Telegram Web Link
🔬 Sian Jiaotong Universitetiga ilmiy tashrif – Plazma tibbiyotini birgalikda rivojlantiryapmiz! 🇨🇳

Hozirda Xitoyning Sian shahrida joylashgan Sian Jiaotong Universitetida, Prof. Dingxin Liu boshchiligidagi Plazma Biotibbiyot Markazida ilmiy tashrifdaman 🌍📚. Ushbu tashrifda men bilan birga ikki shogirdim – Oybek Shukurov va Javokhir Khursandov ham ishtirok etmoqda.

🛬Tashrifimizni ilk kunida Prof. Hao Zhang iliq kutib olib, mehmonxonaga kuzatdi. Kechki payt esa, Prof. Dingxin Liu tomonidan ajoyib welcome party 🎉🍽️tashkil etildi – bu biz uchun samimiy va unutilmas dastlabki taassurot bo‘ldi.

🏛️Ertasi kuni universitetga tashrif buyurdik. 30 000 dan ortiq talabani qamrab olgan ulkan kampus, zamonaviy ilmiy infratuzilmalar hammasi ajoyib. Prof. Dingxin bizga o‘z laboratoriyasini ko‘rsatib, quyidagi yo‘nalishlardagi plazma qurilmalarini tanishtirdi:
Saraton kasalligiga qarshi plazma bilan ishlov berilgan gidrogel
Yaralarni davolash
Vitiligo (teri kasalligi)ni davolash

Guruh a'zolariga “Plazmaning saraton hujayralariga selektiv ta’siri: molekulyar darajadagi mexanizmlar” haqida ma'ruza qildim.
Professorning talabalarida kompyuter modellashtirish bo‘yicha katta qiziqish uyg‘ondi va savol-javoblar juda faollik bilan davom etdi.

🎁Keyin esdalik sovg‘alar almashdik va universitetdagi halol oshxonada birga tushlik qildik – bu yerdagi madaniy va diniy qadriyatlarga hurmat meni nihoyatda quvontirdi. 🙏

📋Biz allaqachon hamkorlikda ikki loyiha tayyorlashga kelishib oldik. Shu bilan birga, plazma bilan ishlov berilgan gidrogelni O‘zbekiston sharoitida klinik tadqiqotlarda qo‘llashni rejalashtirmoqdaman.

Ilmdan tashqari, biz Sian shahri markazi 🏙️, Sian muzeyi 🏯va mahalliy bozorlarni ham kezib chiqdik – qadimiy tarixga boy shahar bizda katta taassurot qoldirdi.

Ushbu samarali ilmiy tashrifni tashkil etgani uchun Prof. Dingxin Liuga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Oldinda bizni katta ilmiy yutuqlar kutmoqda!

🤝🇨🇳🇺🇿
2025/07/02 02:13:41
Back to Top
HTML Embed Code: