Telegram Web Link
Buxoro viloyati IIB TQX Axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro shahridagi “Sitora” avtomobil bozorida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar va ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlarga aldanib qolmaslik, bank plastik kartalari maxfiy kodlarini begona shaxslarga bermaslik borasida tayyorlangan sohaga oid tavsiyalar bozor radio uzeli orqali o‘qib eshittirildi.

“Sitora” avtomobil bozorida xizmatga jalb qilingan boshqa sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda fuqarolarga bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab sodir etilayotgan eng so‘nggi firibgarliklarning turlari, ijtimoiy tarmoqlarda pul ishlash bilan bog‘liq soxta sayt va havolalar aks etgan tarqatma materiallar tarqatilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik

O‘zbekiston Respublikasi JKning 250/1-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi uchun, Buxoro shahar IIO FMB tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, Buxoro shahar Q.Murtazoyev ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi 1996 yilda tug‘ilgan N.A. viloyat IIB xodimlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida ushlanib, O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi taʼminlandi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik

Qorako‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvand moddani qonunga xilof ravishda saqlash bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

—————————————-
Қоракўл туманида ўтказилган тезкор тадбир давомида гиёҳванд моддани қонунга хилоф равишда сақлаш билан боғлиқ жиноят фош этилди

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i Romitan tumanida aholi muammolari yechimiga doir navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi

Tumanning “Samosiy” mahallasida bo‘lib o‘tgan qabulda 10 dan ortiq sud-huquq hamda ichki ishlar organlarining kundalik xizmat faoliyati, ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq murojaatlari boshqarma boshlig‘i hamda tegishli masʼullar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.

Qabul davomida asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab qilganlari ish yurituviga olinib, har biri bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilandi va ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi sayyor qabullar viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari boshchiligida barcha shahar va tumanlarda o‘tkazilmovda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
📢DIQQAT QIDURUV

Firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topilgan, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan Subxonov Sadriddin Husniddin o‘g‘li qidirilmoqda.

Ushbu fuqaroni ko‘rganlar  98.274-32-62, 97.301-44-41 yoki "102" qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilishingizni soraymiz.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik

O‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, Buxoro shahar IIO FMB Probatsiya nazoratida turib, jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlaganligi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, Buxoro shahar S.Ayniy mahallasida ro‘yxatdan o‘tgan, muqaddam 5 marotaba sudlangan, 2002 yilda tug‘ilgan S.A. ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida Kogon tumani hududida yashiringan manzili aniqlanib, ushlandi va 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Tasdiqlangan reja asosida bugun, Qorovulbozor tumani Ichki ishlar bo'limida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari hamda tumani IIB boshlig‘i tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Qabul jarayonida fuqarolarning sud-huquq, ichki ishlar organlarining kundalik xizmat faoliyati hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Bunda, asosiy e'tibor aholining mavjud muammolarini yaqindan o‘rganish va murojaatlarining joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olinganlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi va ijrosi alohida nazoratga olindi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
2025/07/05 14:57:48
Back to Top
HTML Embed Code: