Telegram Web Link
Мудраётган сенаторлар

Биз қонунларга нега қайта-қайта ишлов бериб “рандаланиши” ва уларнинг кўплари реал ҳаётга, айрим бошқа қонунларга тўғри келмаслиги ҳақида кўп бош қотирардик. Сенат ялпи мажлисида саволларимизнинг жавобини топгандек бўлдик.

Олий Мажлис юқори палатасидаги ноёб кадрлар тарихга муҳрланди.

Ўйлаймизки, жаноб сенатор ва депутатлар ўз хулосаларини чиқаришар. Аммо...

Бу суратлардан кейин фотосуратчиларга нисбатан қандайдир янги чора ўйлаб топишмаса бўлди. Масалан, олган суратларини олдин кўриб бериб, кейин бинодан чиқариб юбориш каби амалиёт қўлланилмасин-да.
Суратлар манбаси: қалампир.уз
Tелеграм каналимизга қўшилинг:👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAE7D8rYZSq7PFnUBvw
Xolis fikr: Gulnora Karimova, och-nahor oilalar, mashaqqat chekayotgan ayollar

Shak-shubhasiz, bugun Gulnora Karimova mavzusi trendga chiqdi. Jurnalist Nizomjon Islomov ham o'zining telegramdagi kanalida bu haqda fikr bildirdi. "Ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda, saytlarda, umuman OAVda Gulnora Karimovaning ozodlikka chiqishi yoki chiqmasligi borasida turli fikrlar yangramoqda.

Men ana shu masala bo'yicha bir nechta omillarga tayangan holda fikr bildirmoqchiman. Odamiylik printsipi. Ko'pchilik insoniylik yuzasidan kelib chiqib Gulnora Karimovani ozod qilish kerak, deya fikr bildiryapti. Hatto u jazosini olib bo'ldi, deyishmoqda ham. Xo'sh, agar odamiylikka tayanadigan bo'lsak, ayni damda 5,6,10 va hatto yigirma yil qamoq jazosiga hukm qilingan va jazosini o'tayotgan korruptsionerlar, poraxo'rlar, firibgarlarning jinoyati moddiy ko'lami Gulnora Karimova bilan bog'liq raqamlar oldida hech narsa. Gulnora Karimovaning ayni damda ko'zga ko'rinarli bir jihati bor, xolos ; u Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimovning qizi. Ammo qonun hammaga barobar. Shu o'rinda bir jihatni ta'kidlash joiz, ijtimoiy tarmoqlarda Birinchi
Prezidentimizning haqi-hurmati Gulnora Karimovani kechiraylik, qabilida fikrlar aytilmoqda. Ammo unutmang Gulnora Karimova aynan Prezidentimizning millionlab farzandlarining haqini egan va uni jazolash rahmatli yurtdoshimizga nisbatan hurmatsizlik emas, aslo. Qonuniylik printsipi. Qonuniylik printsipiga kelsak, o'margan pullarining miqdori, qilgan firibgarliklari uchun Gulnora Karimova jazolanishi shart. Bundan tashqari, u xalqning pulini xalqqa qaytarishi lozim. Biz bilmaymiz, biz ko'rmaymiz, lekin yurtimizning chekka-chekka hududlarida Gulnora kabilar bir tiyin deya hisoblaydigan pulga zor oilalar qancha.

Turmush mashaqqatlaridan horib, arzimagan pulni topish uchun ertadan-kechgacha qora terga botib, mehnat qilayotganlar qancha. Bola-chaqamni boqishim kerak deb kun issig'ida mardikorlikka chiqayotgan ayollar qancha. Eh-he... Ana shularni o'ylasam, o'z ko'zim bilan ko'rgan mardikor, mashaqqatdan qiynalgan oilalarni eslasam, qonib qaynab ketadi. Gulnora Karimovaning ayni damgacha ko'rgan azoblari u ayollarning mashaqqatlari oldida hech narsa, ishonavering! Och-nahor bolasiga bir burda non tutqazib, o'zi och o'tirgan ayolning ko'ngil azobini boshqa hech narsa bilan tenglashtirib bo'lmaydi. Ana shu xalqning pulini o'g'irlaganlar esa, albatta, jazosini olishi kerak. Gulnora Karimovaning shaxsiyatiga hech qanday adovatim yo'q. Shaxsan men bu insonning xarakteri, qanday inson bo'lgani, xislatlari yoki kamchiliklari haqida xulosa qilmoqchi emasman, birovning shaxsiyatini muhokama qilishga hech kimning haqi yo'q".

👉 @darak_uz
Dunyo bozorida oltinning narxi rekord darajada ko`tarildi

Dunyo bozorida oltin narxi rekord darajada qimmatlashib, dollar qiymati esa pasayishdadavom etmoqda, deb xabar berdi Euronews.com. nashri.

Ayni damda qimmatbaho metall narxi shiddat bilan ko`tarilmoqda. Seshanba kungi savdolar chog`ida oltin narxi so`nggi olti yildagi eng yuqori ko`rsatkich, bir unsiya uchun 1442 dollarga borib etdi. Ekspertlarning ta`kidlashicha, AQSh va Xitoy o`rtasidagi savdo mojarolari hamda Eron va AQSh munosabatlaridagi keskinlikning kuchayayotgani narxning ko`tarilishida asosiy omil bo`lmoqda.

Oltin narxining ko`tarilishi ortidan AQSh Federal rezerv tizimi va boshqa davlatlarning markaziy banklari bazaviy foiz stavkalarini pasaytirishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi. Dollar qadri pasayayotgan, qimmatbaho qog`ozlar qiymati o`ynab turgan bir paytda sarmoyadorlar oltinni o`z qadrini saqlab turadigan boylik sifatida ko`rmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, dollar o`tgan yil avgustga nisbatan eng past ko`rsatkichga tushib ketgan.
Qirg‘izistonda nimalar bo‘lmoqda? Sobiq prezident Atambayev qamoqdan qurol bilan himoyalanmoqchi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qamalishi mumkin bo‘lgan taqdirda o‘zini qurol bilan himoya qilmoqchi. Bu haqda u jurnalistlar bilan bo‘lgan brifing chog‘ida aytib o‘tgan. Brifing Bishkek yaqinidagi Koy-Tash qishlog‘ida joylashgan rezidensiyasida bo‘lib o‘tdi.

Atambayevning aytishicha, unda mukofotga berilgan qurol bor va lozim bo‘lsa otishmaga kirishishga tayyor. Bu bilan u o‘zini qamoqqa olishga keladiganlarni ogohlantirdi: «Ular noqonuniy buyruqni bajaradilar», — deydi sobiq prezident.

Atambayev shu bilan birga o‘zining himoyasi uchun tarafdorlari miting qilgan taqdirda, tadbirda chiqish qilishga tayyor ekanini ham bildirdi. «Nima uchun chiqmasligim kerak? Men har doim xalq bilan birga bo‘lganman», — deydi u jurnalistlar savoliga javoban.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti Atambayevni sobiq prezident sifatida dahlsizlik huquqidan mahrum qilish qarorini qabul qilgan edi. Bu holat Atambayevni jinoiy javobgarlikka tortish imkonini beradi.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti to‘qqizta jinoyatda ayblanmoqda. Ular orasida Rossiya fuqarolariga, shu jumladan uyushgan jinoyatchilar to‘dasi vakillariga mukofot qurollari berish, yer uchastkalarini noqonuniy egallab olish, jinoyat olamida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan Aziz Batukayevni ozodlikka chiqarishda ko‘maklashish, daromadlarni yashirish, Bishkek IEMni modernizatsiya qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yish va ushbu ob’yektga noqonuniy ko‘mir yetkazib berish ayblovlari bor.

Agarda bu ma’lumotlar tasdiqlansa Atambayev bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Uning o‘zi bu ayblovlarni bema’nilik, deb hisoblaydi va xalqi oldida vijdoni toza ekanini aytib kelmoqda. Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atambayev 2011 yildan 2017 yilga qadar Qirg‘izistonni boshqargan edi.

E’tiborli tomoni, ayni vaqtdagi prezident Sooronbay Jeenbekovni aynan Atambayev tavsiya qilgan va saylovda qo‘llab-quvvatlagan edi. Oxirgi bir yarim yilda Qirg‘izistonda ikki sobiq bosh vazir, Bishkekning ikki sobiq meri, bir qator vazirlar, deputatlar va boshqa yuqori lavozimlarda ishlagan shaxslar qamoqqa olingan. Ular Atambayev hokimiyat tepasida bo‘lgan vaqtda u bilan birga ishlagan edi.

👉@darak_uz
Aris shahridagi portlashlardan keyin, masjidlar mo'jiza tufayli omon qoldi

Qozog'istonning Aris shahridagi qator portlashlardan so'ng, shaharda joylashgan masjidlarning binosi hech qanday jiddiy talafot ko'rmadi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi. Masjid xizmatchilari so'zlariga ko'ra, ayrim binolarga kichik shikast etgan. Masjid atrofida joylashgan uylarning oynalari singan.

Aris markaziy masjidining bosh imomi Abdukaman Abdukarim masjid binolariga biroz shikast etganini aytdi. Imomning so'zlariga ko'ra, Aris tumanida jami 27 ta masjid ochilgan bo'lib, shaharning o'zida 9 ta masjid faoliyat ko'rsatadi. Birorta ham oyna sinmagan deydi video muallifi.

👉 @darak_uz
Ispaniyada anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda
Ispaniyadagi anomal issiq ob-havo tufayli yana bir kishi – 93 yoshli nuroniy olamdan oʻtdi, deb yozadi ABC.

Nashrga koʻra, bu odam Valyadolid shahrida koʻchada ketayotib, kun urishidan xushsiz yiqilgan. Favqulodda xizmat vakillari bu yerga kelishganida u olamdan oʻtib boʻlgan.

EFE agentligi xabariga koʻra, yana bir 45 yoshli erkak ogʻir ahvolda Mursiya shahri shifoxonasiga joylashtirilgan. Avvalroq 17 yoshli yigit kun urishi tufayli vafot etgani maʼlum qilingandi.
👉 @darak_uz
Sayyoh 80 kunda O‘zbekistonning u chekkasidan bu chekkasiga bormoqchi

Sohib Rajabov Andijon viloyati Xonobod shahridan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanigacha yayov bormoqchi.

Sohib Rajabov O‘zbekistonni 80 kunda piyoda aylanib chiqmoqchi. Sayohatchining maqsadi O‘zbekiston turistlar uchun xavfsiz va mehmondo‘st ekanini ko‘rsatishdir.

U Andijon viloyati Xonobod shahridan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanigacha bo‘lgan masofani yayov bosib o‘tishga qaror qilgan.

2200 kilometrlik masofani Rajabov 80 kunda bosib o‘tishni rejalashtirgan.

Sayohatni 1-iyuldan boshlagan sayohatchini Xonobod shaxar xokimi Musoxon Mamadaliyev shaxar chegarasiga kadar piyoda kuzatib qo‘ydi. Sayyohatchining sarguzashtlarini real vaqtda Telegram-kanali orqali kuzatishingiz mumkin.
Бугундан 50 ва 100 сўмлик банкнотлар ўз кучини йўқотади

2019 йил 1 июлдан бошлаб, 50 ва 100 сўмлик тангалар ҳамда 50 ва 100 сўмлик эски намунадаги банкнотлар муомаладан қайтариб олинди. Бу ҳақда ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиев хабар бермоқда.

Уларнинг ўрнига 2018 йил намунасидаги 50 сўмлик, 100 сўмлик, 200 сўмлик ва 500 сўмлик тангалар муомалага чиқарилади.
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 8600 soʻmga yaqinlashmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 12,40 soʻmga koʻtarilgan va 1 dollar 8574,74 soʻmga teng boʻlib turibdi.

1 yevro kursi 15,80 soʻmga oshib, 9747,76 soʻmni tashkil etgan.
1 rubl esa 0,49 soʻmga qimmatlab, 135,83 soʻmga teng boʻlib turibdi.

Eslatib oʻtamiz, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
TATU talabasi o'z uyida vahshiylarcha o'ldirib ketildi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiringi fakulteti ikkinchi bosqich talabasi Sharobiddinov Asilbek Ozodmirza o'g'li 28 iyun kuni tunggi soat 3:45larda noma'lum ikki fuqaro tomonidan o'z xonodonida vahshiylarcha pichoqlab ketilgan. Natijada Asilbek voqea joyida vafot etgan. Bu haqda TATU matbuot xizmatiga tayanib "xabar.uz" xabar berdi. Ayni vaqtda Sirdaryo viloyati Guliston tuman IIB tomonidan qidiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Sharofiddinov Asilbek Ozodmirza o'g'li 1997 yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug'ilgan, millati o'zbek, 2017 yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiringi fakultetining Kompyuter injiringi yo'nalishi 1-bosqichiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan. Sharofiddinov Asilbek shu fakultetda o'qishi davomida o'zini ijobiy tomondan ko'rsata olgan, kursdoshlari orasida hurmat qozongan.
Nahotki? Farg‘ona davlat universitetiga 72 yoshli ayol hujjat topshirgan

Nahotki?
Farg‘ona davlat universitetiga 72 yoshli ayol hujjat topshirgan
Ayni paytda Milliy matbuot markazida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov bu haqida ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, joriy yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda yoshga doir cheklovlar olib tashlangan. Shuningdek, salomatlik holati bo‘yicha ma’lumotnoma ham so‘ramayapti.

O‘zAning yozishicha, hozirga qadar 70 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirgan. Bugundan boshlab kunlik hujjat topshirish ko‘rsatkichi keskin ortgan. Bugun kunning birinchi yarmida 10 mingdan ko‘p hujjat topshirildi

👉 @darak_uz
Тест синовлари кузатувчилари кунига қанча миқдорда ҳақ олишлари маълум бўлди

Жорий йилда ўтказиладиган тест синовларида кузатувчи педагог ходимларга бир кунлик меҳнати учун 200 минг сўм миқдорда ҳақ тўланади. Бу ҳақда Давлат тест маркази бошқарма бошлиғи Диёрбек Қўчқоров Миллий матбуот марказида ўтказилган брифингда маълум қилди.

«Ўтган йили кузатувчиларнинг бир смена учун қўлига оладиган пули 49 мингдан ко′проқ эди. Яъни кузатувчи бир кун ишларди, бир кун дам оларди. Шундай қилиб кунига 100 минг сўмга яқинроқ пул олган. Жорий ўқув йилида эндиликда кузатувчилар бир кунлик иши учун қўлига 200 минг сўм олиши режалаштирилмоқда. Ҳозирги кунда бу масала молия вазирлиги билан ҳамкорликда кўриб чиқилмоқда. Гуруҳ назоратчиларига бир смена учун 100 минг сўмдан ко′проқ пул тўлаш билан боғлиқ ишлар олиб борилмоқда. Яқинда давлат комиссиясининг баёни тасдиқланганидан кейин бу масала яна ҳам аниқ бўлади», — дейди Диёрбек Қўчқоров.

Қайд этилишича, жорий йилдаги тест синовларига жами 6 минг 200 нафар гуруҳ назоратчиларини жалб қилиш режалаштирилган. 2019—2020-ўқув йили қабули учун ўтказиладиган кириш тест синовларига 8 минг 140 нафар гуруҳ назоратчилигига номзодлар рўйхати шакллантирилиб, STAФФ маълумотлар базасига киритилди. Мазкур номзодлар ўқув-семинарлари  якуни бўйича ўтказиладиган тест синовлари ва суҳбат натижалари асосида сараланади.

👉@darak_uz
Бугун Қуёш тутилиши кузатилади

Бугун, 2 июль куни Ерда астрономик ҳодиса кузатилади, яъни Қуёш тутилади.
Қуёш тутилишини Шимолий Америка, Чили ва Аргентинадан кузатиш мумкин.

Қуёш тутилиши Самарқанд вақти билан 21:55 да бошланади ва максимум нуқтаси 3 июль соат 00:22 бўлади. Соат 02:50 да ҳодиса тамом бўлади. Бу воқеа 4 соату 55 дақиқа давом этади.
Қуёш тутилиши кечки пайт бўлгани учун бизда уни кузатишнинг имкони йўқ.

Бибиэътибор Рахматова,
астролог.

Каналга қўшилинг:
👉 @darak_uz
GM Uzbekistan Tracker avtomobiliga katta chegirma e'lon qildi

GM Uzbekistan 30 iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Tracker Premier AT avtomobiliga ;21 foizli chegirma e'lon qildi. Xaridorlar endi Tracker Premier AT avtomobilini 215 680 575 so'm o'rniga 170 million so'mga xarid qilishi mumkin. Aksiya 2 iyuldan boshlab 10 kun davomida amal qiladi.

👉 @darak_uz
​​Самарқанддаги қабртошга тирик инсоннинг расми, туғилган йили ёзиб қўйилганлиги аниқланди

Самарқандлик депутатлар вилоятдаги қабристонларда айрим камчилик ва муаммоларни аниқлабди. Масалан, Самарқанд шаҳридаги Хўжа Абду Дарун қабристонида айрим қабрлар чўккан.

Буниси ҳам майли, қабрлардан бирига белгиланганидан 3—4 баробар кўпроқ жой ажратилган ва, энг даҳшатлиси, қабр устидаги ёдгорликка тирик инсоннинг расми ва туғилган йили ёзиб қўйилган экан. Бу ҳақда дарё.уз хабар бермоқда.
Хабар беришларича, суратдаги ҳолат, Қашқадарёнинг Чироқчи тумани Кўкдала қишлоғида юз берган. Тасдиқланмаган маълумотларга кўра, мазкур йўл-транспорт ҳодисаси хизмат машинаси рулида бўлган ЙПХ ходими маст бўлгани сабаб юз берган.
Gulnora Karimovaning sog'lig'idagi muammolar sabab Shveytsariya O'zbekistonga 555 mln dollar qaytarishni to'xtatib qo'ydi
Shveytsariya Gulnora Karimovaning sog'lig'idagi muammolar sabab 555 million dollarni O'zbekistonga qaytarish jarayonini to'xtatib qo'ydi. Bu haqda Karimovaning advokati Greguar Manja Twitterdagi sahifasida xabar qildi.

O'zbekiston bizning mijozimizni qamoqda saqlashni to'xtatmas ekan, hamkorlik bo'lmaydi. Unga yanada ko'proq bosim o'tkazishmoqda. Karimovaning hayoti xavf ostida deb yozadi yurist.
Avvalroq Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova onasi saqlanayotgan yomon sharoit va unga tibbiy yordam ko'rsatilmayotgani Shveytsariya pullarni O'zbekistonga qaytarishiga to'sqinlik qilayotgani haqida instagramida yozgandi.

Kuni kecha Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan Toshkent viloyatidagi ayollar koloniyasida o'rganish o'tkazishni boshlagani xabar berilgandi.
2025/07/09 11:03:56
Back to Top
HTML Embed Code: