildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida targ‘ibot tadbirlari...

Buxoro  viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul post xizmati batal'oni mas'ul rahbarlari tomonidan  Buxoro shahar hududida faoliyat olib borayotgan savdo majmualari, kompyuter o‘yingohlari, dorixonalar, may  va sharob do‘konlari va tungi klublarida bezorilik hamda o‘g‘rilik jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha profilaktik targ‘ibot hamda yakka tartibdagi suhbatlar olib borilib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish  maqsadida Qo`riqlash boshqarmasining tezkor chaqiruv tugmasini ulash tug‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
2025/07/08 01:59:05
Back to Top
HTML Embed Code: