Telegram Web Link
Коракалпогистон Амударё тумани 44 сонли мактабдан
Farg'ona viloyati Oltiariq tumani 21-umumiy o'rta ta'lim 2-V O'quvchisi Numanjonova Bahoraxon va 24-umumiy o'rta ta'lim 7-sinf o'quvchisi Abdusalomova Nuriza.
Андижон вилояти Кургонтепа тумани 48-мактаб 2-синф Кенгуру олимпиада катнашчилари
Ассалому алайкум. 2025 йилнинг 25 март куни булиб утган Кингру олимпеадасида менинг фарзандим Кашкадарё вилояти Муборак туман 3-сон мактаб номидан иштирок этди. Яхши тасуротлар бн кайтди. Рахмат сизларга.
Do‘stlar, «Kenguru» tanlovining asosiy maqsadi – bolalarning bilimini sinash, ularni motivatsiya qilish va matematika faniga qiziqishini oshirishdir. Qiziqarli va noodatiy masalalar – bu tanlovning asosiy mohiyatidir. Shuningdek, bu tanlov xalqaro tadbirlarda qatnashish imkoniyatini ham beradi.

Sovg‘alarga kelsak – futbolka, ryukzak, kepka yoki shopper – bular faqat bonus, ya’ni qo‘shimcha e’tibor ramzi, lekin tanlovning maqsadi emas. Sovg‘alar tanlanmaydi, shuning uchun biz oldindan qaysi sovg‘a bo‘lishini aytib o‘tmaymiz.

Biz hech qachon sovg‘alarni birinchi o‘ringa qo‘ymaganmiz, va bunga ortiqcha e’tibor qaratish shart emas. Agar kimdir uchun bilim emas, balki aynan sovg‘a muhim bo‘lsa, unda ehtimol «Kenguru» tanlovi ular uchun mos emas. Bunday holatda, ular shu pullariga xohlagan narsasini bozordan xarid qilishi mumkin. Bizning birinchi maqsadimiz – bolalarning bilimini oshirish va rivojlantirish.
2025/06/28 20:38:14
Back to Top
HTML Embed Code: