Telegram Web Link
Yuqoridagi o’quvchilarimiz singari xalqaro maydonda o’z imkoniyatlaringizni ko’rsatib qo’yishni, yuqori natijalar ko’rsatishni maqsad qilganmisiz? Unda sizni ushbu darslarda kutamiz)

2025-yilda bo'lib o'tadigan 59-Xalqaro Mendeleev olimpiadasi(59-IMCHO) va Dubay shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) 57-Xalqaro Kimyo olimpiadasi(57-ICHO)uchun tayyorgarlik jarayonlari boshlanmoqda!

Mashg'ulotlarning 1-bosqichi 1-iyundan boshlanib, butun yoz oylari davomida onlayn va offlayn tarzda olib boriladi. Mashg'ulotlar tarkibi:

1. Anorganik kimyo.
2. Organik kimyo.
3. Umumiy kimyo (fizik va analitik kimyo).

Mashg'ulotlarni katta tajribaga ega bo'lgan, paytida Xalqaro fan olimpiadalarida Respublikamiz sharafini munosib himoya qilgan va shu paytgacha ko'plab xalqaro fan olimpiada g'oliblarini yetishtirib chiqargan professional trenerlar jamoasi olib boradi.

Murojaat uchun:
@Chem_olymp_uz_contact
+998977230168 (@mokhiraboltaeva)
Forwarded from Biondis Okul (Islomjon G. Karimov)
Xalqaro Biologiya Olimpiadasiga Yoz davomida tayyorlanmoqchi bo'lgan

-Maktab o'quvchilarni;
-Bilimini oshirmoqchi bo'lgan talabalarni;
-va ustozlarni;

Yozgi Onlayn darslarimizga taklif qilamiz!
Asosiy mavzular, biokimyo va molekular biologiya atrofida bo'lib o'tadi.

Darslarni o'zim olib boraman. Tanimaganlar shaxsiyga yozishsa tanishtiraman.
Hozirda o'quvchilarimiz Saralashning oxirgi bosqichiga qadar ko'tarilishdi. Abu Ali ibn Sino Xalqaro Biologia Olimpiadasida kumush va bronza medallarni qo'lga kiritishdi. Sizga ham bu darslar olimpiadaga mustaqil tayyorlanish uchun kuchli start berishi mumkin!

@igkarim
📣 O'zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketti.

Yurtimiz sharafini himoya qiluvchi yoshlarimiz bilan tanishing:
Rahimov Daler Rahmonovich – Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM  10-sinf o'quvchisi;
Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM  11-sinf o'quvchisi;
Baxodirov Axror Mardonbekovich – Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM  11-sinf o'quvchisi;
Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li – Toshkent shahar, Olmazor tumani,  ITMA Ibn Sino TIM  10-sinf o'quvchisi.

Eslatib o'tamiz o'tgan yili 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) 🇺🇿o‘zbekistonlik o‘quvchilar  🥇2️⃣ ta oltin,   🥈1️⃣ta kumush, 🥉1️⃣ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
chem_olymp_uz
https://www.instagram.com/chem_olymp_uz?igsh=d3dmZjRzZnA2YjJ3&utm_source=qr
Bugun kimyo olamidagi eng qaynoq mavsum boshlandi, ar-Riyod shahrida IChO 2024 start oldi. Biz bilan ushbu olimpiadani kuzatib boring va jamoamizga omad tilang!🍀
Forwarded from Abu Ali ibn Sino maktabi
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

Bugun Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Xalqaro kimyo olimpiadasi va Hindistonda o‘tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar jami 18 ta medal bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Forwarded from Daryo — LIVE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saudiya Arabistonida g‘olib bo‘lgan yosh kimyogar

Iyul oyining so‘nggi kunlarida Saudiya Arabistonida butunjahon 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkazildi. Unda 87 ta davlatdan 340 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. O‘zbekiston nomidan qatnashgan o‘quvchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Suhbatdoshimiz Daler Rahimov olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi. U poytaxtdagi Abu Ali ibn Sino maktabining 10-sinfida tahsil oladi. Daler olimpiadadan olgan taassurotlarini “Daryo” bilan o‘rtoqlashdi.

@daryo_live
2025/06/28 16:26:16
Back to Top
HTML Embed Code: