🔬 Molecular Insights into Cancer Cell Fate: the Effect of Oxidation on Phospholipids and Protein
Bugun Finlandiyadagi ilmiy safarimning so‘nggi kunida olib borgan tadqiqotlarimiz natijalarini hamkorlarimiz guruhida taqdim etdim. Asosiy mavzu – oksidlanishning fosfolipidlar va oqsillarga ta’siri orqali saraton hujayralarida ro'y beradigan molekulyar mexanizmlar haqida edi.
💡 Plazma texnologiyasi asosida olib borilayotgan boshqa amaliy loyihalarimiz haqida ham qisqacha to‘xtaldim. Juda qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, ilmiy munozaralar doirasida yangi g‘oyalar tug‘ildi.
🌆 Bugun Finlandiyada oxirgi kunim edi. Hamkasblar bilan kechki ovqat atrofida yig‘ilib, ilm, dunyoda ro'y berayotgan jarayonlar va kelajak rejalari haqida samimiy suhbat qildik.
🙏 Dr. Parthiban, shogirdim Muhriddindan juda minnatdorligini bildirib, u 2 oy ichida 4 ta maqola uchun yetarli ishlarni bajarganini aytdi. “Agar boshqa shunday iqtidorli talabalar bo‘lsa, bemalol yuboring – hamkorlikni davom ettiramiz,” dedi.
🇺🇿 Talabalarimiz rivojlanishi uchun bunday xalqaro tajriba almashinuvi juda muhim. Oldinda bizni ko‘plab loyihalar va hamkorliklar kutmoqda.

scitechdaily.com
https://scitechdaily.com/160x-more-power-from-a-twist-the-metamaterial-breakthrough-redefining-energy-storage/

SciTechDaily
160x More Power From a Twist: The Metamaterial Breakthrough Redefining Energy Storage
A team of international researchers has developed a groundbreaking class of mechanical metamaterials capable of storing and releasing elastic energy at unprecedented levels. By cleverly twisting rods into a helical shape and integrating them into a new metamaterial…
📍 Eindhoven Texnologiyalar Universitetida Ilmiy Safarda 🇳🇱🔬
Hozirda Eindhoven Technical University (TU/e) da ilmiy safardaman. Bu universitet yillik 350 million dollarlik byudjetga ega, yana 100 millionga yaqin mablag' sanoat bilan hamkorlik orqali keladi 💼💡.
🌍 TU/e muhandislik yo‘nalishida dunyo reytingida 85-o‘rinda, umumiy reytingda esa yuqori o‘rinlarni egallagan: ▪️ QS: 136, ▪️ THE: 185. So‘nggi 12 yil ichida kampus juda o‘zgarib, kengaygan, talabalar soni esa muhandislarga bo‘lgan ehtiyoj ortgani uchun yildan-yilga oshmoqda.
👨🔬 Menga ilmiy rahbarlik qilgan Prof. Paul van der Schoot — "Theory of Polymers and Soft Matter" yo‘nalishida dunyoga tanilgan olimlardan biri. Science (IF-47), Nature Nanotechnology (IF-38), JACS (IF-14.5) kabi nufuzli jurnallarda maqolalari chop etgan. U bilan uzoq suhbatlashdik, birga tushlik va kechki ovqat paytida ilmiy va turli mavzularda fikr almashdik. Har ikkalamiz bu uchrashuvdan xursand bo‘ldik.
📢 TU/e dagi guruhga plazma yordamida saraton terapiyasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarimiz va Institutimizdagi faoliyat haqida ma’ruza qildim. Qiziqarli savol-javoblar bo‘ldi. 🇺🇿 So‘ng ishtirokchilarni Kokand holva bilan mehmon qildim — hammaga juda yoqdi 😊
🔧 Shuningdek, Ana Sobota — plazma reaktorlarini dizayni va amaliyoti bilan shug‘ullanadi. U bilan hamkorlik haqida kelishib oldik.
🔍 Umuman olganda, safar juda konstruktiv va ilhomlantiruvchi ruhda o‘tmoqda. 🌐🤝