Telegram Web Link
Tramp “Green Card” lotereyasini butunlay tugatmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni yangi immigratsion siyosat rejasini taqdim qildi, unda qarindoshlik munosabatlariga emas, balki yuqori malakali mutaxassislarga alohida e'tibor qaratiladi. Ayni damda qonuniy muhojirlarning 66 foizi AQShga qarindoshlik munosabatlari bilan, atigi 12 foizi esa malaka va ishga joylashish asosida keladi. Trampning fikriga ko'ra, yuqori malakali mutaxassislarga beriladigan immigratsion kvota besh barobar oshirilishi kerak. Yangi tizim AQShga keladigan muhojirlarning nomzodini qo'lga kiritilgan ballar orqali aniqlaydi, yoshi, bilimi, ingliz tilini bilish darajasi va ariza beruvchining yaxshi maosh oladigan ish joyi e'tiborga olingan holda yuqori malakali ishchilarga alohida e'tibor qaratiladi. Shu kabi migratsion tizim Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiyada mavjud. AQShda qonuniy muhojirlarning yillik maoshi 2018 yilda taxminan 43 ming dollar atrofida bo'ldi. Trampning rejasiga ko'ra, mamlakatga bilimi va malakasiga binoan kiritiladigan xorijliklar bir yilda uch barobar ko'p 126 ming dollargacha daromad topishlari kerak. Tramp rejasiga ko'ra, 1991 yildan beri o'tkazib kelinadigan muqim yashash uchun beriladigan mashhur (Green Card) lotoreyasi tugatiladi. Bu lotoreya har yili taxminan 50 ming muhojirga viza berar edi. Endilikda lotoreyaning o'rniga yangi dastur ishga tushiriladi, unda kasb sohasida tanilgan iste'dodli nomzodlarga afzallik beriladi. Gumanitar nuqtai nazardan beriladigan vizalar 22 foizdan 10 foizga kamaytiriladi. Reja hayotga tatbiq etilishi uchun Oq uy uni Kongressda himoya qilishi kerak bo'ladi. Kongressdagi Demokratik partiya rahbarlari taqdim qilinishidan avvalroq Tramp rejasiga qatiyan qarshi chiqishdi. Senatdagi demokratlar etakchisi Chak Shumer Tramp rejasini nojiddiy deya atadi. Ayrim ekspertlarning fikricha, prezidentlik saylovlari arafasida Tramp ma'muriyati bahsli masala bo'yicha demokratlar bilan kelishuvga erishishi amrimahol, deya yozdi Associated Press .

👉 @darak_uz
Bog'chadagi fojia: ikki yashar qizaloq ikkinchi qavatdan tushib ketdi
Qozog'istonning Toldiqo'rg'on shahridagi Nokia bog'chasida ikki yashar qizaloq ikkinchi qavatdan tushib ketdi. Hodisa 15 may kuni sodir bo'ldi va videokameralarda muhrlandi. Ma'lumotlarga ko'ra, bog'cha tarbiyachisi bolalarni ikkinchi qavat derazasi oldiga to'rg'azib qo'ygan. Shunda ikki yashar qizcha orqaga suyangan va muvozanatini yo'qotib, pastga qulagan. Qizaloq juda jiddiy jarohatlar olgan. Ayni damda u komadan chiqqan, lekin jonlantirish bo'limida qolgan. Mazkur holat bo'yicha jinoiy ish ochilgan.

👉 @darak_uz
Toshkent yaqinida ikki ayol YTH oqibatida halok bo'ldi

Yangiyo'l tumanida Kobalt ning MAZ-509A yuk mashinasining yarimtirkama bortiga urilishi natijasida ikki kishi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi. IIV xabariga ko'ra, avariya 17 may kuni Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani hududidan o'tuvchi Toshkent-Termiz yo'lining 827 kilometrida sodir bo'lgan. Surxondaryodan bo'lgan Kobalt rusumli avtomashina haydovchisi texnik nosozligi sababli to'xtab turgan MAZ-509A yuk avtomashinasining yarimtirkama bortiga urilib, to'qnashuv sodir etgan. Natijada Kobalt avtomashinasi yo'lovchilari, Surxondaryo viloyatidan bo'lgan ikki ayol voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Kobalt avtomashinasi haydovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va uning yana 2 nafar yo'lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko'rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @darak_uz
Toshkentda ayolga zo'ravonlik ishlatgan erkak qo'lga olindi
2019 yil 17 may kuni vaqtincha Toshkent viloyati Zangiota tumani O'zgarish QFYda yashovchi, muqaddam sudlangan R.M. Toshkent shahrining Sergeli tumani Sputnik Ts-1 mavzesida, M.M. ismli ayolning qo'lidan hamyonini tortib olib ketgan. O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko'ra, olib ketilgan hamyon ichida 30 000 so'm pul, 2 dona plastik kartochka va Samsung rusumli mobil telefoni bo'lgan. Ko'rilgan choralar natijasida R.M. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @darak_uz
«Lagerlarda ayollar shafqatsiz tarzda zo'rlanyapti»
Sharqiy Turkistondagi Dabancheng lageridagi ishlagan qozoq millatiga mansub kishi tomonidan yozilgan maktubda uyg'urlarning zo'ravonlik va zo'rliklarga uchrayotgani aytilgan. Bu haqda Evronyus xabar bermoqda. Torchlight Uyghur Group nomli guruh tomonidan xitoychadan o'girilgan maktubda Berik laqabli xavfsizlik xizmati xodimining boshidan o'tkazganlari hikoya qilingan. U avvallari videotasvirchi bo'lib ishlaganini, lagerda videokuzatuv punktida ishlaganini va u erga ishga kirganidan pushaymon bo'lganini aytgan. Berikning so'zlariga ko'ra, lager xodimlari u erda saqlanayotgan uyg'ur ayollarini jinsiy zo'rlash bilan shug'ullanib keladi. Berik ishdan bo'shab, Xitoydan qochib ketgan. Torchlight Uyghur Group vakili Erkin Ozodning aytishicha, Berik ayni payt xavfsiz joyda, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga ma'lumot berishi kutilyapti.
👉 @darak_uz
10 sutkaga qamalgan qashqadaryolik haqoratli so'zlari uchun yana 5 sutka «oldi»
Qarshi shahar ma'muriy sudining 17 maydagi ochiq sud majlisida IIB xodimining qonuniy talabini bajarmagani uchun 10 sutka qamalgan Qarshi shahar Otchopar mahallasida yashovchi fuqaro Sh.A.ning bu safar YPX xodimini haqorat qilgani va jamoat joyida so'kingani masalasi ko'rib chiqildi. Bu haqda Daryo ga viloyat Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi. Sh.A. 17 aprel kuni BMW-316 avtomobilida Qarshidagi Sharshara choyxonasi chorrahasida svetoforning qizil chirog'ida harakatlanib kelganda, YPX xodimi tomonidan to'xtatilgan. Qoidabuzar haydovchi esa unga qoidabuzarligini tushuntirib, qonuniy bayonnoma rasmiylashtirgan IIB YHXB 3-safarbarlik guruhi inspektori Shahzod Nasimovni haqorat qilib, jamoat joyida tilga olib bo'lmaydigan so'zlar bilan so'kkan. Bu ham etmaganidek, voqeani telefoniga tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan. Sh.A.ning ushbu xatti-harakati Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183-moddasida ko'rsatilgan huquqbuzarlik (mayda bezorilik) deya baholanib, sudlanuvchiga yana 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi. Fuqarodan davlat foydasiga qamoqda saqlash xarajatlari uchun 152 045 so'm davlat boji undiriladigan bo'ldi. Viloyat Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatining qo'shimcha qilishicha, fuqaro Sh.A. Qarshi shahar Ma'muriy sudining 26 apreldagi qaroriga ko'ra, bundan avval ham 10 sutka ma'muriy qamoq jazosini o'tab chiqqan. O'shanda u o'z xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimining qonuniy talabiga bo'ysunmay, so'ralgan hujjatlarni taqdim etmagan holda, YPX xodimini avtomobil kapotida olib harakatlangan.

👉 @darak_uz
Ғийбат қилса, ёлғон гапирса рўза очиладими?

Батафсил:
👉 https://nnews.uz/?p=1724

Телеграм:👉 @nasafnewsuz
Fojia: uy portlab ketdi, qurbonlar bormi?
Germaniyada, Bavariyada gaz tufayli bir uy portlab ketdi. Natijada bir nechta fuqaro jarohatlangan. Shifokorlar ulardan birining ahvoli og'ir deya baholashmoqda. Die Welt manbasiga ko'ra, qutqaruvchilar 4 nafar jabrdiydani qutqarib olishgan. Ta'kidlanishicha, to'rt qavatli bino to'liq portlab ketdi. Voqea joyiga politsiya xodimlari va o't o'chiruvchilar etib kelishgan. Voqea sabablari o'rganilmoqda.

👉 @darak_uz
YPX xodimlari transport vositalarini qaysi asoslarga ko'ra to'xtatishlari mumkin?
O'zbekiston Adliya vazirligi transport vositalari qaysi asoslarga ko'ra yo'l-patrul xodimi tomonidan to'xtatilishi mumkinligiga oid eslatma bilan chiqdi. Transport vositalari quyidagi asoslarga ko'ra to'xtatilishi mumkin: - yo'l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda; - transport vositasi, haydovchi yoki yo'lovchi qidiruvda ekanligi, yo'l transport hodisasi yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lganda; - yo'l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini ko'rgan haydovchi yoki yo'lovchidan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda; - vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash bo'yicha ko'rsatmalarini bajarish jarayonida; - transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga kelganda; - maxsus tadbirlarni o'tkazish jarayonida; - transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun. YPX xodimi tomonidan boshqa asoslarga ko'ra transport vositalarining to'xtatilishi taqiqlanadi.

👉 @darak_uz
Bedarak yo'qolgan 18 yoshli talaba qizning jasadi topildi: o'lim sababi nima?
Qozog'istonning Olmaota viloyatida bedarak yo'qolgan 18 yoshli talaba qiz Aygul Amangeldining jasadi topildi, deya xabar beradi viloyat politsiya departamenti matbuot xizmati. Bu haqda O'zA yozmoqda. Politsiya ma'lumotiga ko'ra, qizning jasadi 19 may kuni kechqurun Talgar tumanidagi Belbuloq qishlog'idagi tepalikdan topilgan. Qarindoshlari qizning jasadini tanidi, tanada o'limga sabab bo'lgan tashqi zo'ravonlik alomatlari yo'q. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qiz o'z joniga qasd qilgan, deya xabar beradi mahalliy OAV politsiyaga tayangan holda. Sud-tibbiyot ekspertizasi o'limning aniq sababini aniqlab beradi . O'limga olib borish moddasi bo'yicha tergov olib borilmoqda, deya xabar beradi politsiya. Aygul Amangeldi 13 may kuni Talgar tumanining Belbuloq qishlog'ida joylashgan uyidan chiqib ketgan. OAV xabariga ko'ra, o'sha kuni u mahalliy oliy ta'lim dargohiga imtihon topshirish uchun Olmaota tomon yo'lga chiqqan, ammo oliy ta'lim dargohida ko'rinmagan. Bedarak ketgan qizni qidirish borasida politsiya 15 may kuni e'lon berdi. Qizning qarindoshlari va ko'ngillilar uydan to o'qishgacha bo'lgan yo'lda qidiruv ishlarini olib bordi.
👉 @darak_uz
Qog'ozistonda ichida 4 nafar O'zbekiston fuqarosi bo'lgan mashina YTHga uchradi

Qozog'istonda 4 nafar O'zbekiston fuqarosi joylashgan Lada Largus engil avtomobili ishtirokida yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. TIV xabariga ko'ra, YTH 19 may kuni Mang'istau viloyati "Beyneu-Tajen" avtomagistralining 82-kilometrida sodir bo'lgan. Ma'lum qilinishicha, Lada Largus engil avtomobilida 7 ta odam, jumladan, 4 nafar O'zbekiston fuqarosi bo'lgan. Xabarda YTH oqibatida voqea joyida Turkiya fuqarosi vafot etdi, qolganlar Beyneu tuman kasalxonasiga joylashtirilgani va ayni paytda O'zbekiston fuqarosi Ashirov Bobomurod Bazarboevich mazkur tibbiy muassasaning jonlantirish bo'limida qolayotgani qayd etilgan. Qolgan jarohatlanganlarga, jumladan, O'zbekiston fuqarolariga kasalxonadan ruxsat berilgan. Hozirda Beyneu tumani politsiya bo'limi tomonidan mazkur masala o'rganilmoqda. Jarohatlangan o'zbekistonliklarga amaliy ko'mak berish, jumladan, B.Ashirovga sifatli tibbiy yordam ko'rsatish uchun Elchixona Mang'istau viloyati va Beyneu tumani ma'muriyati bilan aloqa o'rnatgan. Shuningdek, ayni paytda fuqarolarni O'zbekistonga qaytarish bo'yicha choralar ko'rilmoqda.  

👉 @darak_uz
O'zbekistonda eng kam ish haqi atamasi o'zgardi
21 may kuni Mehnatga haq to'lash, pensiyalar va boshqa to'lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to'g'risida PF-5723 sonli Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram kanali xabar berdi. Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori o'rniga quyidagi miqdorlar belgilandi: Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori 577 170 so'm; Bazaviy hisoblash 202 730 som. Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 202 730 so'm. Bunda: Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori maosh, ustamalar, qo'shimcha haq, gonorar, qo'shimcha ish uchun kompensatsiya to'lovlari va rag'batlantiruvchi tusdagi to'lovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab qo'yilgan boshqa to'lovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik bo'yicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qo'llaniladi. Bazaviy hisoblash miqdori esa quyidagilarni aniqlashda qo'llaniladi: — soliqlar, yig'imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa to'lovlarning miqdorlarini; — tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun patent, litsenziya va boshqa to'lovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda to'lanadigan aktsiyalar, boshqa qimmatli qog'ozlarning qiymati, yuridik shaxslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarning cheklangan miqdorini. Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiyalar, ustamalar, qo'shimcha haq va kompensatsiya to'lovlari, shuningdek, xodimlar sog'lig'iga etkazilgan zararni qoplashda qo'llaniladi. Eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qo'shimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensatsiya va rag'batlantiruvchi tusdagi to'lovlarning barcha turlari mazkur to'lovlarning so'mda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi.

👉 @darak_uz
Ona qizalog'ining suratiga qarab undagi dahshatli xastalikni aniqladi
Avstraliyaning Kvinslend shtati fuqarosi qizalog'ining suratini ko'rgandan so'ng, dahshatdan qotib qoldi, deya xabar berdi Seven news . Kelli Perrin o'zining besh yashar qizining suratini tomosha qila turib, chap ko'zidagi yolqinga ahamiyat bergan. Ayolning so'zlariga ko'ra, u bu haqda boshqa odamlardan so'ragan, lekin ular ayolga bunga ahamiyat bermaslikni, bu shunchaki, fotosuratning effekti bo'lishi mumkinligini aytishgan. Ammo ayol, baribir, shubhalangan. So'ng shifokorga borishga qaror qilgan. Tekshiruvlardan so'ng esa 5 yoshli qizaloqda ko'z saratoni borligi aniqlangan. Ma'lum bo'lishicha, qizaloq operatsiya qilingan. O'simtaning boshqa a'zolarga tarqab ketmasligining oldini olish uchun esa chap ko'zini butunlay olib tashlashga to'g'ri kelgan.

👉 @darak_uz
Toshkentda o'lik xodimlarga oylik ajratgan bog'cha mudirasiga jazo tayinlandi

Xalqimiz ustoz-murabbiylarni,tarbiyachilarni e'zozlaydi, hurmatini joyiga qo'yadi. Ammo ba'zida ular orasida kasbiga dog' tushirayotganlar ham uchrab turadi. "Inson va qonun" nashrining yozishicha, Munisxon Rizaeva poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 219-maktabgacha ta'lim muassasasining mudirasi lavozimida ishlagan.
U o'zganing mulkini o'zlashtirish maqsadida soxta hujjatlar tayyorlagan. M.Rizaeva mansab mavqeini suiist'emol qilib, 2017 yil muassasaga M.Usmonboevni bino ishchisi vazifasiga, K.Hosilbekovani jismoniy tarbiya yo'riqchisi vazifasiga, L.Rixsievani musiqa rahbari vazifasiga, R.Hakimovani rus va o'zbek tili o'qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilganligi haqida buyruq chiqargan.
Ammo ushbu shaxslar mazkur maktabgacha ta'lim muassasasida mehnat faoliyatini yuritmagan. Ya'ni ishlamagan. Mudira to'lov qog'ozlariga soxta ma'lumot kiritib, jami 6.130.642,62 so'm pul mablag'ini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilgan. Mazkur muassasada o'tkazilgan tekshiruvda qing'ir ish fosh etildi. Ishlamagan odamlarga buyruq chiqarilib, ­maosh to'langanligi aniqlandi. Soxta hujjat tuzgan mudiraga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi.

Otabek SODIQOV, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi katta inspektori

👉
@darak_uz
Xitoyda 6 yoshli bola 23-qavatdan tushib ketib, tirik qoldi

Xitoyning Xanchjou shahrida o't o'chiruvchilar 23-qavatdan havo shaxtasiga tushib ketgan bolani qutqardi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi. Voqea 20 may kuni sodir bo'lgan. 6 yoshli bolakay qo'shnisining uyida o'ynayotgan edi. Uyda ta'mirlash ishlari olib borilayotgan edi, shuning uchun quruvchilar ikkita balkon o'rtasidagi beton plitani yog'och taxtaga almashtirgan. Bola uni bosgan va havo shaxtasiga qulab ketgan. Bolakay konditsionerni ustiga tushgani uchun zarbani kuchi kamroq bo'lgan. U tirik qolgan. Xanchjou o't o'chiruvchilariga voqea zudlik bilan xabar qilingan va ular voqea joyiga etib kelgan. Qutqaruvchilar bolaga alpinistlarning maxsus kiyimini kiydirgan, uni ovutgan va yuqoriga chiqishiga yordam bergan. Shaxtadan chiqib ketish operatsiyasi 6 daqiqa davom etgan. So'ng bola kasalxonaga olib ketilgan. Uning elkasi va qo'li Yengil jarohatlangan.

👉 @darak_uz
Dahshat! Navoiyda 6 yoshli bolaning narxi 15 mln. so'm?!

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari va viloyat IIB bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.N. o'zining 6 yoshli farzandini fuqaro G.M.ga 15 mln. so'mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Sh.N.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabariga ko'ra, tergov harakatlari boshlangan
👉 @darak_uz
Minglab qizlarning intim suratlari internetda ochiq tarzda paydo bo'ldi (+18)
Buyuk britaniyalik Mikala Monsun tasodifan internetda intim foto-suratlar saqlangan internet bazaga duch keldi. Bazada qizga tegishli bo'lgan suratlar ham bo'lgan. Bu haqda Metro nashri xabar qildi. Qizlarning suratlari Mega fayl almashish (fayloobmennik) ilovasida saqlangan va ularning ismlari bo'yicha papkalarga  joylashtirilgan.  Fayllar mamlakatning yirik shaharlar kesimida taqsimlangan. 23 yoshli Mikala Monsun shu papkalarni ko'rib chiqib, 17 yoshida tasvirga olingan ko'plab intim suratlarini topib oladi. Qiz internet-baza ustidan politsiyaga shikoyat qiladi. Biroq politsiya xodimlari uni ranjitadi. Qiz politsiya xodimlari fayl almashish ilovasi nima ekanligini uzoq vaqt tushuntirishga to'g'ri keldi. Mazkur fayl almashish ilovasi OAVlar e'tiborini tortdi. Jurnalistlarga bergan intervyuda Mega xodimlari o'zlarining ilovasida qonunni buzadigan fayllarni saqlanishiga yo'l qo'ymasligini aytib, ushbu kontentni uchirib tashlashga va'da berdi. Biroq qizlar foto-suratlari hali ham internetda ochiqligicha qolmoqda. P/s. Bugungi internet rivojlangan zamonda o'z iffatingiz, or-nomusingizni yanada kuchliroq himoya qilishingiz, bu borada zarracha bo'lsa-da xatoga yo'l qo'ymasligingiz, shaxsiy suratlaringizga ham hushyor bo'lishingiz talab etiladi. Zero nomus, iffat shunday shishaki, bir sinsa, qaytib tiklay olmaysiz.

👉@darak_uz
Nahotki! Anjelina Bred bilan yarashdi
Entertainment Tonight nashri eng chiroyli Gollivud juftliklaridan biri - Anjelina Joli va Bred Pittning hayoti haqidagi so'nggi yangilikni e'lon qildi. Manbalarga ko'ra, sobiq juftlik yarashibdi. Birga yashash haqida hech qanday gap yo'q: Joli va Pitt olti nafar farzandining tarbiyasi bilan bog'liq masalalarni hal qilish uchungina odatiy munosabatlarga qaytganliklari ma'lum qilindi.   "Ikkalasi ham yo'lda davom etishlari kerakligini tushunishdi, boshqa hech qanday drama bo'lmaydi", dedi juftlikning tanishlaridan biri.

👉 @darak_uz
Endi uyda dehqonchilik bilan shug'ullanadiganlarga ham ish staji yoziladi

O'zbekiston Prezidentining Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha choralar to'g'risida gi va O'zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha choralar to'g'risida gi qarorlariga muvofiq, fuqarolarning kelgusida pensiya ta'minotini kafolatlash maqsadida hamda ularni ijtimoiy sug'urta tizimida ishtirokini rag'batlantirish yuzasidan ixtiyoriy badallarni to'lash bo'yicha tushuntirishlar olib borilmoqda. "Qalampir" nashriga ko'ra, dehqonchilik bilan shug'ullanadigan o'zbekistonliklarga ham ish staji yozilishi mumkin. 2018 yil 1 iyuldan boshlab er maydoni 4 sotixdan kam bo'lmagan dehqon xo'jaligida, tomorqasida band bo'lgan, qoramol boqish yoxud ushbu uchastkada 50 boshdan kam bo'lmagan uy parrandasi parvarishi bilan shug'ullanayotgan shaxslar, Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga bir yil uchun eng kam ish haqining bir baravari miqdorida ixtiyoriy badallarini to'lagan taqdirda, to'langan yil uchun bir yillik mehnat stajiga ega bo'ladi. Buning uchun fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan berilgan shaxsiy yordamchi xo'jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo'jalik mahsulotlarining boshqa turlarini (o'simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari) etishtirish bilan bandligi to'g'risida ma'lumotnoma olinadi. Xorijda ishlayotganlar pensiyadagi o'zgarishlardan xabardormi? 2018 yil 1 avgustdan boshlab xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar tomonidan eng kam ish haqining to'rt yarim baravari miqdorida yillik ixiyoriy badallarini to'laganida to'lov amalga oshirilgan davrni mehnat stajiga hisoblash tartibi joriy etilgan. Xorijda bo'lganlik davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o'tishga doir pasportdagi yozuvlar (muhr, shtamp yoki qaydnoma) bilan tasdiqlanadi. Xorijda yollanib ishlayotgan shaxs tomonidan badallarni to'lash har oyda, har chorakda, O'zbekiston Respublikasiga qaytib kelgandan so'ng, kelgan kundan boshlab uch oy mobaynida bir vaqtning o'zida amalga oshirilishi mumkin. Pensiya jamg'armasining badal miqdori mustaqil ravishda, ammo bir yilda eng kam oylik ish haqining to'rt yarim baravaridan kam bo'lmagan miqdorda belgilanadi. Ixtiyoriy badallar xorijda yollanib ishlayotgan shaxs, uning oila a'zolari yoki ishonchli vakilining doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati idoralariga xizmat ko'rsatuvchi banklarda ochilgan Pensiya jamg'armasining tranzit hisobraqamiga milliy valyutada kelib tushadi. To'lovchi uchun shaxsiy kartochkalarni ochish va badallarning hisobini yuritish uning doimiy yashash joyi bo'yicha davlat soliq xizmatlari organlarida amalga oshiriladi. Ish staji yozish va pensiya hisoblashda muammolar bo'lmaydimi? Bu boradagi yangiliklarni hali ko'pchilik to'la anglab etgani yo'q. Fuqarolarda turli shubhalar ham bo'lishi mumkin. Aslida aholining shubhasi, cho'chishi o'rinlimi? Xorijda yollanib ishlayotgan shaxs, dehqon xo'jaligi a'zosi tomonidan Pensiya jamg'armasiga to'langan ixtiyoriy badallarning hisobi kafolatlangan holda davlat soliq idoralarining axborot resurs bazasida yuritiladi hamda pensiya tayinlash davri kelganda, avtomatlashtirilgan tarzda Pensiya jamg'armasining ma'lumotlar bazasi bilan bog'lanadi. Bu jarayon, fuqarolarga qo'shimcha xujjatlarni yig'ish bilan bog'liq bo'lgan ovoragarchiliklarning oldini oladi.

👉 @darak_uz
Atakama cho'lida ikki million yoshdagi meteoritlar topildi

Ikki million yoshdan oshiq meteoritlarning ikkita namunasi geologlar tomonidan Atakama cho'llariga qilingan ekspeditsiya paytida topildi, deya xabar beradi "Rossiyskaya gazeta". Cho'l Chilida joylashgan bo'lib, ekspeditsiya vaqtida bir guruh olimlar 388 meteoritni to'plashga muvaffaq bo'lishdi, ammo El Medano hududida joylashgan 54 ta namunalar alohida ahamiyatga ega. Bu meteoritlarning o'rtacha yoshi 710 ming yilni tashkil qiladi. Topilgan samoviy jismlarning 30 foizining yoshi bir million yildan ortiq va faqat ikkita namunaning yoshi ikki milliondan ortiq ekanligi aniqlandi.

👉 @darak_uz
2025/07/14 22:41:30
Back to Top
HTML Embed Code: