Telegram Web Link
Dehqonobodlik haydovchini sarson qilgan YPX xodimidan moddiy va ma`naviy zarar undirilishi belgilandi

Bundan 3 yil avval boshlangan dehqonobodlik haydovchi va YPX xodimi o'rtasidagi mojaro joriy yilning 25 fevral kuni o'z nihoyasiga etdi.

Xo'sh, aslida nima bo'lgandi?

«Nasafnews» muxbirining yozishicha, joriy yilning 25 fevral kuni fuqarolik ishlari bo'yicha Boysun tumani sudining ochiq sud majlisi bo'lib o'tdi.

Sudda Odiljon Begmatovning Surxondaryo viloyati IIB YHXB inspektori Botir Abdullaevga nisbatan moddiy va ma`naviy zarar undirish to'g'risidagi da`vo arizasi ko'rib chiqildi.

Ma`lum bo'lishicha, Dehqonobod tumanida istiqomat qiluvchi Odiljon Begmatov 2017 yil 29 avgust kuni soat 23:35 larda onasi O'.Berdievaga tegishli bo'lgan Kobalt rusumli avtomashinani Dehqonobod-Denov yo'nalishi bo'yicha boshqarib borib, tezlikni oshirgani aytilib, YPX inspektori B. Abdullaev tomonidan ma`muriy bayonnoma tuzilgan.

Shundan so'ng, haydovchiga Dehqonobod tumanidagi inspektorlarning xulosasi bilan O'zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 128-3-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 1 mln 425 ming so'm jarima jazoasi tayinlangan.

O.Begmatovning mansabdor shaxs ustidan bergan shikoyati Dehqonobod tuman ma`muriy sudida ko'rilib, jarima jazoasi 149 ming 775 so'mga o'zgartirilgan.

Voqeaning yakuni bo'yicha O'zbekiston Respublikasi oliy sudi ma`muriy ishlar bo'yicha sudlov hay`atining 2019 yil 11 oktabr- kunidagi qarori bilan O. Begmatovning harakatlarida ma`muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi aniqlanmagan.

Bunday holda haydovchi O.Begmatov ma`muriy huquqbuzarlik sodir etmagan deb hisoblanadi.

O'rganish ishlari davomida YPX inspektori B. Abdullaev g'ayriqonuniy ravishda bayonnoma rasmiylashtirgani, buning natijasida dehqonobodlik O.Begmatov sarson bo'lgani tasdig'ini topdi.

Sud qaroriga ko'ra, haydovchini 3 yil sarson qilgan YPX sobiq inspektoridan( bu davrda inspektor nafaqaga chiqqan) jami 3 mln 577 ming so'm moddiy va ma`naviy zarar undirilib berilishi belgilandi.

👉 @nasafnewsuz
O'zbekistonda koronavirucdan vafot etgan 39 yoshli erkak haqida ma`lumot berildi

Bugun 39 yoshli 1 nafar erkak bemorda o'lim holati qayd etildi. Sog'liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan atroflicha izoh berdi.

Vafot etgan bu bemor Fransiyadan yurtimizga birinchi kasallikni olib kelgan bemor bilan muloqotda bo'lgan.

U o'z kasalligini dastlab bilgan bo'lsa-da, o'zi vrach bo'la turib, yurtimizda olib borilayotgan shuncha targ'ibot ishlariga qaramay, shifokorlarga murojaat etmay, uyida yashirincha o'zicha davolanishga uringani ma`lum bo'lgan.

U kasallikning og'ir davri boshlangandan so'nggina 26 mart kuni Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga tez yordam xizmati orqali yotqizilgan.
27 mart kuni esa Virusologiya ilmiy tekshirish institutiga o'tkazilgan.

Shu o'rinda barchani tashvishga soladigan bir jihat bor: bu bemor uyida bo'lgan paytda qancha odamlar u bilan muloqot qilgan, muloqotda bo'lib kasallikni yuqtirib olganlar o'z navbatida yana qancha insonlarga tarqatgan. Nahotki, kishi o'z sog'lig'i va yaqinlari xavfsizligi uchun shunchalik sovuqqon, befarq, xudbin bo'lsa. Axir bu o'z ota-onasiga, farzandlari, nevaralari, qo'ni-qo'shnilari, qarindosh-urug'lari, xalqi, umuman Vataniga xiyonat emasmi?

👉 @darak_uz
Karantin qoidasini buzgan haydovchilar qancha jarima to‘laydi?

Karantin qoidasini buzgan haydovchilarning transport vositalari jarima maydoniga joylashtirilganidan so‘ng, karantin cheklovlari tugamaguncha, qaytarib berilmaydi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov maʼlum qilgan.

Jarima esa 4 mln 460 ming so‘mdan 11 million so‘mgacha.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020-yil 30-martdan 20-aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi belgilandi.

Davlat xizmatlari markazlariga ko‘plab fuqarolar tashrifi kuzatildi. Shu sababli, mazkur ruxsatnoma uchun arizalar faqat elektron shaklda qabul qilinmoqda.
👉 @darak_uz
AQSHda COVID-19ʼdan davolanish qancha turadi? Oʻzbekistonda-chi?

Tibbiy sugʻurtasi yoʻq AQSH fuqarosi shifoxonada koronavirusdan davolanish uchun oʻrtacha 42 486 dollardan 74 310 dollargacha toʻlashi kerak. Bunga 6 kunlik muddat belgilangan. Narx bemor ahvolining yomonlashishi va ogʻirlashish paydo boʻlishiga qarab oshib boradi. Bu haqda CNBC kanali FAIR Health notijorat tashkiloti tahlillariga asoslanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, sugʻurtasi borlar sugʻurta shartlaridan kelib chiqqan holda 21 396 dollardan 38 755 dollargacha sarflashiga toʻgʻri kelar ekan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda ushbu xarajatlarning hammasini davlat oʻz zimmasiga olgan.

👉 @darak_uz
Avstraliyada 48 soat ichida koronavirusni organizmda bloklovchi dori ixtiro qilindi

Avstraliyalik olimlar koronavirusga qarshi samarali Ivermektin dorisi haqida ma’lum qilishdi. Ushbu Ivermektin antiparazitik dorisi ikki kun ichida koronavirusning odam tanasida ko‘payishini to‘xtatishga qodir. Bu haqda kecha, 8 aprel kuni Monash universiteti va Melburndagi Qirollik shifoxonasi olimlari “Antiviral Research” jurnalida ma’lum qilishdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, ivermektin tez ko‘payuvchan SARS-CoV-2 virusini odam hujayrasida ko‘payishini bloklaydi. Ma’lumki, ushbu virus odam hujayrasiga kirgandan so‘ng 100 tadan 1000 tagacha ko‘payishi mumkin.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, sinovlar davomida preparatning koronavirus bilan kasallangan hujayralarga ta’siri o‘rganilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kasallangan organizmga ivermektin kiritilgandan ikki kun o‘tgach, virusning 99 foiz RNKsi hujayralarga kirganidan so‘ng o‘z “faoliyatini” to‘xtatgan.

“Ivermektin bilan ishlov berilgan hujayralarda 48 soatdan keyin virusli RNK miqdori besh ming marta kamaydi. Bu hujayradagi barcha virusli moddalarning yo‘qolishiga dalolat beradi”, deyiladi maqolada.

Shu bilan birga, olimlarning ta’kidlashicha, sinovlarda ivermektinning toksik ta’siri aniqlanmagan. Inson organizmiga zarari yo‘q.

👉 @darak_uz
Karantinda zerikib qolgan ayol bog‘idan qadimiy xazina topib oldi

Angliyaning Gempshir grafligi, Portsmut shahrida istiqomat qiluvchi ayol uyining bog‘idan 500 yil muqaddam zarb qilingan qimmatbaho tangani topib oldi, deya xabar berdi «Daily Mail».

48 yoshli Amanda Jonston koronavirus tufayli uyda o‘tiraverib zerikib qoladi va 11 yoshli o‘g‘li Jorjning metall izlovchi uskunasi yordamida hovlini aylanib chiqishga qaror qiladi. Buning natijasida u qadimgi xazina — Genrix VII hukmronligi davrida zarb qilingan oltin tangani topib oladi. Og‘irligi 22 qirot keladigan tanga 1464 yildan boshlab qariyb 200 yil davomida muomalada bo‘lgan. Uning qiymati — olti shilling va sakkiz pens.

Qonunga binoan, agar xazina bitta tangadan iborat bo‘lsa, xazina izlovchi topilmani ro‘yxatdan o‘tkazishga majbur emas. Buning ustiga, Jonston xazinani o‘ziga tegishli hududdan topgani bois unga boshqa hech kim da’vogarlik ham qilolmaydi.

«Xazina izlashda nafaqat o‘g‘limning metall qidiruvchi uskunasidan, balki kichkina kurakchadan ham foydalandim, — deydi Jonston. — Tanga topib olganimga ishongim kelmayapti. U juda yupqa, lekin qimmatbaho ekanligini darrov tushunganman».

Britaniyalik ayol topilmani hozircha o‘zida olib qolmoqchiligini, lekin kelajakda uni baribir sotishini tan oldi. O‘tgan yili shunga o‘xshash tanga kimoshdi savdosida 2,6 ming funt sterlingga sotilgan.

👉@darak_uz
Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari koronavirusga qarshi «aqlli niqob»ni ixtiro qildilar.

Bu niqob sezish funksiyasi orqali avtomatik tarzda inson haroratni o‘lchash, yo‘talish va nafas qisilishi kabi barcha ma’lumotlarni maxsus ilova orqali smartfonga yuboradi.

Universitetning Kompyuter va Dasturiy Injiniring fakulteti 4-kurs talabalari Doston Mardiyev va Aziza Abdurahmonova O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda o‘z hissalarini qo‘shishga qaror qildilar va «aqlli niqob»ni yaratdilar.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining fikriga ko‘ra, bunday niqobni qayta va qayta ishlatsa bo‘ladi. U insonning tana haroratiga, yo‘talish, aksirish va nafas olishda bo‘layotgan qiyinchilikni uch xil sensorlar orqali aniqlab bera oladi.

Niqob mobil ilova orqali telefon bilan birlashtirilgan bo‘lib uning yordamida niqobga o‘rnatilgan sensorlar avtomatik ravishda qayd etilgan ko‘rsatkichlarni smartfonga yuboradi. Ilova ushbu ma’lumotni COVID-19 alomatlari bilan taqqoslaydi. Agar tasodif bo‘lsa, dastur aniqlik kiritadi.

"COVID-19"ning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, u boshqa o‘tkir yuqumli kassaliklardan ajralib turadi: yuqori isitma, quruq yo‘tal, nafas qisilishi kabi.Sensorlar tufayli niqob bu ma’lumotlarni osongina aniqlay oladi. Masalan, agar odamda harorat 38,5 bo‘lsa, u tez-tez yo‘talsa va uzoq vaqt nafas ololmasa dastur niqob egasi COVID-19 dan shubhalanayotganligi haqida signal beradi. Kelajakda biz bu niqobni tibbiy muassasalar bilan kelishilgan holda tekshirshni rejalashtirmoqdamiz. Tegishli alomatlari bo‘lgan odamlarga tez yordam berish oson bo‘ladi», - dedi g‘oya muallifi Aziza Abdurahmonova.

Loyihaning muallifi Doston Mardiyevning ta’kidlashicha, ayni paytda loyiha yakunlanib, sinovdan o‘tkazilmoqda. Talabalar bunday niqoblar kelajakda jamiyat uchun foydali va tegishli bo‘ladi deb umid qilishadi.
👉 @darak_uz
O‘zbek deputatining xorijda o‘qiydigan erkatoy o‘g‘li “Kaptiva”da “quroli”ni ko‘z-ko‘z qilib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda qora rangli “Kaptiva”da avtomat ko‘tarib ketayotgan yigitning videosi tarqaldi. Bu o‘zbekistonlik deputatning xorijda o‘qiydigan o‘g‘li bo‘lib, yog‘ochdan yasalgan avtomatni avtomashina derazasidan ko‘z-ko‘z qilgan holatini videoga olgan va o‘zining ijtimoiy sahifasida eʼlon qilgan.

“Bu oldingi video edi. Shunchaki chiroyli chiqqani uchun men uni o‘z sahifamda eʼlon qilgandim. Bu videoning odamlar ongiga saliy taʼsir qilishini bilmabman...” – deydi havaskor “terrorchi”. Hurmatli deputatimizning erkatoy o‘g‘ilchasi qilgan aybiga pushaymonligini aytib, xalqimizdan kechirim so‘radi.

👉 @darak_uz
Pandemiya davrida qancha O‘zbekiston fuqarosi ishsiz qolgani ma’lum qilindi
Bir yarim milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari koronavirus pandemiyasi tufayli ishsiz qolgan.
Nozim Husanov “Cotton Campaign“ xalqaro koalitsiyasiga o‘zbek paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlariga qo‘yilgan boykotni olib tashlashni so‘rab xat yo‘llagan. U o‘z maktubida mamlakatdagi ishsizlik darajasi haqida ham to‘xtalib o‘tgan.

“Shu kunlarda koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash va iqtisodiyot sohalari misli ko‘rilmagan xavfga duch keldi. Xalqaro mehnat tashkilotining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 25 million kishi o‘z ishini yo‘qotishi mumkin va ishchilarning daromadlari kamida 3,4 trillion dollarga kamayadi. AQSH va O‘zbekiston ham bundan holi emas.

Bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozori misli ko‘rilmagan bosimga duch kelmoqda: respublikaning 1,5 mlndan ortiq fuqarosi ishsiz. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keskin (choralar) izolyatsiya tufayli 150 ming fuqaro majburan ishsiz qoldi, chet eldan qaytgan 140 mingdan ortiq fuqarolar doimiy daromadlaridan mahrum bo‘lishdi, 200 mingdan ortiq oila qashshoqlik yoqasida.“, deyiladi xatda.

Shu munosabat bilan, vazir koalitsiyadan o‘zbek paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlariga boykotni olib tashlashni so‘ragan. Uning ta’kidlashicha, ushbu taqiqni olib tashlash jahondagi tibbiy niqob va boshqa shaxsiy himoya vositalari tanqisligiga barham berishga sabab bo‘ladi.

“AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksportni qayta tiklash COVID-19 ga qarshi global kurashda muhim rol o‘ynashi mumkin. O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari qisqa vaqt ichida vaziyatga moslashgan holda shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqarishni o‘n barobarga oshirdi. Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar boykotga duch kelmaganida, o‘zbek to‘qimachiligida tayyorlangan niqoblar, jarrohlik liboslari va boshqa turdagi shaxsiy himoya vositalari yuzaga kelayotgan global vaziyatni bartaraf etishda madad bo‘lishi mumkin edi“, deyiladi vazir maktubida.

Ma’lum qilinishicha, 2018 yilda “Cotton Campaign“ AQSHga O‘zbekistonni bolalar mehnati evaziga paxta yig‘im-terimi olib boriladigan mamlakatlarning tegishli ro‘yxatidan chiqarmaslikni so‘rab murojaat qilgan. Bunga sabab qilib 2017 yilda bolalarni paxta terimiga jalb qilish holatlari qayd etilgani ko‘rsatilgan.

👉 @darak_uz
Коронавирусга чалинганлар сони камая бошлади

13 апрель куни жами 133 кишида инфекция аниқлангани хабар қилинганди. 14 апрелда эса беморлар сони 167 кишига кўпайди. Бу ҳозирча юртимизда қайд этилган энг юқори кўрсаткич бўлиб турибди.
Беморлар сонининг бу тарзда кескин оша бошлагани кўпчиликда хавотир уйғотгани табиий. Аммо кейинги икки кун ичида касаллик аниқланиши камая бошлагани кузатилмоқда.

Ҳар куни уч маротаба статистик кўрсаткич эълон қилаётган Соғлиқни сақлаш вазирлиги 16 апрель санасида фақат бир бор янги ҳолатлар миқдорини маълум қилди. Соат 10:00 ҳолатига 47 нафар янги бемор рўйхатга олингани айтилди. Кун давомида бошқа нохуш хабар эшитмадик.

Шундай қилиб, 16 апрель санасидаги ўсиш – 47 нафарлигича қолди. Умид қиламизки, инфекция юртимиздан чекина бошлади.

👉 @qashqadaryo_axboroti
🔴 Бир нафар беморнинг соғайи учун Ўзбекистон қанча маблағ сарфлаяпти?

☑️Коронавирувса чалинган ўрта аҳволдаги ҳар бир беморни даволаш учун – 32 миллион сўм
☑️Оғир аҳволдаги беморга – 64 миллион сўм
☑️Карантиндаги фуқарога – 2,4 миллион сўм
☑️Касаликдан тузалиб, реабилитацияга олинган бемор учун – 2,8 миллион сўм.

👉 @darak_uz
Рўзадорлар пандемия шароитида нималарга амал қилиши керак?

Бу ҳақда мутахассис, диетолог Гули Шайхова ўз тавсияларини берди:

Рўзадорлар тез ҳазм бўлмайдиган, клечаткага бой маҳсулотларни истеъмол қилиши лозим. Улар организмни 8 соат давомида тўқ тутади. Масалан: Таркибида арпа, буғдой, сули, манний ёрмаси, дуккаклилар, ясмиқ (чечевица) бўлган маҳсулотлар.

Нўхат, қовоқча, маккажўхори, исмалоқ, қизил лавлаги барглари, ҳўл мева, бодом, ўрик, анжир ва олхўри қоқиси клечаткага бой ва керакли маҳсулот.

Таркибида қанд, олий навли ун ва рафинадланган егуликлар тез ҳазм бўлади. Улар 3-4 соат давомида тўқ тутади холос.

Саҳарликда кўп чой ичманг. У суюқликни тез ҳайдайди. Ифторликдан сўнг қайнатилган сув ҳамда шарбат ичиш фойдали.
Манба: ЎзА.

👉 @darak_uz
КОРОНАВИРУСНИНГ ЯНГИ АЛОМАТЛАРИ АНИҚЛАНДИ

⚠️ "USA Today" нашрининг ёзишича, америкалик шифокорлар COVID-19 касаллигининг янги симптомини аниқлади.

Мазкур аломатга кўра, оёқ бармоқлари кўк ёки бинафша рангга киради ва касалликнинг эрта босқичида намоён бўлади.

Пенсилвания университетининг юқумли касалликлар бўйича мутахассиси Эббинг Лютенбахнинг маълумот беришича, одатда, доғларга тегиб кетганда қизиш ва оғриқ ҳислари пайдо бўлади.

Бундан ташқари, инфекциянинг бундай намоён бўлиши ўткир респиратор бузилиш синдроми бўлган оғир беморларда, асимптоматик беморларда, шу жумладан болаларда ҳам учраши мумкинлиги маълум қилинган.

Шунингдек, унга норасмий “коронавирус бармоқлари“ деб ном беришган.

👉 @darak_uz
Ўзбекистонда 2020 йил 26 апрель соат 06:00 гача бўлган ҳолат:

☣️ COVID-19 билан оғриган жами беморлар — 1862 (+58)

Тузалганлар — 707 (+86)

🔲 Вафот этганлар — 8 (+0)

⭕️ Айни пайтда даволанишда — 1147 (–28)

👉@darak_uz
БУГУН ЯНА ТЎРТТА ВИЛОЯТДАН 24 НАФАР БЕМОР СОҒАЙДИ

Самарқанд ва Сурхондарё вилоятларидан 7 нафардан, Бухоро ва Андижон вилоятларидан эса 5 нафардан жами 24 нафар коронавирус инфекциясига чалинган беморлар буткул соғайди. Улар вилоятлар соғлиқни сақлаш бошқармалари масъуллари иштирокида реабилитацияга кузатилди.
Шундай қилиб, бугун айни пайтга қадар 82 нафар бемор тузалиб, мамлакатимиз бўйлаб коронавирус инфекциясидан бутунлай соғайганлар сони 789 нафарни ташкил этмоқда.

👉 @darak_uz
🔵 Жарима тўлашда яна имтиёзлар берилди

📌Агар 15 кун ичида жарима миқдорининг 70 фоизини ихтиёрий равишда тўлаган ҳуқуқбузар шахс жариманинг қолган қисмини тўлашдан озод этилади.

📌Жарималарни тўлаш муддати 15 кундан 30 кунгача уйзайтирилди.

📌Йўл ҳаракати қоидаларини бузганлик учун жарималар тўлаш муддати эса ўзгармади. Улар илгаридек, қарор олинган кундан бошлаб 60 кун ичида тўланиши лозим.

Президентнинг “Ўзбекистон Республикаси айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги қонун билан шундай имтиёзлар белгиланди.
Манба: UzA

👉 @darak_uz
⚡️ Қашқадарё вилояти бўйича коронавирусдан касалланганларнинг сони 40 нафарга етди.
Улардан 6 нафари касалликдан тўлиқ соғайган.
34 нафар бемор даволанмоқда.
Вафот этганлар йўқ.

Охирги касалланиш ҳолати Муборак туманида фаолият кўрсатувчи хорижий корхонанинг 28 нафар ишчисида аниқланди.

👉 @nasafnewsuz
⚡️Sardobaliklar boshiga tushgan kulfat ortidan pul ishlagan shaxs aniqlandi🤦‍♂

Ma'lum qilinishicha, fuqaro M.J. Sardoba tuman 21-sonli maktabga evakuatsiya qilingan aholi uchun zarur nooziq-ovqat mahsulotlarini olib kelish maqsadida Sardoba tuman Qizil yarim oy jamiyati rahbari nomidan soxta hujjatlar tayyorlagan.

Shu yo’l bilan 53 mln so’mlik mahsulotlarni maxsus ombordan olib chiqib, noma'lum shaxslarga pullagan.

Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan. Tergov harakatlari o’tkazilmoqda.

👉 @darak_uz
🌏 Dunyoda 25-noyabr kuni ertalab koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar soni 59,6 million kishidan oshdi, ulardan 1 406 697 dan ortig'i vafot etdi.
Manba: Jons Xopkins universiteti.‌

🔝@darak_uz
Аввало, дунёнинг ҳеч бир нуқтасида уруш бўлмасин.
Тинчлик бўлсин.


Агарда Россия ва Украина воқеалари сизга қизиқ бўлса, иккинчи телеграм каналимиздан маълумот олишингиз мумкин.

Уланиш:👉 @Qashqadaryo_axboroti
2025/06/30 00:48:15
Back to Top
HTML Embed Code: