Telegram Web Link
Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlarining turmush tarzi, oilaviy holati, ijtimoiy-maishiy sharoiti va mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida “Xodimbay” tizimi asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Ushbu tadbirlar doirasida mutasaddi rahbariyat va masʼullar tomonidan xodimlarning yashash manziliga borilib, ularning kundalik turmush sharoiti, oila aʼzolarining holati, farzandlari taʼlimi, sog‘lig‘i va boshqa muhim ijtimoiy masalalar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, xodimlar va ularning oila aʼzolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning faoliyati samaradorligini oshirish, ularga moddiy va maʼnaviy ko‘mak berish, shu orqali xizmat intizomi va jamoada ijobiy muhitni shakllantirishdan iborat.

🇺🇿 Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jarima ballari yuzasidan haydovchilarning bilib olishlari uchun foydali boʻlgan faktlar

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
“Xavfsiz hudud” dolzarb 30 kunlik tadbiri doirasida G‘ijduvon tumanida probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tuman hokimi hamda IIB JXX Probatsiya bo‘limi boshlig‘i ishtirokidagi uchrashuv davomida nazorat ostida bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy muammolari, ish bilan bandlik holati, huquqiy va ma‘naviy qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbir davomida 11 nafar shaxsning muammolari joyida ijobiy hal etildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – probatsiya hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga qayta moslashtirish, ularning bandligini ta‘minlash hamda takroran jinoyat sodir etilishining oldini olishdan iborat.

Tashkilotchilar bunday tadbirlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirilishini, bu orqali jamiyatda xavfsizlikni ta‘minlashga xizmat qilinishini ma‘lum qilishdi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik

O‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, Buxoro shahar IIO FMB tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, Buxoro shahar Gulshan mahallasida ro‘yxatdan o‘tgan, M.F. viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida Buxoro shahrida yashiringan manzili aniqlanib ushlandi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyati IIB TQX Axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Osiyo xalqaro Universitetida “Kiberjinoyat va kibergigiyena” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Tadbirda talabalar va universitet jamoasi uchun axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, ularning oldini olish choralari, shuningdek, internetdan xavfsiz foydalanish hamda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish yo‘llari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Mutaxassislar kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilishning ahamiyati, kiberhujumlardan himoyalanish usullari va kibergigiyena asoslarini tushuntirib, yoshlarni masʼuliyatli va ehtiyotkor internet foydalanuvchilari bo‘lishga chaqirdi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasida yuzaga kelayotgan tahdidlar va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish choralari haqida xabardorlikni oshirish hamda ularning onlayn makonda xavfsiz harakatlanishini taʼminlashga qaratilgan.

🇺🇿 Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik

YPX inspektoriga pora taklif qilgan shaxs ushlandi

————————-
ЙПХ инспекторига пора таклиф қилган шахс ушланди

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Vobkent tumani IIB xodimlarining turmush tarzi, oilaviy holati, ijtimoiy-maishiy sharoiti va mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida “Xodimbay” tizimi asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Ushbu tadbirlar doirasida mutasaddi rahbariyat va masʼullar tomonidan xodimlarning yashash manziliga borilib, ularning kundalik turmush sharoiti, oila aʼzolarining holati, farzandlari taʼlimi, sog‘lig‘i va boshqa muhim ijtimoiy masalalar atroflicha o‘rganildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
2025/07/09 00:33:50
Back to Top
HTML Embed Code: