Telegram Web Link
🔬 Molecular Insights into Cancer Cell Fate: the Effect of Oxidation on Phospholipids and Protein
Bugun Finlandiyadagi ilmiy safarimning so‘nggi kunida olib borgan tadqiqotlarimiz natijalarini hamkorlarimiz guruhida taqdim etdim. Asosiy mavzu – oksidlanishning fosfolipidlar va oqsillarga ta’siri orqali saraton hujayralarida ro'y beradigan molekulyar mexanizmlar haqida edi.
💡 Plazma texnologiyasi asosida olib borilayotgan boshqa amaliy loyihalarimiz haqida ham qisqacha to‘xtaldim. Juda qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, ilmiy munozaralar doirasida yangi g‘oyalar tug‘ildi.
🌆 Bugun Finlandiyada oxirgi kunim edi. Hamkasblar bilan kechki ovqat atrofida yig‘ilib, ilm, dunyoda ro'y berayotgan jarayonlar va kelajak rejalari haqida samimiy suhbat qildik.
🙏 Dr. Parthiban, shogirdim Muhriddindan juda minnatdorligini bildirib, u 2 oy ichida 4 ta maqola uchun yetarli ishlarni bajarganini aytdi. “Agar boshqa shunday iqtidorli talabalar bo‘lsa, bemalol yuboring – hamkorlikni davom ettiramiz,” dedi.
🇺🇿 Talabalarimiz rivojlanishi uchun bunday xalqaro tajriba almashinuvi juda muhim. Oldinda bizni ko‘plab loyihalar va hamkorliklar kutmoqda.
2025/07/01 22:51:22
Back to Top
HTML Embed Code: