Telegram Web Link
Vobkent tumanida Probatsiya hisobida turgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar – ishsizlik, kasbiy taʼlim va til kurslariga jalb qilish, tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi, yoshlarga yer maydoni ajratish kabi masalalarni ochiq bayon qilishdi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatga faol integratsiyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan yoshlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazdi

Buxoro viloyati IIB JXX HPB masʼullari tomonidan markazda tarbiyalanayotgan bolalarni vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida ularning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

O‘tkazilgan suhbatlar jarayonida markazga joylashtirilgan bolalarning ijtimoiy muammolari, oilaviy sharoitlari, qizishlarini o‘rganildi.

Shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan va sport to‘garaklariga jalb etish, har biri bilan alohida ishlovchi psixologlarni jalb etish choralarini ko‘rish borasida masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat samaradorligini yana-da oshirish, shaxsiy tarkibning saf tayyorgarligi, o‘qotar qurollar va maxsus vositalarni to‘g‘ri hamda maqsadli qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Jumladan, viloyat IIB soha xizmatlari hamda tuman-shahar IIB (IIO FMB)lar shaxsiy tarkibi bilan boshqarma ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Saf nizomining mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, maxsus va shaxsiy himoya vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek, o‘qotar qurollardan to‘g‘ri foydalanish va maxsus rejalar asosida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida xodimlarga xizmat intizomi, favqulodda holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, jamoat tartibini taʼminlashdagi vazifalarni samarali bajarish bo‘yicha aniq ko‘nikmalar berilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
2025/07/13 18:21:57
Back to Top
HTML Embed Code: