Telegram Web Link
"Xodimbay" tizimi ish samaradorligining asosi!

Romitan tumani IIBda xizmat olib borayotgan xodimlarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda xodimlarga yaratib berilayotgan shart sharoitlar va imkoniyatlar xususida batafsil ma'lumotlar yetkazilib, xizmat va ijro intizomi masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek xizmati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir qator xodimlarining ota-onalariga qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnomalar berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik

Kogon tumani IIB masʼullari boshchiligida "Dolzarb 90 kunlik" oyligi doirasida voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borildi
———

Когон тумани ИИБ масъуллари бошчилигида "Долзарб 90 кунлик" ойлиги доирасида вояга етмаган ёшлар ўртасида жиноят ва ҳуқуқбузарликларни олдини олишга қаратилган профилактик тарғибот тадбирлари олиб борилди

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik

2025 yilning 9 iyun kuni Buxoro shahar Sifatmo‘niy mahallasida yashovchi fuqaro viloyat IIB 102-markazlashgan tizimiga murojaat qilib, 2004 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Sh.A. 08 iyun kuni uydan chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini bildirgan. Buxoro viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi PPX batalyoni xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, ushbu shaxsning Buxoro shahrida yurganligi aniqlanib, surishtiruv ishlarini olib borish uchun Buxoro shahar prokuraturasiga topshirildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik

“Yoʻl harakati intizomi — bolalikdan boshlanadi"


Buxoro shahridagi 16-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida YHXB xodimlari tomonidan, tarbiyalanuvchi bolalar ishtirokida “yoʻl harakati qoidalari bilimdoni” koʻrik tanlovi oʻtkazildi.

Tadbir davomida bolalarga yoʻl harakati qoidalariga amal qilish yuzasidan, tushuntirish ishlari olib borildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik

Buxoro viloyati IIB TQX Terrorizmga qarshi kurashish va Axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV JIED 6-Mintaqaviy hududga qarashli 1-son Jazoni ijro etish muassasasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" va "Kiberjinoyat va kibergigiyena" mavzularida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

🏢Buxoro viloyati IIB JXX YHXB boshligʻi tomonidan Kogon tumanidagi “Taraqqiyot” mahalla aholisi murojaatlarini oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatishga qaratilgan sayyor qabul oʻtkazildi va murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi.

🔹Qabul davomida YHXB rahbari tomonidan fuqarolarning 10 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.

🔹Murojaatlarning aksariyati shu joyning oʻzida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha surishtiruvlarni talab etadigan murojaatlar ham shaxsan YHXB boshligʻining nazoratiga olinib, qisqa fursatlarda yechim topish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔹Albatta, bu kabi sayyor qabullarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
2025/07/07 16:33:40
Back to Top
HTML Embed Code: