Telegram Web Link
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan yoshlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazdi

Buxoro viloyati IIB JXX HPB masʼullari tomonidan markazda tarbiyalanayotgan bolalarni vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida ularning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

O‘tkazilgan suhbatlar jarayonida markazga joylashtirilgan bolalarning ijtimoiy muammolari, oilaviy sharoitlari, qizishlarini o‘rganildi.

Shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan va sport to‘garaklariga jalb etish, har biri bilan alohida ishlovchi psixologlarni jalb etish choralarini ko‘rish borasida masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat samaradorligini yana-da oshirish, shaxsiy tarkibning saf tayyorgarligi, o‘qotar qurollar va maxsus vositalarni to‘g‘ri hamda maqsadli qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Jumladan, viloyat IIB soha xizmatlari hamda tuman-shahar IIB (IIO FMB)lar shaxsiy tarkibi bilan boshqarma ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Saf nizomining mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, maxsus va shaxsiy himoya vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek, o‘qotar qurollardan to‘g‘ri foydalanish va maxsus rejalar asosida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida xodimlarga xizmat intizomi, favqulodda holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, jamoat tartibini taʼminlashdagi vazifalarni samarali bajarish bo‘yicha aniq ko‘nikmalar berilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Qorako'l tumani IIB xodimlarining turmush tarzi, oilaviy holati, ijtimoiy-maishiy sharoiti va mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida “Xodimbay” tizimi asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Ushbu tadbirlar doirasida mutasaddi rahbariyat va masʼullar tomonidan xodimlarning yashash manziliga borilib, ularning kundalik turmush sharoiti, oila aʼzolarining holati, farzandlari taʼlimi, sog‘lig‘i va boshqa muhim ijtimoiy masalalar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, xodimlar va ularning oila aʼzolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning faoliyati samaradorligini oshirish, ularga moddiy va maʼnaviy ko‘mak berish, shu orqali xizmat intizomi va jamoada ijobiy muhitni shakllantirishdan iborat.

🇺🇿 Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik

Vobkent tumani IIB masʼullari boshchiligida "Dolzarb 90 kunlik" oyligi doirasida voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borildi
———

Вобкент тумани ИИБ масъуллари бошчилигида "Долзарб 90 кунлик" ойлиги доирасида вояга етмаган ёшлар ўртасида жиноят ва ҳуқуқбузарликларни олдини олишга қаратилган профилактик тарғибот тадбирлари олиб борилди

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
2025/07/10 22:27:23
Back to Top
HTML Embed Code: