Telegram Web Link
Комил Алламжонов Саида Мирзиёева ва Отабек Умаров билан бирга Вашингтонда (фото).

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги директори Комил Алламжонов Facebook‘даги саҳифасида агентлик директори ўринбосари Саида Мирзиёева ҳамда Президентнинг кичик куёви Отабек Умаров билан бирга тушган суратини жойлаштирди.

Алламжонов фотога «Жамоаааа!! Бизга қўшил!!!» дея изоҳ қолдирган.

👉 @darak_uz
Sinoptiklar haroratning haqiqiy ko‘rsatkichlarini yashiryaptimi?

Yoz mavsumi ayni avjida va aholi o‘rtasida yana “sinoptiklar haroratning haqiqiy ko‘rsatkichlarini yashiradilar, aslida harorat kunduzi 47-50 daraja”, degan gaplar yuribdi. Ba'zilar esa o‘z maishiy asboblari 60 darajani ko‘rsatayotganini aytmoqdalar. Bunday insonlarni ishontirish qiyin, deyiladi “O‘zgidromet” taqdim etgan ma'lumotda.

Quyida haroratning qanday o‘lchanishi to‘g‘risida ma'lumot berilgan.

Hozir aholi o‘rtasida haroratni aniqlaydigan maishiy termometrlar keng qo‘llanilmoqda. Ko‘pincha, bu asboblarning qabul qilish qismi, shahardagi elektron tablolarga harorat to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yetkazuvchi termometrlarning qabul qiluvchi qismlari tik quyosh nurlari yoki atrofdagi predmetlarning issiqlik nurlanishidan himoyalanmagan. Bunday holatda termometr havo haroratini emas, balki termometrning qabul qiluvchi qismi qizigan darajasini o‘lchaydi.

To‘g‘ri quyosh nurlari ostida (ochiq havoda) bo‘lgan inson havo haroratini emas, Quyoshdan kelayotgan, yer yuzasidan ko‘tarilayotgan hamda atrofdagi qizigan predmetlar o‘zidan chiqarayotgan energiya ta'sirida issiqlik bosimini his etadi. Avtomashinadagilar quyosh nurlari ta'sirida qizigan mashina korpusining issiqlik nurlanishini his qiladi. Shuning uchun tik quyosh ostidagi harorat soyaga qaraganda ancha yuqoridek seziladi.

Issiqlik nurlanishi omillari ta'sirini istisno qilish va meteorologik kuzatuvlarning taqqoslana olinishini ta'minlash maqsadida ular butun dunyoda Jahon meteorologiya tashkiloti qoidalariga muvofiq yagona uslubda va yagona standart sharoitlarda o‘tkaziladi. Xususan, havo harorati yer sathidan 2 metr balandlikda o‘rnatilgan maxsus shamollatiladigan meteorologik budkada o‘lchanadi. O‘lchov asboblari doimiy ravishda tekshiriladi, ularning ko‘rsatkichlari etalon asbob ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi.

Shuning uchun havo harorati to‘g‘risida aniq ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘lsangiz, “O‘zgidromet” prognozlaridan foydalaning va ularga ishoning, deyiladi ma'lumotda.

Bildirilishicha, shahar aholisi yoz jaziramasini yengilroq o‘tkazishi uchun quyuq soya beradigan daraxtlarni ko‘proq ekish, aholining dam olishi maqsadida yashil xiyobonlar va serdaraxt parklar barpo etish, ariqlarni chiqindilardan tozalab suv bilan to‘ldirish zarur. Bularning barchasi shaharda maqbul mikroiqlim va ana shunday jazirama issiq kunlarda qulay yashash sharoitlarini yaratadi.

Jahonda eng yuqori havo harorati AQShning Kaliforniya shtatidagi O‘lim vodiysi va Liviya cho‘lida qayd etilgan (57-58°S). 

O‘zbekistonda eng yuqori harorat Qizilqum cho‘lida va Termiz shahri yaqinida qayd etilgan (50°S).

Toshkent shahrida yoz mavsumining absolyut maksimumi 44.6 daraja issiqqa teng. (1997 yil 18 iyul).

👉 @darak_uz
Issiq deysizmi? Unda mana bu shaharlarga borib ko‘ring!

O‘zbekistonda saratonga xos haqiqiy jazirama hukm surmoqda. Har yili aynan mana shunday kunlarda eng issiq yil bo‘lgani, sinoptiklar asl haroratni yashirayotgani kabi mish-mishlar urchiyveradi. Ammo dunyo statistikasi olib qaralsa, O‘zbekiston shaharlari issiq o‘lkalar o‘nligi tugul elliktaligiga ham kira olmaydi. E’tiboringizga havola etayotgan eng issiq shaharlar reytingi buning isbotidir.

Muhim jihat – eng yuqori harorat reytingini tuzishda ko‘plab uslublardan foydalanilgan. Kimdir yil davomida kechuvchi o‘rtacha haroratni olsa, yana qaysidir tadqiqotchi eng issiq paytlarda qayd etilgan absolyut rekordlarni ro‘yxatga olgan. Ko‘pchilikni aynan o‘sha eng yuqori harorat qiziqtirishini hisobga olib, aholi muntazam yashaydigan yirik va eng issiq shaharlar yettiligini e’tiboringizga havola qilamiz*.

Ularda qayd etilgan eng yuqori harorat hatto dunyo bo‘ylab eng baland hisoblangan O‘lim vodiysiga juda yaqin kelib qolganligining ham o‘ziga xos sabablari bor. Aholining o‘ta zichligi, sanoat rivojlangani tufayli gazli ajratmalar, avtomobillar tirbandligi kabi omillar yuqori haroratga sabab bo‘ladi.

Avvalo, umuman, O‘zbekistonda, keyin poytaxt Toshkentdagi mutlaq rekordni bir eslab olsak va ana shunga qarab solishtirib ko‘rsak. Demak, O‘zbekistonda eng yuqori harorat Qizilqum cho‘lida va Termiz shahri yaqinida qayd etilgan (50°S), Toshkent shahrida yoz mavsumining absolyut maksimumi 44.6 daraja issiqqa teng (1997 yil 18 iyul).

7. Afrika... Jazirama... Qohira...
To‘g‘ri, Afrika qit’asida absolyut ko‘rsatkichlarda Qohiradan ham issiqroq hududlar bor. Ammo yuqorida aytganimizdek, bugun biz yirik shaharlar va ulardagi tabiat bilan birga inson omili tufayli yuzaga kelgan yuqori harorat haqida gapirmoqdamiz. Qohirada taxminan 20 mln aholi bor. Shularning faqat 2 mln nafarga yaqinigina Nil daryosining shabadasidan bahra olishadi. Qolganlar bu ne’matdan mahrum, yoz oylarida issiqda qovuriladigan bu shaharda harorat 48-49 darajagacha chiqishi mumkin.

6. Feniks va Las-Vegas. AQSh 
Bu shaharda yoz oylarida kechuvchi dahshatli jaziramaga qaramay, Feniks AQShning yirik shaharlaridan biri, o‘ziga yarasha osmono‘par binolarga, rivojlangan sanoatga ega. Bu shahar yog‘ingarchiliklardan deyarli mosuvo, quruq va quyoshli iqlimda harorat 49-50 darajaga ko‘tarilib turadi. “Gunohlar shahri” deya ataluvchi, kazinolarga boy Las-Vegas shahri ham ayni shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Feniks qatorida turadi.

5. Muqaddas Makka shahri
O‘z aholisi 2 mln atrofida bo‘lgan bu shahar yiliga o‘rtacha 15 mln nafar ziyoratchini qabul qiladi va tabiiyki kichik hududda o‘ta ko‘pchilik to‘planishi, shaharning o‘z hayoti va shundoq ham quyoshli iqlim harorat rekordlariga sabab bo‘ladi. Bu shaharda 40 daraja issiqlik salqin hisoblanadi, haroratning 50-51 darajaga borishi hech kimni ajablantirmaydi.

4. Melburn, Avstraliya
Melburnning o‘ziga xos xususiyati bu yirik shaharda deyarli yil bo‘yi issiq havo hukmron. Janubdan keladigan garmsel, muntazam kuzatiluvchi o‘rmon yong‘inlari aholi zich bu shahardagi haroratni 51 darajaga ko‘tarib yuboradi.

3. Gonkong va Bangkok
Ko‘pchilik Gonkong va Bangkokni adashtirishadi. Ularning o‘xshash jihatlari bor, ikkisi ham Osiyoda, sayyohlari juda ko‘p. Bundan tashqari, yana bir umumiyligi bor – yuqori harorat.

Bir vaqtlar Britaniya koloniyasi bo‘lgan Gonkong Xitoy tasarrufiga o‘tganidan keyin ham o‘z yuqori turmush tarzini, jozibasini yo‘qotmadi. Ammo uni og‘ir muammo – iqlim o‘zgarishlari qiynaydi. O‘ta rivojlangan sanoat, yuqori avtotirbandlik, zich aholi, quyoshli va nam iqlim ta’sirida yoz oylarida haqiqatan ham nafas olish og‘irlashib qoladi. Bu omillar birlashib ba’zan termometrlar 52° S ko‘rsatkichni namoyon etadi.

Poytaxti Bangkok shahri bo‘lgan Tailand yozi ko‘pchilik sayyohlarni o‘ziga chorlaydi. Ammo Bangkok yirik sanoat shahri hamdir. Yozning uch oyida harorat 50 darajadan oshishi bir necha martalab kuzatilishi mumkin. Ba’zan 53 darajali rekordlar ham qayd etiladi.

2. Mexikali, Meksika
Meksikaning Mexikali shahrini “quyosh asirligidagi shahar” deya ta’riflashad
i va bu bejizga emas. Dengiz sathidan 8 metr balandlikdagi tepaliklarda joylashgan bu shahar sayyoramizning yirik aholi muntazam yashovchi eng qaynoq nuqtalaridan biridir. Bu hududda 54° S ko‘rsatkich bilan birovni ajablantirib bo‘lmaydi.

1. San-Luis-Rio-Kolorado, Meksika
Chorak millionlik yirik aholi punkti bo‘lgan, Meksika sahrolarida joylashgan bu shaharni ko‘pchilik bilmaydi. Ammo absolyut rekord qayd etilgan Kaliforniya O‘lim vodiysiga yaqin joylashgan bu shaharda haqiqiy jazirama bor bo‘yi bilan namoyon bo‘ladi. Shimoliy Afrika, Saudiya Arabistoni, Iroq kabi o‘ta issiq hududlar bilan bir mintaqada joylashgan bu shaharda shunga qaramay aholi muntazam yashaydi, o‘ziga yarasha sanoat rivojlangan va hatto sayyohlar ham talaygina. Haroratning yuqori cho‘qqisi 55,5-56,5° S darajagacha boradi.

* Bu ro‘yxat bilan tanishganlar darhol Afrika jaziramalari kirmaganligi uchun uni shubha ostiga olishlari mumkin. Ammo yuqorida ta’kidlanganidek, avvalo, aynan yirik shaharlar tanlab olingan va ulardagi inson omili haroratga ham ta’sir qilgan. Bundan tashqari, Afrika chindan ham issiq qit’a bo‘lsada, undagi harorat yillik ko‘rsatkichlar bo‘yicha, ya’ni muntazam davom etishi, qish bo‘lmasligi bilan yuqori hisoblanadi. Ammo absolyut ko‘rsatkichlarda yirik shaharlar bo‘yicha bu qit’a yetakchilik qila olmaydi.

Shuningdek, yiliga minglab odamlar aynan issiqlik tufayli nobud bo‘ladigan Hindiston shaharlari kirmaganligining ham o‘ziga yarasha sabablari bor: bu davlatdagi past turmush tarzi, qashshoqlik issiqdan himoyalanish imkonini bermaydi va shu tufayli jaziramada katta o‘lim ko‘rsatkichlari qayd etiladi.

Abror Zohidov tayyorladi.
@darak_uz
🛑 2019 йил 1 АВГУСТДАН ЖАРИМА НАРХЛАРИ ЎЗГАРАДИ!

ЯНГИ ЖАРИМАЛАР МИҚДОРИ БИЛАН ТАНИШИНГ, ДЎСТЛАРИНГИЗГА ЮБОРИНГ!

Хавфсизлик камарини тақмаслик: 111 500 сўмдан – 223 000 сўмгача

Телефондан фойдаланиш: 669 000 сўмдан – 1 115 000 сўмгача

Телевизордан фойдаланиш: 223 000 сўмдан – 1 115 000 сўмгача

Тезликни ошириш: 223 000 сўмдан – 3 345 000 сўмгача

Қизил чироқда ўтиш: 446 000 сўмдан – 1 115 000 сўмгача

Тўхтаб туриш қоидасини бузиш: 669 000 сўмдан – 3 345 000 сўмгача

Транспортни ҳужжатсиз бошқариш: 223 000 сўмдан – 2 230 000 сўмгача

Суғуртасиз машинани бошқариш: 223 000 сўмдан – 669 000 сўмгача

Носоз транспортдан фойдаланиш: 669 000 сўмдан – 1 115 000 сўмгача

Маст ҳайдовичга транспортни бериш: 3 345 000 сўм

Мастликни текширишдан бош тортиш: 669 000 сўмдан – 6 690 000 сўмгача

Маст ҳолатда машина ҳайдаш: 5 575 000 сўмдан – 8 920 000 сўмгача

Авариядан кейин қочиб кетиш: 6 690 000 сўм

Пиёдалар йўлакчасидан юриш: 223 000 сўмдан – 892 000 сўмгача

Сигнал ва фара қоидасини бузиш: 223 000 сўм

Фараларни ойнасимон қорайтириш: 223 000 сўмдан – 446 000 сўмгача

Темир йўлдан ўтиш қоидасини бузиш: 669 000 сўмдан – 1 115 000 сўмгача

Гуруҳ бўлиб ҳаракат қилиш: 669 000 сўмдан – 1 115 000 сўмгача

Авария ҳолатини келтириб чиқариш: 1 115 000 сўмдан – 4 460 000 сўмгача

Ўзганинг транспортига шикаст етказиш: 446 000 сўм

Енгил тан жароҳати етказиш: 1 115 000 сўм

Йўл ва йўл-иншоотларини шикастлаш: 2 230 000 сўмдан – 3 345 000 сўмгача

ДАН ходими талабини бажармаслик: 111 500 – 669 000 сўм

Юк ташиш ва шатакка олиш: 1 115 000 сўмдан – 3 345 000 сўмгача

Машинада шахсий бойлик орттириш: 446 000 сўмдан – 1 115 000 сўмгача

Пиёдалар йўл қоидасини бузиши: 66 900 сўмдан – 669 000 сўмгача.


@darak_uz
МБ ВАЛЮТАЛАРНИНГ ЯНГИ КУРСИНИ БЕЛГИЛАДИ: ДОЛЛАР НАРХИ ОШИШДА ДАВОМ ЭТМОҚДА

Марказий банк 16 июлдан эътиборан хорижий валюталарнинг ўзбек сўмига нисбатан янги қийматини белгилади.
Ўтган ҳафтадаги қиймат билан солиштирганда, долларнинг расмий курси 6.14 сўмга ошиб, 8584.50 сўмни ташкил қилди. 

Евро курси 45.52 сўмга ошиб, 9673.87 сўмни ташкил этди.
👉@darak_uz
#Kun fotosi:
#Suriyada jurnalistning fotokamerasini avtomat deb
o‘ylab qo‘lini ko‘targan qizaloq.
Tinch ekanimizga shukr qilaylik!
👉@darak_uz
Танишинг — Ўзбекистон футбол ассоциациясининг янги президенти. ДХХ раиси бир пайтнинг ўзида ушбу лавозимга ҳам сайланди.
👉@darak_uz
Бугун магнит бўрони юз берди – у охирги 10 йил ичидаги энг кучлиси бўлиши мумкин

Астрономлар 15 июль куни Ерга ўта кучли магнит бўрон келгани ҳақида огоҳлантирди. 

Об-ҳаво сезгир одамлар ўзини ёмон ҳис қилиши мумкин, айниқса юрак-қон томир билан ҳасталанганлар.

Шу кунларда қон босини назорат қилиш, стресс ҳолатлардан қочиш, кўпроқ чой ва ўтли (мойчечак, пустирника, валериана) дамланмаларни ичиш тавсия этилади.

Мутахассисларнинг фикрига кўра, бу магнит бўрон сўнгги ўн йил ичида энг кучли бўлиши мумкин.

2019 йилда қуёш фаолигининг янги 11 йиллик цикли бошланди. Қуёш магнит бўронларининг фаоллиги ва кучлиги кучайиб бормоқда.

Олимларнинг сўзларига кўра, электромагнит
энг чўққиси 2022-2023 йилларга тўғри келиши мумкин.
👉 @darak_uz
Олий таълим муассасаларига ўқишга кириш учун 1 миллиондан ортиқ абитуриент рўйхатдан ўтказилди

2019/2020 ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриатига абитуриентларни рўйхатдан ўтказиш якунланди. Бу ҳақда Давлат тест маркази хабар бермоқда.

Республика бўйича жами 60 та олий таълим муассасалари ва уларнинг 30 та филиалларига кириш учун 1 млн. 66 минг 925 нафар абитуриент рўйхатдан ўтказилди. Шундан:

кундузги таълим шаклига - 718 097 нафар;
кечки таълим шаклига - 13 821 нафар;
сиртқи таълим шаклига - 335 007 нафар абитуриент рўйхатдан ўтди.

Абитуриентларни рўйхатдан ўтказиш 90 та олий таълим муассасаларининг қабул комиссиялари ва 201 та Давлат хизматлари марказларида 4 500 дан ортиқ операторлар томонидан амалга оширилди, дейилади хабарда.


👉 @darak_uz
Gulnora Karimovada surunkali kasalliklar borligi aniqlangan

Gulnora Karimova 2017-yil dekabr oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilganda unda ma’lum bir surunkali kasalliklar aniqlangan. Bu haqda bugun, 17-iyul kuni IIV huzuridagi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (JIEBB) vakillari jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda«Daryo».

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan anjumanda JIEBB Davolash profilaktika yordamini tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Yusupov mahkuma Gulnora Karimovada o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar haqida axborot berdi.
Bahodir Yusupov.

«Jazoni ijro etish muassasiga kelib tushgan har bir shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qon tahlili natijalari va boshqa turdagi tibbiy ko‘riklar amalga oshiriladi. Mahkuma Gulnora Karimova ham shu kabi tekshiruvlardan o‘tgan. Karimova 2017-yil dekabr oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilganda unda ma’lum bir surunkali kasalliklar aniqlangan. U 2019-yil 14-martda 21-sonli jazoni ijro etish muassasiga kelib tushganda ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Gulnora Karimovada mavjud bo‘lgan surunkali kasalliklar zo‘rayib ketmasligi uchun bir qancha mutaxassislar jalb qilingan. Jumladan, tibbiy tekshiruv jarayonlarida endokrinolog, gastroenterolog kabi 10 dan ortiq shifokorlar yordamidan foydalanilgan. Bu shifokorlar bevosita Jazoni ijro etish bosh boshqarmasidagi mahkumlarga mo‘ljallangan mutaxassis shifokorlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi yetakchi mutaxassis shifokorlaridir. Hozirda Karimovaning salomatligi qoniqarli», — degan Bahodir Yusupov.
👉@darak_uz
O‘zbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlardan biri deb topildi

O‘zbekiston dunyoda yashash uchun eng arzon mamlakatlardan biri deb topildi. Bu haqida Numbeo portali xabar berdi deb yozmoqda Sputnik.

Aslida ushbu reyting “Yashash narxi reytingi” deb ataladi. Uni aniqlash uchun dunyodagi 136 ta mamlakatda inson yashashi uchun kerak bo‘ladigan asosiy xarajat turlarini aniqlab, ularning o‘rtacha qiymatini hisoblab chiqqan.

Reytingni hisoblashda, ya’ni oziq-ovqat narxi, turar joy ijara to‘lovlari, ipoteka to‘lovlari, transport va sug‘urta to‘lovlari, restoranlar narxi hamda mahalliy aholining o‘rtacha maoshi,  sotib olish imkoniyatlari miqdori hisoblab chiqilgan.

Reyting jadvalida ko‘rsatilgan raqamlar bu – ballardir. Ballar Nyu York shahri yashash indeksiga nisbatan aniqlangan. Ya’ni Nyu York shahrida yashash indeksi – 100 ball, pul qiymatida - 4600 $ deb belgilangan.

Boshqa davlatlarda ushbu indeks u yerda yashash Nyu Yorkdan qimmat yoki arzonligini bildiradi. Masalan, Shveysariya – 122 ball olgan. Demak ushbu mamlakatda bir kishi yoki oila uchun bir oylik yashash xarajatlari Nyu Yorkdan  22% qimmat, ya’ni - 5612 $ ni tashkil qiladi.

O‘zbekiston esa reytingda 25 ball olgan. Demak O‘zbekistonda yashash Nyu Yorkka nisbatan 4 baravar arzon, ya’ni 1150 $.

Numbeoga ko‘ra O‘zbekiston dunyodagi yashash uchun eng arzon bo‘lgan mamlakatlar orasida - 6 o‘rinni egallagan. Oldinda faqat Pokiston, Afg‘oniston, Suriya va Hindiston kabi mamlakatlarni ko‘rish mumkin.

Qo‘shni Qirg‘izistonda yashash O‘zbekistondan ko‘ra qimmatroq – 28 ball, Qozog‘istonda – 30,  Ukraina – 30 ball.

O‘rtacha indeksli mamlakatlar – Turkiya (35 ball), Indoneziya (36), Rossiya (38), Polsha (39), Xitoy (40), Eron (41), Litva (45), Chexiya (45). Eng qimmat mamlakatlar esa – Norvegiya (104), Yaponiya (85), Gollandiya (83), Singapur (80), Isroil (79)va Janubiy Koreya (75).
@darak_uz
O‘zbekiston hukumati deyarli barcha elektr stansiyalarni bir necha yil davomida xususiy sarmoyadorlarga sotishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda bugun respublika energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda elektr stansiyalardagi aksiyalar bir qismini xususiy investorlarga sotish va davlat-xususiy sheriklik asosida qo‘shma korxonalar tashkil etish ko‘rib chiqilmoqda. Keyingi bosqichga «elektr stansiyalar aktivlarini butunlay xususiy investorlarga sotish» aylanadi.

«Yakunda bir nechta gidro elektr stansiyalar va AES davlat mulkida qoladi. Ya'ni, ishlab chiqarishning katta qismi xususiy shaxslarda bo‘ladi», - dedi Xo‘jayev energetika sohasidagi islohotlar bo‘yicha davra suhbatida.

«Elektr energetikasini bosqichma-bosqich isloh qilishning ushbu modeli iqtisodiyot tarmoqlari va aholining oshib borayotgan talablarini tariflarning keskin o‘sishi yuz bermagan holda qoplash, shuningdek, davlat roli bosqichma-bosqich qisqartirilishi hamda bozor munosabatlariga o‘tish bo‘yicha kafolat beradi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u. 
Pora evaziga OTMga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim muassasasiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan mas’ul xodim pora bilan qo‘lga olindi. Bu xaqda O‘zA xabar bermoqda.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent Davlat agrar universitetining Termiz filiali mas’ul xodimi “J.E.” Denov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning jiyanini o‘zi faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, evaziga undan 1.900 AQSh dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Prezident odamlar sotib olishga qurbi yetadigan mashinalar ishlab chiqarishni buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining barcha qatlamlari qurbi yetadigan arzon avtomobillar ishlab chiqarish haqidagi qarorni imzoladi.

O‘zbekistonda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bu prezident qarorida 2019–2023 yillarda avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilab berilgan. Xususan:

– yengil mashina ishlab chiqarish hajmi yiliga 350 mingtaga yetkaziladi;
– yengil avtomobillar o‘rtacha 60 foizgacha mahalliylashtiriladi;
– yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmi yiliga 10 mingtagacha oshiriladi;
– yiliga 100 mingta avtomobil eksport qilinadi;
– qator avtomobil modellari yangilanadi.
Shuningdek, «UzAutoMotors» bilan 2019 yil 1 oktyabrdan keyin shartnoma qilingan mashinalar aksiz solig‘idan ozod etiladi.

2019 yil 1 dekabrgacha «General Motors» bilan 2019-2022 yilga mo‘ljallangan barcha muzokaralar va shartnomalar nihoyasiga yetkaziladi.
«Qonun barchaga barobar». Otabek Umarov tezlikni oshirgani uchun jarima to‘ladi
O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov avtomobilida taqiqlangan tezlikda harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarima to‘ladi. 

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Otabek Umarov boshqaruvidagi «Tesla» rusumli avtomobil tungi vaqtda Toshkent shahri ko‘chalarida yuqori tezlikda (tezlik soatiga 201 kilometrgacha yetgan) harakatlanishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidentining ikkinchi qizi Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i bo‘lmish Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qoidalarni buzgani uchun o‘z ixtiyori bilan borib kommunal kassa orqali jarima to‘laganini ma'lum qilgan.

«Kuni kecha ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda men bilan bog‘liq video tarqalgani Prezidentimizning ochiqlik va so‘z erkinligi siyosati amalda ekanini ko‘rsatadi, deb o‘ylayman.

Jurnalistlar va blogerlar haqiqatan ham real hayotimizda bor muammolarni ko‘tarib chiqayotgani quvonarli. Sizlar jamiyatda ro‘y berayotgan voqealarga befarq emasligingiz, odamlarning mavqeyi va lavozimidan qat'i nazar tanqid qilayotganingiz bizni o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlashga va tartibga rioya qilishga chaqiradi. 

Bugunoq barcha jarimalar to‘landi. Qonun barcha uchun barobar! 

Shu fursatdan foydalanib, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining jonkuyar xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!», deydi u.

Aytish mumkinki, bu holat O‘zbekistonda so‘nggi yillarda o‘tkazilayotgan islohotlar, ayniqsa so‘z erkinligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi. Demakki, yuqori doiralar jamoatchilik fikrini kuzatmoqda, xalqni eshitmoqda va xalq bilan bilan hisoblashmoqda.

Otabek Umarov esa o‘z xatosini tan olib boshqa barcha davlat amaldorlariga o‘rnak bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, haydovchi aholi yashash joyida juda katta tezlikda u MJtK 128-3-moddasiga binoan, EKIH 9 baravari miqdorida, ya'ni 1 mln 824 ming so‘m jarima to‘laydi.
Mol-qo‘y, it-mushuklarni xatlash pulli bo‘ladi

 Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hayvonlarni identifikatsiya qilish uchun to‘lov joriy etishi mumkin. Nizom loyihasiga ko‘ra to‘lov summasi yirik shohli hayvonlardan mayda shohli hayvon, it-mushuklarga qarab, 2230 so‘mdan 4460 so‘mgacha belgilanishi mumkin.

19-iyul kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari to‘g‘risidagi nizom loyihasi joylandi.

Loyihada keltirilishicha, Nizom qoidalari davlat veterinariya xizmati tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlari uchun tatbiq etiladi. Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari uchun saqlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘paytirayotgan, boqayotgan hayvonlari identifikatsiya ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.

Qancha to‘lanadi?

Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun hayvon egalaridan quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:

- yirik shoxli mollar, ot, eshak va tuyalar - O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining* (keyingi o‘rinlarda BHM deb yuritiladi) 2 foizi (4460 so‘m);

- mayda shoxli mollar, cho‘chqa – BHMning 1,5 foizi (3345 so‘m);

- it va mushuklar – BHMning 1 foizi (2230 so‘m).

Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatini ko‘rsatish muddatlari, narxi, hisob-kitob tartibi, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi belgilanga shartnomaga asosan veterinariya muassasi va hayvon egalari o‘rtasida amalga oshiriladi.

*BHM miqdori Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston prezidentining qaroriga ko‘ra hisoblangan (2019 yil 1 avgustdan 223 ming so‘m)
Erdo‘g‘anning o‘g‘li Mirziyoyevning kuyovlari bilan uchrashadi

Joriy yilning 6-8 sentyabr kunlari “Ochiq osmon ostidagi muzey” nomini olgan Xiva shahrida “Xalqaro kamondan otish va milliy o‘yinlar festivali” o‘tkaziladi. Tadbir oldidan Xivada Bilol Erdo‘g‘an ishtirokida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Festival 1000 dan ziyod ishtirokchilarni qamrab olishi kutildmoqda. U Turkiya OAVlarida keng yoritilishi va bir qator mamlakatlarning diplomatik korpus vakillari ham qatnashishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. 

Tashkilotchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, bo‘lajak tadbirda xorijlik hakamlar ishtirok etishmaydi. Etnofestivalni tashkil etishdan maqsad esa yo‘qolib borayotgan milliy o‘yinlarni tiklash, ularni keyingi avlodga yetkazishdir.

Bilol Erdo‘g‘an kechaning o‘zida qadimiy shaharlardan biri bo‘lmish Buxoroga uchib kelgan va bugun poytaxt Toshkentga qaytgan. 

U bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kuyovlari Oybek Tursanov va Otabek Umarov bilan uchrashib, so‘ng Turkiyaga jo‘nab ketadi.  
👉 @darak_uz
Яккабоғлик тадбиркор банкдан катта кредит олиб 2 қаватли иморат қурибди.

Паст қавати дўкон, юқори қаватини цех ўлароқ ишга туширибди. Лаънати «Обод маҳалла» «Обод қишлоқ» деган дастур шу худудга етиб борибди. Туман ҳокими ўринбосари келиб ўша лаънати дастур асосида ўзи бульдозерга ўтириб дўконга ҳайдабди. Тадбиркор бечоранинг биргина талаби харажат қилган пулини компенсация қилиб қайтаришларини сўрашдан иборат бўлган. Атрофида 20 га яқин милиция ходимлари бн келган ҳоким ўринбосари шаштидан қайтмаган, бульдозерни ҳаракатга келтирган. Тадбиркор стресс ҳолатида ҳоким ўринбосарининг устига баклажкадаги бензинни қуйиб ёқиб юборган. Одамлар ёнғинни ўчириб ҳоким ўринбосарини қутқариб қолишган.
Тадбиркор ҳибсда. Бу воқеа 20 июль куни содир бўлгани айтилмоқда............

Менинг муносабатим: Инсонни ўлдиришга қаратилган ҳар қандай ҳаракатларни оқламайман. Аммо бу воқеада тадбиркорга ичим ачиди, у тарафдаман.

Обод маҳалла, обод қишлоқ деган дастурлар инсонларни дод-фарёди эвазига амалга ошириладими?

Dilnur Kamilov.

👉 @darak_uz
Chegarada qirg‘izlar va tojiklar o‘rtasida otishma bo‘ldi. Vafot etgan va yaralanganlar bor

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida kecha otishma bo‘lib o‘tdi. Xabar qilinishicha, bir kishi vafot etgan va besh kishi yaralangan.

Qirg‘iziston tomonining ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 17:00da (Toshkent vaqti bilan 16:00) Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Bishkek tomoni bergan bayonotga ko‘ra janjalga Tojikistonning Vorux qishlog‘i aholisi tomonidan bayroq o‘rnatishga bo‘lgan harakat sabab bo‘lgan. 

Bayroq o‘rnatilishiga qirg‘izlar istiqomat qiladigan Aksay qishlog‘i aholisi qarshilik qilgan. Avvaliga dahanaki jang boshlanadi, so‘ngra tomonlardan biri o‘qotar qurol ishlatadi. O‘q fuqarolar tomonidan, ov qurolidan otilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra besh kishi yaralangani aytilgan edi. Keyinchalik yaralanganlar soni o‘nlab ekani aytildi. Oradan ko‘p o‘tmay otishma ro‘y bergan joyga Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari askarlari yetib kelgan va ikki davlat vakillari janjal kuchayib ketmasligi uchun ish boshlagan.

Tojikiston tomoni bergan bayonotga ko‘ra janjal boshlanishiga tojiklar bayroq o‘rnatmoqchi bo‘lgani emas, balki qirg‘izlar Vorux qishlog‘i hududida «Aksay» yozuvini o‘rnatmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan. Tojikistonning Isfara tumani hokimligi tomonidan xabar qilinishicha, otishma tufayli 1 kishi vafot etgan va besh kishi yaralangan. Vafot etgan shaxs Vorux qishlog‘ida istiqomat qilgan Jalol Karoyev ekani aytilmoqda.

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida kelishmovchiliklar avval ham bo‘lgan. Asosiy sabab esa chegara aniq o‘rnatilmagan hududlar hamon mavjudligidir. Ba’zan hatto chegarachilar o‘rtasida ham kelishmovchiliklar bo‘lib turadi.
👉@darak_uz
2025/07/13 22:29:04
Back to Top
HTML Embed Code: