Telegram Web Link
💸 Dasturchilar qancha maosh oladi?

Sir emaski, IT sohasi dunyodagi eng istiqbolli va yirik moliyalashtirilgan sohalardan biridir.

💰 Ish haqi masalasi dasturchi boʻlishni istaydigan har bir kishini qiziqtiradi. Aslida, dasturchining ish haqi oʻzgarib turadi va bu mutaxassisning dasturlash tillarini bilish darajasi va tajribasiga bogʻliq. Mantiqan olib qaraganda, IT mutaxassisi qanchalik tajribali boʻlsa, uning maoshi shunchalik baland boʻladi.

Yuqoridagi postlar orqali HH.uz sayti maʼlumotlariga koʻra dasturchilar qancha oylik maosh olishlarini bilib olishingiz mumkin.

❗️Har bir oylik maosh summasi uchun maʼlum bilim, koʻnikma va talablar qoʻyilishini ham unutmasligimiz kerak.

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🔥2🐳1💯1
🎤Soʻnggi bosqich: Suhbat jarayoni

Co-Learning Center
va INHA universiteti hamkorligidagi Adobe Illustrator yoʻnalishi boʻyicha eʼlon qilingan kursga roʻyxatdan oʻtish 1-yanvar kuni yakunlangan edi.

🎯 Ushbu kurs uchun 100 dan ortiq talabgor roʻyxatdan oʻtdi. Dastlabki bosqichda shundan 40 nafari tanlab olindi.

Endi esa hayajonli daqiqalar yaqinlashmoqda. Sababi, bugundan suhbat jarayoni boshlanadi. Kurs ustozi tomonidan 15 nafar nomzod saralab olinadi.

Suhbat jarayonida yoshlarning sohaga qay darajada qiziqayotgani, nima uchun oʻrganmoqchi ekanligi va kelajagini qanday tasavvur qilayotgani alohida e'tiborga olinadi.

📣 Talabgorlar bilan suhbat jarayoni ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etiladi. Natijalar esa, 15-yanvarga qadar eʼlon qilinadi.

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥65👍4
​​Adobe Illustrator kurs ishtirokchilari aniqlandi

🚀 Ushbu kurs uchun 100 dan oshiq talabgor roʻyxatdan oʻtdi. Dastlabki bosqichda shundan 40 nafari motivatsion xatlariga tayanib tanlab olindi hamda kurs mentori tomonidan suhbatdan oʻtkazildi. Jami 15 nafar nomzodlar saralab olindi.

🎉 Ishtirokchilar bilan tanishing!

1. Oʻktamjonova Farangis
2. Abrorov Shuhrat
3. Azimov Abdulla
4. Tursunova Mushtariybegim
5. Roziqova Dilfuza
6. Usmonov Ismoilxon
7. Mustafoyeva Ximoyat
8. Abduvoxobova Lutfiniso
9. Xafizova Zulayho
10. Narimonov Umarbek
11. Momedov Mustafo
12. Vohobova Nargiza
13. Xamidova Gulrux
14. Xalilova Malika
15. Samiyev Samariddin

Eslatib oʻtamiz, mazkur ishtirokchilar Co-Learning Center'da Adobe Illustrator yoʻnalishi boʻyicha bepul tahsil oladilar.

🤝 Co-Learning Center ushbu tanlovga bee'tibor boʻlmasdan, ishtirok etgan barcha yoshlarga samimiy minnatdorchiligini bildiradi.

🔥 Kurs ishtirokchilarini hayotlaridagi muhim qaror va g'alaba bilan tabriklaymiz, oʻqishlarida omad tilab qolamiz!

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍84🔥31🐳1🌚1
Bayramingiz muborak bo'lsin!

🪖 Vatanni himoyalash nafaqat chegaralarimizda turgan posbonlarimiz bilan bir qatorda informatsion texnologiyalar olamida kiberxavfsizligimizni ta'minlayotganlarning ham bayramidir.

🎉 Shunday ekan, “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” bilan barcha vatan himoyachilarimizni tabriklaymiz.

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉76👍3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 15 nafar qahramon bilan 2 oylik safar boshlandi!

Kecha, 16-yanvar kuni Adobe Illustrator kursining birinchi darsi boʻlib oʻtdi.

🎯 Dars davomida oʻzaro tanishuv, kursning maqsad va vazifalari, qonun-qoidalari shuningdek, dars mavzulari haqida tushuncha berildi.

Barcha oʻquvchilarimizga omad tilab, yuqori natijalarni kutib qolamiz!

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍21👌1
🚀 Frontend dasturchilar uchun maxsus master-klass!

Co-Learning Center Frontend dasturchilar uchun ajoyib event tashkillashtirmoqda.

⚡️ Master-klass, UIC Group kompaniyasida faoliyat olib borib kelayotgan, koʻp yillik tajribaga ega Frontend dasturchiElzodxon Sharofaddinov va uning jamosi tomonidan oʻtkaziladi.

Event davomida spikerlarimiz quyidagi mavzularni yoritib beradilar:

➡️ Nuxt 3 bilan tanishuv va uning afzalliklari;
➡️ Vue 3 uchun plugin va directiveʼlar yozish;
➡️ Vue 3 da composableʼlardan foydalanish.

Master-klass, 4-fevral, soat 09:00 da Co-Learning Centerʼda boʻlib oʻtadi. Joylarimiz soni cheklanganligi sababli roʻyxatdan oʻtishingizni soʻrab qolamiz.

👉 Roʻyxatdan oʻtish uchun

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52👍2🤩1🐳1🌚1
⚡️ “ITga eng yaxshi hissa” nominatsiyasida bizni qoʻllab-quvvatlang!

CENTRAL ASIAN TECH AWARDS 2023” IT biznes forumida Co-Learning Center loyihasi “ITga eng yaxshi hissa” nominatsiyasida ishtirok etmoqda.

Bizni qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagi havola orqali ovoz berishingizni kutib qolamiz.

👉 Ovoz berish uchun

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩9🎉5🔥4👌2🌚2🐳1
Co-Learning Center
🚀 Frontend dasturchilar uchun maxsus master-klass! Co-Learning Center Frontend dasturchilar uchun ajoyib event tashkillashtirmoqda. ⚡️ Master-klass, UIC Group kompaniyasida faoliyat olib borib kelayotgan, koʻp yillik tajribaga ega Frontend dasturchi – Elzodxon…
❗️Diqqat

🌀 Baʼzi texnik muammolarga koʻra 27-yanvar kuni Co-Learning Centerʼda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Frontend dasturlash boʻyicha master-klass 4-fevral kuniga koʻchirildi.

Ushbu holatda bizni toʻgʻri tushunasiz degan umiddamiz.

🙂 Barcha Frontend dasturlashga qiziquvchilarni 4-fevral kuni master-klassda kutib qolamiz.

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🌚8🐳2
🔝 Frontend dasturlash bilimlaringizni mukammallashtirish uchun TOP-5 veb-saytlar

🫥 Kodlashni oʻrganish, real loyihalar ustida ishlash, turli amaliy mashqlar bajarish orqali amalga oshiriladi. Nazariy bilimlaringiz muhimligiga qaramay, siz undan foydalanish qobiliyatini rivojlantirishingiz kerak. Ya'ni amaliy mashqlar bajarish orqali oʻz ustingizda ishlashingiz zarur.

Co-Learning Center jamoasi boʻlajak Frontend dasturchilar va bu sohada faoliyat olib borayotganlarga oʻz bilim va koʻnikmalarini yanada yaxshilash, rivojlantirish uchun TOP-5 veb-saytlarni taqdim etadi.

🔴 Ha aytgancha, 4-fevral, soat 09:00 da Co-Learning Centerʼda boʻlib oʻtadigan Frontend dasturchilar uchun maxsus master-klassga roʻyxatdan oʻtdingizmi?

👉 Roʻyxatdan oʻtish uchun

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3🤩31🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi master-klassni qarshi oling!

Endilikda, Co-Learning Center’da doimiy ravishda master-klass, workshop va ochiq darslarni o’tkazishni yo’lga qo’ymoqdamiz.

⚡️ Navbatdagi master-klass Elzodxon Sharofaddinov hamda uning bilim va tajriba ulashishga tayyor jamoa a’zolari ishtirokida Frontend bo’yicha tashkillashtirilmoqda.

📆 Uchrashuv 4-fevral — shanba kuni, soat 09:00 da Co-Learning Center’da bo'lib o'tadi.

Ushbu master-klassda Frontend dasturlash sohasiga qiziqishi bor yigit-qizlar va o'z kelajagini shu soha bilan bog'lamoqchi bo'lgan barcha insonlarni kutib qolamiz.

👉 Master-klassga ro’yxatdan o’tish

Master-klassda ishtirok etish uchun havola orqali ro'yxatdan o'tishni unutmang. Ha aytgancha, master-klass mutlaqo bepul!

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍32🐳1🌚1
2025/10/21 22:31:12
Back to Top
HTML Embed Code: