Telegram Web Link
Ayb kimda? Hindistonga davolanish uchun ketgan ayol Toshkentga tobutda qaytdi

Hindistonga saraton kasalligiga chalingan 52 yoshli Nargiza Ahrorova davolanishga ketgandi, ammo Toshkentga uning jasadini olib kelishdi. Marhumaning o'g'li Odilbek Ahrorovning aytishicha, u vositachilarga ishonib, onasini bir necha ming dollarga Hindistonga olib kelgan, ammo oxir-oqibat aldangan. Erini hindistonlik deya atagan toshkentlik vositachi ayolning aytishicha, Nargiza Ahrorova kasallikning so'nggi bosqichida bo'lishiga qaramasdan, 30 may kuni kasalxonaga yotqizilgan.

Bemor Jaypee shifoxonasiga yotqizilgan.
Vositachining so'zlariga ko'ra, Odilbek Ahrorov to'lashga puli bo'lmagani sababli onasini shifoxonadan olib chiqadi va "agar o'lib qolsa, javobgarlikni o'z zimmasiga olishini" aytadi.

Ahrorovaning ahvoli 8 iyun kuni Toshkentga uchayotgan samolyotda kislorod tugashi bilan yomonlashadi, shundan keyin samolyot Dehliga qaytishga majbur bo'ladi. Hindistonda saraton kasalligidan qutulishga urinayotgan 52 yoshli Nargiza Axrorovaning o'limi haqida videorolik ijtimoiy tarmoqlarda aks sado berdi. Marhumning o'g'li Odilbek Axrorovning so'zlariga ko'ra, "vositachi" uni aldagan. "Erini hindistonlik deb aytgan bir ayol bizga 1000 dollarga onamni davolattirishini aytdi. Biz ishondik va 30 may kuni onam bilan Dehliga uchib keldik. U Hindistonga o'z oyoqlari bilan yurib kelgandi, ammo o'n kundan keyin uni Toshkentga tobutda olib keldik", dedi Odilbek Ahrorov. O'g'ilning aytishicha, shifoxona xodimlari onaning davolanishi uchun vositachi aytgan puldan ancha ko'p pul so'rashgan.

"Bir necha kun onam doimiy ravishda tomchilab turuvchi dori va turli ineksiya oldi. Bizga 5000 dollar yoki kuniga 1500 dollardan to'lashimiz kerakligini aytishdi. Bizda buncha pul yo'q edi. Vositachining gapiga ishonib, 1000 dollar deb hisoblagandik. Oqibatda pul yo'qligi sababli men onamni O'zbekistonga olib ketishni so'radim dedi marhumaning o'g'li.

"Biz vositachi ayol va erining tuzog'iga tushdik hamda onamni yo'qotdik. Agar bunday bo'lishini bilsam, onamni buncha qiynamasdim. Ular onamning ahvolini bilishdi va bizni shu qadar ko'p pul sarflashga majbur qilishdi", deya qo'shimcha qiladi Ahrorov.

Ahrorov "vositachining eri" deb atagan Kabir ismli hind esa ayol Hindistonga og'ir ahvolda olib kelinganini aytadi. Uning aytishicha, o'g'li davolanish muddati tugaguniga qadar onasining o'limi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi haqida tilxat yozib bergan. "... Men uning ijtimoiy tarmoqdagi yozuvlarini o'qidim. U "onam Hindistonga o'z oyoqlari bilan kelgan" deb yolg'on gapiribdi. Aslida, ayol juda yomon ahvolda edi, u g'ildirakli stulda keltirishdi. O'zingiz o'ylang, qanday qilib saratonning so'nggi bosqichida bo'lgan bemorni 1000 dollar evaziga davolash mumkin?", deydi Kabir.

Xullas, hozircha tafsilotlar shu. Orada o'g'il onasidan, bir oila eng yaqin insonidan ayrildi.
Gulbahor Yo'ldosheva oxirgi film s'yomkasini tugatishga ulgurmadilar, afsus...

Oldinroq O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Gulbahor Yo'ldoshovaning vafot etgani haqida xabar bergandik. Ma'lumotlarga ko'ra, iqtidorli aktrisa vafotlaridan oldin "Qo'qon shamoli" badiiy filmida suratga tushayotgan ekanlar. Afsus...

"O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, o'zbek Medeyasi, o'ziga xos, betakror iste'dod sohibasi Gulbahor Yo'ldosheva olamdan o'tdi. Gulbahor Yo'ldosheva ayni kunlarda kinorejissyor ham aktyor, opaning sahnadagi yelkadoshlaridan biri Dilmurod Masaidov suratga olayotgan Qo'qon shamoli badiiy filmida band edilar", deb yozgan jurnalist Shohira Hamro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
O'zbekistonda blogerlarga soliq solishmoqchi, bo'yin tovlasa – smartfon yoki kompyuterini tortib olishadi!

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat soliq qo'mitasi mutasaddilari ishtirokida Qo'shimcha qiymat solig'i va boshqa yangi soliqlar implementatsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyati mavzusida brifing va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Bu haqda agenlik matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqotda internetdagi maxsus sahifalar va instagram, telegram, feysbuk kabi ijtimoiy tarmoqlarda reklama e'lonlarini joylashtirish orqali daromad olish va bundan soliq to'lanishi shart yoki shart emasligi haqida savol berildi.

Daromad olishga yo'naltirilgan har qanday faoliyat turi tadbirkorlik hisoblanadi, dedi Davlat soliq qo'mitasi Matbuot xizmati vakili Muzaffar-Yusuf Nazarov. Qanday yo'l bilan daromad topishingizning ahamiyati yo'q. Davlat ro'yxatidan o'tishingiz shart. Agar siz daromad topish faoliyati bilan shug'ullanayotgan bo'lsangiz, yo yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yo yuridik shaxs sifatida albatta davlat ro'yxatidan o'tgan bo'lishingiz kerak Blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar, personal sahifalarda reklama joylashi va shu yo'l bilan daromad orttirishiga noqonuniy faoliyat deya ta'rif berildi.

To'g'ri, qonunda blogerlik degan tushuncha yo'q. Blogerlik faoliyat turi emas, bunga qonunchilikda ta'rif berilmagan, dedi Davlat soliq qo'mitasi boshqarma boshlig'i Aydos Qoshanov.
Lekin siz kimdandir pul olib, xizmat ko'rsatayapsizku. Bu xizmat ko'rsatish evaziga haq olish hisoblanadi. Va xizmat ko'rsatish bilan bog'liq holat sifatida qayd etiladi. Qonunda blogerlik tushunchasi mavjud bo'lmasa-da, xizmat ko'rsatish degan tushuncha bor Davlat soliq qo'mitasi boshqarma boshlig'i Ahmadjon Suyunov ijtimoiy tarmoqda reklama joylab pul topayotgan blogerlar patent, ya'ni yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida guvohnoma olishi kerakligini ta'kidladi.

Agar ijtimoiy tarmoqlarda reklama orqali daromad ko'rayotgan shaxs davlatga soliq to'lamasa, undan texnika vositasi (telefon, noutbuk, planshet, kompyuter) olib qo'yilish mumkinligi aytildi.

Agar kimda-kim noqonuniy ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan bo'lsa, biz undan tadbirkorlikni qanday vosita orqali amalga oshirayotgan bo'lsa, o'sha vositasini, jihozini olib qo'yishga to'laqonli haqqimiz bor, dedi boshqarma boshlig'i Aydos Qoshanov. Bu qonun doirasida kafolatlangan. Olib qo'yilgan jihoz 30 kungacha ushlab turilishi mumkin. Agar o'sha shaxs yoki bloger 30 kun ichida PF-4848 sonli Prezident Farmoni asosida davlat ro'yxatidan o'tsa, olib qo'yilgan jihozlari qaytarib beriladi

Muloqotda qayd etilishicha, yangi tahrirdagi Soliq kodeksida elektron tijorat sohasida soliqlarning joriy etilishi ko'zda tutilgan. Yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo'yiladi.
Шаҳрисабзда 2 та олийгоҳ филиали очилди

Батафсил:
👉 https://nnews.uz/?p=2062

Телеграм:👉 @nasafnewsuz
Qidiruvda bo'lgan o'zbekistonliklarning fuqarolik pasporti amal qilish muddati bekor qilinishi mumkin

O'zbekistonda qidiruvdagi shaxs pasportining amal qilish muddati sud qarori bilan to'xtatilishi mumkin. Bu haqda Yuksalish umummilliy harakati matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qonunchilik palatasi deputatlari navbatdagi yalpi majlis davomida Jinoyat-protsessual kodeksiga bu haqdagi o'zgartish kiritishni ko'rib chiqib, birinchi o'qishda ma'qulladi.

Deputatlarning fikricha, ushbu o'zgartish ekstraditsiya qilishning imkoni bo'lmagan qidiruvdagi shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligi printsipi ta'minlaydi, shuningdek, ekstraditsiya qilish uchun davlat byudjetidan ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi. Ta'kidlanishicha, bunday tajriba AQSh, Kanada, Germaniya, Frantsiya, Norvegiya, Hindiston va boshqa ko'plab davlatlarda ayblanuvchilarni suddan yashirinishini oldini olish maqsadida joriy etilgan.
Вазирлик Нишондаги шов-шувли воқеа бўйича баёнот берди: айрим масъул ходимлар вазифасидан озод этилди

Батафсил:
👉 https://nnews.uz/?p=2086

Телеграм:👉 @nasafnewsuz
Ana xolos! Chilonzorda «Lasetti» haydovchisi inspektorni atayin urib ketdi
Toshkent shahri, Chilonzor tumani profilaktika inspektori 13 iyunga o'tar kechasi o'z hududini tekshirib yurgan vaqtda, tahminan tungi soat 01.30da yo'l chetida turgan Lasetti avtomobilini ko'radi. Uning ichida notanish ikki shaxs o'tirgan bo'lgan. Inspektor ularning shaxsini aniqlash maqsadida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ko'rsatishni so'raydi.

Ammo haydovchi huquq-tartibot xodimining talabiga bo'ysunmasdan, mashinani harakatga keltiradi. Inspektor tekshirishdan bo'yin tovlashni to'xtatish maqsadida avtomobil oldiga turib olgan. Ammo haydovchi harakatni davom ettirgach, o'zini saqlash maqsadida kapot ustiga chiqib olishga majbur bo'ladi. Avtomobil shu holatda biroz yo'l yurgandan so'ng inspektor sakrab tushib qolishga muvaffaq bo'ladi, Lasetti avtomobili esa tezlikda ko'zdan yo'qoladi.
Ammo qisqa vaqt davomida qidiruv samarali amalga oshirildi va haydovchi hamda yo'lovchi qo'lga olindi.
Tekshirish asnosida haydovchi 37 yoshli Sohib. X ekani, yo'lovchi esa 18 yoshli Alena K. ekani aniqlangan. Ularning har ikkisi ham psixotropik dori vositalari ta'sirida bo'lgani sud-meditsina ekspertizasi tomonidan ma'lum qilindi. Ayni vaqtda ushbu holat bo'yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Biri yalindim deydi, biri esa taqiqlayapti deydi. Rayhon va Yigitali omma oldida tortishib ketdi

Shou-biznes o'z nomi bilan shou. Ana shunday "shou"lardan biri instagram ijtimoiy tarmog'ida o'zbek segmentida bo'lib o'tdi. Ularning bosh qahramonlari O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rayhon G'anieva va akter Yigitali Mamajonov.

Kunlarning birida xonanda o'z sahifasiga surat qo'yadi va unga quyidagicha izoh qoldiradi. Yigitali esa unga chiday olmay chsuratdagi kommentni yozadi (hozir u izoh o'chirilgan). Qisqa qilib aytganda Rayhon Yigitaliga sen otalik qila olmading, sen xatto farzandlaringni ko'rgani kel deb yalinsam ham kelmading, deyapti. Farzandlariga otalik vazifasini hozirgi turmush o'rtog'i (boshlovchi Farhod Alimov) qilganini aytgan. Bunga javoban Yigitali Rayhonni farzandlari bilan ko'rishtirmaganlikda ayblagan. Qisqasi qolganini Yigitali o'zbek tilida juda bexato yozishini isbotlagan holda o'z ona tilida bayon etgan.
Qoraqalpog'istonda 14 iyun kuni kuzatilgan bo'ron 34 ta uyning tomini uchirib yuborgan

Qoraqalpog'istonda 14 iyun kuni chang va tuz aralash kuchli shamol kuzatildi. Soat 20:32 dan 20:38 ga qadar davom etgan tabiiy ofat oqibatida Nukus shahrida kamida ettita binoning tomi uchib tushgani haqida avval xabar berilgan edi. «Gazeta.uz»ning Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligiga asoslanib xabar berishicha, tom uchib tushishi holatlari Nukusda ko'proq bo'lgan, butun Qoraqalpog'iston bo'yicha esa jami 34 tani tashkil etgan. Xususan, Nukus shahrida 27 ta, Xo'jayli tumanida 2 ta, Shumanay tumanida 4 ta, Taxiatosh tumanida 1 ta tom uchib tushishi holatlari qayd etilgan. Manba: daryo.uz
Hindistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli odamlar halok bo'lmoqda

Butun mamlakat bo'ylab havo harorati rekord ko'rsatkichlarni qayd etmoqda, deb xabar berdi Euronews.com.nashri. Hozirda mamlakatning markaziy shtatlarida havo harorati o'rtacha ko'rsatkichdan Tselsiy bo'yicha 5 gradusga baland ekanligi aytilmoqda. Nyu- Delida termometr ko'rsatkichlari +48 darajaga qadar ko'tarildi.

Kuchli issiq ichimlik suvi yetishmovchiligini keltirib chiqarmoqda.

Butun mamlakat bo'ylab qadoqlangan suvga bo'lgan talab nihoyatda ortib ketgan.

Mahalliy OAV xabariga ko'ra oftob urishi va anomal issiq bilan bog'liq boshqa sabablarga ko'ra o'ndan ortiq kishi vafot etgan.

Yirik aholi punktlari va shaharlarda asfalt erib ketmasligi uchun suv bilan yuvilmoqda. Shifoxonalarga esa qo'shimcha konditsionerlar o'rnatilmoqda.
Косон «Туғруқ комплекси» шифокорлари отадан катта миқдорда ноқонуний пул олган. Аммо унинг аёли ва боласининг ҳаётини сақлаб қолмаган

Батафсил:
👉 https://nnews.uz/?p=2137

Телеграм:👉 @nasafnewsuz
TIV O'zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi: Yuqumli kasallik tarqalgan!

O'zbekistonning Dehli shahridagi elchixonasi ma'lumotlariga ko'ra, Hindistonning Bihar shtati aholisi zich joylashgan hududlarida o'tkir entsefalit sindromi (Acute Encephalitis Syndrome) tarqalmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, qurbonlar soni 80 kishidan ortiq bo'lib, asosan bolalardan iborat. Mahalliy hokimiyat organlari kasallik tarqalishini bartaraf etish bo'yicha choralar ko'rmoqda.

Shu munosabat bilan, Hindistondagi O'zbekiston fuqarolariga imkon qadar mazkur mintaqaga tashrif buyurmaslik va ehtiyot choralarini ko'rish tavsiya etiladi.

Konsullik-huquqiy departamenti Hindistondagi O'zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Dehli shahridagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatadi.
Endi afg'onistonlk qizlar O'zbekistonda ta'lim oladi
Shu yilning sentyabridan boshlab O'zbekiston va Qozog'iston universitetlarida afg'onistonlik xotin-qizlarning ta'lim olishi boshlanadi. Bu haqda Evropa tashqi munosabatlar xizmati ma'lum qildi. O'zAning yozishicha, mazkur ta'lim loyihasi mana shu ikki mamlakatning BMT bilan hamkorligida ishga tushirildi. Dastur loyihasini ishlab chiqish ishlari yakunlandi va 2019-2020 o'quv yilida hayotga tatbiq etila boshlanadi. Birinchi talabalar sentyabrda o'qishni boshlaydi. Ta'lim ingliz tilida boshlanadi va keyin Afg'onistonning o'zi tanlaydigan sohalarga - asosan statistika va tog'-kon sektoriga o'tiladi. Afg'oniston tomoni malakali mutaxassislar zarur bo'lgan sohani belgilaydi. Taxminan 50 nafar, eng ko'pi bilan 100 nafar xotin-qiz bu dasturda ishtirok etadi. Bu tajriba loyihasi, agar muvaffaqiyatli bo'lsa, u holda BMT bundan keyin ham loyihani qo'llab-quvvatlayveradi , deya ma'lum qildi Evropa tashqi munosabatlar xizmati.
Yubka kiygan erkakni do'pposlashdi

Abxaziyada noodatiy kiyim kiygan shotlandiyalik erkakni do'pposlashdi, deb xabar qilmoqda Rossiya ijtimoiy tarmoqlari. Ushbu voqea 14 iyun kuni Ritsa ko'li yaqinida sodir bo'lgan. Turistlar avtobusdan tushib tabiat manzaralarini tomosha qilayotgan vaqtda mahalliy yosh yigit shotlandiya erkaklarining an'anaviy kiyimi kilt (yubka) kiygan erkakka musht tushira ketgan.
Turist o'zini himoya qilishga majbur bo'lgan. Ushbu voqeaga ijtimoiy tarmoqlarda turlicha munosabat bildirildi. Birovlar shotlandiyalik turist borayotgan joyining urf-odatlarini bilmasligida ayblashgan bo'lsa boshqalar abxaziyalik mezbonni yovvoyilikda ayblashdi. Ikkinchi guruhdagilar soni ko'proq bo'ldi desak xato bo'lmaydi. Ma'lumot uchun, Abxaziya Kavkaz hududida joylashgan kichik respublika bo'lib  asosan turizm va vinochilik sanoatidan daromad oladi. Respublika aholisining 64 % - nasroniylar, 14 % - musulmonlar.
Yurtimizda paxta va boshoqli ekinlarning hosili sug'urta qilinadi

Hukumat qarori bilan Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo'lg'usi hosilini sug'urtalash tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma'lum qildi. Nizomga muvofiq, tadbirkorlar ekin maydoni, hosildorlik rejasi to'g'risidagi ma'lumotlarni ilova qilgan holda, bo'lg'usi ekindan kam hosil olish natijasida ko'radigan zararini sug'urtalash uchun sug'urta tashkilotiga murojaat qiladi. Banklar tomonidan paxta va boshoqli ekinlarni etishtiruvchi tadbirkorlarga imtiyozli kredit berilganida mazkur sug'urta shartnomasi talab qilinadi. Sug'urta shartnomasi tuzilganidan so'ng 30 ish kunida tadbirkorlar sug'urta mukofotini sug'urta tashkilotiga o'tkazishi kerak. Sug'urta hodisasi natijasida ekinlar zararlanishi yoki nobud bo'lishi oqibatida hosilni olish imkoniyati kamaysa tadbirkor 10 ish kunida sug'urta tashkilotiga xabar beradi. Tegishli hujjatlar taqdim qilinganidan so'ng sug'urta tashkiloti 15 kunda sug'urta tovoni to'lash yoki to'lamaslik to'g'risida qaror qabul qiladi. Sug'urta tovonini to'lashni rad etish haqida qaror chiqarilganda uning sabablari aniq keltirilishi shart.
Nima uchun OTMlarga davlat granti asosida qabul kvotalari kamaydi?

Kecha, 19 iyun kuni Adliya vazirligi tomonidan yurtimizdagi Oliy ta'lim muassasalariga belgilangan qabul kvotalariga bag'ishlab brifing tashkil etildi. Brifingda Davlat test markazi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi xodimlari ishtirok etgan. Tadbirda mas'ullar tomonidan bir qator muhim savollarga javob qaytarilgan. Xususan, Bu yilgi qabul uchun ajratilgan davlat grandlari miqdorining kamligi masalasiga Davlat test markazi xodimlari qaysi sohaga grant ajratish o'sha soha uchun talab etiladigan malakali kadrlar miqdoriga qarab ajratilishini ma'lum qilgan. Ya'ni, davlat qaysi sohaga malakali kadrlar ko'proq kerak deb hisoblasa, o'sha sohalarga grant ajratadi. Xulosa o'zingizdan.
Yaponiyada kuchi 6,7 ballga teng bo`lgan zilzila ro`y berdi

Natijada esa sunami ro`y berish xavfi vujudga keldi, bu haqda Ntdtv.ru nrashri xabar berdi.

Yaponiya meteorologiya agentligi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila epimarkazi 12 km chuqurlikda bo`lgan. Mamlakat shimoli- g`arbida kuzatilgan er osti silkinishlarining kuchi 6,7 ballni tashkil etgan. Tebranishlar 7 soniya davom etgan. Tabiiy ofat natijasida 30 ga yaqin kishi jabrlangani aytilmoqda. Yapon dengizi sohili bo`ylab, Yamagata prefekturasidan Isikava prefekturasigacha bo`lgan hududda sunami vujudga kelish xavfi e`lon qilingan.

Sakata shahri va Avasima orollarida uncha katta bo`lmagan sunami kuzatilgan. Mahalliy aholiga sohil bo`yi hududlarini tark etib, xavfsiz hududlarga joylashish tavsiya etilgan. Tabiiy ofat natijasida 9000 ga yaqin xonadon elektr ta`minotidan uzilib qolgan. Bir qator hududlarda esa ko`chkilar ro`y bergan. Shuningdek, tezyurar poezdlar qatnovi vaqtinchalik to`xtatilgan.
Hindiston 2027 yilga borib aholi soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirishi mumkin

BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti yangi “The world population prospects 2019” ma’ruzasini e’lon qildi, unda Hindiston 2027 yilga borib aholi soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirishi aytiladi.

Hindistonning Amar Ujala agentligi xabariga ko‘ra, “Bir oila-bir farzand” siyosati olib borilgan Xitoydan farqli tarzda Hindistonda tug‘ilish cheklanmadi. Bu iqtisodga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, lekin boshqa bir muammo – yangi ish o‘rinlari yaratish muammosi mavjud.
Тошкентда икки яшар бола тўртинчи қаватдан тушиб кетди

Тошкентда икки яшар бола тўртинчи қаватдан тушиб кетди
Тошкентда икки яшар бола тўртинчи қаватдан тушиб кетди. Бу ҳақда ОАВда хабарлар тарқалди.

Воқеа пойтахтнинг Сергели туманидаги "Чоштепа" маҳалласида содир бўлнган. Чақалоқ тўртинчи қаватнинг "балкон"идан қулаб тушган.

Маълум бўлишича, воқеа пайтида чақалоқнинг онаси уйда бўлмаган. Уйда катталардан фақат аёлнинг собиқ эри бўлган. Бу пайтда у ҳам меҳмонларни кутиш билан овора бўлган. Бола касалхонага етиб бормай, вафот этган.

Воқеа тафсилотлари ўрганилмоқда.
Sayyoramizdagi qochoqlar soni rekord darajaga etdi

BMT sayyoramizdagi qochoqlar soni rekord daraja 70 million nafardan ortib ketganini ma`lum qildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.


BMT ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan yilning oxiriga kelib, dunyodagi qochoqlar soni ikki million 300 ming kishiga ko`payib, 70 million 800 ming nafarga borib etgani ma`lum qildi. Bu ikkinchi Jahon urushi davridan buyon eng yirik ko`rsatkichdir. BMTning qochoqlar ishi bo`yicha oliy komissari ma`lumotiga ko`ra, 26 millionga yaqin kishi boshqa davlatlarga qochib o`tgan.

Qochoqlarning uchdan ikki qismi Suriya, Afg`oniston, Janubiy Sudan, Myanma va Somali davlatlari hissasiga to`g`ri kelmoqda. Urushlar va taqiblar tufayli bu erdagi aholi o`z uy- joylarni tashlab chiqib ketishga majbur bo`lishgan. Eng achinarlisi, qochoqlarning teng yarmini voyaga etmaganlar tashkil etadi. Muhojirlarning eng katta oqimi – 3 million 700 ming kishini Turkiya qabul qilgan.
2025/07/13 17:00:35
Back to Top
HTML Embed Code: