Telegram Web Link
Forwarded from Abdalimov Gapiradi
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil qilindi

“Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida:

2022-yil 1-sentyabrgacha vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan ta’lim muassasalari negizida 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda 141 ta ixtisoslashtirilgan maktablar;2023-yil 1-iyungacha Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida bo‘lgan va faoliyati tugatilgan Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari negizida 5 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi.

2022–2024-yillarda Agentlik tizimida 25 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat quriladi.

2022/2023-o‘quv yilidan Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ayrim fanlarni chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar negizida ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari tashkil etiladi.

Agentlik maktablariga qabul parametrlari bir sinfda o‘quvchilarning eng ko‘p soni 24 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda Agentlik tomonidan belgilanadi.

2022/2023-o‘quv yilida Agentlik maktablarining aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5–11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7–11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida tegishincha 5- va 7-sinflarga amalga oshiriladi.

Agentlik maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, xorijiy tillar hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Ro‘yxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichida g‘olib bo‘lgan (1, 2, 3-o‘rin) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘zi ta’lim oladigan hududida joylashgan Agentlik maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.

Agentlik maktablarida aniq va tabiiy fanlar bilan bir qatorda O‘zbekiston tarixi fani chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi.

Agentlik maktablari direktorining ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi o‘rniga “Maktab maslahatchisi” lavozimi joriy etiladi.

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul sog‘lom ovqatlanish tashkil etiladi.

Agentlik maktablariga rahbar va pedagog kadrlarni ishga qabul qilish uch bosqichli tanlov (saralash bosqichi, test sinovi va suhbat) asosida amalga oshiriladi.

2022/2023-o‘quv yilidan Agentlik maktablarida sun’iy intellekt, robototexnika, agrotexnologiya, nanotexnologiya, biotexnologiya, IELTS, TOEFL va SAT bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etiladi.

Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Markaz) etib qayta nomlandi.

Markaz umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini baholaydi.

Markaz tomonidan pedagog kadrlarning bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash barcha talabgorlar uchun shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Baholash natijasi bo‘yicha 2 yil muddat davomida amal qiluvchi “Ilg‘or o‘qituvchi”, “Ustoz o‘qituvchi” hamda “Professional o‘qituvchi” darajali sertifikatlar beriladi.

Mazkur sertifikatni olgan pedagog kadrlariga quyidagi miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi:

“Ilg‘or o‘qituvchi” darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida;

“Ustoz o‘qituvchi” darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 70 foiz miqdorida;

“Professional o‘qituvchi” darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz miqdorida.

Ushbu sertifikatlarni olgan pedagog kadrlar Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalariga ularning malaka toifasidan qat’i nazar ishga qabul qilinadi.
Янги ҳафтада Ўзбекистонда дўл ва кучли ёмғир ёғиши кутилмоқда

Ўзгидромет ўзбекистонликларни мамлакат ҳудудига нам ва салқин ҳаво кириб келаётганидан огоҳлантирди.
O‘zbekistonda jurnalist va blogerlarga bo‘hton hamda provokatsiya uyushtirib kelgan kanallar bloklandi

Komil Allamjonov buning uchun Google, Apple kompaniyalariga va shaxsan Pavel Durovga minnatdorchilik bildirgan.
Ғофур Раҳимов Ўзбекистон профессионал бокс федерациясида биринчи вице-президент лавозимида иш бошлади.
🔴"Renessans - 3": Sinfxonami yoki tuproq xona..!? Suv ichayotgan "Yangi O'zbekiston" yoshlari...

Prezident Mirziyoyev 5 - aprel kuni xalq ta'limi mavzusida o'tkazgan video silektor yig'ilishida Chiroqchi tumanidagi 51 ta maktabning faoliyati qoniqarsiz ekanligini aytgan.

Bu rasmlar Chiroqchi XTBga qarashli 17- sonli maktabda olingan.

Qiziq..!
Prezidentga yuborilgan raqamlarda bu maktab ham bormi..?
Sinfxona yeridan ko'tarilgan tuproq va chuqurlarni ko'rib turubsiz. Bolalar shu tuproqqa belanib o'qishga majbur.

Mening eʼtiborimni tortgani yosh bolachalarni suv ichishi.
Maktabda birgina ichimlik suvi isteʼmoli uchun qulay sharoit qilib berolmagan "kattakonlar"dan yana nimani umid qilsa bo'ladi.

Chiroqchi tumani XTB mudiri Farhod Jumanov, rasmdagi bolalar mol emas, odamni bolasi.
Siz xalqni bolasini ustidan kulayabsizmi..!?
O'zingiz kabenitingizda suvni shunday ichasizmi..!?
Qaysi vijdon bilan yumshoq kursingizda o'tiribsiz..!?


Bolalarga qulay sharoit qilib bering, yoki keting..))

@elmurodblog
Самарқандда бир оила газ портлашидан вафот этди
Forwarded from Abdalimov Gapiradi
Самарқандда бир оила газ портлашидан вафот этди

Самарқандда бир оила газ портлашидан вафот этди
Улар оғир куйиш тан жароҳати сабаб шифохонада вафот этишган.

Самарқанд вилоятининг Булунғур туманида газ баллони чақнашидан куйиш тан жароҳатини олган эр-хотин ва уларнинг 10 ёшли қизи вафот этди. Бу ҳақда “Daryo.uz” нашри хабар берди.

Қайд этилишича, 2022-йилнинг 11-апрел куни эрталаб соат 07:00 атрофида Самарқанд вилоятининг Булунғур туманида хонадонда фойдаланиб келинган газ баллондаги портлаш сабаб уч киши оғир, 80–90 фоиз куйиш тан жароҳатини олган.

Ҳодиса оқибатида жабрланган 45 ёшли хонадон эгаси, унинг 42 ёшли хотини ва 10 ёшли қизи жароҳат олиб, Булунғур туман тиббиёт бирлашмасига ётқизилганди.

15-апрел куни чақнашдан 90 фоиз куйган она ва қизи вафот этган бўлса, 16-апрел куни оила боши оламдан ўтган.
Андижонда ўқитувчи дарсга кечиккан ўқувчини ариқ суви ичишга мажбур қилди

Андижонда ўқитувчи дарсга кечиккан ўқувчига ариқ суви ичириб ҳамда нок баргини ейишга мажбур қилиб жазолади.
Forwarded from Abdalimov Gapiradi
Андижонда ўқитувчи дарсга кечиккан ўқувчини ариқ суви ичишга мажбур қилди

Андижонда ўқитувчи дарсга кечиккан ўқувчига ариқ суви ичириб ҳамда нок баргини ейишга мажбур қилиб жазолади.

Воқеани ёритиш мақсадида Zamon.uz мухбири воқеа жойидан лавҳа тайёрлаган. Воқеа тафсилотлари натижасида шу нарса аниқ бўлганки, 6-синф ўқувчиси даладан иш қилиб дарсга кеч келгани маълум бўлган. Бу ҳақда унинг синфдошлари маълум қилди. Қизиқарли томони ўқитувчи билан ўқувчи орасида қариндошлик муносабатлари ҳам бўлган.

Ўқитувчининг ўзи эса мактабда навбатчи эканлигини ҳамда эшик олдида ўқувчиларнинг тартибини назорат қилаётганлигини таъкидлади.

"Ўқувчи иккинчи соатнинг охирига кеч қолиб дарсга келди ҳамда сабабини сўраганимда у менга гап қайтарди. У менга қариндош бўлганлиги сабабли, унга ўзингни қўлга ол деб 100 грамм ёки бир пиёла сув ичирганман. Қолган гаплар қаердан келганини билмадим рости. Нок дарахтининг баргини едиришга келсак, бир ўйлаб кўринг ўқувчига уни едирганим билан, унга мажбурлаб ют дея олмайманку. Бу гапларни айтишдан олдин сал ўйлаб гапириш керак", деди ўқитувчи.

Ўқувчининг ўзи эса ўқитувчи ундан келиб узур сўраб шифохонага олиб борганлигини айтди. Аммо шифохонада текширилганда, болада ҳеч қандай шамоллаш аломатлари йўқлиги аниқланган.

Айни вақтда воқеа юзасидан расмий муносабат билдирилмаган.
YouTubeda tomosha qiling: Dardim audio seriali iltimos bizni kanalimiz rivojlanishi uchun like bosib ketishni unutmang
https://youtu.be/0mSSXwqrWAk
Ванга 2022 йилда «дунё қутқарувчиси» пайдо бўлишини башорат қилган

Машҳур болгар руҳонийси Ванга бир неча ўн йиллар олдин дунёда 2022 йилда рўй бериши керак бўлган кенг кўламли можарони башорат қилган эди.
Ким Чен Ин янги қурол синовларида иштирок этди

Йил бошидан бери Шимолий Корея ракеталар, жумладан, ўндан ортиқ қитъалараро баллистик ракеталарни синовдан ўтказди.
Ғузорда 37 ёшли эркак ўзини осиб қўйди

У маҳаллада ёшлар етакчиси лавозимида ишлар эди.
Қашқадарёлик ёшлар етакчиси нима сабабдан жонига қасд қилгани маълум бўлди

Бир муддат аввал Қашқадарёда ёшлар етакчиси ўзини осиб қўйгани ҳақида хабар берган эдик.  

Ўзбекистон республикаси бош прокурорининг  матбуот котиби ҳолат юзасидан муносабат билдирди.

Қайд этилишича, мазкур вазиятга фуқаронинг мастлиги сабаб бўлган.

Аниқланишича, воқеа 13 апрель куни Ғузор туманида содир бўлган. 

Текшириш давомида марҳум охирги вақтларда кўп спиртли ичимлик истеъмол қилиши оқибатида руҳиятида ўзгариш бўлганлиги аниқланган.

Марҳумнинг ўлим сабабига аниқлик киритиш мақсадида суд-тиббий экспертизаси тайинлангани айтилмоқда.

Шунингдек, ҳолат бўйича Ғўзор тумани прокуратураси томонидан терговга қадар текширув ҳаракати олиб борилмоқда.
Forwarded from Abdalimov Gapiradi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarovsiz Ashtarxona

Bu vedioni tayorlaganimga 2yildan oshdi ammo holat hanus usha usha. Bir necha yillar ilgari sayohlar bilan gavjum bo'lgan tarixiy bino hozirda alkashlar va bomishlar qarorgohiga aylangan. Agarda boshqa davlatlarda bunaqangi tarixiy binolar topilganda edi mujofazaga olib sal bo'lsada etibor qaratishar edi.
2025/07/09 09:47:21
Back to Top
HTML Embed Code: