✈️🌟 Ilmiy safarimiz — Xi'an Jiaotong Universitetiga! 🇨🇳
2 yil avval Xitoy–O‘zbekiston innovatsion dasturi doirasida Plazma yordamida saratonni davolash bo‘yicha amaliy loyiha yutib olgan edik. Loyhamiz Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalshtirildi. Ushbu loyiha bizga immun hujayralarning saraton hujayralarini yo‘q qilishdagi rolini o‘rganish imkonini berdi 🔬🧫
Bugun biz Xitoyning qadimiy shahri Sianga yo‘l olmoqdamiz! Maqsadimiz — Prof. Dingxin Liu bilan yaqindan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Ushbu guruh plazmani bio-fanlarda qo‘llash bo‘yicha faol tadqiqot olib boradi: plazma yordamida saratonni davolash, surunkali yaralarni bitkazish, plazma aktivlashtirilgan suv tayyorlash va boshqalar 💧🧬
Bu safarda men bilan birga shogirdlarim — Oybek Shukurov va Javohir Xursandov ham bormoqda. Bunday safarlari yosh olimlar uchun nihoyatda muhim — ular nafaqat ilmiy salohiyatni oshiradi, balki xalqaro hamkorlik va tajriba almashish imkonini yaratadi 🌍👨🔬👨🔬
Ilm-fan sari yangi qadam tashlashga va Sianning boy tarixini kashf etishga tayyormiz! 🇨🇳🏯

🔬✨ Sian Jiaotong Universitetiga ilmiy tashrif – Plazma tibbiyotini birgalikda rivojlantiryapmiz! 🇨🇳
Hozirda Xitoyning Sian shahrida joylashgan Sian Jiaotong Universitetida, Prof. Dingxin Liu boshchiligidagi Plazma Biotibbiyot Markazida ilmiy tashrifdaman 🌍📚. Ushbu tashrifda men bilan birga ikki shogirdim – Oybek Shukurov va Javokhir Khursandov ham ishtirok etmoqda.
🛬Tashrifimizni ilk kunida Prof. Hao Zhang iliq kutib olib, mehmonxonaga kuzatdi. Kechki payt esa, Prof. Dingxin Liu tomonidan ajoyib welcome party 🎉🍽️tashkil etildi – bu biz uchun samimiy va unutilmas dastlabki taassurot bo‘ldi.
🏛️Ertasi kuni universitetga tashrif buyurdik. 30 000 dan ortiq talabani qamrab olgan ulkan kampus, zamonaviy ilmiy infratuzilmalar hammasi ajoyib. Prof. Dingxin bizga o‘z laboratoriyasini ko‘rsatib, quyidagi yo‘nalishlardagi plazma qurilmalarini tanishtirdi:
Saraton kasalligiga qarshi plazma bilan ishlov berilgan gidrogel
Yaralarni davolash
Vitiligo (teri kasalligi)ni davolash
Guruh a'zolariga “Plazmaning saraton hujayralariga selektiv ta’siri: molekulyar darajadagi mexanizmlar” haqida ma'ruza qildim.
Professorning talabalarida kompyuter modellashtirish bo‘yicha katta qiziqish uyg‘ondi va savol-javoblar juda faollik bilan davom etdi.
🎁Keyin esdalik sovg‘alar almashdik va universitetdagi halol oshxonada birga tushlik qildik – bu yerdagi madaniy va diniy qadriyatlarga hurmat meni nihoyatda quvontirdi. 🙏
📋Biz allaqachon hamkorlikda ikki loyiha tayyorlashga kelishib oldik. Shu bilan birga, plazma bilan ishlov berilgan gidrogelni O‘zbekiston sharoitida klinik tadqiqotlarda qo‘llashni rejalashtirmoqdaman.
Ilmdan tashqari, biz Sian shahri markazi 🏙️, Sian muzeyi 🏯va mahalliy bozorlarni ham kezib chiqdik – qadimiy tarixga boy shahar bizda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu samarali ilmiy tashrifni tashkil etgani uchun Prof. Dingxin Liuga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Oldinda bizni katta ilmiy yutuqlar kutmoqda!
🤝🇨🇳🇺🇿