#ochiq_muloqot

📢 JAMOATCHILIK VAKILLARI BILAN OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI

🔝 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik bilan ochiq muloqot o‘takazildi. Unda Qo‘mita rais maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i v.b. Q.Yuldashev va boshqa tegishli tashkilot vakillari hamda 10 ga yaqin ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirok etishdi.

🔝 Unda jismoniy va yuridik shaxslardan 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Ochiq muloqotda E.Jo‘rabekov Boyovut tumanida joylashgan savdo do‘konlari (noturar bino)ning kadastr hujjati yo‘qligi sababli, 10 kun davomida elektr ta’minotidan uzib qo‘yilgani va O.Najimovning xususiy klinikalar va ularda ko‘rsatilayotgan xizmatlar, narxlari haqida va bir qator murojaatlar qabul qilindi. Ushbu murojaatlar yechim topishi borasidagi ishlar nazoratga olindi.

👥 Shuningdek, tadbirda Qo‘mita ochiqligini ta’minlash yuzasidan e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirish va dolzarbligini ta’minlash yuzasidan OAV vakillari va blogerlarning taklif hamda tavsiyalari tinglandi.

📄 Murojaatchilardan O.Ahmedovning ikki yil davom etgan uy-joy muammosi yechib berilgani, N.Ummatov “XOVOS TUMANI YO‘LLARDAN FOYDALANISH” DUKning gaz bo‘yicha 130 mln so‘mdan ortiq asossiz qarzdorligi va S.O‘rolovaning foydalanishga topshirilgan uyning ta’mirtalabligi bo‘yicha murojaatlari qisqa vaqtda ijobiy yechim topganligi uchun hududiy boshqarmaga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

ℹ️ Ma’lumot o‘rnida. Sirdaryo hududiy boshqarmasiga 2023-yilda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1000 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 170 mingdan ortiq iste’molchilarning huquqlari tiklangan vа ular hisobiga 3 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik

FUQARODAN SAVOL:

📦 - Mahsulot qadog‘idagi belgilar nimani anglatishini bilasizmi?

🔝 JAVOB:

🔘 Mahsulot qadog‘ida yoki uning o‘ramidagi belgi va ramzlar iste’molchilar uchun mahsulotning u yoki bu xususiyatlari haqida, xususan uning ekologik tarkibi, tashish, saqlash va utilizatsiya qilish shartlari, qaysi materiallardan tayyorlanganligi va boshqa xossalari haqida xabar beruvchi belgilar hisoblanadi.

🔝Batafsil
___________

#Правовая_грамотность

ВОПРОС ОТ ГРАЖДАНИНА:

📦 - Знаете ли вы что означают значки на товаре?


🔝 ОТВЕТ:

🔘 Символы и знаки, наносимые на товары и на их упаковку, информируют потребителей о тех или иных свойствах товара, в частности, об экологических свойствах, правилах транспортировки, хранения, утилизации, из каких материалов сделаны и о других характеристиках.

🔝Подробнее

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tahlil #benzin

⛽️ AHOLIGA SIFATSIZ BENZIN MAHSULOTLARINI SOTGAN 7 TA AYOQSHLARGA NISBATAN CHORA KO‘RILDI

➡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “O‘zenergoinspeksiya” Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda aholini sifatli benzin mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida joylarda yoqilg‘i mahsulotlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ish yurituvchi yonilg‘i quyish shaxobchalaridan benzin mahsulotlari xarid qilinib, belgilangan tartibda tegishli laboratoriyalarga taqdim etildi. Laboratoriya tahlillari 7 ta xizmat ko‘rsatuvchi shaxobchaning benzin mahsulotlarini sifatsizligi bo‘yicha o‘z xulosasini bergan.

🔎 Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda AYoQShlar tomonidan 2023-yil AI-92 markali jami 26 ming litrdan ziyod sifatsiz avtobenzin sotilganligi, buning natijasida iste’molchilarga jami 277 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

🔝Batafsil

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

🎛 Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasida Qo‘mita rahbariyati A.Qayumov va F.Karabayev boshchiligida respublikamizda faoliyat yuritayotgan benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan sohadagi mavjud tizimli muammolarni aniqlash va import imkoniyatlarni oshirish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqishga bag'ishlangan “ochiq muloqot” o‘tkazildi.

🔝 Uchrashuvda sohada mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, xususan avtomobil benzini importini oshirish masalalari muhokama qilindi.

👥 Jumladan tadbirkorlar quyidagi muammolarni aytib o'tishdi.

🔘 Avtomobil benzini importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun banklar tomonidan ajratilgan kredit yuklamasi yuqoriligi.

🔘Logistika narxlari yuqoriligi, Rossiyadan Keles chegarasigacha bo‘lgan masofa (1700 km) uchun bir tonnasi uchun 150 doll bo‘lgan bir paytda ichki temir yo‘l orqali tashish xizmati 8-10 km uchun 15-20 dollni tashkil etishi.

🔘Import qilingan va Rossiya tomonidan benzin mahsuloti barcha standartlarga to‘g‘ri kelishi va sifati talabga javob berishi yuzasidan hujjatlar borligiga qaramay, respublikaga olib kirganda qo‘shimcha majburiy sertifikatlashdan o‘tkazish.

🔘Import qilingan benzin mahsuloti uchun QQS to‘lovini to‘lash muddati qisqaligi.

🔝Batafsil

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

🔎 JAMOATCHILIK VAKILLARI BILAN OCHIQ MULOQOTLAR DAVOM ETMOQDA

📼Joriy yilning 28-fevral kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Unda Qo‘mita rais maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i J.Ismoilov va boshqa tegishli tashkilot vakillari hamda ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirok etdi.

➡️ Tadbirda Qo‘mita ochiqligini ta’minlash yuzasidan e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirish va dolzarbligini ta’minlash yuzasidan OAV vakillari va blogerlarning takliflari hamda O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillarining O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan tadbirkorlar hamkorlik qilishi bo'yicha tavsiyalari tinglandi.

📄 "PANDA HAPPY" nodavlat ta'lim muassasasi rahbari G.Xadjimetova Yangiyo'l shahri suv ta'minotidan kelib tushgan 74 mln so'mlik asossiz qarzdorlik bo‘yicha murojaati qisqa vaqtda ijobiy yechim topganligi uchun hududiy boshqarmaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

ℹ️ Ma’lumot o‘rnida. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan jami murojaatlar 1 870 tani tashkil etadi.

➡️ Shulardan 165 ta yozma, 816 ta og‘zaki va 29 ta elektron shakllarda kelib tushgan. Virtual qabulxona orqali 860 ta murojaat qabul qilingan.
Murojaatlar sohalar kesimida:
🔘Uy-joy kommunal va transport 626 ta
🔘Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 704 ta
🔘Moliyaviy-ijtimoiy va aloqa xizmatlari 362 ta
🔘Reklama faoliyatini tartibga solish 8 ta

💵Murojaatlarni o‘rganish davomida iste’molchilar hisobiga 4 mlrd so‘mdan ortiq mablag' qayta hisob-kitob qilingan.

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija

🚘 BOSHLANG‘ICH TO‘LOV QAYTARILISHI TA’MINLANDI

Fuqaro avtosalondan “Chevrolet Cobalt” modeldagi avtomobil uchun belgilangan mablag‘ni to‘lov qilgan. Avtomashina o‘z vaqtida yetkazib berilmagan va fuqaro avtosalondan boshlang‘ich to‘lovini qaytarib olishni talab qilgan, ammo fuqaroning murojaati avtosalon tomonidan yechimini topmaganligidan Raqobat qo'mitasidan amaliy yordam so‘ragan.

Amalga oshirilgan ishlari natijasida, 72 889 945 so‘m pul mablag‘i fuqaroga qaytarib berildi.

🔝 Batafsil
___________________
#обращение_и_результат

🚘 Приобретённый гражданином в автосалоне автомобиль модели “Chevrolet Cobalt” оказался неисправным, по этой причине он потребовал от автосалоне возврата денег или замену автомобиля на новый, но не достигнув каких-либо результатов, гражданин обратился за практической помощью в Комитет по конкуренции.

В результате проделанной 72 889 945 сум был возвращен в пользу гражданина.

🔝 Подробнее

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija

🔝 FUQARONING QONUNIY HUQUQLARI HIMOYA QILINDI

🔝 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga fuqaro “DIYOR EXPORT CO” MCHJ xizmatidan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan.

O‘rganish ishlari natijasida fuqaro xonadoniga 6 kvt/soatli quyosh paneli o‘rnatib berilishi ta’minlandi.

🔝Batafsil
_______________________________________

#Обращение_и_результат

🔝 ЗАЩИЩЕНЫ ЗАКОННЫЕ ПРАВА ГРАЖДАНИНА

🔝 В Комитету по развитию конкуренции и защите прав потребителей обратился гражданин с выразившего недовольство услугами ООО «DIYOR EXPORT CO».

В результате проведенной работы обеспечена установка солнечной панели мощностью 6 кВт/ч в доме гражданина.

🔝Подробнее

Kanalga ulanish 🔝 https://www.tg-me.com/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Anons #Sifat_nazorati

🤔 ZIRAVOR MAHSULOTLAR SIFATI TALAB DARAJASIDAMI

🔝 Raqobat qo‘mitasi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda navbatdagi "Nazorat xaridi"ni o‘tkazdi.

🔝 3 ta ishlab chiqaruvchi korxonalarning ziravor mahsulotlaridan namunalar xarid qilindi va sifatini o‘rganish maqsadida laboratoriyaga topshirildi:

🔘"ОРЕГАНО"
🔘"ПРИПРАВА ДЛЯ ШАШЛЫКА"
🔘"ОМЕГА РЫБЫ"

🔬 Sinov natijalari qanday?

👥 Hurmatli iste’molchilar, xarid qilgan tovarlaringiz nuqsonli yoki sifatsizligidan norozi bo‘lsangiz Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

🔝Batafsil

Kanalga ulanish
🔝 https://www.tg-me.com/RaqobatGovUz

🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/04 16:54:56
Back to Top
HTML Embed Code: