Telegram Web Link
Farg‘ona hokimi sud hukmisiz jazo tayinlash amaliyotini yo‘lga qo‘yganini tan oldi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev odamlarni 5 sutkadan qamashni, shuningdek, uchta firmaga 300 million so‘mdan jarima solishni buyurganini tan oldi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev o‘tgan hafta boshida o‘tgan selektor yig‘ilishida so‘zlagan nutqining audio yozuvi jamoatchilikka oshkor bo‘ldi. Hokim selektor yig‘ilishida Rishtonda gologrammasiz diniy kitob sotayotgan qo‘lga tushganlarni 5 sutkadan qamashni buyurgan. Shuningdek, u hokim orqali sudyalarga ham topshiriq bergan:

“Ichki ishlar va sudyalarni ham chaqirib, hurmatli hokim. Mahalla fuqarolar raisini ham besh sutkaga jarima qilib qamaysizlar. Bunaqa mahalla raisi ham kerakmas, posponi ham kerakmas. Rishtonning xotin-qizlar qo‘mitasini ishdan olib tashlanglar”, deydi hokim.

Hokim reklamalarni tanqid qilish asnosida uchta reklama firmasiga 300 milliondan jarima soldirganini aytgan:

“Hozir uchchovini chaqirasan-da, tushuntirish xati olib, uchchala tashkilot har biri 300 milliondan 900 million so‘m jarima solasan. Qonuniy jarima solasan", deydi viloyat hokimi.

Ammo bu o‘rinda jarima solinishida sud hukmi bor bo‘lishi kerakligini tilga olmagan.

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 19-moddasida “Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas”, deb alohida belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, bosh qonunning 106-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi”, deb ko‘rsatilgan.

👉@darak_uz
Prezident asfalt o‘rniga yo‘llarni sement-beton bilan qoplanishini aytdi


O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish hajmi ortayotganini inobatga olib, yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan davlat ahamiyatiga ega yo‘llarni bosqichma-bosqich sement-beton qoplamaga o‘tkaziladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 2 oktyabr kuni yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda topshiriq bergan.

«Germaniyalik hamkorlar bilan birgalikda avtomobil yo‘llari qurilishi sohasida qo‘shma loyiha institutini tashkil etib, yurtimiz iqlimi va qatnov xususiyatlarini hisobga olib, yo‘l qurilishi sohasidagi normativ hujjatlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur», degan mamlakatimiz rahbari.

Mamlakatda yo‘l qurishda hanuzgacha asosan asfalt-beton ishlatiladi. Bunday yo‘llarning xizmat muddati 10-15 yil bo‘lib, 4-5 yildayoq ta’mirtalab ahvolga kelib qoladi.

Sement-beton qoplamali yo‘llarni qurish 15-20 foizga qimmat bo‘lsa-da, ekspluatatsiya muddati 2-3 baravar ko‘p va saqlash xarajatlari 3 baravar kam.

👉@darak_uz
Temir yo‘l chiptalari narxi pasayadi

2019 yilning 1 oktyabrdan O‘zbekistonda QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha kamaytirilgani sababli «O‘zbekiston temir yo‘llari» chipta narxini mos ravishda pasaytirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

"Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining pasayishi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning barcha mahalliy va xalqaro poezdlari uchun komissiya yig‘imiga ham tegishlidir" — deyiladi xabarda.

👉 @darak_uz
Ana xolos! Ota-ona qiziga "Rossiya" deb ism qo‘ydi

Moskva viloyatidagi Orexovo-Zuyevo shahrida istiqomat qiluvchi Oleg va Inna Solnishkin qiz farzandiga Rossiya deb ism qo‘yishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Masalan, bolalarga Yuriy Gagarin sharafiga ism qo‘yilgan. Men Rossiyani juda yaxshi ko‘raman va shu orqali o‘z muhabbatimni izhor qildim. Men dunyo bo‘ylab sayohat qildim, ammo har doim uyimga tortadi. Rossiyadan yaxshiroq mamlakat yo‘q”, - deydi qizning otasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Murmansk va Sankt-Peterburgda ham qizlarga huddi shunday ism qo‘yilgan.

Bolaning onasi ham turmush o‘rtog‘ining qarorini qo‘llab quvvatladi. Oilaning yaqinlari maktabda Rossiyani hech kim xafa qilmasligiga ishonishadi.

👉@darak_uz
2030 yilga kelib o‘zbekistonliklarning 50% dan ortig‘i oliy ma’lumotga ega bo‘ladi

2030-yilga kelib o‘zbekistonliklarning 50% dan ortig‘i oliy ma’lumotga ega bo‘ladi. Bu prezident tomonidan tasdiqlangan oliy ta’lim tizimini rivojlantirish kontsepsiyasida ma’lum qilingan.

Belgilangan maqsadga qanday erishiladi?

Ushbu kontseptsiyaning asosiy vazifasi hududlardagi davlat va nodavlat universitetlarni ochish vaular o‘rtasidagi sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdir.

Oliy ta’lim tizimidagi hozirgi holat
Bugungi kunga kelib, o‘zbekistonliklarning atigi 10,08 foizi oliy ma’lumotga ega, davlatning ta’lim xarajatlari esa 23,03 foizni tashkil qiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, mamlakatda 58 ta mahalliy (shu jumladan 20 ta universitet, 36 ta institut, 2 ta akademiya) va 21 ta xorijiy oliy ta’lim muassasi, ularning filiallari mavjud. Ta’kidlash joizki, davlat universitetlariga kirmagan abiturientlar orasidagi tafovut yil sayin ortib bormoqda. Eng achinarlisi shundaki, o‘qishga kira olmayotgan 18 – 24 yoshli qatlam bu raqam yil sayin oshib bormoqda.

Bu yil O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga 1 milliondan ortiq abiturient hujjat topshirdi. Ularning 110 mingidan biroz kamrog‘i talaba bo‘lgan.
👉@darak_uz
“Hamma aldaydi”: yolg‘on haqida


“Qilni qirq yorib” (“Lie to me”) serialiga ilhom bergan XX asrning eng mashhur psixologlaridan biri Pol Ekman yuz ifodasi, mimikaga qarab yolg‘onni aniqlash bo‘yicha izlanishlari bilan mashhur. Uni “dunyoning eng yaxshi yolg‘on detektori” deb atashadi. Yaqinda u ko‘pchilikning yolg‘on to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlari haqida o‘z tajribalari bilan bo‘lishdi:

1-yolg‘on. Hamma aldaydi
Bunday emas. Jiddiy masalalarda yolg‘on aniqlansa, bu munosabatlar, karyera, ozodlikka chek qo‘yishi mumkin. Bunday yolg‘on qimmatga tushishi mumkin.

2-yolg‘on. Hech kim aldamaydi
Hech ham bunday emas. Har qanday odam yolg‘on gapirishi mumkin. Masalan, bu zerikarli bazmda xo‘jayinga aytilgan maqtov bo‘lishi mumkin. Hech kim bunday vaziyatlarda haqiqatni kutmaydi ham.

3-yolg‘on. Ayollar yolg‘onni erkaklarga nisbatan yaxshiroq anglaydi
Bunday emas. Ko‘pchilik odamlar yolg‘onni yaxshi sezmaydi va qayta-qayta uning qurboniga aylanaveradi. Haqiqat juda achchiq bo‘lganida – har qanday odam yolg‘onga ishongisi keladi.

4-yolg‘on. Psixopatlar – ideal yolg‘onchilar
Psixopatlar boshqalardan yaxshiroq aldolmaydi. Shunchaki ularning suhbati, shu qadar jozibaliki, biz ularga ishonishni xohlaymiz va ishonamiz.

5-yolg‘on. Yuqoriga va chapga qarash – yolg‘on belgisi
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, savolga javob berishdan oldin siz qarayotgan yo‘nalish aldash-aldamasligingizga bog‘liq emas.

6-yolg‘on. Yuzdagi kichik harakatlar – yolg‘onni aniqlashga yordam beradi
Yuz mimikasining lahzalik ko‘rinishlari har doim ham yolg‘onni bildiravermaydi. Gumon ostiga olingan butunlay aybsiz odamlar o‘z qo‘rquvi yoki uyalganini yashirishga harakat qilishi mumkin. Ularning nega hissiyotlarini yashirayotganini aniqlash lozim. Yo‘qsa, aybsiz odamni aybdorga chiqarib qo‘yishingiz mumkin.

7-yolg‘on. Olimlar yolg‘onni aniqlovchi universal vosita o‘ylab topishgan
Poligraf, yolg‘on detektorining tasodifiy to‘g‘ri fikrdan aytarli farqi yo‘q. Ammo, uning jinoyatni fosh etishda foydasi bor – gumonlanuvchilardan hech bo‘lmasa bittasi testdan yiqilsa, u birinchi bo‘lib tadqiqot obyektiga aylanadi. Lekin, bu odam shunchaki asabiy yoki hayajonlanayotgan bo‘lishi ham mumkin.

👉@darak_uz
O'zbekistonda alkogol mahsulotlari narxi oshirilyapti


O'zbekistonda joriy yilning 1 noyabridan alkogolli mahsulotlar narxi oshirilishi kutilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo'mitasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko'rib chiqish to'g'risida”gi qo'shma qarori Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Qarorga muvofiq, alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta ko'rib chiqilib;

1 litr tayyor vino mahsuloti uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi 8600 so'm, eng kam chakana narx 10200 so'm etib belgilanmoqda.

1 litr tayyor konyak mahsuloti uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi 31000 so'm, eng kam chakana narx 36600 so'm;

1 litr tayyor aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi 22000 so'm, eng kam chakana narx 26000 so'm etib belgilanmoqda.

Hujjatda pivo narxlari o'zgarmasligi belgilangan.
👉 @darak_uz
IIV: «Fuqarolarni 3 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas, agar...»

Kecha, 17 oktyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli materiallarga huquqiy munosabat bildirish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning fuqarolarni shaxsini aniqlash uchun ushlab turishi masalasidagi savoliga IIV mutasaddilar shunday javob berdi:

— Fuqarolarni shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida 3 soatdan ko‘p ushlab turish mumkin emas. Agar masala ma’muriy huquqbuzarlik bilan bog‘liq bo‘lsa, bir sutkagacha shulab turilishi mumkin.

Yil oxirigacha ichki ishlar xodimlarini tegishli planshetlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha amalga oshganidan so‘ng fuqarolarning shaxsi ularning barmoq izlari orqali aniqlanadi va ichki ishlar bo‘limiga fuqaroni olib borishga xojat qolmaydi, dedi IIV vakillari.

👉 @darak_uz
Forwarded from . (𝕍𝔼ℝ𝔾𝕌𝕃)
#ahvolimiz

Ko‘pchilik ahmoqlar pul bilan super kontraktga o‘qishga kirishadi. Va ular keyin o‘zgarishadi. Oliy ma'lumotli ahmoqqa aylanishadi.

Mansabdorlar oddiy xalqdan aqlliroq, o‘qishga kirganlar kirolmaganlardan bilimliroq degani emas.

@verguluz
Toshbaqa Qizil kitobga kiritildi

Davlat ekologiya qo’mitasi axborot xizmatining xabariga ko’ra, O’rta Osiyo cho’l toshbaqasining soni ham yashash joylarining o’zgarishi va yo’q qilinishi tufayli uzluksiz kamayib bormoqda.

O’rta Osiyo cho’l toshbaqasi o’tgan asrning birinchi yarmidan boshlab kamayishni boshlagan. Ikkinchi Jahon urushi davrida O’rta Osiyo toshbaqasi go’shtidan ko’p miqdorda konservalar tayyorlashda foydalanilgan. 1950–1960 yillarda toshbaqa, asosan, iqtisodiy ehtiyojlar uchun yig’ilgan, biroq ochiq dashtda qishloq xo’jaligi rivojlanishi turlarning yashash joylari va soni sezilarli darajada kamayishiga olib keldi.

1960–1980 yillarda toshbaqaning mazkur turiga bo’lgan qiziqishlarning ortishi sabab ular zoologik savdoga chiqarilgan.
O’rta Osiyo cho’l toshbaqasi (Agrionemys horsfieldii) zaif, himoyaga muhtoj tur sifatida Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi (TMXI)ning Qizil ro’yxatiga kiritilgan. Oxirgi 18 yil davomida qonuniy va noqonuniy ravishda jami 1.254.100 dona O’rta Osiyo cho’l toshbaqasi tabiatdan olingan va eksport qilingan.

Hozirda toshbaqaning tabiiy yashashi uchun yaroqsiz va o’zlashtirilgan hududlarning umumiy maydoni 300 ming km2 ni tashkil etadi. Manbalarda keltirilishicha, so’nggi 60 yil mobaynida xo’jalik faoliyati yuritilishi natijasida toshbaqaning yashash joylari 1,5 million gektarga qisqarib ketgan.

Bugungi kunga kelib mazkur turning tabiiy populyatsiyasini saqlab qolish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi nashriga kiritildi.

Ammo Toshkentning Yangiobod, Chorsu va boshqa bozorlarida toshbaqalar ochiq sotilmoqda. Ayniqsa bolalari. Aksariyat holatda ularni o’yinchoq sifatida farzandiga sotib olib berishadi, keyin esa boqolmay tashlab yuborishadi. Fikrimizcha, zudlik bilan yovvoyi hayvonlar savdosini nazoratga olish, sotuvchini ham xaridorni ham jazoga tortish lozim.

👉 @darak_uz
Oʻzbekiston sayohat qilish uchun eng yaxshi boʻlgan joylar reytingiga kiritildi

Lonely Planet navbatdagi Best in Travel sayyohat qilish uchun eng yaxshi joylar reytingini eʼlon qildi.
Reyting 4 ta (10 ta davlat, hudud, shahar va eng foydali taklif) toifaga boʻlingan.

Hududlar toifasi boʻyicha birinchi oʻrinni Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston hududidan oʻtgan - Buyuk ipak yoʻliga berildi.

Nashr yozishicha, bu hududlar sayyohlar orasida tobora koʻproq qiziqish uygʻotmoqda va Ipak yoʻli orqali elektron viza yoki umuman vizasiz oʻtish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzolagandi. Hujjat bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab 20 ta mamlakat fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.
👉@darak_uz
Forwarded from davletovuz
Айтишларича, бугун Қашқадарё вилояти раҳбариятининг “тўртлиги” ишдан олиниши кутилаяпти.

Расман тасдиқланмаган хабар.
Қашқадарёда "тўртлик" расман ишдан олинди

Қашқадарёда "тўртлик" ишдан олингани хақидаги хабарларни вилоят ҳокимлиги Ахборот хизмати раҳбари Аҳрор Содиқов тасдиқлади.

👉@nasafnewsuz
Мирзаев Зойир Тоирович - Қашқадарё вилоят ҳокими вазифасини бажарувчи

Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти кенгашининг навбатдан ташқари сессиясида ташкилий масала кўриб чиқилди. Унда Мирзаев Зойир Тоирович - Қашқадарё вилоят ҳокими вазифасини бажарувчи этиб тайинланди.

👉@nasafnewsuz
Janubiy Koreya endi «rivojlanayotgan mamlakat» emas

Janubiy Koreya Jahon savdo tashkilotidagi «rivojlanayotgan mamlakat» maqomidan voz kechdi, deb yozmoqda «REGNUM»

KBS moliya vaziri Xon Nam Kiga asoslanib xabar berishicha, Koreya Respublikasi shu yo‘l bilan AQShga yon berishga qaror qilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp muayyan talablarga javob beruvchi mamlakatlarni «rivojlanayotgan» maqomidan mahrum qilish talabi bilan chiqqandi.

Xususan, muayyan talablar qatoriga «Katta yigirmatalik» (G20) hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ga a’zolik, Jahon banki talqini bo‘yicha yuqori daromad darajasi kabilar kiradi. Jahon savdosining 0,5 foizi Janubiy Koreyaga to‘g‘ri keladi.

Janubiy Koreya o‘z qishloq xo‘jaligi sohasini himoyalash uchun 1995-yildan beri rivojlanayotgan mamlakat maqomini saqlab kelayotgandi.

👉@darak_uz
Dilnoza Kubayeva o‘zbek seriallari haqida: «Umuman talabga javob bermaydi»

Men serialda bir-ikki marta ishlaganman. Chapaqayman, chapaqay odamlar biroz o‘jarroq bo‘ladi. ‘Hech qachon o‘ynamayman’, deb yuborganman. Mening tez zerikib qoladigan odatim bor. Men uchun yangi-yangi loyihalar, professionallardan iborat bo‘lgan guruhlar, yangi takliflar bo‘lsa yaxshi, serialda davomiylik bo‘ladi. Sizning spektakllaringiz ba’zida ularni qiziqtirmaydi. Mening asosiy ish joyim esa teatr.

Daraxt bir joyda ko‘karadi deyishadi. Bir joyda ko‘karishni orzu qilib, shu yerdan nafaqaga chiqib, nafaqaga chiqqanda ham teatrdan uzoqlashmagan holda o‘rnimni yosh, endi institutni bitirib kelgan talabaga bersam.

Seriallar juda ko‘p vaqtni talab qiladi. Ayniqsa, hozirgi olinayotgan seriallar meni mutlaqo qoniqtirmaydi. Hammasi deyolmayman, ularning gapi, so‘zlashish odobi, kiyib chiqayotgan kiyimlari, qizlarimizning qoshi ustiga chizilayotgan qoshi, kipriklari, u yerdagi holat, voqealar umuman talabga javob bermaydi. U yerdagi olib chiqilayotgan sahnalar bizni ozgina pastga tushirib qo‘yyapti.

Yaqinda Qirg‘iziston gastrolidan keldim. ‘Yotvolib faqat sizlarni ko‘ramiz’, deyishdi. Bizni qo‘shni respublikada ko‘rishadi, bizni juda ko‘p davlatlar ko‘rishadi. Ularda hozirgi seriallarimizni ko‘rib, biz haqimizda yomon fikr uyg‘onmaydimi? O‘tirib olib, ‘Ha, nima? Yo‘q, senga beradigan pulim’. Mana shunaqa har xil kulgili sahnalar, onalarimizni hech qachon bunaqa deb o‘ylashlarini men istamas edim.

Endi o‘zimiz bilamiz ichimizdagini. Lekin san’at o‘z nomi bilan san’at bo‘lishi kerak. Ikir-chikir muammolarimizni chiroyli qilib, odob doirasida olib chiqishimiz kerakmi, kerakmasmi? Bizni qancha ko‘z ko‘radi. Ko‘p davlatlar qo‘shiqlarimizni eshitishadi, kinolarimizni ko‘rishadi. Ularning kinosida eng so‘nggi texnologiyalar ishlashi mumkin, lekin, ular bizga yetishni orzu qilishadi.

Lekin biz seriallarimiz orqali kimlarni tanqid qilyapmiz? Demoqchimanki, ko‘p narsa ma’naviyatga, bilimsizlikka borib taqaladi. Odamlarni ohanrabo, magnitdek o‘ziga tortib oladigan mavzularimiz kammi? Masalan, ‘Shum bola’ni qayta-qayta ko‘ramiz, chunki chiroyli yozilgan narsani chiroyli olishgan.

Lekin biz shu bir-ikkita xunuk narsalarni ushlab olib, seriallarimiz orqali olib chiqyapmiz. Shuning uchun insof bersin. Men yaqin orada serialga tushishimni hech ham tasavvur qilolmayman.

Dilnoza Kubayeva, aktrisa

👉@darak_uz
Qashqadaryoda UAZ ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi,10 kishi jarohatlandi

29-oktabr kuni soat taxminan 11:00 atrofida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Boburtepa qishlog‘i hududida UAZ rusumli avtomashina yo‘ldan chiqib ketishi natijasida 11 kishi turli darajada jarohatlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. 10 nafari Qamashi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilgan. Ulardan uch nafari shifoxonaga yotqizilgan, 7 nafariga esa ambulator yordam ko‘rsatilgan.

Statsionar yotqizilgan bemorlar 1996-yil tug‘ilgan S.A. bosh miyaning og‘ir darajada lat yeyishi, bo‘yin umurtqasining yopiq sinishi, orqa miyaning lat yeyishi tashxisi hamda 1980-yilda tug‘ilgan T.B. bosh miyaning og‘ir darajada lat yeyishi, miya shishi hamda 1995-yilda tug‘ilgan I.A. yuz sohasida ko‘plab shilingan jarohatlar tashxisi bilan davolanmoqda.

Ular malakali shifokorlar nazoratida bo‘lib, zamonaviy standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

👉@darak_uz
O‘zbekistonda havo keskin sovib ketadi — O‘zgidromet

3-5 noyabrda O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural rayonlari (Ekaterinburg) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi.

3 noyabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. 4 noyabrda respublika bo‘yicha yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Shamolning tezligi kuchayib, soniyasiga 18-23 metrgacha, shiddat bilan esganda 25-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.

4-5 noyabrda respublika bo‘yicha havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha tushib ketadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bilan ayoz kuzatilishi mumkin. Kunduzi harorat 8-13 darajagacha iliq, mamlakat shimolida harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 darajagacha iliydi.

👉 @darak_uz
Chiroqchidagi 89-maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchini urgani va haqorat qilganini rad etdi


2019 yil 25 oktyabr kuni Chiroqchi tumanidagi 89-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-«b"sinf o‘quvchisi Xoldorov Jamshid Bobur o‘g‘lini maktabning o‘quvtarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xudayberdiyev sinfxonadagi o‘quvchilar oldida urganligi hamda sha’ni va qadr-qimmatini yerga uruvchi haqoratli gaplarni aytganligi sababli o‘quvchining bobosi X.To‘rayev maktabga kelib, A.Xudayberdiyevga nisbatan u aytgan haqoratli gapini isbotlab berishini, agar isbotlab bermasa, unga nisbatan e’tiroz bildirib tegishli joylarga murojaat qilishini bildirgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan 89-umuiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xudayberdiyev qayerda ekanligi surishtirilganida, 2019 yil 28 oktyabr kuni soati 12−00dan tuman tibbiyot birlashmasidagi terapiya bo‘limida yotib davolanayotganligi aniqlandi va A.Xudayberdiyev bilan suhbat o‘tkazilganda, o‘quvchisi Xoldorov Jamshid Bobur o‘g‘lini urmaganligi va haqorat qilmaganligini aytdi.

89-umuiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xudayberdiyev kasalxonadan chiqqandan keyin faoliyati to‘liq o‘rganilib, amaldagi qonunchilikka asosan chora ko‘riladi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli o‘rganish holatlari davom ettirilmoqda.
👉 @darak_uz
Nyu-Delida havoning ifloslanish darajasi eng yuqori darajaga yetdi

Hindiston poytaxti Nyu-Delida havoning ifloslanish darajasi belgilangan darajadan qariyb 400 barobar oshib ketgani sababli juma kunidan favqulodda holat e’lon qilindi, deya xabar qildi The Guardian.

Yilning bu davri uchun xos bo‘lgan og‘ir smogning paydo bo‘lishiga oktyabr oyi oxirida Divali bayrami munosabati bilan aholi tomonidan mushaklar otilishi hamda yaqin atrofdagi shtatlarda fermerlar tomonidan yaproqlar va shox-shabbalarning yoqilishi sabab bo‘ldi.

Avtomobillar tutunlari, sanoat tashlamalari va qurilish changlari ham vaziyatni yanada murakkablashtirdi. So‘nggi kunlarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi va havoning sovishi natijasida havo iflosligi eng kamida seshanba kuniga qadar saqlanib qoladi.

Favqulodda holat sababli maktablar vaqtincha yopildi, qurilish ishlari to‘xtatildi. Deliga yo‘l olgan 30 dan ziyod aviareyslar boshqa aeroportlarga qayta yo‘naltirildi.

Dushanba kunidan shaharda sinov tartibida navbatma-navbat toq va juft raqamli avtomobillardan foydalanish foydalanish joriy etilmoqda.

MBT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng ifloslangan 15 ta shahridan 14 tasi Hindistonda.

👉 @darak_uz
2025/07/14 21:52:31
Back to Top
HTML Embed Code: