Telegram Web Link
Matematikani yaxshi bilmasangiz dasturchi boʻlolmaysizmi?

Matematikani yaxshi bilmasa, dasturchi boʻla olmaslik, dasturlash haqidagi eng mashhur miflardan biridir. Afsuski, u koʻplab potensial dasturchilarni qoʻrqitadi. Kodlash uchun matematikani yaxshi bilishingiz kerakmi?

👨‍💻 Dasturlash ishlarining 90 foizi matematika mahoratini talab qilmaydi, shuning uchun matematika boʻyicha chempionatda gʻolib boʻlmagan boʻlsangiz ham tushkunlikka tushmang. Dasturlash siz uchun hali ham toʻgʻri tanlov.

Ammo, bu matematikani oʻrganish kerak emas degan maʼnoni anglatmaydi. Professional dasturchi boʻlish uchun matematika va ingliz tilini bilishingiz muhim ahamiyatga ega.

@colearninguz
16👍2
Bayramingiz muborak boʻlsin aziz ustozlar!

🎊 Barcha ustoz va murabbiylarimizni Co-Learning Center jamoasi nomidan 1-oktyabr — oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamang deymiz.

@colearninguz
👍6🏆6🔥2
Siz ham IT kurslarida oʻqimoqchimisiz?

IT sohasiga oid biror kursda oʻqimoqchi boʻlgan har bir inson, avval, aynan oʻsha sohadagi yaqin insonlari, doʻstlari va ustozlaridan maslahat hamda yoʻl-yoʻriqlar soʻraydi. Oʻzi uchun qiziqarli boʻlgan savollarga javob olishga harakat qiladi.

Bu borada Co-Learning Center jamoasi ham sizga quyidagi post orqali oʻzining doʻstona maslahatlarini ulashmoqchi.

@colearninguz
15🐳1
Siz nima deb oʻylaysiz muvaffaqiyat kaliti nimada?

Bu postni shunday oʻz yoʻnalishini topa olmayotgan, bir ishni boshlab oxirigacha yetkaza olmaydigan doʻstlaringizga yuboring.

@colearninguz
👍12🏆8🔥4❤‍🔥31
2022-yildagi TOP-5 dasturlash tillari 🚀

Python, C, Java, C++
va C# tillari TIOBE indeksining eng yaxshi 5 ta dasturlash tillari roʻyxatida ustunlik qilmoqda.

🎯 TIOBE dasturlash hamjamiyati indeksi, dasturlash tillarining mashhurligi koʻrsatkichidir. Indeks har oyda bir marta yangilanadi.

Reytinglar butun dunyo boʻylab malakali muhandislar, kurslar va uchinchi tomon sotuvchilari soniga asoslangan. Ularni hisoblash uchun Google, Bing, Yahoo!, Wikipedia, Amazon, YouTube va Baidu kabi mashhur qidiruv tizimlaridan foydalaniladi.

🤔 Siz qaysi dasturlash tiliga qiziqasiz va oʻrganmoqchisiz? Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring.

@colearninguz
🔥4👍3
Dasturlash uchun qanday kompyuter kerak?

💻 Kompyuter tanlash ham biroz e‘tibor talab etadi. Buning uchun biroz vaqt ajratib, internetdan uning turlari, modellari, xususiyatlarini ko‘rib chiqsangiz tanlovda qiynalmaysiz.

Bundan tashqari, You Tube orqali ham o‘zingiz tanlagan modelninig video sharhi, boshqa modellar bilan solishtirilgan videolarini ko‘rib chiqish ham siz uchun foydali bo‘ladi.

Eslatma: Siz bo‘lajak dasturchisiz. Sizni bozordagi sotuvchi aldab qo‘yishiga yo‘l qo‘ymasligingiz kerak 😄

@colearninguz
😁5👍3🎉1🏆1
O'zbek tili bayrami kuni muborak bo'lsin!

📝 Millatimiz ko‘zgusi, buyuk qadriyatimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizga, davlat tili maqomi berilgan kun muborak bo‘lsin.

🇺🇿 Asrlar davomida o‘z nafosatini yo‘qotmagan ona tilimiz uchun haqiqiy bayram nashidasi muborak bo‘lsin.

@colearninguz
🐳6👍5🎉1
Xakerlarning qanday turlari mavjud?

🕸 Xakerlar deganda odatda ko‘pchilik buzg‘unchilik bilan shug‘ullanuvchi tizim mutaxassislarini tushunadi. Ammo xakerlarning ham bir qancha turlari mavjud. Bu haqida quyidagi post orqali batafsil ma‘lumotga ega bo‘ling.

@colearninguz
👍2142🔥1🏆1
2025/10/25 05:42:21
Back to Top
HTML Embed Code: