Telegram Web Link
Bugungi haykingdan olingan rasmlar. Past ISO bilan birinchi marta rasmga oldim. Yorug’lik boshlang’ich eng katta faktor ekan.

Ishimdan tashqari shunday hobbilarim uchun ham vaqt ajrata olganimdan xursandman. Hayotning har bir sektorida muayyan maqsad qo’ya olish imkoniyatini beradi. Hayking uchun keyingi rejamda ko’l yoki daryo oldiga borish ekan. Illinois’ning g’arbiy qishloqlari shular jumlasidan.

Kuningiz xayrli o’tsin!
Google LLC
Tesla, Inc
TheFacebook, Inc
Coca Cola, Co
Twitter, Inc
Uber Technologies, Inc
HP, Inc
Airbnb, Inc

Yuqorida sanab o’tilgan brendlar, aniqrog’i kompaniyalar barchasi Delaware shtatida ro’yxatdan o’tgan. Lekin deyarli barchasining bosh ofisi Kaliforniyada.

** LLC - Limited Liability Company
** Co - Company
** Inc - Incorporated
Pitsa zakaz qilasan. Pulini to’laysan. Xamirdan pechkagacha real vaqtda kuzatib turasan. Qarabsanki issiqqina pitsa tayyor. Easy 🍕
Bora bora shunaqa stereotip paydo bo’lib qolyapti. Chicago’dan qancha mil uzoqda bo’lsa, shuncha xavfsiz va hotirjam hayot. Afsuski ko’chib ketmaguncha buni tushunib yetmadim. 30-40 mil uzoqdagi shaharchalarga borib, xattoki mashinani ochiq qoldirib magazinga kirib chiqishim mumkinligini hayolimga keltira olaman. Ko’chada yolg’iz ota-onalarisiz velik uchib yurgan bolalarni ko’rib esa rostan xayron qolaman. Ishoning bu aqlbovar qilmas tinchlik-xotirjamlik.

@copypaste
Ba’zi tengdoshlarim chekishni, ichishni boshlash yoki tashlash arafasida turgan bir paytda, men Coke’ni tashlash bilan ovvoraman. G’alatiya. Onamga bir necha marta vada berib bo’ldim. 15 yildan buyon birga yashamasak ham 24/7 sog’ligim haqida qayg’uradi. Katta mas’uliyatni his qilaman oldilarida.

@copypaste
4 yil avval sayohat qilishni maqsad qilgan shahar, davlatlar ro’yxatiga bir qaradim. Prioritetlarim ancha o’zgaribdi. O’chirib yangi ro’yxat tuzdim. Xattoki sayohat maqsadlarim shunchalik o’zgarishini kutmagan edim. Hozir baland binolar yoki “hayp”ga ega joylar emas, balki takrorlanmas tajriba meni o’ziga ko’proq tortishini tushundim. Vaqt o’tyapti, shu bilan birgalikda aslida nima xohlashimni tushunib boryapman. Bu to’laqonli tabiiy xolat. Va shunday bo’lishi ham kerak.

@copypaste
Tabriklayman. So’nggi 11 oyda rivojlanishimga ta’sir qiluvchi 0 ta kitob o’qidim. Ha, umuman yo’q. Yomon natija, tan olaman.

Universitet kitoblari bundan mustasno!
Menga U.S Army (AQSH xarbiy armiyasi) dan kompyuter mutaxassisi pozitsiyasiga ish taklifi keldi. Ish haqi o’rtacha. Soatiga $30 va boshqa sug’urta va ijtimoiy kompensatsiyalari bilan.
Eng yoqimli xavo bu yomg’irdan so’ng quyosh chiqishi. Tanangizni kuydirmaydi, ko’zingizni qamashtirmaydi. Rasmga olgan joyda quyoshli kuz tabiatini ulashmoqchi edim. Lekin, rasmga yana bir marta qaragach boshqa bir fikr keldi.

Bu Cook County’da eng tinch va boy joylardan hisoblanadigan mahalla. Ko’chada hijobli ayollarni ko’p uchratdim. Din bo’yicha musulmonlar, yaxudiylar aralash. Kattaroq, farzandli oilalar yashaydi (yon oynadagi aks etgan orqa tomonga qarang). SUV rusumidagi mashinalarga kichik oilalar ko’pincha oilasi kattalashganda o’tadi. Bolalar ko’p bo’lgan mahalla, odatda tinch va xavfsiz. Chunki odamlar o’zlari qidirib keladi bunday joylarni. Maktablar ham o’rtacha 3 mil radiusda. Talab ham tabiiy ravishda juda katta. Ko’chmas mulk esa tahmin qilganingizdek “osmon”da. Qimmatlashgandan so’ng faqat puli yetadiganlar boylar kelishni boshlaydi.

Barchasi o’z kuzatishlarim asosida.
Hozirgacha 20,000 ta sotilibdi. Gross $2 million. 2023-yildan boshlab dostavka qilinadi. Oldindan to’lov.

Elon Musk har qanday sohaga ta’sir o’tkaza olishiga isbot
Yana bir job offer keldi. Bu safar to’g’ridan to’g’ri shaxsiy emailga. Masofadan ishlash imkoniyati bilan. Yiliga $80K-$90K beraman deyapti.

Agar soliq to’lanmasa, yaxshi narx. Aksariyat kompaniyalar boshlang’ich taklifi $100K bo’lsada, lekin shtat va federal soliq bilan hisoblasa, qo’lda u va’da qilingan summa qolmaydi. Ko’ramiz.
Yana bir muhim narsa yodimdan ko’tarilibdi.

AQShda inson mehnati judayam qadrlanadi va u eng qimmat resurslardan biri. Qo’l mehnati yoki intellektual mehnat farqi yo’q, albatta haqi to’lanishi shart. Hech kim sinov muddati uchun shunchaki TEKINga ishlab bermaydi. Ketgan 1 soat mehnat uchun ham pul to’lanadi.

Oylik yoki ish haqiga kelsak, bu eng muhim faktor sifatida qaraladi. Doimo oldindan aniq kelishib olishadi. Pulni to’lash, qachon va qanday usulda, barchasi. Garchi ko’plab madaniyatlarda bu hijolatchilik sifatida qaralib, ish boshlashdan avval ish haqidan og’iz ochilmasada.

Hijolat bo’lish yoki “avval ishingni ko’raylikchi keyin pul beramiz” degan frazalar ishlamaydi buyerda. Ishxonaga judayam “sadoqatli” bo’lganingiz uchun qo’shimcha 1-2 soat ortiqcha ishlashga ham majbur emassiz. Agar soatiga qo’shimcha haq to’lasa, bu boshqa gap. Vaqtingizga eng muhim resurs sifatida qarashni boshlaysiz va tekinga sarflab yuborishni istamaysiz

Pul borasida konkretlik va ochiqlik ishxonada doim baraka olib keladi. Olishda ham berishda ham. Bu eng to’g’ri yo’l va aslida shunaqa bo’lishi ham kerak deb o’ylayman.

@copypaste
Amerikada maktab o’quvchilarining alohida mahsus avtobusi bor. Bu haqida ko’pchilik yaxshi biladi. Hech bo’lmasa kinolarda ko’rganmiz bu sariq uzun avtobuslarni.

Yana bilish kerak bo’lgan jihatidan biri bolalarning xavfsizligi. Bu rasmni bugun yo’lda oldim. Avtobus to’xtagan paytda yon tomonidan “stop” belgisi chiqib turibdi. Yo’lning ikki tomonidan kelayotgan mashinalar hammasi to’xtashi kerak. Men qarama qarshi yo’lda bo’lsam ham to’xtayman toki bolalar avtobusga chiqib yoki tushguncha va “stop” belgisi pastga tushguncha. Yo’lda uzun traffik paydo bo’ladi albatta. Lekin qaysidur bolakay yo’lga yugurib chiqishi va avtohalokat bo’lishini oldini olish uchun xavfsizlik yo’llaridan biri. Undan tashqari avtobus barcha tomonida kameralar bilan jihozlangan.

Xo’p, bu yo’ldagi xavfsizlik chorasi bo’lsa, unda avtobus xaydovchisi har bitta bola uchun maktabdan uygacha bo’lgan vaqtda xavfsizlikka javobgar bo’ladi. Men yashaydigan shtatda maktab avtobusi xaydovchisi “pravasi” yoki ruxsatnomasini olish uchun quyidagi shartlar bor ekan.

- kamida 3 yillik tajriba
- avtobus haydovchilik testini topshirish (yozma va amaliy)
- drug test (fizik xolati va narkotik uchun)
- davlat training darslarini tugatish (har 90 kunda)
- oxirigi 2 yil ichida umuman sudlanmaganlik
- oxirigi 3 yil ichida DUI jarimasi bo’lmasligi. (Mast xolatda rulda bo’lganda beriladigan jarima)
- Illinois shtati va FBI tomonidan to’laqonli chuqur tekshiruv
- hech qanday jiddiy avtohalokat qilmaganlik
- oxirgi 5 yilda hech qanday aqliy va psixologik kasallikka uchramaganlik
- va boshqa kichik testlar topshirish

@copypaste
O’zbekistonda yashagan paytim olmoqchi bo’lgan kitobimni originalini topib oldim. Hisoblab ko’rsam, bir marta tushlik puliga Amazondan shunday 2 ta kitob sotib olsam bo’lar ekan. Bir amallab har 2 xaftada 1 ta kitobni tugata olsam, 1 oyda shaxsiy rivojlanish uchun $15 sarflayotgan bo’laman.
Yomonmas!

@copypaste
13 yoshdan kichik bolakaylarni qo’liga telefon bermang. Yo’qsa ruxsatsiz pitsa buyurtma berib yuborishi mumkin)
Until I moved to United States, I’ve lived whole teenage life in collectivism culture. Now I am in the middle of adapting to individualism culture. It’s another level of experience. Here is 3 points I have figured out so far.

1. You start to feel that your opinion, choice should be always considered no matter wrong or right. If you don’t like smth that everyone is ok with. That’s totally fine. Saying NO does not bother others. No pressure from outside too. You only need to find a point in the middle of common preferences.

2. Being dependent upon someone (including parents) feels embarassing. You understand that you are only responsible for your good/bad decision. Where to stay, who to talk and so on. Blame yourself for anything happens bad in your control zone (I know it is difficult). So independence is highly valued.

2. Being unique is your emphasis as it stands out you from others. Because there are thousands of people who act, dress, live and decide in same way. You probably ask yourself, “Does it worth to live in such way”. So it starts to seem boring to walk in same street everyday.

Trust me, it is another feeling. You feel either alone or accompanied in this culture based on how you truly react
Bu ma’lumotni avval eshitmagan bo’lishingiz mumkin

Chicago mahalliy vaqti Central Standard Time (CST)ga qarashli. Tabiatning oddiy yer quyosh atrofida aylanishi faktiga ko’ra, vaqt har yili 2 marotaba orqaga va oldiga suriladi. Raqamli soatlar davrida hech kim payqamaydi buni. Agar mexanik soatingiz bo’lsa vaqtni o’zingiz qo’lda o’zgartirasiz 😉

Masalan, shu yili 12-martdan boshlab, Toshkent vaqti bilan -10 soat farq qilishni boshladi. Lekin kuni kecha 6-noyabrga kelib esa, xuddi shu vaqt -11 soatga suriladi. Ya’ni ikki kun avvalgi vaqt farqi bilan bugungi vaqt farqi oralig’ida 1 soat g’oyib bo’lyapti.


Note: post yozayotgan paytimda, Chicagoda soat 09:15, Toshkentda esa 20:15. Kelasi mart oyigacha shunday 11 soat farq bo’ladi.
Telefon, kompyuter va barcha onlayn sinxron bo’la oladigan soatlar o’zgargan. Hech nima bo’lmagandek.

Lekin bu dashboarddagi soat avtomatlashmagan ekan. 1 soat orqaga surib qo’ydim)
2024/05/16 17:43:07
Back to Top
HTML Embed Code: