Қашқадарё вилояти Нишон туманида жойлашган 42-умумий ўрта таълим мактабининг 9-синф ўқувчиси вафот этди. Бу ҳақда "Nasafnews" хабар бермоқда.
Маълум бўлишича, воқеа жорий йилнинг 7 май куни содир бўлган.
2005 йилда туғилган Э.Ш. (ўғил бола) дарсдан сўнг уйи яқинидан ўтган магистрал каналга чўмилиш учун кириб, сув кўп келиши оқибатида чўкиб ҳалок бўлган.
Қўшимча қилинишича, бахтсиз ҳодиса Нишон тумани Ширинобод маҳалласи ҳудудида содир бўлган. Ҳозирда ҳолат юзасидан туман прокуратураси текширув ўтказаётгани айтилмоқда.
Эслатиб ўтамиз, аввалроқ вилоятнинг Қамаши тумани ва Қарши шаҳридаги мактабларида ўқувчи 2 нафар ўқувчи қизлар ҳам ҳалок бўлгани ҳақида хабар қилгандик. Улар юқоридаги воқеадан фарқли ўлароқ ўз жонига қасд қилгани айтилганди.

Холанд "Манчестер Сити" билан келишувга эришди
Дортмунднинг "Боруссия" ҳужумчиси Эрлинг Ҳоланд фаолиятини Англия Премьер-лигасида давом эттиришга яқин турибди. Бу ҳақда The Athletic хабар бермоқда.
Қайд этилишича, 21 ёшли норрвегиялик футболчи "Манчестер Сити" билан янги шартнома борасида келишувга эришган. Ҳафта охирида расман шартнома имзолаши кутилмоқда.
Маълум бўлишича, Холанд "шаҳарликлар" сафида ҳафтасига 375 минг евро маош

Forwarded from Abdalimov Gapiradi
Sharof Rashidovga aylangan Lenin, o‘zini hokim deb atashni talab qilganlikda ayblangan prokuror, suvni qadrlash bo‘yicha Andijon tajribasi. O‘zbek matbuoti 11-mayda nimalar haqida yozgan?
Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rinadi.

Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.
Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.
Lenin prospektidagi vazirliklar binosi oldidan o‘tib ketayotgan, yon tomoniga “Toshkentga 2000 yil” deb yozilgan tramvay, 1983-yil. Ushbu prospekt nomi 1992-yil may oyida Sharof Rashidov shoh ko‘chasi deb qayta nomlangan.
“Qizil O‘zbekiston”da butun boshli “Mushtumzo‘r va uning agentlariga qarshi” rukni. Xulosa shuki, “rayon tashkilotlari bu haqda keskin chora ko‘rish bilan mushtumzo‘r qo‘ltiqchilariga omonsiz zarba berishi kerak!”.
Fransiya prezidenti Pol Dumerning o‘ldirilishi bilan bog‘liq ishning yangi tafsilotlari: “Gorgulovni jinni qilib ko‘rsatish yo‘lida yangi urinishlar” deb nomlangan xabarcha shu haqda. “Fransuz matbuotining bildirishicha, Gorgulov so‘roq vaqtlarida go‘yo indamay turar emish”.
Sharqdan xushxabarlar (lekin uzoqqa cho‘zilmaydi): “Xitoy bilan Yaponiya o‘rtasida yarash bitimi. Xitoy qo‘shini avvalgi pozitsiyalarida qoladi, yapon qo‘shini settlment tuprog‘iga ko‘chiriladi”.
“Qizil O‘zbekiston”ning so‘nggi, 4-sahifasida prokuror Badriddinov ishi bo‘yicha sud tafsilotlarining berilishi bir haftadan beri odatga aylangan. Xabar berishlaricha, 9-maydagi sud majlisida guvoh Sa’diyev so‘zga chiqib, jumladan shunday degan: “Badriddinov 1921-yilda Andijonda soqchilar boshlig‘i inqilobiy qo‘mitaning rais muovini bo‘lib turganda, o‘zini Andijon hokimi-noib deb nomlantirdi. U shu bilan inqilob davrida ham chor monarxiyasi usuli idorasi va uning manfur ma’murlarining manfur nomlarini mehnatkash ommaning miyasiga singdirishga urindi”.
SSSR Oliy Sovetidagi katta majlislar tugadi, may bayramlari o‘tdi, o‘zbek sovet gazetalari esa odatiy tartibda ishlashga qaytmoqla. Masalan, “Qizil O‘zbekiston”ning 1-sahifasi paxta dalalaridan reportajlarga to‘la. “Tursunoy dalasida” fotolavhasi — shulardan biri.
“Suvni qadrlaylik” — gazetaning shu sonidagi bosh material, mavzusi sarlavhadan ayon. Maqolaning bir o‘rni e’tiborga molik: “O‘tgan yili Andijon oblastida suvdan foydalanishda yaxshi tashabbus ko‘rsatildi. Bu yerda suvdan rayonlararo va xo‘jaliklararo navbatlab foydalanish tadbirlari amalga oshirildi. Bu esa suv tanqisligini ancha yengil imkoniyatini berdi. Andijonliklarning bu tashabbusini keng ommalashtirish zarur”. Bir so‘z bilan aytganda — navbatdagi “Andijon tajribasi”.
Xorijda nima gap? Guangchjouda masofaviy ta’lim yo‘lga qo‘yilgan, Janubiy Vyetnamda mintaqaga Amerika qo‘shinlari kiritilganidan beri AQShning 22-samolyoti qulagan, Misrda esa Asuan to‘g‘oni qurilmoqda.
2022-yilda o‘qiganingda, ilova qilingan suratni ko‘rganingda, iching achiydigan material: “Mo‘ynoq baliq zavodi kollektivi aholiga ko‘plab baliq yetkazib berish uchun kurashmoqda”; suratda esa to‘r baliqqa to‘la, fondagi katta suv — Orol dengizining oxiri ko‘rinmaydi. Bundan 60 yil avval O‘zbekistonda ham butun boshli dengiz bor edi.
Toshkent shahar hokimi Athambek Fozilbekov poytaxtdagi ko‘plab joy nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi navbatdagi qarorni imzoladi. Qarorga muvofiq, Lenin prospektining nomi Sharof Rashidovga, Engels ko‘chasining nomi Amir Temurga, Lunacharskiy shossesining nomi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasiga, Kuybishev shossesining nomi Farg‘ona yo‘liga almashtirildi. Xalqlar do‘stligi saroyi va Toshkent metropolitenidan Lenin nomi olib tashlandi. Kuybishev maydonining Darxon, Kalinining maydonining Eski Juva degan tarixiy nomlari qayta tiklandi.

“Iskra” kinoteatriga 1992-yilda tavalludining 200 yilligi nishonlanadigan Nodirabegim nomi berildi.
Nodirabegim tilga olingan ekan, yosh olimalarning davra suhbati sifatida berilgan “Biz — katta kuchmiz, deyishmoqda shahrimiz yoshlari” materialidagi filologiya fanlari nomzodi Malohat Abdurahmonovaning quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinlidir, balki; uning yozishicha, Shohoyi Dahmaga ko‘milgan jasad aynan Nodirabegimniki bo‘lmasligi ham mumkin.
“Shahrimizdagi Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bilyardning amerikacha turi bo‘yicha jurnalistlar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi”. Shohsupadan o‘rin egallagan g‘oliblar nomi bilan tanishing: Abduhakim Daminov, Rixsitilla Umarov, Alimurod Mamadaminov va Dmitriy Mixaylov.
Xorijda nima gap? Tog‘li Qorabog‘da vaziyat g‘oyat keskinlashib ketgan, xususan, “arman jangarilari Shusha shahrini egallaganlar
“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 11-may sonidan lavha
Afg‘oniston poytaxti Kobulda esa, aksincha, vaziyat asta-sekin iziga tusha boshladi (ammo qachongacha — hech kim bilmaydi).