Telegram Web Link
Buxoro viloyati ichki ishlar organlarining 5 oy 20 kunlik ish natijalari tanqidiy tahlil qilindi
👉
Batafsil o‘qing:
———

Бухоро вилояти ички ишлар органларининг 5 ой 20 кунлик иш натижалари танқидий таҳлил қилинди
👉
Батафсил ўқинг:

🇺🇿
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyati IIB TQX Axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro Xalqaro Universiteti bitiruvchi talaba yoshlari va ularning ota-onalari uchun "Kiberjinoyat va kibergigiyena" mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda internet orqali amalga oshirilayotgan jinoyatlar, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsiz faoliyat yuritish qoidalari batafsil tushuntirildi.

Talabalar va ularning yaqinlari kiberxavfsizlikka oid bilim va amaliy tavsiyalarga ega bo‘lishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Axborot makonida ogoh va hushyor bo‘laylik! Internetdagi har bir xatti-harakatimiz oqibatli bo‘lishi mumkin.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari xodimlariga farzandlarining taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun imtiyoz beruvchi tavsiyanoma va taqdimnomalar topshirildi
——————

Бухоро вилояти Ички ишлар органлари ходимларига фарзандларининг таълим муассасаларига ўқишга кириши учун имтиёз берувчи тавсиянома ва тақдимномалар топширилди

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning tashvish va muammolarini tinglash, murojaatlarini hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul Buxoro tumanidagi “Istiqbol” mahallasida joylashgan ijtimoiy yotoqxonada o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat va tuman Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Ichki ishlar, Adliya, Sog‘liqni saqlash, Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bo‘limlari masʼullari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida mazkur manzilda istiqomat qiluvchi fuqarolarning turmush sharoiti, mavjud imkoniyatlar hamda muammolari o‘rganildi.

Fuqarolardan tushgan murojaatlar aniq ro‘yxatga olinib, ularning aksariyati joyida hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi masalalar alohida ish yurituviga olinib, tegishli tashkilot va mutasaddi masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Bunday uchrashuvlar xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
2025/07/03 09:09:16
Back to Top
HTML Embed Code: